October 11

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2024-yilning sentabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi  

Unga ko‘ra, Markazning Huquqiy axborot va veb-resurslar boʻlimi bosh maslahatchisi Lukchayev Ma’ruf Muhammad oʻgʻli “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Ma’ruf Lukchayev 1994-yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tugʻilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2022-yilda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Veb-resurslar bilan ishlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlab, 2023-2024-yillarda mazkur boʻlimning bosh maslahatchisi sifatida ishlagan.

Hozirgi vaqtda Markazning Huquqiy axborot va veb-resurslar boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Ma’ruf Lukchayev oʻzi faoliyat yurituvchi tarkibiy boʻlinmaning zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborot va targʻibot materiallarini tayyorlash va tegishli tartibda jamoatchilik e’tiboriga yetkazilishini ta’minlashda, xususan “Huquqiy axborot” telegram kanalining oʻzbek (kirill va lotin yozuvlarida), rus va ingliz tillarida yuritish, kanalni qonunchilikdagi yangiliklar hamda fuqarolarning bilishi muhim boʻlgan huquqlari va majburiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitishda, qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini televideniye orqali matbuot anjumanlari yoki brifing shaklida aholiga yetkazib borilishini tashkil qilishda, aholini eng koʻp qiziqtiradigan huquqiy masalalarni tahlil qilish maqsadida oʻrganishlar, soʻrovnomalar va boshqa turdagi tadbirlarni oʻtkazib borishda faol ishtirok etmoqda.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi Ma’ruf Lukchayevni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.