Save me 18+ Epizode 8
Ko'zimga birinchi tashlangan narsa
katta derazalar bo'lib, ularda moviy baxmal pardalar osilgan edi. Keyin atrofga qaray boshladim va yotoqning har ikki tomonida turgan tumbochkalarni ko'rdim. Butun xona ochiq ranglarda edi.
Oyoqqa turib, joyni yaxshiroq o'rganishga kirishdim.
- Qo'rqinchli... Men qayerdaman? dedim. Ko'rpa qarshisida joylashgan oynaga qaradim... O'z aksimni ko'rib, biroz qotib qoldim. Yengil to'lqinli sochlarim yelkamga tushib turardi, na...
Ko'kargan joylar ham, ko'z ostida halqalar ham yo'q edi. Ammo o'zimning qanday kiyimda ekanligimni ko'rganimda, shokka tushdim... Men kalta oq ko'ylakda edim. Bu qayerdan paydo bo'ldi? Uni menga kim kiygizdi? Va men umuman qayerdaman? Boshi berk savollar miyamni egallab olgan edi, ammo birortasiga javob topilmadi.
Yotoq qarshisida katta balkonni ko'rib qoldim, eshiklari ochiq edi. Unga yaqinlashib, yalangoyoq sovuq tosh plitaga qadam bosganimda ajoyib manzara ko'rinib qoldi. Atrofda juda ko'p yashillik, uzoqroqda esa o'rmon ko'rinardi. Men o'zim turgan binoni kuzatdim.
shunchaki ko'zlarimni yumdim. Havo sovuq va toza edi, lekin nimadir ichimda bezovtalik uyg'otardi. Yana o'zimga kelib, ko'zlarimni ochdim va atrofga yana bir bor sinchiklab qaradim. Bu joy qandaydir sirli va dahshatli edi, go'yo o'tmishning bir parchasida qolgandek tuyulardi.
"Bu yerda nima qilyapman? Qanday qilib bu yerga kelib qoldim?" - deya o'zimdan yana va yana so'rardim. Savollar ortidan savollar kelaverdi, ammo javoblar qayoqqadir yo'qolib ketgandek edi...
Ko'zlarini asta yumar ekan, Sara sekin nafas olib o'zini ovutardi: "Bu shunchaki tush..."
Sara hayratlanarli darajada go'zal edi. Uning oppoq terisi osmondan tushgan farishtani eslatardi. Yaltiragan sochlari yelkasiga mayin tushib turar, ko'zlarini yumganida esa, uning biroz ochilgan to'q lablari nafas olayotganini sezdirardi. Bunday go'zallikni payqamaslikning iloji yo'q edi.
Qasr xizmatkorlari har tomonga yugurib o'z ishlari bilan band bo'lishardi.
Ammo nimadir ularni to'xtatib qo'ydi... U? Hamma unga hayrat bilan qarardi. Bir nechta xizmatkor to'xtab, uzoqdan uni yaxshiroq tomosha qilish uchun qaddini rostladi.
-Kim bu? - shivirladi xizmatkorlardan biri. U o'rta yoshli yigit bo'lib, bo'yi pastroq va sochlari qoramtir edi.
Bu o'sha... U uni topdimi?! dedi boshqa bir ovoz. Bu yigit oldingisidan balandroq bo'lib, juda ozg'in edi.
Agar bu u bo'lsa... U bizni qutqaradi! dedi olomondan biri quvonib.
Bu u emas... Bema'ni gapirmanglar, u allaqachon o'lgan, hech kim uni topolmaydi, deb javob qaytardi kimdir shubha bilan.
To'satdan ufqda Jungkook paydo bo'ldi. Uning yuzi keskin tus olib, ko'zlari odatdagidan ham qattiqroq qorayib ketdi. U Sarani ko'rib, g'azabga to'ldi. Ammo nega?
- Yaramas... deb pichirladi u g'azab bilan.
Bir soniya ichida u allaqachon Sarani xonasida paydo bo'ldi.
Balkonga yaqinlashib, Jungkook uni devorga qisib qo'yishni o'yladi, shunchalik qo'rquv solishni istardi-ki, Sara boshqa hech qachon uning gapiga qarshi chiqmasin. Lekin... bir narsa uni to'xtatdi.
Uning yaqinlashganini sezgan Sara, hali ham tush ko'rayotgandek bir holatda qotib qolgandi. Jungkook unga tikilib, bir lahzaga jim qoldi. Xuddi ichidagi g'azab va boshqa bir noma'lum his bir-biriga qarshi kurashayotgandek edi.
- Sen... bu yerda nima qilyapsan? dedi u sovuq ovozda, ammo undagi tovush shunchalik g'azab aralash ediki, xona havo yetishmayotgandek tuyuldi.
Ammo keyingi lahza uni butkul hayratda qoldirdi... Saraga atigi bir necha qadam qolganida, uni to'xtatib qolgan bir hid edi. Saradan kelayotgan bu hid shunchalik tanish va yurakni ezuvchi edi. O'tgan xotiralar sel bo'lib quyilib, ichida vahshiy bir sog'inch va yolg'izlik tuyg'usini uyg'otdi. Bu aynan o'sha hid edi... Bir vaqtlar undan kelib turadigan hid...
Uni yo'qotgach, Jungkook keskin o'zgarib ketgan edi. Uning iliqligi muzdek sovuqqonlikka, mehribonligi esa shafqatsizlik va tajanglikka aylandi. U xuddi zanjirdan uzilgan yirtqichga aylangandi.
Jungkook bu go'zal hiddan to'yolmasdi... Atirgul hidi. Bir necha so'nggi chuqur nafas olgach, u o'zini to'xtatdi. Bu "giyohvandlik" uni bir lahzaga bo'lsa-da o'tmishga qaytarib qo'ygandi. Ammo keyin yana o'zining asl qiyofasiga qaytdi qahrli va shafqatsiz yigit, o'zining sovuq va g'azabga to'la olamiga yana bir bor o'raldi.
Bu sen bo'lishing mumkin emas... dedi u sovuq ovozda, ammo nigohi ichida qandaydir o'tli va o'zaro zid tuyg'ular jilvalanardi.
Bir soniya ichida u allaqachon uning yonida edi. Sarani tirsagidan qattiq ushlab, uni balkondan ichkariga sudrab kirdi va bir harakat bilan uni itarib yubordi. Qiz beixtiyor qoqilib ketdi va polga yiqildi.
Nima qilishga haqqing bor?! dedi Sara jahl va qo'rquv aralash ovozda.
- Ahmoq! Sen shunchaki ko'zga ko'rinmasliging kerak! Seni ko'rib qolishlari mumkin!! - Jungkook ning ovozi qahr va sovuq hukm bilan jarangladi. Qizning yuragi dahshat bilan siqilib ketdi, u sekingina orqaga tislanib, devorga yaqinlashdi.
Men... Men bilmabman, dedi u, ovozi titrab. Shokdan hali ham o'ziga kela olmasdi.
Tezroq yig'inchoq qil, dedi Jungkook dag'al ohangda. Hozir maktabga qaytamiz, keyin esa sendan imkon qadar tezroq qutulaman.
Nega men seni eshitishim kerak?
Sara birdan o'zida kuch topib, biroz balandroq ovozda gapirdi, ammo baribir uning tovushida qo'rquv sezilib turardi. Men seni umuman tanimayman!
Va nega hamma menga qandaydir g'alati nomlar bilan murojaat qilayapti? - dedi u,
Jungkook to'xtadi. Yelkalari biroz silkinib ketdi, ammo u ortiga o'girilmadi. Bir lahzalik sukunat xona havo yetishmayotgandek og'ir bo'lib ketdi. Keyin u sekin va sovuq ohangda dedi:
Sen bilib olasan... lekin bu senga yoqmaydi.
- Sen kimligimizni bilishni xohlaysanmi? dedi Jungkook sovuq va keskin ohangda, uning ko'zlari Sarani o'ziga tortayotgandek chuqur tikildi. Unda men senga ko'rsataman.
Uning ovozida qandaydir vahimali jiddiylik bor edi. Xona ichidagi atmosfera og'irlashdi, go'yoki havoning o'zi siqilib qolayotgandek edi. Sara ko'zlarini katta ochib, nafasini ushlab qoldi. U Jungkookning sovuq nigohida nimadir juda g'alati, tushunarsiz va qo'rqinchli ekanligini sezdi.
Men... men hech narsani tushunmayapman...
dedi u titroq ovozda, qo'llari noiloj yoniga tushib, ko'zlari yosh bilan to'ldi. Shunchaki... iltimos, tushuntir.
Jungkook unga yaqinlashib, boshini biroz egdi va qizning ko'ziga tikildi.
Buni so'raganingga afsuslanasan, dedi u shivirlab, tovushida qandaydir sirli ogohlantirish bor edi.
Keyin u qo'lini uzatib, Sarani yelkasidan ohista ushladi. Bu teginish sovuq, ammo bir vaqtning o'zida g'alati tanish edi. Bir lahzaga xona atrofida qandaydir qora tuman aylanib, vaqt go'yo to'xtab qolgandek tuyuldi.
Mana, qaragin... deb, Jungkook shivirladi.
Ko'z oldi qorong'ilashgan Sarani birdan atrofdagi barcha narsalar o'zgarib ketayotganini sezdi. Devorga osilgan eski rasmlar, qora va og'ir mebellar, uzoqdan kelayotgan notanish tovushlar... Jungkook unga qandaydir sirni ochayotgan edi. Sirki, qizning dunyosini butkul ostin-ustun qilib yuborishi mumkin edi.