December 11

Shaytonning koʻzgusi Chapter 1

By Rhea

Shahar tunda jonlanadi. Yomg'ir mayin tomchilaydi, asfalt yaltirab, tungi chiroqlarni aks ettiradi. Insonlar orasida har kim o'z dunyosini boshqacha kechiradi, lekin shahar markazida joylashgan "NOIR" eng sirli tungi klub. Bu yerga faqat tanlanganlar kiradi. Tashqarida uzoq qora mashinalar ketma-ket tizilgan. Ichkarida esa musiqa shovqini, havoni egallagan sigaret hidi va qandaydir keskin kuch.

Hana shoshilinch ravishda NOIR klubiga keladi. U yerga kelish sababi - do'sti bilan bog'liq noma'lum voqea. Hana klubga kirish uchun kurashadi, ammo qoʻriqchilar to'sib qo'yadi.

Qoʻriqchi:

Bu yer sening o'ying emas, orqaga qayt.

Hana:

Iltimos, men faqat bitta odam bilan uchrashishim kerak!

Uning ovozi titraydi, lekin yuzida qat'iyat bor. Aynan shu payt ichkaridan chiqqan Namjoon uni ko'zdan kechiradi.

Qora kostyum, oppoq ko'ylak, kostyumning bir nechta tugmasi yechilgan. Uning sovuqqon nigohi ostida qiz bosh egishga majbur bo'ladi, lekin hali ham ko'zlarini uzmaydi.

Namjoon asta qadam tashlab, unga yaqinlashadi. Ovozi juda past, ammo buyruq ohangida:

Nega bu yerda? Sen kimsan?

Hana:

Men... do'stimni izlayapman. Uni topishim kerak.

Namjoon uni uzoq kuzatadi, keyin esa boshini biroz egib, o'ng qo'lining barmoqlari bilan pastki labini silkitadi. Bu uning fikrlayotganda qiladigan odati edi.

Kiritib qo'ying, deydi u qoʻriqchilarga. Lekin ortiqcha harakat qilsa, tashqariga uloqtirasizlar.

Hana unga qaraydi, xuddi minnatdorchilik bildirmoqchi bo'lganday.

Namjoon:

Bu sening baxting emas, balki fojiang bo'lishi mumkin, kichkintoy.

Klub ichida atmosferaga qo'shilgan musiqa ovozi yurakni tebranadi.

Hana NOIRning jozibador, lekin xavfli dunyosini tomosha qiladi: odamlarning yuzidagi niqobli tabassumlar, shampan vinosi ko'tarilgan qo'llar, ammo ko'zlar bo'sh va sovuq.

Namjoon o'rta qismdagi VIP xonaga yo'naladi. Atrofida bir necha odamlar ta'zim qiladi, lekin u barchasini mensimaydi. Ichki stol ortida joylashgach, u qarshisida turib qolgan qizga yana nigoh tashlaydi.

Namjoon:

Nima bo'ldi, endi qochishni xohlaysanmi? Bu yer sening joying emasligini aytgandim.

Hana yig'ilgan kuchini to'plab, javob qaytaradi:

-Men faqat do'stimni topib, ketmoqchiman.

Namjoon kulimsiraydi, ammo uning tabassumida biron insoniylik zarrasi sezilmaydi.

- Do'stlaringni tanlashda ehtiyot bo'lish kerak edi. Sen hech bo'lmaganda mening qoidalarim bilan tanishib ol.

Namjoon barmog'ini chertadi. Bir yigit qizning do'sti haqidagi ma'lumot bilan paydo bo'ladi. Qiz do'stining Namjoonning qarzi tufayli muammoga tushganini bilib qoladi.

Namjoon o'rnidan turadi va qiz tomon yaqinlashib, qiz bilan yuzma-yuz keladi. Yomg'ir suvi oqayotgan shisha derazadan shahar yaltiraydi.

Namjoon:

Men senga taklif beraman.

Do'stingni qutqarishni istasang, mening o'yinimda qatnashasan.

Hana:

Bu nimani anglatadi?

Namjoon:

Demak, sen endi menga qarashlisan. Mening dunyomda qolasan, menga xizmat qilasan. Aks holda, do'sting qayerda ekanini topa olmaysan.

Hana o'zini nochorligini anglab, javob topolmaydi. Lekin Namjoonning sovuq ovozi yana eshitiladi:

O'zingni qurbon qilishing kerakmi? Bu senga qiziq emasmi?

Hananing ko'zlaridan yosh tomchilaydi, ammo u bo'shashmaydi:

Qabul qilaman.

Namjoonning yuzida g'alati qoniqish ko'rinadi. U Hananing iyagidan barmoqlari bilan ushlab, nigohini ko'zlariga qaratadi.

Hali bu qaroringdan afsuslanasan,

deydi u asta va ortga qadam tashlaydi.

Hananing ortidan qalin eshik yopiladi. U sirli va xavfli dunyoga qadam qo'ydi. Namjoon esa deraza yoniga borib, shaharga boqadi. Yomg'ir davom etayotgan edi.

Namjoon:

- Qiziqarli o'yin boshlanadi.

TAMOM/ by Rhea