Ismimni o'zgartirganman.
Bu yorug' sinovli dunyoga mehmon bo'lib kelishimni ihlos ila niyat duolar va sabablarini qilishib. Otajonim va onajonim sabab Yaratganing hohishi fazli raxmati bilan bu foniy dunyoga mehmon bo'lib keldim. Farzand tug'ilgach ota onalar unga suyib ismi jismiga mos va hos bo'lsin deb, meni ota onam ham noyob isimlardan izlashib ismimni ELSHOD deb qo'yishgan. Yigirma olti yil davomida ELSHOD ismim bilan tanildim. Insonlarni yaxshi yomon hatti harakatim so'zlarim bilan yodlariga muhirlandim. Ism o'zgatirishimga nima sabab bo'ldi nima uchun bunday qarorga keldim bular haqida ba'tafsil alohida to'xtalib o'taman. Ismim aslida chiroyli kamdan kam uchraydigan ismlardan bo'lib ma’nosi ham g'ozal. ELSHOD o'gil bolalarga qo'yiladigan isim bo'lib, Eli xalqiga shodlik quvonch keltiruvchi bo`lib yoki elning shodon baxtiyor farzandi yohud elning raxbari sardori degan ma’noni anglatadi.
Shu kungacha qarshimdagi no tanish insonlarga ismim ELSHOD deb tanishtirsam albatta uch yoki to'rt martta qaytarar edim. ELSHOD desam albatta DILSHOD degan qaytarib boshqa ism aytilar edi bu holat meni hijolatli yoki g'alati holatga solar edi. Ismimni to'liq emas balki qisqartirib va boshqa ismlar bilan EL, ELIM, ELI, ELSHTAKA, ELYOR, ELBEK deb chaqirishlari meni yanada galati holatlarga solar edi. Vaqtlar o'tib ismimdan uyalishni va hijolat bo'lishni boshladim. Ismimni o'zgartirish qanday bo'lar ekan deb o'zgartirishga qaror qildim. Bu masalada Diniy va huquqiy o'zgartirish mukin ekanligini qanday yo'llari borligi haqida ma’lumotlar izladim. Yigirma olti yoshga ham to'ldim hali hamon o'zgartirmadim. Kunlardan bir kuni Allohni hohishi bilan ADXAMJON qori akam bilan uchrashib shu maslaga oydinlik kiritib ismimni o'gartirishimga katta yordam qildilar. Ularga ismim yoqmasligini hijolat bo'lishimni to'liq emas, qisqartirib chaqirishlari yoqmayaptikanini hamda islomiy ism bo'lishini to'liq chaqirishlarini hohlashimni aytdim. Takliflari bilan ikki uch ismlarni aytdilar va o'zim hohlab yurgan SAMi ismni tanlaganimni aytdim. ALLOHning 99 ismi As-sami Maxfiy va oshkora gap xatto dildan o'tganini ham eshituvchi ma’no anglatshini va ismimga ABDU qo'shimchasi bilan qo'yishim mumkin ekanligini tushuntirdilar. Ism o'zgartirishimda qaytadan azon etiladimi yoki qo'y so'yib ehson qilib dasturxon yozib ma’lum qilishim kerakmikin deb soragan edim. Aslo bu narsalarga hojat yoqligini tasdiqlanmagan, buyurilmagan ekanligini alohida tushuntirdilar. Ism o'zgartirishim oldidan qo'rquv hayajon bo'ldi va o'zimga o'zim bugundan boshlab ismim ABDUSAMIY deb uydagilarimga do'stlarimga ma’lum qilishni boshladim. ABDUSAMIY ismim desam buncha chiroyli ism ekan, kim qo'ygan ma’nosi nima deb qiziqib soraydiganlar kam emas. Ismimni chala yoki qisqartirib eta olmasliklarini ham alohida takidlab o'taman. Hozirda ABDUSAMIY deb kimdir murojat qilsa shaxsga o'z pazitsiyasiga, maqomiga ega insondek his qilaman va hursand bo'laman. Abdusamiy ismining kelib chiqishi, talqini va ma’nosi, ABDUSAMIY rus o'zbek tillarida erkak ismi, ism bir so'z, 9 harifdan iborat Abdusamiy “iy”ga urgu beriladi. Ismning kelib chiqishi arabcha. Ko'pincha ABDUSAMIY ismli erkaklar interovertdir. Ismga hos bo'lgan hayotiy fazilatlar, qa’tiyatlilik, kuch, katta xushmuomalalik va hamdardlik qobilyati, hokimiyat, pedantlik, ilm izlovchi ma’naviyat egalaridir. Ism insonga hech narsa bermidi diyish notog'ri insonni oziga kata narsa beradi buni aniq bilaman. Hayot yo'lim hamrohim siz shu yergacha men ABDUSAMIY do'stingizni yozganlarimni o'qib men bilan nimalarnidir his etkan bolsangiz sizdan ALLOH rozi bo'lsin. Qadrli qadrdonim siz bilan yana hamroh bo`lish nasib etsin.