Guliston tibbiyot kolleji o‘qituvchisi 200 dollar pora olayotganda ushlandi

2018-yil 18-avgust kuni Sirdaryo viloyati IIBga, Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida yashovchi, fuqaro D. tomonidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

O‘z arizasida 2018-yil 14—15-avgust kunlari Guliston Tibbiyot kollejiga ikkinchi mutaxasislik bo‘yicha to‘lov kontrakt asosida o‘qishga kirish maqsadida hujjatlarni tayyorlab, qabul komissiyasiga topshirish maqsadida murojaat qilgan.

Ushbu kollejda o‘qituvchi lavozimida ishlovchi E. ismli shaxs hujjatlarn qabul qilib, dastlab o‘qishga to‘lov kontrakt asosida kiritish juda qiyin ekanligini va hujjatlarini qabul qilinmasligini ma’lum qilgan.

So‘ngra hujjatlarini qabul qilish va o‘qishga kiritish evaziga kollej direktoriga 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni to‘lash kerakligini vaj qilgan. Aks holda o‘qishga qabul qilinmasligini bayon etganligi sababli, kollej xodimi E. ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, Sirdaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi qurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Guliston tibbiyot kolleji o‘qituvchisi, kollejning “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetkachisi lavozimida ishlovchi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida ijarada yashovchi, E. ismli fuqaro ariza muallifidan talab qilingan 200 AQSh dollari miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni Guliston shahar, O‘zbekiston shoh ko‘chasida joylashgan “T.Sulaymon” nomidagi yozgi amfiteatr piyodalar yo‘lagida olgan vaqti naqd pul bilan ushlangan.

Mazkur xolatlar yuzasidan fuqaro E. ga va kollej rahbar xodimlariga nisbatan tergov oldi surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O'zLiDeP Sirdaryo viloyati "Online" guruhi

Online_Axborot_24 (OA24) B.Islomnur