November 14

FELONY – Ep_6

You know that, I'm obsessed with your body...

PovHyeri: Jungkookni kechgacha oʻsha yerda qolishga koʻndirdim. Oʻxshamagan suratlarimni toʻgʻirlashga majburlaganim ortiqcha. Ammo yigitim shirin boʻsalar evaziga hamma aytganlarimni soʻzsiz bajardi. Kechlik uchun buterbrodlar olgancha motosiklda ovqatlandik. Egnimga qora charm jaketini tashlab qoʻygan yigit ovqatlanib boʻlgach uning zamogini ham yopib qoʻydi. Bugungi kunim asabiy oʻtishini taxmin qilgandim, ammo unday boʻlmadi. Hayotimdagi quvonchga aylangan yigitim yoqimsiz xotiralarim koʻpayishidan asrab qoldi. Uyga kelganimizda meni motosikldan tushirgan Jungkook labimdan qattiq o'pgancha ózi joʻnab ketdi. Birgalikda uyga kirishimiz mumkin emas. Ulkan qasrdek koʻrinishga ega koshonamga yaqinlashgan sarim yana yuragimni qandaydir gʻashlik chulgʻab oldi. Yuzimdagi tabassum goʻyo hech qachon boʻlmagandek soʻnib xo'mraygancha temir darvozadan ichkariladim. Eshik qoʻngʻirogʻini bosganimda xizmatkorni koʻrib taʼzim qildim va umid qilamanki men kirishni istamagan odam uyda emas, aksincha yangi mashuqasi bilan maroqli vaqt oʻtkazmoqda. Katta zaldan yurib oʻtar ekanman, zinada qarshimdan chiqqan insonga duch kelib toʻxtab qoldim. Avvaliga unga o'qraygancha soʻngra shunchaki eʼtiborsiz qoldirib yuqoriga chiqib ketmoqchi edim. Ammo ortimdan kelgan dagʻal ovoz sabab oyoqlarim qadam bosishdan toʻxtadi.
Janob Kim: Qayerdan kelyapsan?
Hyeri: Xavotir olmagandirsiz, harqalay.
Janob Kim: SENGA QAYERDAN KELYAPSAN DEDIM?
Dadamning o'shqirig'i qulogʻimni teshib yuborishiga bir bahya qoldi. Ammo mening bir tukim ham qimirlamadi. Bu dag'dag'alarga oʻrganib ketganman. Yana hech qanday javobsiz yuqoriga chiqmoqchi boʻldim, ammo jim boʻlishni istamayman. Hozir gapirmasam bu haqida butun hafta oʻylab yurishim mumkin. Qoʻlimni musht qilgancha bot jasoratimni shu mushtimga yigʻib ortimga qayrildim.
Hyeri: Siz menga hisob beryapsizmi? Nima qilayotganingiz kimlar bilan ekanligingiz haqida meni xabardor qilyapsizmi? Nega endi men aytishim kerak?
Janob Kim: Men sening otangman! Dadang bilan qanday gaplashyapsan, tarbiyasiz?
Hyeri: Tarbiyasiz?
Yuzimda bilinar bilinmas tabassum oʻynab qoʻllarimni koʻksimda bogʻladim.
Hyeri: Bu oʻzingiz bergan tarbiya, dadajon. Zotan meni behurmar deb bilsangiz ham aytishim kerak, mening tarbiyam siznikidan yaxshiroq. Chunki siz yillar davomida menga faqat tarbiya beroldingiz, boshqa hech narsa. Koʻchada doʻstlarim bilan vaqt oʻtkazdim. Xoʻsh e'tirozingiz bormi?
Janob Kim: Sen qiz nimalar deyapsan? Tilingni tiy! Qachon otangga sapchishni toʻxtatasan sen?
Dadamning qorachiqlari kosasidan chiqib ketgudek o'dag'aylab menga yaqinlashar ekan hatto kiprik qoqmadim.
Janob Kim: Bugun muhim uchrashuv borligi haqida seni ogohlantirgan edim. Bu nima qilganing? Biz seni naq 1 soat taom buyurtma qilmasdan kutdik.
Hyeri: Men esa sizga bormasligimni aytgan edim. Sizlar uchun afsusdaman. Ammo men ikki dunyoda ham u ayolni qabul qilmayman.
Janob Kim: Bas qil! Sen ortiq oʻgay ona zulmidan qoʻrqadigan kichkina qizaloq emassan. Oʻzingni nomingga munosib tut.
Hyeri: Oʻzimga munosib tutmayapmanmi? Xoʻsh aytingchi siz oʻzingizni qanday tutmoqdasiz? Oʻzingizni bir qizning otasi sifatida qay tarzda tutyapsiz, dada?
Koʻzlarimda jimirlayotgan yoshlarni atrofni xira koʻrayotganimdan fahmladim. Boʻgʻzimga kelgan toʻsiqni ogʻir yutinib bazoʻr oʻtkazar ekanman hamon yuzida sovuqlikni saqlab turgan insondan doimgidek javob oldim. Eʼtiborsizlik.
Janob Kim: Universitetga ham bormabsan, mister Yuan qoʻngʻiroq qilib anchadan buyon oxirgi darslarga kirmayotganingni aytdi. Bu nimasi? Bilib qoʻy, agar oʻqishingdan shikoyat tushsa seni hamma narsadan mahrum qilaman. Uqdingmi?
Mavzuni mutlaqo boshqa tomonga burib yuborib buyruq ohangida baqirdi. Yana bir bor bu inson qanchalar xudbin ekanligiga amin boʻldim.
Hyeri: Gaplaringiz tugagan boʻlsa, xayrli tun.
Janob Kim: AXMOQ QIZ! Boshqa uyga bu vaqtda kirib kelma! Hyeri🗣️
Suyukli dadajonim qancha o'shqirmasin bunga ahamiyat bermay yuqoriga odimladim. Imkon qadar ular bilan bunday gaplashmaslikka urinsam-da boʻlmaydi.

Ichimdan kelayotgan gʻazabni bosa olmayman negadir. Jin ursin. Xonamga kirishim bilan eshikni qattiq yopib ushlab turgan nafasimni qoʻyib yubordim. Nima istaydi bu odam mendan? Peshindan buyon kindik atrofimda turgan ogʻriq ham meni bezovta qilayotgandi. Jungkook bilan boʻlgan ishdan soʻng shu sanchiq paydo boʻldi. Lablarimni tishlagancha qornimni quchib dushga kirib ketdim. U qaltis harakat qilmagan boʻlishi kerak, nega bunchalik ogʻriyapti? Agar nimadir qilgan boʻlsa, qon boʻlishi kerak emasmi axir? Buning ustiga barmoq bilan bokiralikdan ayrilish mumkinmi? Yo Xudoyim aqldan ozyapsan, Hyeri.
Yuzimni sovuq suv bilan yuvib kiyimlarimdan ham xalos boʻldim. Tezroq yuvinib issiq yotoqqa qaytishni istayman...

~

Jungkook motosiklda qaytgach uyning tamsoqchilar tunaydigan qismiga ketar ekan Janob Lee uni toʻxtatib qoldi. Qandaydir topshiriq bormikan deya oʻylagan yigit ham hech soʻz demay boshligʻining ketidan ergashdi. Yoshi qirqqa qarab borgan, ammo koʻrinishidan yoshdoq koʻrinadigan erkak bogʻ tomonga ketar ekan archa tagida toʻxtab choʻntagidan tamaki chiqardi. Jungkookka ham uzatib "chekasanmi?" degan maʼnoda tikildi. Labini qimtigan yigit segarani rad etmay qabul qildi.
Janob Lee: Archa oʻtkir hidlarni oʻziga yaxshi oladi.
Janob Lee segaretni chuqur tortib ogʻzidan davomli tutun chiqardi.
Jungkook: Menda qanday ishingiz bor edi, janob?
Janob Lee: Boʻlasanmi, Jungkook, men qariyb 20 yildan buyon qoʻriqchilik qilaman. Goh boshqa bir boyning uyini, oilasini qoʻriqlayman goh ular uchun hayotimni xavfga qoʻyaman. Bundan 15 yil ilgari, birinchi marotaba otam bilan birga tamsoqchi sifatida ish boshladim. Oʻsha uy egasining shaddod qizi hamon xotiramda.
Jungkookning nigohlari yerdan uzilib Janob Leega qaratildi. Ichidan nimadir uzilgandek qoshlari chimirilar ekan asabiy segaraninh tutunini yerga qoqdi.
Janob Lee: Ammo bizning munosabatlarimiz boshlanmasidanoq barbod boʻldi. Uning otasi meni ham otamni ham koʻchaga haydadi. Dadamning qoʻl ostidagi odamlar oʻsha insonning buyrugʻi bilan ikkimizni ham ogʻzi-burnimizni qon qilib do'pposlashdi. Oʻshanda dadamning jigari qattiq shikastlangan ekan, bir yilga qolmay vafot etdi...
Janob Lee gapidan toʻxtab goʻyoki tamakidan alamini olmoqchidek uni qattiq va chuqur tortib xoʻrsindi. Jungkook esa hamon sukutda.
Janob Lee: Oʻshandan soʻng hech qachon hech kimni sevmayman ham turmush ham qurmayman deb oʻzimga oʻzim soʻz berdim. Koʻrib turganingdek boʻydoqman. Biz hatto u bilan bir birimizha sevishimizni aytishga ham ulgurmagan edik...
Janob Lee nihoyat nigohlarini yerdan uzib Jungkookka qaratdi. Yonidagi yosh 25 yoshli yosh yigitchaning ichidan nimalar oʻtayotganini aniq his qilib turgan Lee uning yelkasiga qoqdi.
Janob Lee: Og'lim, otang halol inson edi. Ammo notoʻgʻri odamlarga ishonib ózi bilmagan holda qingʻir ishlarga qoʻshilib qoldi. Hatto oʻzida yoʻq pulni ham qimorga tikib yubordi. Uyingizni ham uni deb sotganingizni bilaman. Seni ortiq qiynashni istamayman, Jungkook, bu yerdan ket.
Jungkook otalarcha nasihat qilayotgan erkakka tikilib turib boshini pastga egdi.
Janob Lee: Nima demoqchi ekanligimni tushunding, shundaymi? Qarzlaringni atayin kechiktirib toʻlamay yurganing sababini bilaman. Janob Kim uning qizi bilan munosabatingizdan xabar topsa ikkingiz uchun ham yaxshi boʻlmaydi.
Jungkook lablarini tishlab boshini koʻtardi. Koʻzlarini bog' boʻylab aylantirgach yana yonidagi insonga qaradi.
Jungkook: Janob, men shunchaki taslim boʻlmoqchi emasman. Biz bir birimizni sevamiz va shunchaki voz kechib ketolmaymiz.
Janob Lee: Kim Nomin hech qachon bitta-yu bitta qizini oddiy tansoqchi yigitga turmushga bermaydi!
Jungkook eshitgan aniq va qatʼiy gapdan biroz jahli chiqdi. Buni ózi ham yaxshi biladi, ammo qaysarligi ustun kelib hw6ch qachon tan olmaydi. Ayni damda ham lablarini jahlini bosish maqsadida tishlab turgan yigit lab chetida jilmayib qoʻydi.
Jungkook: Unda uni olib qochaman.
Janob Lee: Aqldan ozibsan, hoy bola. Seni ogohlantiryapman, agar bu ish jiddiyroq tomonga yuz bursa butun hayoting ostun ustun boʻlib ketishi mumkinligini oʻyla.

Jungkook: Ogohlantirganingiz uchun raxmat, janob. Men erkak kishiman va sevgan qizimni yarim yoʻlda ojizlarcha qoʻlimdan kelmaydi deb tashlab keta olmayman. Menga ortiq yosh bolaga qaragandek qaramang.
Jungkook qoʻlidagi segaretni oʻsha yerdagi chiqindi idishiga tashlab taʼzim qilgancha u yerdan ketdi.
Janob Lee: Oʻjar, oʻzboshim yigitcha. Yosh bola emasman, erkakman deydi-ya. Ax yaramas, sen hali hayotni toʻliq anglab yetmagansan, axir. Agar janob Kim meni ogohlantirmaganida bu haqida hatto xayol qilmagan edim.

FLASHBACK – TONGGI VAQT.

Janob Lee: ha janob, unchalik koʻp emas, birozgina miqdori qolgan tez orada uni toʻlaydi va ishdan ham ketsa kerak. Nega Jungkookka qiziqib qolganingizni bilsam boʻladimi?
Janob Kim yondirgichni xotirjam segarasiga tutib tund bir qiyofada qoʻriqchisiga qaradi.
Janob Kim: Qulogʻimga baʼzi gaplar chalindi. Undan shubha qilyapman.
Janob Lee: Ya'ni?
Janob Kim: Odamlarimning aytishicha, u qizim Hyeriga juda yaqin emish. Hatto darsdan soʻng ham aynan shu yigit qizimni olib ketarmish, buni qarangki, Hyeri aynan shu qoʻriqchi uni olishga ketganida uyga kech kelar ekan. Buni qanday izohlaysan, SeoJun?
Janob Lee: N.nima? Uzr soʻrayman janob, ammo Jungkook unday yigitlardan emas. Men buni sezmadim.
Janob Kim: Uni kuzat! Agar notoʻgʻri harakatini sezsang darhol menga xabar ber. Oʻsha mishiqi bilan uchrashayotgan boʻlsa uni tirik qoʻymayman.
Janob Lee: Tushunarli, janob Kim.
Janob Kim: Senga ruxsat.

– HOZIRGI VAQT –
Janob Lee tonggi suhbatni esga olib chuqur xoʻrsindi.

PovJungkook: Janob Leening gaplari qanchalar toʻgʻri? U qanday qilib buni payqab qoldi ekan? Nahotki bizning ham taqidirimiz shunday kechsa? Sevgimni yetarlicha himoya qila olar ekanmanmi? Sevgi qissamiz boshlanganidan buyon meni qiynab kelayotgan bu savollar chindan yuragimni nimtaalab tashlashga qasdlashgandek tuyilmoqda men uchun. Uyning mustahkam devorlari ostidan bogʻdan yurib oʻtar ekanman, maydalab yogʻib boshlagan yomgʻir tomchilari sochlarimni ho'l qilishga ulgurgandi. Sevgilimning derazasi yonida toʻxtab yuqoriga qaradim. Qoʻlimni choʻntagimga solgancha salqin havodan etim junjikib tilimni lablarim ichiga tortib hushtak chaldim. Negadir ayni damda uni koʻrgim keldi. Shundog'am bugun birgalikda koʻp vaqt oʻtkazdik, lekin men bu shirin qizning yoqimli iforiga va tabassumiga toʻymadim. Deraza yonida tezda ótgan sharpani payqadim. Soniyalar ichida tashqariga bosh chiqargan qiz meni koʻrishi bilan keng tabassum qildi. Mening ham lablarim beixtiyor yoyildi.
Hyeri: Nima istaysan?
Shivirlab o'shqirgan qiz sochlarini qulogʻiga ortiga oʻtkazib mendan javob kutgancha yanada engashdi.
Jungkook: Shunchaki koʻrishni istadim...
Gaplarimdan ikkimiz ham tabassum qildik. Menga shunchaki koʻrish kamlik qiladi. Uni his qishni xoxlab qoldim. Hoziroq uning xonasiga devor oshib kirsamchi degan o'y oʻtdi. Ammo havodan boʻsa yoʻllab xonasiga ichiga kirib gʻoyib boʻlgan qiz hammasini chippakka chiqardi. Derazani yopganidan soʻng ham tilini chiqarib pardani tortib qoʻydi. Oʻzim bilmagan holda kulib yubordim. Shumtaka!

Bu uchun tovon toʻlatishim kerakligini oʻylab atrofga qarab olgach daraxtga tirmashgancha derazani taqillatdim. Zudlikda paydo boʻlgan qiz vahima bilan oynani ochishi bilan ichkariga kirdim. Sevgilimni tezda quchar ekanman u hamon tashqariga qarab shivirlab menga o'shqirayotgan edi. Uning lablarini erkalaganimdan soʻng jimib qolgan qiz nozik qoʻllari bilan yelkamga yengil musht tushirgancha belimdan qoʻllarini oʻrab oldi. Ammo negadir birdan mendan uzoqlashgan qiz qornini quchgancha yotoqqa oʻtirib oldi.
Jungkook: Nimadir boʻldimi? Uning yoniga joylashib sochlarini qulogʻi ortiga oʻtkazdim.
PovHyeri: Jin ursin bu ogʻriqlarni. Hamma yogʻim zirqirab ogʻrib ketyapti, buning ustiga hech qanday dori ham taʼsir qilmaydi. Asabiy bir koʻrinishda xonamga kirganimda kiyimimga tekkan qon dogʻini koʻrib yuzim burishdi. Oʻgʻriqdan bukchayib yotoqqa yotar ekanman uxlab qolishni istardim. Tomchi dori olishim kerakmi? Hayz davri menda doim shunday qiyinchilik bilan oʻtadi, bu nafaqat soatlarga balki kunlarga ham choʻziladi bazan. Ammo hushtak ovozi sabab oʻrnimdan sapchib turdim. Nega bu yigitga sira toʻymayman. Tabassumini koʻrishim bilan oʻzimni uning bagʻriga otishni xoxlayman. Lekin mening hozirgi holatim bizga dushman. Tik oyoqda koʻp tura olmaganim bois bahona qilgancha derazani yopib yana yotoqqa qulagandim, kutilmaganda xonamga otilib kirgan yigit meni hayratda qoldirdi. Jungkook tezda menga yaqinlashib yuzimdan tutgancha labimdan mayingina oʻpib qoʻydi. Agar boshqa holat boʻlganida bu yoqqan boʻlardi, ammo hozir emas.
Jungkook: Yoningga kirish uchun hamma uxlashini kutishga majbur boʻldim. Ahvoling yaxshimi?
Hyeri: Ha yaxshiman.
Aytgan yolgʻonimni burishgan yuzim rad etayotganini yaxshi sezib tursam ham yanoqlarim qizargancha uni aldadim.
Jungkook: Nima boʻldi? Biror yering ogʻriyotgani aniq.
Xafsala bilan oʻzimni yotoqqa tashlar ekanman oyogʻimdan silab qoʻygan yigit kulib qoʻydi. Uning oyogʻimdan silashi negadir menga gʻalati tuyildi va uning kafti orasidan oyogʻimni tortib oldim. Uning bunga boʻlgan munosabatini koʻrmaslik uchun yuzimni koʻrpa orasiga berkitdim.
Jungkook: Tanang juda issiq.
Yotoqqa chiqib egilgan yigitim koʻrpani tortib yuzimni ochdi.
Hyeri: Meni bu ahvolda ko'rishingni istamayman. Juda badbasha koʻrinyapman shundaymi?
Jungkook: Hecham.
U jilmayib sochlarimni yuzimdan olgancha yanog'imdan o'pib qoʻydi.
Jungkook: Yordam berishimni istaysanmi?
Uning gaplariga tushunmay qarab qoldim. Menda bu davr qanday kechishini va bunday paytda oʻzimni qanday tutishimni u yaxshi biladimi? Mendagi bu holatni u qayerdan bilsin? Hech qachon bu toʻgʻrisida gaplashmagan edik. Butunlay yotoqqa chiqqan yigit koʻrpa ichiga kirib ortimdan joylashdi.
Hyeri: Nima qilyapsan Jungkook?
Jungkook: Ogʻriqlarni bartaraf qilmoqchiman.
Hyeri: N.nima? Qanday ogʻriq men d..dor..i...
Yopishib turadigan yengsiz futbolkamni biroz koʻtargan yigit issiq kaftini kindik atrofimga qoʻyganini sezishim bilan uning qoʻlini mahkam ushlab oldim. Gaplarim ogʻzimda qolib duduqlangancha unga qarat ekanman yuzim butunlay qip qizil tusga kirganiga shubham qolmadi.
Hyeri: Jungkook?
Jungkook: Senga nima boʻlganini bilaman, xavotir olma ortiqcha harakat qilmayman.
Ikkimizning koʻzlarimiz bir biriga tikilib qoldi. Qoshini uchirgan yigit qoʻlimni olishga ishora qildi.Boshqa hech narsa demay jim boʻldim. Qoʻlimni olganimdan soʻng u uzun barmoqlarini qornimda aylantira boshladi. Avvaliga biroz uyalib undan oʻzimni olib qochdim, ammo bir necha daqiqadan soʻng bu chindan yordam berdi. Tanamdagi ogʻriq biroz pasayganini his qildim. Kechadan buyon shu laʼnati zirqirashlar sabab uxlolmayotgandim, koʻzim oʻz oʻzidan yumilib ketayotgani ham shundan. Jungkookning lablarini yanog'imda his qildim. U meni oʻpib qoʻydi. Bu yoqimli.

Jungkook ancha vaqt Hyeriga yordam berdi. Koʻzlari yumilib uxlab qolgan qizga tirsagiga tayangancha tikilib yotar ekan onda - sonda uning goh yuzidan goh labidan gohida esa yuzining boshqa qismlaridan ohistagina oʻpib qoʻyardi. U butunlay uxlab qolganidan soʻng ham ancha vaqt uni kuzatib turgan yigit nihoyat yotoqdan tushdi-da xonadan chiqib ketdi...

– ERTA TONG –

Janob Nomin kursiga suyangancha hamma hujjatlarni yigʻishtirib qoʻyib oʻz xayollariga shoʻngʻib ketgan edi. Qizining taqdiri, uning fe'l-atvoridagi oʻzgarishlar va oʻzini tutishi chindan uni qattiq tashvishga solmoqda. Hamisha qizini oʻzi istagandek boʻlishini istadi va undan xoxlaganini xoxlagancha talab qildi. Qizidan esa yetarlicha qabul ham qildi. Kecha uning aytgan gaplari hamon qulogʻi ostida shovqin solmoqda. "Menga mehrdan boʻlak hamma narsa berdingiz." Bu qanchalar toʻgʻri?! Hech qachon oʻz qizi bilan doʻstona suhbat qurmagan ota chuqur xoʻrsinib qoʻydi.
Hyunjin: Mana shundaymi, amaki?
Hyunjin oynaga tikilib turgan janob Nominga qarab qoʻyarkan undan hech qanday sado chiqmayotgandi.
Hyunjin: Amaki, hammasi joyidami?
Janob Kim: Mazur tutasan, Hyunjin. Men payqamay qolibman. Nimani aytyapsan?
Hyunjin: Menimcha sizda qandaydir muammolar bor. Bu kompaniya bilan bogʻliq boʻlsa aytishingiz mumkin.
Janob Kim: Afsuski, bu kompaniya bilan bogʻliq emas. Bu qizim Hyeri bilan aloqador.

Hyunjin biroz muddat oʻylanib turgach tomoq qirib qoʻydi-da otasining doʻsti hisoblangan bu insonni soʻroqqa tuta boshladi. Chunki gap Hyeri haqida ketmoqda. U qizga anchadan buyon qiziqish bildirib kelayotgandi, garchi u bilan ilk tanishish yaxshi kechmagan boʻlsa ham bu qiziqsinish aslo soʻnmadi. Aksincha yana-da oshdi deyish mumkin.
Hyunjin: Amaki, bu Ms Hyerini oʻqishi bilan bogʻliqmi?
Janob Kim: Qani edi shunday boʻlsa, u qandaydir yigit bilan uchrashib yurganga oʻxshaydi. Qizim bu borada notoʻgʻri tanlov qilishidan qoʻrqyapman, ochigʻi.
Hyunjinning yuz tuzilishi oʻzgarar ekan tilini ogʻiz boʻshligʻida aylantirib oʻzini ortga tashladi.
Hyunjin: Istasangiz men ham u bilan gaplashib koʻraman.
Janob Nomin ajablanish bilan yigitga koʻz tashladi.
Janob Kim: Oʻgʻlim, agar undan qandaydir gap ololsan juda mamnun boʻlar edim. Qizim bilan doʻstmisizlar?
Erkakning yuzida koʻtarinkilik ruhi ustun kelib chehrasi yorishdi.
Hyunjin: Ochigʻi, unchalik emas lekin siz uchun u bilan yaqin boʻlishga urinib koʻraman, amaki.
Janob Kim: Albatta, men bundan mamnunman. Unga akalik qil oʻgʻlim. Sen boʻlsang Hyeri haqida tashvish chekishimga hojat qolmaydi.
Hyunjin: Siz istagandek boʻladi.
Hyunjin kamtarona tabassum bilan qoʻliga yana hujjatlarni oldi.
Janob Kim: Hyunjin, bugun uni darsdan soʻng bu yerga chaqirtiraman. Siz birgalikda ovqatlanib tushlik ustida suhbatlashib olasiz. Xoʻsh rozimisan?
Hyunjin bunday taklifdan taajjubanib qarshisidagi erkakka tikilib qoldi. Bunchalik oson uchrashuvni kutmagan edi u.
Hyunjin: Ha roziman. Agar Hyeri xonim rozi boʻlsa, men butun isteʼdodimni ishga solib u bilan til topishishga harakat qilaman.
Janob Kim: U yigit kimligini bilishing bilan menga ayt.
Hyunjin: Siz nima desangiz shu.
Janob Kim baland ovozda kularkan yonida oʻtirgan yigitning yelkasidan qoqib qoʻydi.
Janob Kim: Sendek aqlli oʻglim boʻlishini istar edim.
Hyunjin: Menga oʻz oʻgʻlingizdek qarashingiz mumkin, amaki, siz ham menga otamdeksiz.
Yigitning iliq gaplarida yanada kulgusi balandlashgan erkak mamnun kayfiyatda ishga qaytdi.

PovHyeri: Bugun meni universitetdan olishga boshqa bir haydovchi keldi, Jungkook emas. Shu paytning oʻzidayoq yoʻq kayfiyatim ham barbod boʻldi. Kompaniyaga kelganimda bu sovuq binoga bir necha daqiqa mashinadan tikilib turdim. Negadir bu yerga kirishni istamayman. Haydovchining tushishim haqidagi eslatmasidan soʻng hafsala bilan mashinadan tushdim. Sumkamni yelkamga tortib ilib olar ekanman, chuqur uf tortib ichkariga kirdim. Liftdan kerakli qavatga koʻtarilib kotibaga tazim qilgancha unga kelganimni xabar qilishini aytib divanga joylashdim. Toʻliq oʻtirishga ulgurmasimdan chiqqan qiz ichkariga kirishim mumkinligini aytdi. Oʻzimni qandaydir dakkilarga tayyorlab xonaga kirdim.
Hyeri: Xayrli kun, dada
Janob Kim: Xayrli kun, Hyeri, kel oʻtir.
Negadir menga hammasi joyidadek tuyilyapti. Dadamning yuz qiyofasi hech qachon oʻzgarmasa ham ohanggi biroz yumshoqroq.
Janob Kim: Oʻqishingdagi muammolarni hal qil. Bormagan darslaringni qayta oʻqib topshirishingni murabbiylaringga aytdim. Yakuniy imtihonlargacha hammasini toʻgʻirlaysan.
Hyeri: Shularni aytish uchun meni kompaniyaga chaqirtirdingizmi?
Janob Kim: Qisman ha. Ammo asosiy masala bu emas.
Dadam koʻzoynagini yechib tund bir qiyofada menga yuzlandi. Ichimdagi shubha ortib borar ekan men ham ichimdagi qoʻrquvni yuzaga chiqarmaslikka tirisha boshladim.
Janob Kim: Kimdir bilan uchrashyapsanmi?
Toʻsatdan ochiq berilgan bu savoldan gangib qoldim. Nahotki dadam bundan xabar topgan boʻlsa?! Yoʻq agar Jungkook haqida bilganida oʻzini bu qadar sokin tuta olmas edilar.
Hyeri: Yoʻq.
Hammasini unutib keskin rad etdim. Menga sinchkovlik biln bilan tikilayotgan insonning nigohlaridan qochishga ham urinmadim, hatto.
Janob Kim: Yaxshi. Senga ishondim.
Ular bosh irgʻab qoʻlidagi ruchkani bir maromda stolga ura boshladi. Xuddi mening asablarim bilan oʻynashayotgandek.
Janob Kim: Hyunjin bilan qanday munosabatdasan?
Hyeri: Hyunjin? U kim?
Janob Kim: Doʻstimning oʻgʻli. Uni koʻrgansan. U bilan bugun tushlikka chiqishga nima deysan, bahonada yaqindan tanishib olar edingiz.
Hyeri: Nima?
Hayratlanib dadamning gaplarini miyamda tahlil qila boshladim. Nima ular menga "uchrashuvga chiq" demoqchilarmi?
Janob Kim: U seni har qanday vaziyatda himoya qila oladi. Unga akang sifatida qarashing mumkin.
Bu gapdan soʻng koʻnglim biroz joyiga tushdi. Koʻzlarimni kosasi boʻylab aylantirib sumkamni qoʻlimga olgancha oʻrnimdan turdim.
Hyeri: Qornim toʻq, tushlikni universitetda qilganman. Buning ustiga oʻqishlarim koʻp, oʻzingiz aytganingizdek, dadajon.
Qoshlarimni uchirib ortga burilar ekanman dadamning qahr toʻla ovozi sabab toʻxtadim.
Janob Kim: Bu taklif emas buyruq, qizim. Hyunjin seni tashqarida kutmoqda.
Hech narsa demay xonadan chiqib ketdim. Hech qayerga bormayman. Kim meni bunga majburlay oladi? Xonadan chiqib lift tomon ketar ekanman u yerda dadam aytgan oʻsha "tutungan akamga" koʻzim tushdi. Ensa qotirib pastki qavat tugmasini bosdim, unga eʼtibor bermay.
Hyunjin: Xayrli kun, Ms Hyeri.
Shilqimlik bilan koʻz suzgan yigit qoʻlini menga tutgancha ifloslarcha jilmaydi. Uning kaftiga bir qarab nigohlarimni qaytib oldim.
Hyunjin: Dadangiz bilan suhbat yaxshi oʻtmadi, shekilli?
Hyeri: Bu shaxsiy masala, bizning oilaviy ishlarimizga burningizni suqmang yaxshisi, janob Hyunjin!
Hyunjin: Janob deyishga hojat yoʻq. Qolaversa oilangizdagi ba'zi siz bilmagam narsalar ham menga ayon.
Hyeri: Nima demoqchisiz?
Hyunjin: Masalan, bugun dadangiz sizdan soʻragan ayrim narsalarning javobi menda boʻlishi mumkin.
Gaplarini yakunlab nim tabassum bilan oʻgirilgan yigitga tikilib qoldim. Qoshlarim tobora bir nuqtaga uyilib borarkan bu yigitning jumboqli gaplari asablarimni egovlay boshladim.
Hyeri: Ya'ni?
Hyunjin: Qolganini balki taom ustida gaplashib olarmiz?
Ochilgan lift eshigiga ishora qilgan yigit qosh uchirib qoʻygach chindan u meni qiziqtirib qoʻygani gʻashimga tegmoqda.

~

Haydovchimni ketqizib yuborgan yigit qarshiliklarimga qaramay meni o'zi uyga eltib qoʻyishini tayinlab bir restarantga olib kirdi.

Mulozamat bilan stulni oʻtirishim uchun surib qoʻygan yigit qarashimga ózi joylashdi. Buyurtma qilganimizdan soʻng oyoqlarimni chalishtirib mallasoch yigitning gapirishini kuta boshladim.
Hyeri: Xoʻsh
Hyunjin: Xoʻsh?
Hyeri: Lift oldida nimaga ishora qilganingizni bilishni istayman.
Hyunjin: Axax, Hyeri kel sen bilan ochiq suhbat quramiz. Rasmiyatchiliklarsiz.
Mening ruxsatimni kutmay sensirab ketgan yigitning madaniyatsizligiga chiday olmadim. Jahlim chiqayotganini kulgi bilan ifodalab gavdamni koʻtargancha stolga tayandim.
Hyeri: Mendan nima istaysan?
Hyunjin: Yo Xudoyim, sendan nima ham istashim mumkin. Amakim senga gʻamxoʻrlik qilishimni va koʻz quloq boʻlishimni tayinladilar xolos. Koʻrib turganingdek yaqin insonimning iltimosini bajaryapman.
Hyeri: Maynavozchilik. Unda oʻsha yaqin insoningga aytib qoʻy, men oʻzimni eplay olaman menga hatto oʻziga javob bera olmaydigan chala himoyachi kerak emas.
Hyunjin: Shh, kichkintoy bu gaplaring meni gʻazablantirayotganini bilasanmi?
Hyeri: Men sendan koʻproq gʻazablanyapman. Bunga esa shu turqingga qarashimning ózi kifoya qilmoqda.
Hyeri oʻzini ortga olib qoʻllarini koʻksida bogʻlar ekan Hyunjinga yeb yuborgudek tikildi. Mutlaqo boshqa bir vaziyatni kutgan yigit esa qizning gaplaridan maroqlanayotgandi. U Hyerining aynan shu yovvoyi tabiati uchun shu yerda. Boshqa qizlarga oʻxshamaydigan tulki qiyofali bu qiz oʻzini tutishi bilan yigitni ipsiz bogʻlab olayotganini hatto sezmayapti. Ortiq suhbat qurmagan juftlik shunday kesatiqli suhbatni davom ettirgan holda tushlik qilishdi. Hyeri unga qancha nishini suqib olmasin yigitning ogʻzidan tayinli gap ololmadi, Hyunjin ham xuddi shunday.

~

PovHyeri: Yoqimsiz ilondek taassurot qoldirgan bu yigitning mashinasiga majburan oʻtirdim. Uyga kelganimizda darvoza yonida bir nechta qoʻriqchi va haydovchilarga nimalarnidir gapirayotgan Jungkookni koʻrdim. Tezda mashinadan tushishga shoshar ekanman qoʻlimdan tutgan boshqa bir kaftni sezib zudlikda koʻzlarimni unga qadadim. Jahl bilan qoʻlimni undan tortib olar ekanman "nima istaysan" degandek oʻqraydim.
Hyunjin: Qachondir jahl qilmagan vaqting boʻlganmi? Qara axir bizdan yaxshi doʻstlar chiqadi.
Hyeri: Also ortiqcha harakat qilma. Tushingda ham sen oʻylagandek yaqin boʻlmaymiz.
Hyunjin: Qoʻysangchi, axir men yaxshi insonman. Hyeri, agar sevgan yigiting haqida dadangga aytishimdan qo'rqayotgan boʻlsang bu nooʻrin. Aytganimdek senga doʻst boʻlmoqchiman.
Hyeri: Agar kimdir bilan sirlashgim kelsa dadamning yovvoyi itlarini sendan koʻra afzal bilaman, ishon. Qolaversa hech kim yoʻqligi haqida ham aytib oʻtdim.
Eshik dastagidan tortib zarda bilan pastga tushgancha uni qattiq yopdim. Boshidan bilishim kerak edi. Dadam uni mendan gap olish uchun yollaganiga ishona olmayman. Ichkariga kirayotib koʻzim menga yeb yuborgudek tikilib turgan yigit bilan toʻqnashishi bilan xayolimdan ótgan oʻydan bir onga qotib qoldim. Nima u Hyunjin bilan ótgan suhbat davomida meni kuzattimi? Hech narsa meni uning rashk toʻla nigohlaridan koʻproq hayiqtira olmaydi. Tezda koʻzlarimni uzib ichkariga kirib ketdim.
Jungkook bir necha soniya Hyunjinga tikilib turdi. Hyerining harakatlarini koʻz uzmay kuzatgan yigit esa allaqachon Jungkookdan shubha qilishni boshlagandi. Moshina oynasiga qoʻlini tirab labini yengil ishqagan Hyunjin Jungkookning oʻtkir nigohlarini qochirib yubormay koʻz urushtirgach jahl bilan uy ichiga kirib ketgan yigitga qarab kulib qoʻydi. U payqadi. Soʻngra Kimlar qoʻrgʻonini tark etdi....

~

Keyingi qismda:

– Bu rostmi? Ishonching komilmi, Hyunjin?

*

– Yuzimga kelib tushgan tarsakigidan gangib qoldim, hatto otamning yonida ham meni ortiga olgan yigit oʻz dadamdan meni himoya qilayotganiga ishona olmayman...

*

6-qism tugadi, shadows. Aktivingizga qarab davomini tashiman🌚💗