November 10

Dark Beauty - Ep_7

Qaqnus - zulmatdan sevgi axtargan daxshatli goʻzallik edi...

– T..Taehyung
– Ket...
– T..Tae
– SENGA KET DEDIM! JIN URSIN*
Butunlay oʻkirib yuborgan yigitning tanasidagi kiyimlarni parchalab chiqqan ulkan qora qanotlar taʼsirida hatto qichqirig'im ichimda qolib ketdi... Tamoman karaxt boʻlib qoldim. U esa hamon ixrab polni tirnagancha oʻzini oʻnglashga urinardi. U maxluqmi...? Hamon chuqur chuqur nafas chiqarayotgan yigit hansirashdan beri kelmay oʻzini oʻnglashga urinarkan, ammo buni uddasidan chiqa olmayotgandi. Gavdasini koʻtarishga harakat qilmoqda, ammo xuddi bu ogʻriqlidek ingranib yerga qulayapti. Men tush koʻryapmanmi? Bu nimasi boʻldi? Yana mayda qadamlar bilan u tomon yura boshladim. Ohistalik bilan Taehyungning yelkasidan ushlar ekanman uning harorati har qachongidan ham issiqroq ekanligini payqadim. Shunday boʻlsa-da uni oʻrnidan turishiga koʻmaklashmoqchi boʻldim, ammo birdan menga qadalgan qorachiqlar taʼsirida harakatdan toʻxtadim. Men qaltis harakat qildimmi? Uning koʻzlaridagi ma'no meni titratib yubordi. Xuddiki qandaydir oʻtinch kutgandek edi, xorgʻin va kuchsiz.
– K...kechir... M..men...
– Bu yerdan ket.
– Ammo senchi?
– Mendan uzoqroq boʻlganing maʼqul.
– Ammo, T..Tae...
– Shunchaki ket!
Zardali ohangda chiqqan qat'iy ovoz sabab o'rnimdan turishga majbur bo'ldim. Noilojlikdan ortga qarab qarab xonadan chiqarkanman, eshikni yopishim bilan ichkaridan baland baqiriq ovozi eshitildi. Qo'rqib ketdim. Xonaga qaytmoqchi bo'ldim, biroq kirish uchun jur'atim yetmadi. Kozyoshlarim.... Yana yig'lay olmay qaltirayapman. Ularni tashqariga chiqishiga izn bermayman, berolmayman. Nega bunday qildim o'zi? Kim sifatida unga bunday yaqinlashdim? Qanday haddim sig'di. Men va u boshqa boshqa dunyolarmiz. Qilgan ishim shunchaki xayol og'ushidagi telbalikmi yoki qandaydir hissiyot. Ehtirosmi yoki bu? Tushunarsiz harakatlarim sevgi bo'lishidan qo'rqaman. Yo'q-yo'q bu muhabbat bo'lishi uchun bizda yetarli vaqt ham hissiyot ham mavjud emasdi. Sarxushligim sabab miyyamning bir necha soniyaga meni tark etgani tufayli shunday axmoqlik qildim. Boshqa narsa emas. Lekin nega unga bunday boʻldi? Menga, ya'ni oʻz kuchiga haddan tashqari yaqin kelgani sabab oʻzini boshqara olmay qoldimi? Xayollarim chalkash. Miyamga kelgan bir fikrni boshqa biri kesib tashlayapti. Nima boʻlganidan qat'iy nazar bu mening aybim bilan boʻldi. Hamon eshik yonida boshimni changallab oʻtiribman. Ichkaridan kelayotgan ovoz tinib qolganiga ancha boʻldi. Butun uyga sukunat bilan birga zulmat choʻkkan. Menimcha u oʻziga kelganga oʻxshaydi. Oʻrnimdan ohistalik bilan turib eshik tutqichidan tutdim, biroq ochishga kuchim yetmadi. Uning koʻzlariga qaray olishimga ishonmayman. Shu sabab qoʻlim oʻz oʻzidan havoda muallaq qolib ketdi. Taehyungning xonasiga kirib uxlashga majbur boʻldim. Birinchi oʻrinda yuzimni sovuq suvga yuvib hushimni yigʻishga urindim. Bu oz boʻlsa ham yordam berishiga ishonardim har qalay. Boshim ham aylanib koʻz oldimda buyumlar soni ortib borayotgandi. Oyoqlarim sudralib oʻzimni yotoqqa tashlagancha yuzim bilan birga koʻrpaga oʻranib oldim. Qaniydi koʻzlarimni boshqa ochmasam... Ming xil o'y-xayol taʼsirida aqldan ozaman. Bugun hamma narsa oʻz chegarasini yoʻqotdi. Xuddiki, bir yillik tashvishni bir kunda boshdan kechirgandekman. Eng yaqin doʻstim sevaman deb yurgan insonimga turmushga chiqdi va bundan zarracha ham afsusta emas. Osmondan tushgan odam qiyofasidagi qandaydir yigit mening 1kunlik yigitimga aylandi va buni qarangki, Ms Sunaening koʻngli bu yolgʻonni haqiqatga aylantirishni xoxlab qolibdi shekilli, uyatsizlarcha ichib olib uni oʻpdi. Hammasi kamdek tashnalikdan telbaga aylanib yetti yot begona erkakdan boʻsa olayotgan bir vaqtimda u yelkasidan qanot chiqarib allaqanday maxluqqa aylandi. Jin ursin! Ustimdan koʻrpani olib tashlarkanman dimogʻimga urilayotgan ifor ham gʻashimga tegayotgandi. Aslida bu hid hamisha meni tinchlantirgan lekin hozir... U haqida oʻylamaslikka qancha urinmay xonaning har bir qismidan kelib turgan boʻy men bilan qasdlashmoqda. Asabiy koʻzlarimni yumdim. Hozir birdan bir istagim uning ahvoli haqida bilish.

Lekin jurʼat etolmayapman...

~

Koʻzlarimni uyqudan ochganimda ogʻriqdan boshim yorilib ketgudek zirqirayotgan edi. Boshim aylanib oʻrnimdan turdim. Yotoq yonidagi soat 05:23 ni koʻrsatayotgandi. Hali quyosh ham chiqmagan, atrof gʻira-shira qorongʻu edi. Tuni boʻyi Taehyung haqida oʻylab chiqqanim bois uxlaganimni ham his qilmadim. Tezda xonadan chiqib oʻz xonamga shoshdim. Eshik yoniga kelib toʻxtab qoldim. Taqillatmasdan kirganim ma'qul deb oʻyladim, agar uxlayotgan boʻlsa uygʻotib yubormaslik uchun. Eshikni ohista ochar ekanman xonaning ahvolini koʻrib turgan yerimda muzlab qoldim. Bu nimasi? Hamma yer agʻdar toʻntar boʻlib yotibdi. Yotoq yonidagi chiroq parchalanib ketgan, shkaf va divanning singan qismlari buning ustiga polda tirnoq izlari ham bor. Xonani koʻzdan kechirganimdan soʻnggina koʻzim yotoqda yotgan yigitga tushdi. Ochiq yelkasida ikkita ulkan chandiqqa oʻxshagan jarohat turgandi. Atrofida esa qop qora qanotning ayrim qismlari. Mayda qadamlar bilan u tomon yura boshladim, u tirikmi? Oxirgi bor buni tekshirish uchun unga teginganimda nimalar sodir boʻlgani yodimda. Bu safar oʻsha ishimni takrorlasam hammasi oʻz iziga qaytar ehtimol.

Boʻlmagʻur xayollarni bir chetga surib mayinlik bilan uning yoniga cho'kdim. Yotoqda yuztuban yotgan yigitning uzun, jingalak sochlari peshonasini butkul qoplagan va koʻz ustiga ham sal-pal tushib turgandi. Uyqusirayotgan boʻlsam kerak hatto shuncha ishdan soʻng ham u koʻzimga kelishgan boʻlib koʻrinmoqda. Bunday nigohlar bilan qaramasligim kerakligini bilsam ham oʻzim bilmagan holda tikilib qoldim. Kechagi tartibsizlikdan oldin yuz bergan hodisa... Men uni o'pdim va u ham menga javob qaytardi. Bu lahzalar juda qaynoq edi. Uning lablari mening lablarim ustida qanday harakat qilganini eslab entikib ketdim. Nafasimni bir zum yutib oʻsha onda qayta yashadim. Qaynoqlik butun vujudimni qayta yoqqandek kaftim ixtiyorimga qarshi uning qoʻllari tomon harakatlandi. Taehyungning tanasiga tegar tegmas masofada qolgan qoʻlimni undan uzoqlashtirdim. Bu xavfli boʻlishi mumkin. Ammo uzun jingalak sochlardan oʻzimni tiyib turolmadim. Uning sochini ehtiyotkor harakatlar bilan yuzidan olib yotoqqa tirsagimni suyagancha boshimni qoʻydim. Uning issiq nafasi qoʻlimga tegib turardi. Bir maromda terimga urilayotgan havo va uning nafas ovozi tinch xonad hayot alomatlarini sezdirib turardi. Koʻzlarim yumilib ketayotganini sezib turibman. Kuchli uyqu taʼsiridan chiqib keta olmayman, nazarimda...

~

Seoul allaqachon tun bilan xayrlashib quyoshni qarshi olishga ulgurgandi. Taehyung tanasini qidirayotgan issiqlikdan bezovtalana boshladi. Buning ustiga oʻzini ogʻir his qilayotgani ortiqcha. Koʻzlarini ochgan yigit oʻziga juda yaqin masofada pishillab uxlab yotgan qizni koʻrdi. Uning qop qora sochlari yigitdagi zulmatni eslatardi. Taehyung hech qanday harakatsiz unga tikilib qoldi. Nega u bunday qilyapti? Haddan tashqari yaqinlik Taehyungni allaqachon tashvishga solib boshlagandi. Qoshlari chimirilib oʻylanarkan tanasidagi ogʻriq yodiga tushib lablarini qattiq tishladi. Qizni uygʻotib yubormaslik uchun nafasini ichiga yutib oʻrnidan turarkan yelkasi osha turgan zirqirash taʼsirida lablaridan beixtiyor iflos soʻzlar yangradi. Shivirlab arang gavdasini koʻtargan yigit yotoqdagi tartibsizlikka guvoh boʻldi. Imkon qadar oʻzini bosiq tutishga urinib lab burgancha yuvinish xonasiga kirib ketdi. Oʻzini sovuq suv ostiga urgan yigit yuzidan oʻrmalab tushayotgan suv tomchilariga nigohlarini qadab bir nuqtada qotib qoldi. Xayolida esa keyingi taqdiri nima boʻlishi singari chalkash fikrlar bor edi. Nima boʻlgan taqdirda ham u bilardi, Sunae bilan oʻrtasida hech qachon yaqinlik boʻlishi mumkin emasligini. Qizning tanasidagi kuch uni tez orada yemirib tamom qilishini kutayotganini ham sezib turardi. Biroq nega endi bunga koʻnika olmayapti. Qizning koʻzlariga har qaraganida oʻzini aybdor sezib yuragi oʻrranishining sababi nima? Uning oʻlimini xoxlamayotganimi yoki oʻzini aybdor his qilayotganimi? Qaqnuslar oʻldiruvchi kuch emas, aksincha ular hayot bagʻishlaydi. Ming afsuslar boʻlsinki, hayot baxsh etuvchining oʻziga ham hayot kerak ayni dam.

Sunae oʻrnidan turganida xonada yolgʻiz ekanligini koʻrib biroz hayratlandi. Atrofga alanglab xonadan chiqar ekan uyning har bir burchagidan Taehyungni qidira boshladi. Lekin topa olmagach oshxonaga kirib ochiq turgan derazani yopdi va iliq suv quyib icha boshladi. Bir muddat tik oyoqda turgan qiz boshidagi kuchli chiyillashdan tebranib ketdi. Stakan ushlagan qoʻli qaltirab barmoqlari orasidagi jipslikni yoʻqotgan holda kaftlari orasidagi idishni qoʻlidan tushirib yubordi. Polga sachrab ketgan shisha siniqlarini hatto payqamagan qiz koʻzlarini chirt yumib tobora kichrayib borayotgandi. Butun badani qizib ketayotganini sezib turardi, ammo vujudi xuddi sovuqda qolgandek qaltiroq bilan qoplanganini ham inkor etolmaydi. Sunae boshimi tirsaklari orasiga olib g'ujanak boʻlib qoldi. Birdan ortidan quchgan yigitning ifori dimogʻiga urilishi bilan koʻzlarini ochib ortga burildi.
– T...Taehyung?
Taehyung qizga javob qaytarmadi. Qoshlari chimirilgan, koʻzlarida esa gʻazab aks etib turgandi. Bu Sunaening ichiga shubha oralashiga olib keldi.

Yana qayta chiyillash bilan koʻzlarini yumgan qizni koʻrgan Taehyung hech narsa demay uni dast koʻtargancha mehmonxonaga olib kirdi. Qizni avaylab divanga yotqizgach unga suv uzatdi. Ammo hali ham undan bir ogʻiz ham sado chiqmagandi. Qaltirog'i bosilmagan Sunae suv ichish barobarida koʻzlarini Taehyungga tashlab qoʻyardi, afsuski biror marta u bilan nigohlari toʻqnashmadi. Stakanni kaftlari orasiga olgan qiz ham koʻzlarini suvga tikib sukut saqladi.
– Men ketyapman.

Ancha vaqtlik sukut orasida yangragan dagʻal ovoz va undagi qat'iy ohang bir onda Sunaeni shoshirib qoʻydi. Birdan uyqusizlikdan shishgan qovoqlari bilan koʻzini yigitga qaratdi. Nimadir deyishni istasa-da gapirish uchun soʻz topa olmayapti.
– Xabardor qilib qoʻyishni istadim.
– Kechagi ish uchunmi?
Nihoyat miyasidagilar tiliga koʻchgan qiz yigitdan javob kutib jim turardi. Ammo Taehyung ham u bilan qasdlashgandek qoʻl qovushtirib oʻtirgandi.
– Agar shu sabab boʻlsa, men... m.meni kechir... Chindan men...
Gaplarini tugallab ulgurmagan qiz undan taxminan 3 metr uzoqdagi divanda oʻtirgan yigitning soniyalar ichida yonida paydo boʻlganidan choʻchib tushdi. Gapi ichida qolib ketib nafasi toʻxtab qolishiga bir bahya qoldi.
– Nae, sen istagan narsani sendan-da koʻproq xoxlaganimga ishonasanmi?
Yigitning yuzi qiznikiga shu qadar yaqin turgandiki, Sunae oʻz ismini ham yodidan chiqarib yuborishiga bir bahya qoldi. Uning gaplarini tahlil qilishga urinib koʻzlari qarshisidagi bir juft qorachiqlarga tikilib qoldi.
– Bizning oʻrtamizda nimadir boʻlishi mumkin emas. Kechagi boʻlgan holatni ikkimiz ham idrok etolmay qoldik. Lekin buni oʻz xoxishimiz bilan qilganimizni ham inkor etolmaymiz, shunday emasmi?
Taehyung gapirish mobaynida nigohlarini qizning lablariga qadab unga yaqinlashib borardi. Xayolida kechagi qaynoq boʻsa jonlanarkan harakatlarini ham boshqarolmay qolayotgandi. Lablariga kelib urilayotgan issiq havo zarrasi qizning ham xayollarini uchirib yubordi.
– Men kecha mast edim...
– Agar hushing oʻzingda boʻlganingda bunday qilmasdingmi?
Taehyungning ogʻir gavdasi qiz tomon borgan sari egilib borarkan Sunae koʻzlarini olib qochdi.
– Hushim oʻzimda emasdi deya olmayman, ammo...
Taehyung lablarini tishlab boshini egdi. Sunae uning harakatlarini tushunmay qoshlarini chimirib unga sinchkovlik bilan qaradi.
– Nima boʻldi?
– Ortiq yoningda qololmayman.
Yigit oxirgi gapini aytib undan keskin uzoqlashdi-da oʻrnidan turdi.
– N.nima? Qayerga borasan?
– Oʻz uyimga.
Xotirjam javob qaytargan yigit egnidagi kiyimini rostlab eshik tomon yura boshladi.
– Nima? Qanaqasiga? Qanday uy?
– Nima shunday katta kompaniyaninh vitse prezidenti uysiz odam ekanligiga ishondingmi?
– Ya'ni... Sen chindan...
– Toʻgʻri taxmin qilding.
U yurishdan toʻxtamay Naening gaplariga javob berib eshikka yaqinlasha boshladi.
– Shoshma, Taehyung
Jonsarak oʻrnidan turgan qiz qoʻlidagi idishni stol ustiga qoʻyib unga yaqinlashdi, ammo oʻrtada katta masofa qoldirib uy markazida toʻxtadi. Taehyung savolli qiyofa bilan qizga qarar ekan uning koʻzlaridagi qandaydir notinchlikdan hayron boʻldi.
– Endi uchrashmaymizmi?
Birdan boshini egib kulimsiragan yigit qoʻllarini choʻntagiga solib bosh chayqadi.
– Yoʻq.
– Axir oʻzing emasmi, meni yonimda boʻlishga majbursan degan? Bundan chiqdi senga ortiq keragim yoʻqmi?
Yana oʻylanib Taehyung yoʻgʻon tili bilan pastki labini yalab olar ekan nigohini yerdan uzib qarshisidagi insonga qaratdi.
– Ha. Endi kerak emassan.
Taehyung aslida Nae uchun hech kim boʻlmasa-da uning lablaridan orasidan chiqqan hissiz soʻzlar qizning yuragini negadir oʻrtab yubordi. Ózi sezmagan holda bir qadam ortga tisarilgan Sunae yosh qoplab kelayotgan koʻzlarini yerga qadab bosh irgʻadi.
– Oʻz olamingga qaytasan, shundaymi? Boshqa koʻrishmasligimiz aniq ekan. Unda xayr.
– Xayr.
Yuz burib xonadan chiqib ketgan yigit harorati keskin oshgani his qildi. Uzun yoʻlak boʻylab lift tomon ketar ekan nafas olishi ham tezlashib borardi. Lift tugmasini bosib 2-3 qadam ortga yurarkan gʻazabini bosa olmay liftning temir eshigiga mushtlab zarba berdi.

Lekin bu hovuridan tushishiga yordam bermadi. Tez orada ochilgan lift ichiga kirib uyoqdan buyoqqa yurib tinchlanishga urinardi. Nega Sunaening oxirgi koʻrgan holati koʻz oldidan ketmayapti? Nima sabab qaytib uni bagʻriga bosib yupatishni istayapti? Nega unga achinmoqda? Devorga suyanib koʻzlarini chuqur yumgan yigit tinchlanishga harakat qildi. Binodan chiqib taksi ushlagancha Doosan kompaniyasiga yoʻl oldi. Taksida yurishdan ichi qisilib ketgan yigit g'ingshib atrofga tez tez qarab qoʻyardi. Nihoyat kompaniyaga yetib keldi. Mashinadan tushgan yigitning qimmatbaho poyabzali qop qora asfaltga urildi. Avval atrofga tund qiyofa bilan nazar solib soʻng ichkariga kirdi.

Xodimlar uchun emas, boshqalar uchun ajratilgan tomondan oʻtib asosiy zal boʻylab liftga ketar ekan uni koʻrgan ayrim xodimlar hayratlanib qarashardi. Qimmatbaho kostyumining bel qismidagi atigi bitta tugmasi oʻtkazilgan boʻlsa-da bu sira uni tartibsiz qilib koʻrsatmayotgandi. Aksincha yanayam oʻziga ishongan takabbur boshloq koʻrinishida gavdalangan bu yigit bir tekis qadamlar bilan toʻgʻri deriktorning xonasiga bostirib kirdi.
– Jin ursin* BU KIM B...
Eshikka teskari burilgancha yumshoq charm krisloga yastanib hujjatlarni imzolayotgan Jung Hayung o'shqirgancha ortiga qayrilarkan qarshisida kutilmagan birini koʻrdi.
– Feniks?
– Ha xush koʻrdim.
Hatto ruxsat soʻramagan yigit Hayungning qarshisidan joy olgancha oyoqlarini keng unga "oʻtir" degandek ishora qildi. Oʻzini epaqaga keltirgan qiz tomoq kirib oʻrniga joylashdi. Bir muddat xonani koʻzdan kechirayotgan Taehyungga nazar tashlagan Hayung chuqur uh tortib oʻzini ortga tashladi.
– Aysh koʻrinib turibdi, oldindan olgan maoshingga yaxshigina bezanibsan, - kesatiq ohanggida dedi qiz.
Taehyung tilini tanglayiga urib oyoqlari holatini oʻzgartirdi.
– Hasading kelyaptimi?
– Qoʻysangchi, birgina uylantirish qolibdi seni.
– Menga uy kerak.
Birdan mavzuni burgan Taehyungning Hayungning hazillariga eʼtibor bermadi.
– Haligi qizaloqni uyichi? Sigʻmay qoldingmi?
– U bilan bir joyda yashay olmayman.
Yigitning yuzidagi oʻzgarishni sezgan Hayung biroz jiddiylashdi. Qaddini koʻtarib doʻstiga sinchkov nigohlar bilan tikildi.
– Uni sevib qoldingmi?
– Bu sevgi emas.
– Tushunmadim. U bilan bogʻliq nimadir boʻlgani aniq. Menga bu ojizlarcha koʻrinishing yoqmayapti.
– Unga zarar berib qoʻyishim mumkin.
– Xax, bu sevgi emasmish...
Koʻzlarini kosasi boʻylab aylantirgan qiz mensimagan ohangda shivirladi.
– Agar uni oʻzim oʻldirib qoʻysam, qudratimdan ayrilaman deb oʻylayapman.
– Nega uni oʻldirib qoʻyaman deb oʻylayapsan, axir?
– Bilmayman. Jin ursin u menga yaqin kelsa oʻzimni nazorat qilolmayapman. Ichimdagi o't menga boʻysunmayapti.
– Nima unga shunchalik yaqin bordingmi?
Bir onga ichiga shubha kirgan Hayung asabiylikdan peshonasini tinmay ishqayotgan yigitga savol yoʻlladi.
– Ha.
– Qanchalik yaqin edingiz?
– Men undan bo'sa oldim.
– Nima? Jin ursin* bu sevgi boʻlmay nima, Feniks?
Oʻrnidan turib ketgan qiz adabiylashganidan qay tarzda ovozini balandlatganini ham sezmay qoldi.
– Bu sevgi emas, Hayung.
– Ha shunaqami? Unda nima bolalar oʻyinimi?
– Bu hirs. Sevgi boshqa mavzu.
– Oh buni qarang. Unda hirsingiz faqat boʻsa bilan kifoyalandimi, azizim?
– Ha! Agar qanotlarim kutilmaganda meni bezovta qilmaganda undan ortigʻini ham qilgan boʻlardim.
– Qanotlar?
– Ha. La'nati qanotlarimni boshqara olmadim. Tanamda kuchli ogʻriq paydo boʻldi. Bu nima?
– Haa vaziyat ancha jiddiy.
– Yaxshisi menga uy top.
– Koʻnglingiz yana nimadir tusaydimi, janob?
Telefonni qulogʻiga tutayotgan qiz harakatdan toʻxtab zaharli ohangda Taehyungga nishini sanchib oldi.
– Ha mashina ham kerak. Shilliqqurtga oʻxshab yuradigan taksilardan bezib ketdim.
– Yo Xudoyim. Yaxshi.
– Men ketdim.
– Qayerga?
– Sening uyingga albatta. Shuning uchun tezroq uy top.
– N.. nima? Shoshma! Hoy Feniks!
Hayung xonadan beparvolarcha chiqib ketayotgan yigitning ortidan baqirarkan u bunga qulogʻini ham qimirlatmay xonani tark etdi.
– Hoy! Ismi nima edi-ya buni? Jin ursin* ABLAX QORA QARGʻA UYIMGA KIRA KOʻRMA!🗣️
Yigitning ortidan bor ovozida o'shqirgan qiz zarda qilgancha jizzaki bir holatda oʻrindiqqa oʻzini tashladi.

– 1 HAFTADAN SOʻNG –

Taehyung ketganidan buyon 1hafta oʻtdi. U shunchaki ketdi. Lekin nega men bundan qattiq siqilyapman tushuna olmadim. Hamon u qolgan xonaga kirsam gʻalati iforni his qilaman. Yoqimli, insonni mast qiluvchi... Koʻcha sovuqligi ham gʻashimga tegyapti. Qoʻllarimni koʻksimda oʻrab xayol surib ketar ekanman ayni damda uning qaynoqligini his qilishni istayapman. Qancha xayollarimdan uni surib chiqarishga urinmay bu imkonsizdek tuyilmoqda. Uni sevib qolmaganman deb qayta va qayta uqtiryapman qalbimga. Lekin nega yuragim buni tushunmayapti? Koʻzimga yigʻilgan yoshlarni bartaraf etish maqsadida osmonga tikilar ekanman oʻzimni hech qachon bunday axmoqdek tasavvur qilmaganim miyamda aylanyapti. Birdan menga urilib ketgan erkak taʼsirida ortga tisarilib ketdim. Notanish odamning qoʻlidagi narsalari yerga toʻkilib ichidagi olmalar yoyilib ketdi.
– Ax uzr janob, kechirasiz sizni koʻrmay qolibman.
– Hechqisi yoʻq, Song Sunae xonim.
Olmalarni yerdan terar ekanman, kutilmaganda eshitgan oʻz ismimdan gangib qoldim.
– kechirasiz?
Yoshi kattaroq yuzlarini ajin bosgan erkak boshini koʻtararkan uning yuzini boshkiyimining soyabonidan koʻra olmayotganim uchun pastroq egildim.
– Hechqisi yoʻq, men ularni oʻzim yigʻib olaman.
– Buni aytmadim. Ismimni qayerdan bilasiz?
Gapimdan soʻng toʻxtab qolgan erkak qisqa yoʻtalib oʻrnidan turdi. Men esa undan javob kutib ogʻzini poylay boshladim.
– Bilasizmi, sizdagi kuch oʻlimni chorlashini
Mendagi kuch? Tanam muzlab qoldi. Ichimni jumbushga keltirgan qoʻrquv va tashvishdan lablarim qaltirab ketdi.
– N..nima?
– Siz ham oʻlasiz, u ham. Tirik qolishni istamaysizmi? Siz chorasini topasiz, uni toping.
– Nimalar deyapsiz?
U qoʻlimga qandaydir qogʻoz tutdi. Kichik qogʻoz boʻlagini ochib shuni koʻrdimki, bu qandaydir uy manzili. Qariya Taehyung haqida gapirdimi? Nimalar boʻlyapti...?
– Janob bu...
Qogʻozdan boshimni koʻtarib ne koʻz bilan koʻrayki, 10 soniya oldin yonimda turgan odam gʻoyib boʻlgandi. Men qanday dunyoda yashayapman oʻzi? Aqldan ozish hech gap emas. Bu qanday manzil boʻldi? Bir qoʻlimdagi noma'lum manzilga bir atrofga alanglar ekanman nima qilishimni bilmay bir yerda qotib qolgandim....

7-qism tugadi.

Keyingi qismda:

– Kim Taehyung! Sen o'lishing mumkin! Tushunyapsanmi o'lishing?! Qayta tiriladigan xususiyating yoʻqdir harqalay.
– Bor edi... Afsuski endi yoʻq.
– Nega? Nega endi yoʻq...
– Chunki hammasi senda...
– Sen ularni boshqara olasan...
– Qachonki, senga yaqinlashsam...
Yigitning koʻzlaridagi yashirin shaxvat bir lahzaga Sunaeni shoshirib qoʻydi. Taehyung mayda qadamlar bilan qizga yaqinlashib uning biroz shishgan koʻkragidan silab uzun barmoqlarini pastlatar ekan ogʻir yutindi.
– Balki, oʻzimga tegishlisini qaytarib olishning boshqa usulini sinab koʻrarmiz?!...

Author: Aera