May 25, 2020

Buxoro Davlat Universiteti

Rektor:

Xamidov Obidjon Xafizovich  Buxoro davlat universitetining rektori, iqtisod fanlari doktori Manzil:Buxoro shahri, M.Iqbol ko`chasi 11 uyTelefon:8 (365) 221-29-14Faks:8 (365) 221-27-07Elektron pochta:buxdu_rektor@buxdu.uz


Prorektorlar

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boyicha prorektor

Prorektor:Qahhorov Otabek Siddiqovich   Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boyicha prorektor, iqtisodiyot fanlari boyicha falsafa doktori (PhD)Manzil:Buxoro shahar, M.Iqbol kochasi 11 uyTelefon:(0 365) 221-26-92Faks:(0 365) 221-27-07Elektron pochta: Qabul kunlari:Seshanba, soat 1500 dan 1700gacha.

 

Buxoro davlat univеrsitеti “Iqtisodiyot” kafеdrasi dotsеnti, iqtisodiyot fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), Qahhorov Otabеk Siddiqovich 1987 yil Buxoro viloyati Buxoro shahrida tugilgan. Millat ozbеk, malumoti oliy.  

         O.S. Qahhorov, 2003 yilda Buxoro davlat univеrsitеti huzuridagi “Gimnaziya”ni alo baholarga bitirib, shu yilda Buxoro davlat univеrsitеtini “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakultеtiga oqishga kirgan. 2007 yilda mazkur fakultеtning “Iqtisodiyot” yonalishi bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirgan. 2007 yilda Ozbеkiston Rеspublikasi qurolli kuchlari safida harbiy xizmatni otgan. 2007-2009 oquv yillarda Buxoro oziq-ovqat va yеngil-sanoat tеxnologiyasi institutining “Tarmoqlar iqtisodiyoti” mutaxassisligi boyicha magistraturani imtiyozli diplom bilan bitirgan. U talabalik yillaridan boshlab, ozining iqtidori bilan bilimga chanqoq va qiziquvchan ekanligini namoyon etib, ilmiy anjumanlarda maruzalar bilan qatnashgan, tеzis va maqolalar chop ettirgan.

Facebook Twitter  Ресурс

Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor

Prorektor:Jo’rayev Abror Turobovich  Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor, Iqtisod fanlari nomzodi, dotsentManzil:Buxoro shahar, M.Iqbol kochasi 11 uyTelefon:(+99890) 715-03-15Faks:(0 365) 221-27-07Elektron pochta:ajuraev.bsu@gmail.com Qabul kunlari:Seshanba, soat 1500 dan 1700gacha.

 

 

Facebook Twitter  Ресурс

Kadirov Arif Maxmudovich

Prorektor:Kadirov Arif Maxmudovich  Yoshlar bilan ishlash boyicha prorektori,pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.Manzil:Buxoro shahar, M.Iqbol kochasi 11 uyTelefon:+998893 686-44-92Faks: Elektron pochta:kam.bukhara@mail.ruQabul kunlari:Seshanba, soat 1500 dan 1700gacha.

 

Kadirov Arif Maxmudovich- 1956 yil 28 fevralda Buxoro shahrida tugilgan.

1977 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti, badiiy grafika fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

 Mehnat faoliyatini 1972 yilda Buxoro shahridagi 23-son orta maktabda tasviriy san’at va chizmachilik fanidan oqituvchi, 1977 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at” kafedrasi oqituvchisi, 2002-2012 yillar “Xalq amaliy bezak san’ati”, “Tasviriy va amaliy san’at“ va “Chizma geometriya va chizmachilik” kafedralari mudiri, hamda 1998-2012 yillarda viloyat «HUNARMAND» uyushmasi raisi bolgan. U 2012 yildan Buxoro davlat universitetida ma’naviy–ma’rifiy ishlar boyicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

 1989 yilda Moskva davlat pedagogika institutida «Badiiy togaraklarda oquvchilarning estetik idrok qilishini rivojlantirish» mavzusida   nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

  Ilmiy yonalishi:  amaliy san’at tarixi va oqitish uslubiyoti. 10dan ortiq oquv metodik qollanmalar, 20 ta metodik albomlar va 50dan ortiq ilmiy makolalar e’lon qilgan.    1992 yilda respublikada ilk bor BuxDU qoshida “Xalq amaliy bezak san’ati” kafedrasini ochib mudirlik qilib kelgan. Xalq amaliy bezak san’ati sohasidagi ijodiy ishlari ham muvaffaqiyatga sazovordir. Ganch va yogoch oymakorligi boyicha ijodiy ishlari viloyat va respublika korgazmalarida namoyish etilgan. 1994 yildan boshlab, Qozogiston, Qirgiziston, Rossiya, Pokiston, Germaniya, Gretsiya, Frantsiya, AQSH, Shotlandiya va Saudiya Arabistonida  otkazilgan xalqaro korgazmalarda ijodiy ishlari namunalari bilan qatnashgan. Kopgina respublika va xalqaro ilmiy-ijodiy ilmiy anjumanlar va festivallarda ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.

2002 yildan Ozbekiston badiiy akademiyasi a’zosi. YUNESKO va KAKSA tashkilotlari tomonidan hunarmandchilik mahsulotlariga beriladigan 15ta sifat sertifikatlarni olishiga erishdi. 

2007 yilda Ozbekiston badiiy akademiyasining kumush medali bilan taqdirlangan. Viloyatda ko`pgina tarixiy

obidalarni ta’mirlashda jumladan Bahovuddin Naqshband, Chor Bakr, Fayzulla Xojaev uy muzeyi, Sitorai Moxi Xossa muzeyi, Labi hovuz  majmuasida naqqoshlik, yogoch va ganch oymakorligi ishlarini shogirdlari bilan bajargan. Amaliy san’atining ganch va yogoch oymakorligi turi boyicha 200dan ortik shogirdlarni etishtirib chiqqan. Viloyat hunarmandlar ijodi haqida 10dan ortiq xujjatli film tayerlab, Respublika televideniyasi orqali namoyish etildi. Viloyatdagi ishsiz yoshlar uchun MFYlari qoshida «Usto-shogird» maktabi tashkil etib, milliy hunarmandchiligimizni zardozlik, patdozlik, naqqoshlik, ganch oymakorligi, kashtachilik va gilam toqishni 1000dan ortiq yoshlarga orgatishga erishdi.

 Amaliy san’atni rivojlantirish va uni kelgusi  avlodga otkazish, ilmiy – pedagogik faoliyati uchun 2009 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.

 Otgan davr ichida mehnatsevar, ozining ilmiy-nazariy va metodik saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr- toqat bilan ishlaydigan dotsent sifatida tanildi.

Jamoa orasida alohida hurmatga ega. U har ishda tashabbuskor, jur’atli, togri soz, ma’naviy etuk, oz ortoqlariga nisbatan doimo mehribon.

 

 Qabul kunlari: haftaning seshanba kunlari. Soat 15-00 dan 17-00gacha

Facebook Twitter  Ресурс

Rashidov Olmas Umarovich

 Prorektor:

Rashidov Olmas Umarovich

  Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor.Manzil:Buxoro shahar, M.Iqbol ko`chasi 11 uyTelefon:(0 365) 221-30-19Faks:(0 365) 221-27-07Elektron pochta:moliyavaiqtisod@umail.uz Qabul kunlari:Seshanba, juma, soat 1500 dan 1700gacha.

 

Prorektor vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

Moliya-iqtisod ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;

Reja-moliya bo‘limi, buxgalteriya, marketing bo‘limi, xo‘jalik bo‘limlari ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;

Qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;

Oliy ta’lim muassasasining mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pullik xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pullik o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, dividend va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish;

Davlat budjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli vazirlik va idoralarga taqdim qilinishini ta’minlash;

Oliy ta’lim muassasasi xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalari hisobining yuritilishini nazorat qilish;

Oliy ta’lim muassasasining o‘quv-laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshootlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasini moddiy-texnik bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;

Investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish;

Mavjud bino va inshotlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha - smeta hujjatlarini ko‘rib

chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;

Shtat, budjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisoboti nazoratini tashkil qilish;

Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek, kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;

Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;

Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;

To‘lov kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlar tushishini nazorat qilish.

Facebook Twitter  Ресурс

Boglanish

  Buxoro shahar M.Iqbol kochasi 11-uy.

 

Buxoro viloyat hokimligi binosi.

 

Transportlar: 6,76,33,75,86,88-avtobuslarning “Olmos” kafesi bekati, 72,25,37,11- avtobuslarning “Universitet yotoqxonasi” bekati.