November 29

SHACKLED HEART | EP 16

Your protection, when you leave me...

Chalkash hissiyotlar va qoʻrquv ostida qolgan jon har daqiqada tahlika sari boradi. Yoqimsiz tashvishlar sabab koʻzlarini lahzaga yuma olmagan qiz nihoyat telefon qoʻngʻirogʻini eshitib sapchib oʻrnidan turdi. Tez harakatlar sabab tanasida ogʻriq sezgach yuzi oʻz oʻzidan burishib tezda yashil tugmani bosdi.
Lien: Alo, aka?
Raewoon: Lien, ahvoling joyidami?
Lien: Men yaxshiman, u... Jin topildimi?
Raewoon: Ha hozir kasalxonadamiz.
Lien: Kasalxona?
Tezda sergaklangan qiz qaddini yanada koʻtarar ekan bir yengi tushirilgan kostyum yoqasini koʻtarib savol yoʻlladi.
Lien: Aka... Unga nima boʻlgan? Yaralanganmi? Jiddiy jarohati bormi?
Raewoon: Vahima qilma, oʻzingni biroz xotirjam his qilishing uchun xabar berdim. Uning ahvoli haqida nimadir deya olmayman, hozir doktor koʻrikdan oʻtkazmoqda.
Lien: Demak yaxshi emas. Men borishim kerak. Qaysi kasalxonada ekanligingizni ayting.
Raewoon: Kelmaysan. Sening jarohating borligi yodingdan chiqdimi? Uxlashga harakat qil, Lien, ertaga seni oʻzim bu yerga olib kelaman, maylimi?
Lien: Yóq. Hoziroq borishni istayman.
Raewoon: Ax Lien...
Chuqur xoʻrsingan yigit koʻzlarini yumib uh tortarkan yoniga kelgan Yoongiga qarab koʻzlarini kosasi boʻylab aylantirdi.
Raewoon: Senga yoʻq dedim. Ertaga kelasan, tamom.
Jahl qilib goʻshakni oʻchirib qoʻygach oʻziga yov qarash qilib qarab turgan bir juft koʻzlarga yuzlanib "nima?" degandek yelka qisdi.
Suga: Toʻgʻri qaror.
Oʻzicha qosh uchirgan yigit undan yuz oʻgirib stulga joylashdi. Raewoon ham lab burib uning yoniga joylashdi. Chuqur uh tortib xoʻrsingach yuzini kafti bilan ishqab atrofga alangladi-da yonida kerilib oʻtirgan Sugaga koʻz tashlab toʻxtab qoldi.
Raewoon: Sen bilan birga ishlaganimga ishona olmayman.
Xuddi oʻzini kechira olmayotgan inson kabi ijirg'agan yigit biroz nariga surildi.
Suga: Ha men iltimos qildim axir sendan, oyoqlaringga tiz choʻkib. Kesatiqni yakunladi u Raewoon bilan nigohlari toʻqnashgach. Ikkisi ham bir biriga sovuq qarash qilgach ortiq gapirish uchun ogʻiz ochishmadi.

Bir soatlar ichida zalda baland poshna ovozi eshitilarkan ikki yigitning ham diqqati oʻsha tomonga yoʻnaldi. Ogʻir qadamlar bilan kelayotgan qiz Raewoonning ham Suganing ham birdan sergaklanishiga sabab boʻlgandi.
Raewoon: Lien?
Ajablangan koʻyi singlisining yoniga shoshdi yigit.
Raewoon: Nega kelding?
Suga: Kim bilan kelding?
Raewoondan bir qadam oldinga chiqqan yigit qoʻllarini choʻntagidan chiqarib qizga savol yoʻllarkan qoshlari bir chiziqqa tutashdi.
Lien: Sizningcha qalligʻim kasalxonada bir ahvolda yotganida men uyda xotirjam uxlay olamanmi? Odamlaring meni olib kelishdi. Agar olib kelishmasa bu yerga qochib kelishimni va yoʻlda menga nimadir boʻlsa sen ularni chavaqlab tashlashingni aytganimdan soʻng oʻzlari meni muhofaza qilib kelishga majbur boʻlishdi.
Suga: Nima?
Butunlay hayratda qolgan yigitlar ogʻzi ochilib bir biriga qarashar ekan Lien ulardan nigohlarini olib zalga qaradi.
Lien: U nechinchi xonada?
Raewoon: Yoʻlda sizlarga hech kim hujum qilmadimi?
Lien: Yóq, soppa sogʻman, axir, koʻrib turibsiz.
Suga: Ularni yetarlicha oʻrniga oʻtqazib qoʻydik.
Lien: Qoyil, endi yigitim qayerda ekanligini ayting.
Sabrsizlangan qiz javob kutib yigitlarga yuzlandi.
Raewoon: U hozir doktor koʻrigida. Biroz sabr qil biz ham tahlil natijalarini kutyapmiz.
Lien: Ahvoli yaxshi edi, shundaymi?
Uning qanday xavotirda ekanligini koʻrgan yigitlar ikkisi ham birdek ensa qotirishdi. Raewoon Jinni yoqtirmaydi, oʻtmishda singlisiga qilganlari sabab. Ammo Yoongi... U ham Jinni yoqtirmaydi, biroq sababini bilmaydi.
Lien: Javob bersangizchi?
Bu safar jizzaki ohangda yer tepingan qiz ikkisini ham oʻziga qaratishni eplagandi. Yana ogʻir uh tortgan Raewoon boshini egib lablarini qimtidi. U qizning ortiqcha xavotirlanishini va siqilishini istamaydi. Lekin Suga borini aytishni afzal koʻradi.
Suga: Advokat xonim, sizning shu yigitingizni bir toʻda mafiyozlar olib ketishdi. Buning ustiga oʻz usullarida uni gapirishga majburlashgan. Hech boʻlmasa bu haqida kitoblarda oʻqigandirsan.

Lien: Nima demoqchisan?
Raewoon: Shunchaki uni dopposlashgan xavotir olma yuzida dogʻlar qolishi mumkin, ammo jiddiy narsa boʻlmaydi.
Yigitning gaplari yakunlanmasidan oʻrtaga tushunarsiz kulgu ovozi suqularkan Suga oʻzicha shivirlab yuzini burdi.
Lien: Yoongi, bu nimani anglatadi? Unga nima qilishganini bilasanmi?
Bir muddat ichida qoʻrquv oʻynagan Lien yoʻnalishini yigit tomonga burib unga ikki qadam yaqinlashar ekan bergan savolining javobini eshitishi uchun uning lablarini poyladi.
Suga: Hech narsa. Bu oddiy doʻpposlash. Balki ular qoʻlda urushgandir balki biror bir buyumlar bilan...
Lien: Nima?
Lienning koʻzlari kattalashib jazavaga tushishiga bir bahya qolganida uzun zalda joylashgan palatalardan birining eshigi ochildi. Oq xalatdagi hamshira Raewoonga qarata doktorning xonasiga kirishi kerakligini aytdi. Bosh irgʻagan yigit ortidagi insonlarga qarab olgach hamshiraning ortidan ergashdi, Suga va Lien uning ketidan. Ikki bor chertilgan eshik ortidan "kiring" degan ovoz yangrashi bilan ular xonaga kirishdi va maxsus kiyimdagi xonimning ishorasi bilan stulga joylashishdi.
Dr: Xayrli kech, janoblar va xonim.
Ular hurmat yuzasidan bosh irgʻab qoʻyishgach doktor oʻz nutqini boshladi. Avvaliga qoʻliga koʻrik natijalarini olar ekan ularga qoshlarini chimirib bir necha soniya tikilib olgach tomoq qirib Raewoonga yuzlandi.
Dr: Doʻstingiz Kim Seokjin, shundaymi? - Doktor tasdiq ifodasini olgach davom etdi.
– Juda ogʻir shikastlanishlar bor. Yuz qismida ham, yana qismlarida ham. Ichki azolar holati unchalik yaxshi emas. Tilxatingizga koʻra bemor operatsiyaga tayyorlanmoqda. Buni ayt...
Lien: Kechirasiz?
Doktorning gaplarini boʻlib madaniyatsizlarcha oʻrtaga suqilgan Lien bu haqida bir soniya ham oʻylamay asabiylik bilan oq xalatdagi ayolga qaradi.
Lien: Qanday operatsiya?
Dr: Siz bemorga kim boʻlasiz?
Lien: Boʻlajak rafiqasi!
Xuddi "sizga nima?" degan ohangda chiqqan bunday keskin ohangdan biroz dovdiragan bosh shifokor nima deyishini bilmay koʻzlarini undan uzdi.
Dr: Bilasizmi xonim, qalligʻingizni doʻpposlashganida kuchli zarba sababli uning talog'i yorilib ketgan. Zaharli qon tanaga tarqab boshqa organlarni ham ishdan chiqarmasdan uni olib tashlashga majburmiz. Ammo bunga qay darajada ulguramiz aniq ayta olmayman. Shu sabab yoningizdagi janob javobgarlikni oʻz boʻyniga olgan holda tilxat yozib berdilar.
Lien: Tushunmadim, bu uning keyingi hayoti uchun qanchalik xavfsiz?...
Dr: Xonim, bilaman tashvishlanyapsiz, ammo bu operatsiya ayni damda qalligʻingiz uchun kerak. Aytganimdek, bemorda jiddiy jarohatlar kuzatildi. Oʻziga kelganidan soʻng asoratlari qolishi mumkin.
Lien: Yana qanday asorat?
Dr: Qoʻrqmang kinolardagi kabi xotirasini yoʻqotish emas harqalay.
Ayol qizning koʻzlarida oʻynayotgan yoshni koʻrgach undagi xavotirni aritish maqsadida yengil hazil qilib yuziga tabassum oldi.
Dr: Nerv tizimida muammo chiqmadi. Bu esa eng yaxshi yangilik. Biroq shunday boʻlsa ham oyoqqa turishi qiyinroq boʻlishi mumkin. Ichki azolarni davolash zarur.
Lien: Bu unchalik qoʻrqinchli emas shundaymi?
Dr: Bilasizmi xonim, har qanday bemor yoki kasallik eʼtiborga va gʻamxoʻrlikka muhtoj. Biz qoʻlimizdan kelganini qilamiz. Sizni xursand qiladigan xabar bilan boʻlisha olaman, boʻlajak turmush oʻrtog'ingiz uzogʻi 1 oy ichida toʻliq oyoqqa turib ketadi. Faqat siz yonida boʻlsangizgina.
Lien doktorning yuzidagi koʻtarinkilikni koʻrib biroz tinchlandi va tezda yanog'iga tushishga ulgurgan yoshni artib tashladi. Yuzini teskari burib koʻzi tushgan insondan biroz uyalgan qiz nigohlarini olib qochdi. Ammo Yoongi nazarini qizdan olib qochmadi. Uning qizargan yanoqlari negadir yigitning gʻashiga tegayotgandi. Yoʻq bu tashqi koʻrinishga aloqador emas. Yoongi ayni bu yig'i sababchisidan gʻazabda edi. Gʻururli advokat xonim qandaydir yigit uchun koʻzyosh toʻkishi va oʻzini bu qadar tashlab qoʻyishi chindan Sugani jig'ibiyron qilmoqda. Ensa qotirib oʻrnidan turgan yigit hech kimga hech narsa demay xonadan chiqib ketdi.

– ERTA TONG –

Kechagi uzoq va qiyinchilik bilan o'tgan tundan soʻng tongda oʻzimni yengil his qilib uygʻonishim ajablanarli. Ammo chindan oʻzimni yaxshi his qilyapman. Yana yolgʻiz nonushta qilaman deb oʻylagandim toki eshik ochilib erim boʻlmish inson kirib kelmaguncha. Uygʻonganimdan soʻng xonadan chiqmadim. Dush qabul qilib kiyimimni kiygunimcha ancha vaqt oʻtdi, hozir esa oynaga qarshisida ho'l sochlarimni quritish bilan band edim. Uni koʻrishim bilan oynadan ortimdan kelib joylashgan yigitni kuzata boshladim. Koʻzlarini yumib sochimdan chuqur hidlagan yigit qattiq qoʻlini tanam tomon olib bordi. Sochlarimni yelkamdan olib lablarini bosgan yigit issiq nafasi bilan terimni kuydira boshladi. Uning yumilgan koʻzlarini bezab turgan uzun va tim qora kipriklari nega bunchalik bejirim?! Uzun sochlarini hamisha peshonasidan yuqoriga koʻtarib tarardi, ammo har tong u bilan yuzlashsam bu sochlar boshqacha koʻrinishda boʻladi. Qay biri boʻlmasin har ikkisi bilan ham kelishgan u.
– Agar hech qayering og'rimayotgan boʻlsa tayyorlan.
U nihoyat lablarini mendan uzib qaddini koʻtardi. Belimdan quchib oʻziga tortar ekan uning gaplariga hayron boʻlib biroz ortga burildim.
– Qayerga boramiz?
– Koreyadan ketamiz. Shuni bilsang kifoya hozircha.
– Qancha muddatga? Axir mening oʻqishim bor, buning ustiga mashgʻulotlarim.
– Bular haqida oʻylashing shart emas.
– Bu sening biznesing bilan bogʻliqmi? Qancha vaqtda bu yerda boʻlmaymiz.
– Aera, bu hech qanday biznes emas. Biz Koreadan butunlayga ketamiz. Ortiq bu yerga qaytmaysan.
Qatʼiy chiqqan ohang va hech qanday hissiz yuz meni qoʻrqita boshladi.
– Q..qanaqasiga?
– Shunaqasiga. Fransiyaga uchamiz. Agar istasang boshqa davlatlarga ham sayohat qilishimiz mumkin. Ammo aslo Koreaga qaytmaymiz.
U mendan uzoqlashib garderob tomon yurar ekan beixtiyor xavotir bilan ortidan ergashdim.
– Butunlayga deganing nimasi? – Fransiyaga? Men hech qayerga ketmayman!
– Offisda qiladigan bazi ishlarim bor, tezda borib qaytaman. Tushgacha barcha kerakli narsalaringni yig'. Hech narsa olmasliging ham mumkin, xoxishing.
U egnidagi kiyimini yechish barobarida menga gaplarini uqtirdi.
– Nega endi Koreadan ketishimiz kerak? Men oʻz vatanimdan ketishni istamayman. Qolaversa akam...
Keskin ortiga burilgan yigit iyagimdan siqqancha meni oʻziga kuch bilan tortdi.
– Sendan xoxishingni soʻramadim, kelgunimcha tayyor boʻl dedim!
U meni qayta ortimga itarib yuborib ortiga burildi. Ketish... Bunisi endi oshib tushdi. U telba. Qanday qilib tugʻilib oʻsgan yerimdan bir aqlan noxis insonning ortidan ergashib shunchaki ketishim mumkin? Gʻazabim oshib borayotgandi. Nafas olishim tezlashib titray boshladim. Koʻzlarimni asabiylik bilan undan uzib xona boʻylab aylantirar ekanman yonimdagi shkafda turgan aksessuarlarga koʻzim tushdi. Erimning eng qimmatbaho brendlarga tegishli buyumlari. Ahamiyatsiz. Qoʻlimga ilingan soatni olib u tomon uloqtirdim. Tilla soat tegib parchalangan oyna Taehyungning oyoqlari ostiga tushar ekan chuqur xoʻrsingan yigit qorongʻu koʻzlari bilan ortiga burildi.
– Hech biri ish bermaydi. Baribir bu yerdan seni olib ketaman.
– Nega? Nima sababdan menga bosim oʻtkazaverasan? SENGA ISTAMAYMAN DEYAPMAN! KOREA UYOQDA TURSIN TURGAN YERIMDAN HAM BIR QADAM SILJIMAYMAN.
– Seningcha kuch ishlatib ham seni olib ketolmaymanmi? Axax Aera nahotki shu vaqtgacha ham men haqimda bilmagan boʻlsang?!
Yuzimga qarab meni mazaxlagancha kulgan yigit qoʻllarini koʻksida bogʻlab koʻzlarimga tikildi. Agar qoʻlimda toʻpponcha boʻlganida uning peshonasidan otib tashlagan boʻlar edim.
– Razil. Hammasiga koʻnib yashadim! Shunchasi yetmadimi?
– Yóq. Men sening hayotingda yagona qadrli inson boʻlishim kerak. Boshqa hech kimning bunga haqqi yoʻq. Hatto oʻsha qoʻlidan hech vaqo kelmaydigan Min Yoongini ham.
– Menga qilganlaringni akam bilsa seni yoʻq qiladi. Hatto murdang ham yoʻqolib ketishini shaxsan oʻzi kafolatlaydi, Kim Taehyung!
– Menga past baho beryapsan, baby
Mayda qadamlar bilan yaqinlashgan yigit yuzim tengi egildi. Yanog'imdan tushgan yoshni artar ekan undan oʻzimni olib qochdim.

– Sen sira qora dunyoda oʻsgan qizga oʻxshamaysan. Nega bu qadar soddasan, Aera?
Uning gaplarini tushunmay savol ifodasi bilan tikildim.
– Meni kut, azizam. Ishlarimni tez tugatishga va'da beraman.

Boʻynimdan ulkan qoʻlini oʻrab mendan majburlab boʻsa olgan yigit hech narsa demay xonadan chiqib ketdi.
– LA'NATI! MEN HECH QAYERGA KETMAYMAN!
Aqldan ozgan telba. Koʻramiz meni bu yerdan qanday olib chiqar ekansan.

Bor kuchi bilan qoʻriqchilarga qarshilik qilayotgan qiz qichqirgancha oʻzini baquvvat erkaklar changalidan qutqarishga urinardi. Taehyung esa qora koʻzoynak taqqancha qoshlarini chimirib buni bir chetda kuzatmoqda. Ayni damda ikki qoʻriqchi ham rafiqasini samolyotga chiqarisha olmayotgandi. Oxiri asablari tarangligiga chiday olmagan yigit odamlariga boʻldi qilishini tayinlab ózi qizga yaqinlashdi.
Aera: ABLAX! KETMAYMAN HECH QAYERGA!
Taehyung qoʻllarini choʻntagidan chiqarib bir barmoq ishorasi bilan ikki qoʻriqchini qizdan uzoqlashtirdi. Aeraning baqiriq ovozidan bezovtalangan yigit yuzini burishtirgancha uni yelkasiga koʻtarib oldi. Qoʻriqchilarning ehtiyotkor harakatlari va oʻzidan qoʻrqib dovdirashi yigitni bezor qildi. Rafiqasining qarshiliklariga qaramay uni bir urinishda koʻtarib samolyotga chiqdi.

~

PovLien: Jarohatim qattiq ogʻriq bergani sabab tunda tinchlantiruvchi emlama qilishdi. Shu sabab boshim g'ovlab xuddi devona kabi gangib yuribman. Miyamda faqatgina Jin haqidagi oʻylar boʻlgani sabab uxlashni hayolimga ham keltirganim yoʻq. Majburan koʻzlarim yumilganida ham halovat sezmadim. Operatsiyadan chiqqanidan soʻng ham Jinning yoniga kirishga ruxsat berishmadi. Eshik yonida uning oʻziga kelishini kutyapman. Yonimga kelgan yigit u tomon qarashga undadi. Qoʻlida ikkita qaynoq qahva bilan turar ekan biridan hoʻplab ikkinchisini menga tutdi. Men ham rad etmay qabul qildim.
Suga: Yaralanganing yodingda yóq shekilli? Tik oyoqda koʻp turma, holsizlanasan.
Gaplarini tugallab zaldagi stulga joylashgan yigit chuqur xoʻrsinib ortga suyandi. Men ham uning yonidan joy egalladim.
Suga: Oʻziga kelishini doktorlar ham kutishyapti.
Lien: Bin Woon yana bizga tahdid qilishi mumkinmi?
Suga: Ha.
Lien: Demak uning keyngi nishoni men.
Hafsala bilan nafas chiqarib qoʻlimdagi qahvadan ichdim.
Suga: U senga tegmaydi. Tegolmaydi.
Lien: Nega bunchalik ishonch bilan gapiryapsan?
Suga: U kuchsiz. Shunchaki undan kuchliroqman.
Lien: Sen?
Suga: Ha men.
Lien: Ammo hali sendan yordam soʻramadim.
Suganing yuzida kichik kulgu koʻrinar ekan har doimgidek mensimagan bir ifoda bilan menga yuzlandi.
Suga: Qoʻl ostida yuzlab odamlari bor va qonunlarga tupurib qoʻygan mafia sardoriga shu kichik va zaif jussang bilan qarshi bora olaman deb oʻylaysanmi? Buning ustiga qiz bolasan.
Lien: Xoʻsh, oʻsha qonunlarga tupurib qoʻygan mafiaga yana biri qarshi chiqib meni himoya qilmoqchimi?
Menga yuzini burgan yigitdan koʻzlarimni uzmay davom etdim.
Lien: Ammo nega? Nima sababdan menga yordam berishing kerak? Mendan qarzdor eding va menga yordam berib buni uzding. Lekin keyingilari odamgarchilik yuzasidan ekanligiga shubham bor.
Har qanday holatda bam yonimda oʻtirgan yigit mafia sardori ekanligini va uning vaxshiy qotilliklari qayd etilgan hujjatlar aynan mening qoʻlimda ekanligini yodimdan chiqarmasligim kerak. Chindan uning qilayotgan ishlari xolisonami? Evaziga mendan hech narsa talab qilmaydimi? Bu ishonchsiz.
Suga: Men bu qarzni uzdim deb hisoblamagunimcha sendan uzoqlashmayman, Kim Lien.
Uzoq vaqtlik sukutdan soʻng oʻrnidan turgan yigit qoʻlidagi boʻshagan qahva idishini oʻrindiqqa qoʻydi.
Suga: Sen esa uning oʻziga kelishini uzoq kutasan.
Gapirish davomida yuzi oʻzgarib ketganini aniq koʻrdim. Ammo nega? U Jinni bunchalik yoqtirmasligini bilmasdim.
Suga: U senga arzimaydi.

Lien: Nima?
Gaplari yakunlanar yakunlanmas yonimdan ketgan yigit ortiga ham oʻgirilmasdan yoʻlakni tark etdi. Nega u shu gapni qaytaraveradi? Aera haqida soʻrash yodimdan chiqibdi. Jin ursin xayollarim shu darajada tarqoqki, oʻzimni yigʻa olmayapman.

~

Bor kuchi bilan qoʻriqchilarga qarshilik qilayotgan qiz qichqirgancha oʻzini baquvvat erkaklar changalidan qutqarishga urinardi. Taehyung esa qora koʻzoynak taqqancha qoshlarini chimirib buni bir chetda kuzatmoqda. Ayni damda ikki qoʻriqchi ham rafiqasini samolyotga chiqarisha olmayotgandi. Oxiri asablari tarangligiga chiday olmagan yigit odamlariga boʻldi qilishini tayinlab ózi qizga yaqinlashdi.
Aera: ABLAX! KETMAYMAN HECH QAYERGA!
Taehyung qoʻllarini choʻntagidan chiqarib bir barmoq ishorasi bilan ikki qoʻriqchini qizdan uzoqlashtirdi. Aeraning baqiriq ovozidan bezovtalangan yigit yuzini burishtirgancha uni yelkasiga koʻtarib oldi. Qoʻriqchilarning ehtiyotkor harakatlari va oʻzidan qoʻrqib dovdirashi yigitni bezor qildi. Rafiqasining qarshiliklariga qaramay uni bir urinishda koʻtarib samolyotga chiqdi.

Oʻrindiqqa qizni qoʻyishi bilan chayondek oʻzini Taehyungga otgan qiz uning yuziga tarsakilamadi, aksincha mushti bilan zarba berdi.
Aera: AKAM SENI OʻLDIRADI, KIM TAEHYUNG!
lablari atrofida va yuzida achishishni his qilgan yigit tili bilan labini yalagancha kulib qoʻydi.
Taehyung: Akang sen haqingda xabar topguncha biz Fransiyada boʻlamiz, azizam.
Ikki qoʻriqchiga ishora qilgan yigit qizdan uzoqlashar ekan ular tezda Aerani oʻrindiqqa kamarlar bilan mixlab qoʻyishdi.
Taehyung: Og'zingni ham yopishga buyurardim-u, ammo bunisi ortiqcha.
Aera: YARAMAS! HAMMASI UCHUN JAVOB BERASAN!
PovTaehyung: Sen qaysarni shunday qoʻlimga olamanki, oʻz izming bilan istaklarimni bajarasan, Kim Aera.

~

Kasalxona zalida akam va Yoongi ham oʻtirishar ekan tinchlikni buzgan qoʻngʻiroq ovozi eʼtiborimni tortdi. Goʻshakni koʻtargancha oʻrnidan turgan yigitning o'shqirgan ovozini eshitib sapchib tushdim. Nega u bunchalar asabiy bor kuchi bilan devorni mushtlagan yigit iflos soʻzlar bilan yana bir bor oʻkirdi. Telefonini otgancha devorga zarba berar ekan koʻzlaridagi gʻazabni koʻrib hech birimiz unga gapira olmay qoldik. Qoʻliga toʻpponchasini olganida esa koʻzlarim kattalashib shoshib qoldim...

::Keyingi qismda::

– U sening sevging uchun ojiz.
– Men endi ham usiz hayotimni tasavvur qilolmayman.
– Seni undan-da kuchliroq sevadigan boshqa biri boʻlsachi?

*

– Nega bunday muomala qilyapsan? Jin agar seni bezovta qilayotgan narsa men bilan bogʻliq boʻlsa ochiqroq gapir iltimos.
– Nega endi hammasi joyida menda.

*

– Bugun, bu kecha meniki ekanligingni senga eslatib qoʻymoqchiman, sevgilim.

Kam boʻlib qolgani uchun va uzoq vaqt kuttirganim uchun uzr soʻriman, gulchalarim.
#Aera