December 6

DARK BEAUTY - EP_8

Qaqnus - zulmatdan sevgi axtargan daxshatli goʻzallik edi...

PovSunae: Atrofni quyuq tuman qoplagani gʻashimga tegib koʻzlarimni qisgancha atrofga nazar tashlar ekanman toʻgʻri manzilga keldimmi yoki yoʻq bilolmayotgandim. Yoʻlimdan uchragan notanish insonning gaplariga quloq solib shu yergacha keldim, aslida bilmayman u ham oddiy odammi yoki Taehyungga oʻxshagan boshqa biri. Oʻlim haqida gapirganda tanamda uchmagan tuk qolmadi, yana bu faqat mening o'limim emas... Koʻp qavatli binoning ichkarisiga kirib qoʻlimdagi manzilga yana bir bor koʻz yugurtirdim. Liftdan kerakli qavatga koʻtarilar ekanman ichimda qandaydir hislar jumbushga kelib tanamga yengil titroq oraladi. Bu kimning manzili ekanligini ham bilmayman, shunchaki keldim xolos. Axmoqman balki qaytib ketarman. Negadir ichimda bir tuygʻu bu Taehyungga tegishli deyapti. Chindan... Ochigʻi nima haqida oʻylashni ham bilmay qoldim. Chuqur nafas olgancha kerakli raqam ostidagi eshik qarshisida toʻxtab turardim. Jur'atsizlik qilyapman. Nima farqi bor, bu Taehyung yoki boshqasi. Kim boʻlishidan qat'iy nazar men uchun begona ekanligi aniq. Qoʻlimni qoʻngʻiroqqa olib borib ikkilanish bilan uni bosdim. Bir necha soniya ichida eshikni ochgan yoshi kattaroq, yuzini bilinar bilinmas ajinlar qoplagan ayolga tikilib qoldim.
– Salom
Anqayib qolganimga hayron boʻlgani shundoqqina yuz ifodasidan sezilgan ayol shirin jilmayib murojaat qildi. Xuddi "nima istaysiz?" degandek qarab turar ekan bir lahzaga xayollarimni jamlolmay qolganimga gaplarimni yoʻqotib qoʻydim.
Sunae: H..haligi b.bu kimning uyi?
– kechirasiz... - tabassumini yoʻqotmagan ayol yuzidagi ifodani saqlagan holda savol bilan yuzlandi.
Sunae: Menga shu manzilni berishgandi uy egasida ishim bor.
Bir nafasda gaplarimni yakunlab javob kutdim. Ochigʻi tayinli bahona topa olmadim va toʻgʻrisini aytib qoʻya qoldim.
– Ha marhamat ichkariga kiring, janob hozir uyda emas, uzogʻi 10 daqiqalarda kelib qolsa kerak.
Sunae: Raxmat.
Kichik tazim bilan ichkariga kirar ekanman bu yer ancha hashamdor ekanligiga guvoh boʻldim. Yoʻq shunchaki hashamdor emas, balki oddiylik bilan berkitilgan hashamat edi bu. Jihozlar bir biriga shunchalik did bilan uyqashtirilganki, qoyil qolmaslikning iloji yoʻq. Ulkan oyna qarshisidagi divanga joylashib qoʻlimdagi sumkani yonimga qoʻydim. Haligi ayol kim ekanligini soʻramaganim uchun afsuslana boshlagandim, ammo yana osha quyoshdek tabassumi bilan yonimda paydo boʻlgan bu inson menga taklif bilan murojaat qildi.
– Nimadir ichishni istaysizmi, xonim?
Sunae: Yoʻq raxmat, kechirasiz, siz bu uyning egasi emasmisiz?
– Yoʻq xonim, men shunchaki uy xizmatchisiman. Uyning egasi Janob Kim Taehyung.
Sunae: N..nima?
– Ha 10 daqiqada janob ishdan qaytadilar.
Sunae: T..tushunarli
Oʻzim uchun kerakli javobni qabul qilganimdan soʻng ajablanish hissi butun vujudimni qamrab oldi. Janob Kim Taehyung... Qiziq u qachon shunchalik badavlat boʻlishga ulgurdi? Xoʻsh nega oʻsha odam menga Taehyungning manzilini berdi? Jin ursin men nega keldim bu yerga?! Axmoqman! Ketishim kerak. Hech narsani oʻylamay oʻrnimdan turgancha eshikka tomon intildim. Sumkamni qoʻlimga olish bilan birga eshik dastagiga endi qoʻl uzatib uni ochgan ham edimki, qarshimdan chiqqan yigitni koʻrib qotib qoldim. Oyoqlarim oʻz oʻzidan yurishdan toʻxtab gangib qolgandim. U 7kun ilgarigi Taehyungmi? Ha aynan oʻzi. Ammo bu qarashlar... Bu tund qiyofa... Undagi hammasi oʻzgarib qolgandek.
Sunae: S..salom
Beixtiyor tilimdan chiqqan soʻzlar taʼsirida noqulaylik bilan koʻzlarimni olib qochdim. Yoʻq men bunday qilolmayman, nega oʻzimni bunchalar noqulay his qilyapman?!
Taehyung: Mehmon kutmayotgandim.
Keskin va qoʻpol ohang. Meni chetlab oʻtgan yigit uy ichkarisiga kirar ekan oʻzimni bu qadar tentakdek his qilmaganman. Jahlim chiqyapti. Oʻzimdan emas aksincha undan. Toʻgʻri taklifsiz keldim, lekin shunday qoʻpollik qilish odobdanmi? Eshikdan kirib menga orqasini qilgancha toʻxtab qolgan yigit bir qoshini koʻtargan koʻyi birdan ortiga oʻgirildi.
Taehyung: Vaholanki, kelgan ekansan, marhamat ichkariga kir.

Sunae: Raxmat taklif uchun. Shuni ham ravo koʻrmaysan deb oʻylagandim.
Toʻsatdan tilimdan chiqqan zaharxandalik bilan ichkariga kirdim. Oʻzidan qandaydir oliftani yasab olganmi? Ensa qotirgancha hali nari ketib ulgurmasimdan uyga qayta kirdim. Uni chetlab oʻtib zinaning yonida toʻxtar ekanman uning yonimga kelishini kutdim. Mayda va xotirjam qadamlar bosib qarshimga kelgan yigit qoʻllarini koʻksida bogʻladi.
Taehyung: Xoʻsh?
Uning nigohlari bilan bir soniyaga toʻqnashib tezda koʻzlarimni olib qochdim. Choʻntagimdan kichik qogʻoz boʻlagini chiqarib uning koʻksiga jahl bilan urdim. Bu oʻsha nomaʼlum kishi bergan manzil. Menga bir koʻz tashlab keyingi gal nazarini qogʻozga tashlagan Taehyung qoshlari zumda chimirilib menga qaradi.
Sunae: Xoʻsh? - dedim men ham unga javoban.
Taehyung: Bu mening manzilim.
Sunae: Buni allaqachon bildim. Buni menga kim berganini bilasanmi?
Taehyung: Afsuski yoʻq.
Sunae: Men ham bilmayman.
Taehyung: Nima? Shamol orqali uchib qoʻlingga tushib qoldimi? Yo gʻoyibdan paydo boʻldimi?
Sunae: Unisi ham bunisi ham emas. Qandaydir yoshi kattaroq erkak toʻsatdan urilib ketib qoʻlimga shu manzilni tutdi. Ikkingiz ham o'lasiz dedi u.
Taehyung yana koʻzlarini manzilga qadab kutilmaganda uni g'ijimlab tashladi.
Taehyung: Ketishing mumkin.
Meni chetlab zinalardan yuqorilamoqchi boʻlgan yigitning bilagidan hech ikkilanishsiz tutib oʻzimga tortdim. U oʻrnidan deyarli siljimagan boʻlsa-da bu harakatimdan hayron qolgani shundoqqina koʻtarilgan va bir chiziqqa kelgan lablaridan maʼlum edi. Ammo men uzoqlashmadim, jasoratli boʻlib qoldim shekilli.
Sunae: Yana shunday ketib qolyapsan. Menga hammasini izohlab bermaguningcha ruxsat bermayman.
Taehyungning yuzida doimgi nim tabassum oʻynab butun gavdasi bilan men tomonga burildi. Bitta zina pastga tushish barobarida oʻtkir koʻzlarini menga qadadi. Shundagina oʻzimni ortga olib undan qoʻlimni tortib olishga majbur boʻldim. U xuddi shu qop qora koʻzlari bilan butun vujudimdagi jasorat va kuchni soʻrib olayotgandek edi.
Taehyung: Menga yaqinlashishning boshqa usulini topa olmading shekilli?
Sunae: Aqldan ozganmisan?
Taehyung: Axir senga boshqa uchrashmaymiz, deb aytgandim, Nae.
Nae ~ yana meni shunday atadi. Nega yuragim bunday uyatsizlarcha hapqirmoqda?! Gapimni yoʻqotib qoʻydim. U mendan yuz burgandagina xayolim oʻzimga qaytdi.
Sunae: Meni bexayoga chiqarmoqchimisan? Ovozimni balandlatib undan yuqoriga chiqib qarshisiga turdim.
Sunae: Balki bu sening nayrangingdir?! Oʻsha odamni sen oʻzing menga yo'liqtirgandirsan?
Gapirish mobaynida unga yaqinlashib borayotganimni u yuzini mendan uzoqlashtirib tishlarini g'ichirlatganida sezdim. Qaynoq nafas bilan shivirlagan yigit tanasini ortga oldi.
Taehyung: Mendan uzoqroq tur, iltimos.
Sunae: Nima?
Nima mendan yomon hid kelyaptimi? Meni chetlab oʻtgan yigitning ortida qolgancha sochlarimni hidlarkanman hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qildim. Ammo nega u bunday dedi?! Ablax meni chindan hayosiz suyuqoyoq deb oʻylayapti shekilli?! Uyimdan ketayotganida boshqacha edi, adashmasam. Jin ursin oʻsha odam oʻlim haqida gapirdi, buni eʼtiborsiz qoldira olmayman. Butunlay yuqoriga chiqib yoʻqolib ketgan yigitning ortidan ergashdim. Qarshimdan chiqqan xonalarga tikilar ekanman u aynan qaysi biriga kirganini koʻra olmay qoldim. Tavakkal qilib birinchi xonaga bosh suqar ekanman hech kim yoʻqligini koʻrdim. Keyingi xona... va u ham bo'sh. Demak Taehyung aniq oxirgi qolgan xonada. Eshikni taqillatib javob kelishini kutdim. Biroq hech qanday sado eshitilmadi. Yana bir bor chertdim. Bu safar ham evaziga tinchlik. Oxiri eshikni ochib ichkariga qadam tashladim. Koʻylak tugmalari ochiq yigit boʻynini choʻzgancha kelar ekan bir onga qarshimdagi manzaradan nafas olishdan toʻxtab qoldim. Koʻzlarimni uning yalang tanasidan uzib olishga hatto harakat qilmayapman. Yo Xudoyim men chindan hayosizman.
Taehyung: Istasang oxirigacha yechaman.

Xonada yangragan dagʻal ovozdan sapchib tushdim. Bu nimasi, umrimda erkak zotini koʻrmagandek tikilishim nimasi?!
Sunae: Gaplashib olishimiz kerak.

Tomoq qirib yuzimni boshqa tomonga burdim.
Taehyung: Nae, kel yaxshisi boshqa uchrashmaymiz.
Sunae: Men ham seni sogʻinganimdan bu yerda emasman.
Ortiq jahlimni tiyib tura olmayman. Nima men oʻzim xoxlab atayin shu yerga keldimmi?!
Sunae: Qandaydir erkak menga oʻzidan oʻzi ismim bilan murojaat qilib shu manzilni tutmaganida va oʻliming haqida gapirmaganida uyingga qadamimni ham bosmas edim.
Gapirish mobaynida unga yaqinlashar ekanman jahldan qizarib ketganimni taxmin qildim. Hozir ahamiyatsiz. Lekin nega u jim? Haligacha hech narsa demayapti. Gapimni yakunlashim bilan uning lablariga tikilib ular orasidan bir soʻz chiqishini kutar ekanman koʻzlarim ixtiyorimga qarshi uning yuzi boʻylab sayr qila boshladi. Bir biriga jipslashgan tishlar tasirida oʻynayotgan jag' suyaklari va silliq terisi... nega bunchalar mukammal?!
Taehyung: Xoʻsh? Sen uchun baribir emasmi? Mening o'limim yoki yashashim. Bularning nima qizigʻi bor senga, Nae?
Sunae: Baribir emas. Istasang meni hayosiz de, ammo men uchun sen bilan bogʻliq hech narsa baribir emas endi.
Taehyung uzun barmoqlari bilan peshonasini ishqar ekan zumda xonaga uning kulgusi yangradi. Telba. Meni mazaxlab kulyaptimi? Jin ursin nimalar deyapman axir, uning oʻrnida men ham kular edim. Aslida men telbaman.
Taehyung: Nae, menimcha oʻzingda emassan.
U kulgudan toʻxtadi. Yuzida hech qanday hissiyot qolmadi.
Taehyung: Endi hech narsani oʻzgartira olmaysan.
U shu qadar umidsiz gapirdiki, ichimdan nimadir uzilgandek boʻldi. Ortiq gapirmagan yigit mendan yuz burar ekan oʻlimni shuncha tez va oson tan olgani uchun undan gʻazablandim.
Sunae: Kim Taehyung! Sen o'lishing mumkin! Tushunyapsanmi o'lishing?! Qayta tiriladigan xususiyating yoʻqdir harqalay.
Hech narsaga qaramay unga qarata o'shqirdim.
Taehyung: Bor edi... Afsuski endi yoʻq.
Sunae: Nega? Nega endi yoʻq...
Taehyung: Chunki hammasi senda...
Oʻrtadagi katta masofani qisqartirib yaqinlashgan yigit ovozini ham pasaytirib ustimga bostirib kela boshladi. Kipriklarim bilan nigohlarimni yopmoqchidek qorachiqlarimni pastga qaratar ekanman u hamma masofani bosib oʻtdi.
Taehyung: Oʻlim qoʻrqinchli emas degan sen eding.
Boshimni koʻtarib nigohlarimizni birlashtirar ekanman yirik qorachiqlar meni yutib yubormoqchidek. Yuragim bilan qasdlashib uni jim qilishga urinib nafasimni ichimga yutdim.
Sunae: Sen ularni boshqara olasan...
Bazo'r tilimga koʻchgan xayollarim qanday ohangda chiqdi bilmadim, ammo gaplarim unga yetib bordi, chamamda...
– Qachonki, senga yaqinlashsam...
Taehyungning koʻzlaridagi yashirin shaxvat bir lahzaga meni shoshirib qoʻydi. Taehyung mayda qadamlar bilan yaqinlashib biroz shishgan koʻkragimdan silab uzun barmoqlarini pastlatar ekan ogʻir yutindi. Men nega qarshilik qilmayapman. Qizib ketayotgandim. Nafasim tezlashib tinmay uning nigohlari bilan uchrashish uchun uning qorachiqlarini taqib qilmoqdaman. Lekin uning koʻzlari mening tanamda...
Taehyung: Balki, oʻzimga tegishlisini qaytarib olishning boshqa usulini sinab koʻrarmiz?!
Sunae: Ya'ni?
Hech ikkilanishsiz meni ortimdagi devorga tirab belimdan siqimlagan yigit uzun barmoqlarini yuzimga olib keldi. Lablarimdan silagancha yeb yuborgudek tikilar ekan nega uni oʻzimdan itarmayotganimga tushunmayotgandim. Biroq qaynoq taft allaqachon ichimga olov yoqishga ulgurgandi. Jovdirab unga qarar ekanman yuzi borgan sari jiddiylashib ketayotgan Taehyung qoshlarini bir nuqtaga uyib boshini eggancha chuqur nafas olib chiqardi.
Sunae: Hammasi joyidami?
Uning qaddi tobora pasayib ingroq bilan devorga musht tushirdi. Aqldan ozgan!
Sunae: Tae, nima qilyapsan? Devor qanday qattiqligini bilmaysanmi, axir?
Taehyung boshini koʻtarib koʻzlarini menga qadadi, bir onda ularga charchoq singib qolgandek edi goʻyo.
Sunae: Taehyung, hammasi yaxshi emas shundaymi?
Taehyung: Nega senga yaqinlashsam, bunday boʻlayotganiga tushunmayapman...
Shivirlash aralash qulogʻimga kirgan gaplar endi meni ham oʻylantirib qoʻydi. Oʻrtamizda boʻlgan oʻsha boʻsa...
Yelkasiga qoʻlini qoʻygancha g'ingshigan yigit mendan uzoqlashishga ulgurmay yelkamdan tutgancha egilib qoldi.

Sunae: Tae!
Unga yordam berib yotoqqacha olib bordim.
Taehyung: Ssss
Tishlari orasidan ingragan yigit yelkasini qoʻyib yubormayotgan edi. Yana qanotlarmi? Yoʻq-yoʻq... Hech ikkilanishsiz uning egnidagi oʻq koʻylagini yechib oldim. Yelkasidan pastlashgan mato ostida yana qora chandiqlar. Oʻsha kuni u yotoqda uxlab yotganida ham koʻrgandim.

Tipa shunaqa

Sunae: Bu chandiq nimaga tegishli, Tae?
Uning ustidan barmogʻimni yuritar ekanman issiqlik taʼsirida tezda qoʻlimni tortib oldim. Xuddi temirga tekkandek kuyish hissini tuydim.
Taehyung: Ehtiyot boʻl!
Mendan biroz uzoqlashgan yigit qoʻlimdan tutib tekshira boshladi.
Taehyung: Sen uchun xavfliman.
Sunae: Ammo koʻrinishidan men sen uchun xatarlidekman.
Taehyung: Bu yerga kelib xato qilding.
Sunae: Gaplashish uchun keldim.
Taehyung gʻazab bilan yelkamdan qisgancha tishlari orasidan vishilladi.
Taehyung: Kelma! Yaqinlashma ortiq menga. Biz mutlaqo boshqa olamlarga tegishlimiz.
Sunae: Qanday mavjudotsan oʻzi?
Taehyung: Sen uchun xavfliman, Sen uchun oʻlimman! Tushunyapsanmi? Bundan ortiq hech narsa.
Sunae: Shuning uchun hatto koʻzlaringga boqishim ham mushkulmi? Hech qanaqasiga birga boʻla olmaymizmi?
– ...
Taehyung oʻrnidan turgancha jimib qoldi. Undan javob kutib men ham oʻrnimdan turdim. Bu sevgi boʻlmasligini istayman. Aslida sevish uchun hech qanday sababim yoʻq. Axir u bilan u qadar yaqin emasdik. Nima bergan kichik yordami sabab unga bogʻlanib qoldimmi? Yoki bir necha soatlik yigitim rolini oʻynagani sabab buni jiddiy qabul qilib yubordimmi? Jin ursin men nimalarni xayol qilyapman?! Aynan nimani his qilayotganimni ham bilmayman. Oʻrtamizda boʻlgan qisqa boʻsa tasiridan nahot hozirgacha chiqa olmayotgan boʻlsam?!
Sunae: Men bu koʻzlar asirasiga aylandim... Men uchun oʻlim boʻlsang, men bu intihoga roziman!
U menga shunday tikildiki, xuddi nimanidir oʻtinib soʻragandek. Bir qoʻlini devorga tirab gavdasining bor ogʻirligini qoʻliga yuklagancha menga qarab turardi, men esa unga. Bir birimizdan koʻzlarimizni uzishni istamaymiz. Yoki faqat men shunday telbaga aylandim. Toʻsatdan menga yaqinlashib chegaralarni bosib oʻtgan Taehyung yuzimni kafti orasiga olib koʻzlarini yumdi. Nega? Menga yaqinlashsa azoblanishini bila turib nega yana bunday qiladi? Bu kuchli xoxishmi? Nega koʻzlari hamon yumiq. Harorati esa oshib bormoqda...
Taehyung: Men hech biriga tushuna olmayapman. Bu sevgi emas dedim. Oʻzimga oʻzim taʼkidlab hammasidan ruhimni ham tanamni ham cheklashga urinyapman. Biroq boʻlmayapti. Sen... Na siyrating na o'ying xayolimdan bir soniyaga boʻlsa ham ketmadi. Bu qanday his? Nega oʻzim uchun hech kim boʻlgan bir qiz uchun buncha bezovtalandim? Men ilgari hech kimni sevmaganman. Insoniy tuygʻularni boshqara olaman deb oʻylagandim, ammo yuragimdagi bu chalkashlikni boshqarish tugul hatto tushuna olmayapman. Qanday qilib meni oʻzingga bu qadar kuchli va tez bogʻlab olding?!
Sunae: B..bu sevgi izhorimi?
Taehyung: Bilmayman. Bu shunchaki ichimdagi hislar...
Sunae: Balki hammasi oddiydir. Shu xavotir sabab sen uchun faqat og'riqdirman?!
Taehyung: Men... Bilmayman. Shu sabab boʻlmaydi, Nae.
U chuqur xoʻrsingancha mendan uzoqlashdi. Qaddini rostlash barobarida bir zumda hissiz koʻrinishga keldi. Shunchalik tezmi?
Taehyung: Ket va boshqa qaytib kelma.
Sunae: Jiddiymisan?
Taehyung: Ha!
Yana oʻsha hissizlik. Meni azoblash uchunmi? Bu nega kerak?! Nima uchun? Nima sababdan degan savollarni necha marotaba oʻzimga berib javob izlaganimni ham bilmayman.
Sunae: Biz hali hech narsani gaplashmadik.
Taehyung: Gaplashmaymiz. Bundan qandaydir foyda bor deb oʻylaysanmi? Ket va boshqa qaytma!
Sunae: KIM TAEHYUNG! MEN SENING O'LISHINGGA JIM QARAB TURA OLMAYMAN!
Ovozim titrab baqirib yubordim.
Taehyung: MENGA BARIBIR! MEN SEN UCHUN KIM EDIMKI, QAYGʻURASAN?
Mendan-da balandroq o'shqirgan Taehyungning oʻtkir ovozidan sapchib tushdim. Birinchi bor menga shunday baqirishi... Oldin ham bu gʻazabnok koʻzlarga duch kelganman, ammo unda buning ahamiyati yoʻq edi. Biroq hozir bu gʻazab ortida nafrat ham bordek...

Taehyung: Sevgan yigiting dugonang bilan birga boʻlgani sabab ovunchoq izlayotgan boʻlsang bu men emasman. Nahot oʻsha sevgilingni shunchalik oson unutib hatto meni sevib qolishga ulgurgan boʻlsang. Seni bunday yengiltak deb oʻylamagan edim, Song Sunae!
Bor jahlim xuddi kaftimga yigʻilgandek uning yuziga qattiq tarsaki tushirdim. Issiqlik taʼsirida va ogʻriqdan yuzim burishar ekan koʻzyoshlarim qorachig'im atrofida qalqib atrof xiralashdi.
Sunae: Ablax.
Unga ortiq hech narsa demadim. Polda turgan sumkamni olgancha xonadan otilib chiqib ketdim. Zinalardan qanday pastlaganimni hatto anglolmay qoldim. Lift eshiklari yopilishi bilan tutib turgan nafasimni qoʻyib yuborib oʻzimni tashlab yubordim. Boʻshashib ketayotgan tanam tobora qaltirab oʻzimga ogʻirlik qilib borayotgandi. Unga yoʻliqishimning oʻzi katta xato edi...

~

PovTaehyung: Yuzimga kelib tushgan kichik va kuchsiz kaftning tafti hamon saqlanib turgandek... Oʻzimni holsiz devorga tiradim. Uni bu yerdan ketkazish uchun boshqa choram qolmagandi. Yigʻlay olmaydigan qaysar. Uning koʻzlarida bunday nafratni koʻrishni istamagandim. Ilk kunlardan yuragimga beso'roq kirib kelgan qizni nahot sevib qolgan boʻlsam?! Men unga nega bunchalar bogʻlanib qoldim? Qachon? Qay tarzda? Nima sababdan? Bilmayman. Ammo bu oddiy his emas. Buni ortiq sevgi emas deb rad eta olmayman. Butun tanamdan alangga chiqib ketayotgani sabab haroratim oshib ketdi. Oʻzimni sovuq suv ostiga olib tinchlanishga urindim. Qandaydir yoʻli boʻlishi kerak...

~

PovSunae: Oʻzimni bu qadar keraksizdek his qilmagandim... Oyoqlarim xuddi yurishni unutib qoʻygandek qayerga qadam bosishni bilmay chalkashlik bilan ketardim. Yoʻldan bir guruh odamlarga qoʻshilib oʻtar ekanman ortimdagi baland binoga nazar tashladim. Shu yerda qolib ketdi qalbim meni...
Ichimdagi cheksiz nafrat bilan ortimga burildim. Atrof qop qorongʻu va tuman... Odamlarni ham yoʻlni ham koʻrish imkonsiz. Ortimdan kelayotgan qadam tovushlari meni sira bezovta qilmayotgandi. Toki kimdir jussamni changallab ogʻzimni kafti bilan toʻsmagancha... Tipirchilar ekanman uning qattiq qoʻlini oʻzimdan zarracha boʻlsa ham uzoqlashtira olmadim. Koʻzlarim tinib oʻtkir hiddan boshim aylanib ketdi. Shundog'am majolsiz tanam yana-da ogʻirlashib borardi. Harakat qilish uchun kuchim qolmadi... Kipriklarim koʻzimni butunlay toʻsdi va boshqa qarshilik qilmadim, qila olmadim...
Erkak changalida tipirchilashdan toʻxtagan qizni sezishi bilan uni qoʻliga koʻtargancha unchalik uzoqda boʻlmagan mashina ichiga tashladi. Ortiga qarab qoʻyar ekan, uning qoʻllarini bogʻlab eshikni yopgancha roʻlga joylashdi...

:::keyingi qismda:::

– Shunchaki uni menga ber, men odam oʻldirishdan qoʻrqmayman, qizaloq.

~

– U senga kerak emas edi axir, endi ishimga aralashma!
– Nega doim menga tegishlilariga koʻz olaytirasan? Hasaddan yonib ketasan yaqinda.

~

– Men uni oʻldiraman!
– U buni atayin qilayotganini bilib turibsan, Hayung!
– Men odam emasman, Feniks! Oʻsha qizni nimtalab tashlayman! Kerak boʻlsa koʻz ongingda!

Sunae ismini Sunaye deb oʻqila haliyam koʻpchilik Suna deb yotbdi😶‍🌫 Ancha kech qoldi FF uzr soʻriman. Betam qomi ketti e uzr sorurib siladan🥲