November 27

THE HOODLUM

6-qism.
Oyoqlarini kravatining taxtasi ustiga chiqarib olgancha barmoqlariga avaylab òralgan boģlamni tomosha qilib yotgan qiz, ularga xar qaragani sari biroz oldingi teginishlar hayajondan chiyillab yuborishiga chunonam majbur qilardiki, taģin òz qiliģidan òzi uyalgancha yuzi ustiga qòllari siqimlayotgan yumshoq yostiģini bosib olardi. Holat bir necha bor takrorlanarkan sabri tòlgandek òrnidan irģib turgan Aera oq bint yuzasiga tegingancha xotiralar olamiga chòkdi.

BIR NECHA SOAT AVVAL:

" Quyoshning xiralashgan qizģish nuri ostida uyiga piyoda ketishni ixtiyor qilgan qiz ortidan gòyo sehrlangandek xotirjam ergashayotgan yigit bazan bu qiliģi ustidan kulgisi qistasada, vujudi jilovsiz tòlqinlar singari odimlar, tarqoq hislar òzini tòlaligicha kòrsatmaganiga qaramay ayni damdagi istak bilan otashin harakatlanardi.

– Nega boya ayshsh.. ( keskin ortdagi yigit tomon ògirilgan Aera tamirlanayotgan yòl atrofidagi kattaroq toshga qoqilgancha muvozanatni yòqotgan tanasi bilan yerga òtirib qolarkan, zumda yuqorisida paydo bòlgan yigit yoniga chòkkancha tanasini tekshirayotganini kòrdi.

– Hammasi joyida sinib ketganim yòq. ( qiz chaqib olgandek aytdiyu òrnidan turayotib birdan oyoģiga kirgan oģriq sabab hamon chòkkalab turgan yigitga suyanib qoldi.

– Axa sinib qolmapsan (qizni chekkaroqdagi òrindiqqacha yetib olishiga yordam berarkan soniya avvalgi pichingni tòldirdi yigit.

– Jin ursin* ( yechib olingan oyoq kiyim ortidagi barmoqlarni tòq siyohrangga burkangan qontalash xolati Taehyungning qosh chimirishga majburladiyu, sababini bilmagan ğazab bilan qizga tikildi.

– Ular hozir bòlmagan ( "bularni qayerda orttirding" qabilida keskin savoldek dedi yigit.

Bir zum qizning hayollari tuni bilan tinimsiz, hatto qayrilgan barmoqlari bilanda tòxtash imkonini bermagan mashqlarga ketarkan barmoq uchlaridagi jaroxatni pisand qilmagandey sòz qotdi.

– Bular ballerina uchun arzimagan narsa.

– Ammo men uchun emas.. (yigit qizga qimirlamay òtir sòzini kòzlari orqali uqtirgandek shu yaqin atrofdagi dorixona tomon qadam tashlarkan, lablari orasidan "ayniqsa u sening
tanangda bòlsa" degan sòzlar ixtiyorsiz tashqariga otildi.

***
Ohista xarakatlar bilan oyoqlariga surtilayotgan malxam yurak soxasida berayotgan titroqni ortiqcha ģurur sabab bildirmaslikka xarakat qilayotgan qiz, tirnoqlari bilan òrindiq yoģochini shilishga tushdi.
Ayni dam nima qilsin bir necha soat oldin uni oyoqlariga qiyshiq deya tarif berib, keyinroq behayoga chiqargan, endi esa ayni shu oyoqlar poyida ulardan xavotir olgandek davolayotgan bu lapashang nima istaydi òzi? Xòsh xislari bòlsa aytmaydimi ochiq? Yòq uning fikru hayoli òyin kulgu-yu insonlarni mazaxlash, hatto kelajagi uchun zarracha qayģusi bòlmagan bunday insondan samimiy xis kutishning òzi telbalik!

– Endi bòldi.

Shu qadar chuqur òyga tolgan qiz xatto oyoģini allaqachon egallagan boģlamni sezmapti. Biroz xijolat yo dovdirash bilan yechilgan oyoq kiyimiga qòl chòzarkan, yigit uni bir xarakat bilan olib qizni oyoģiga kiydira boshladi.

Bunisi endi nima? Qayerga ketdi uning osmonlarcha ģururiyu, qusurlarni bod bod takrorlaydigan tili. U axmoq? Yo qizni laqillatayapti, yòq jin ursin* bir inson bu qadar òzgaruvchan bòlmaydi axir. Nima bòlsa ham uni mexribonchiligi yoqimli, xatto òta darajada...

– Òzing yurolasanmi? ( qizning tepasiga turgancha qòllarini chòntaklariga tiqdi Taehyung.

– Ikki qòllab kòtarib olmoqchimiding? ( tarqoq hayollar natijasida beixtiyor jaxl qildi qiz. Ammo nega? U xozirgina qizga yordam bermadimi, raxmatni nasiya qilgancha zardali muomala bu hatto "u" uchun ham adolatsizlik emasmi?

– Mxmm.. yaxshi fikr, ammo bunisi ancha qulayroq ( qizga yaqin kelgancha orqa tarafini tutdi u.

– Ishonching komilmi? Uyimgacha yòl uzoq. Shunchaki taxi chaqi..

– Mingashib ol.

Aera ortiq tixirlik qilmadi, shunchaki yigit aytgandek qòllarini uning bòyni atrofiga òragancha keyingi xaraktni kutdi. Hayoti gòyo uni qòllarida ekan bu telbaga oshiqcha gap aytish joiz emas. Istalgan vaqt yerga uloqtirishi mumkun. Ammo qiz ham bòsh kelmaydi.

U Taehyungni maxkam tutib olmadimi axir bordiyu ģirrom alomatlarini sezsa bosimni yanada orttiradi, qarapsizki uni irģitmoqchi bòlgan yigit u bilan birga qulaydi. Bir dam kòzlari oldiga ikkisining chalqansagiga tushib yotgan tasviri kelarkan qizning qiqirlab chiqgan kulgusi atrofni qopladi.

– Tavbaa esingni yedingmi? Yo kòtarib ketishim qattiq tasirlantirdi? ( yelkasidagi qizning baland ovozi quloģini chiyillashiga sabab bòlarkan kesatdi yigit

– Kóp vaysama, kòtarib ketishni òzing yolvorgudey sòrading axir Taxi chaqiraylik desam ham.. ( Taehyungning qattiq tomoq qrishi sabab yigitni ģashi kelayotganini sezgan qiz jim ketishni avzal bildi.

– Taee.. ( 10 daqiqaga yetar yetmas sukut qal'asi ichida yorilib ketay degan Aera sekingina murojat qildi.

– Mmmm ~

Pov Aera:

~ U hatto "Ha" yoki "Eshitaman" sòzlarini ishlatmadi, shunchaki "Mmm ~" ammo bu dunyodagi eng yoqimli talaffuzdek, jin urgur* yuragim uning ulkan yelkalari ustidaligini unutgandek dukurlashga òtdi. Yo hudo men nimalarni òylayabman òzi, bunday aqildan ozgan òylarni yeģishtir Kang Aera.

– Dòstlaring.. seni shunday chaqirishganini eshitdim, yani Tae deb.

– Hmm.

– Bu yoqimli, aytmoxchimanki tòliq isming ham chakki emas ammo uni qisqartirib aytish qandaydur taxallusga òxshaydi.. va bu menga yoqdi.

– Unda meni doim shunday chaqir!

– Hòsh yòq demasdim. Tae tae tae oh uni aytish juda oson. Bu huddi tomoģingdan òtgan saryoģdek yengil farqi ichkariga emas tashqariga intiladi ( Aeraning hazilidan ikkisi ham yengil kulib qòyisharkan endi gapniTaehyung davom ettirdi.

– Sendachi? ( boshini biroz yonga burgancha kòz qiri bilan yelkasidagi qizga qaradiTaehyung

– Nima men?

– Odatda dòstlar yo yaqin insonlaring seni qanday atashadi? Yo ular ham kibor qòģirchoq ekaningni bilishadimi?

– Telba bezori ( qiz yana bir bor ustidan kulib ótgan yigitning tanasiga bir ikki zarba yòlladiyu urinishlar huddi qitiqlagandey uni kuldirolishga yetdi holos.

– Aslida bitta shundayi bor ( chiroqlar xira yoritib turgan kimsasiz kòchalardan òtisharkan yigitning yelkasiga bemalol boshini tashlab olgancha davom etdi qiz.
– Eyri ~ ajoyib tòģrimi? Buni murabbiy Veyn òylab topgan. Sof Amerika aksentiga ega mehribon ayol.. sirayam Koreyscha ismimni erkin talaffuz etolmagach òxshash biri bilan atay boshladi. Keyinchalik bu mengayam yoqib qolgandi. Ammo.. ( qiz Chicagoda òtgan butun yillarini tasavvur qilarkan biroz kayfiyati tushgandek bòldi.

– Ammo endi xech kim seni bunday chaqirmaydi? ( aytilmagan jumlani tòldirdi Taehyung.

– Ha Koreyaga kelganimdan buyon bu ismni deyarli unutdim. ( kuldi Aera

– Kel unda òsha men bòlaman... bu ismni senga doim eslatuvchi inson. Sharti, boshqa xech kim bu huquqqa ega bòlmasin, yolģiz mening tilimdan chiqqan bu atash quloqlaringni bezasin. Eyri ~ endi yer yuzida buni faqat va faqat Kim Taehyunggina talaffuz qilolsin...

Tanish darvoza oldida qizni yerga qòyarkan javob kutilayotganini yana bir bor eslatishga kirishdi yigit.

– Jimsan?...

– Hòsh rozi bòlmasam, bilganingdan qolmaysanmi? ( lat yegan oyoģiga oģirligini yuklamagancha ohista darvozaga suyandi qiz.

– Yòq! Tòģrimi? Axir sen Kim Taehyung emasmisan. Sen uchun na yopiq eshiklar na rad etilgan javoblar bor. ( yaqonlariga yugurgan tabassumni yashirmagancha yigitga kòz qisib qòygan Aera darvoza yoniga kelgan xizmatchi yordamida uy ichiga kirib ketarkan ortdan yigitning "KÒRISHGUNCHA MISS EYRI ~ " degani eshitildi.

HOZIRGI VAQT:

– Miss Eyri ~ (takrorladi qiz òziga òzi barmoqlari hamon oyoģidagi òramdan ajralmaskan.
– Tayyorlan Kang Aera yo sen bu bezorini òzgartirasan yo u seni òzidek telbaga aylantiradi...

2 HAFTADAN SÒNG

Quloqlarga yod bòlib ketgan notalar xona bòylab bir birini quvgandey taralmoqda, yana barchaning etiborini òsha juftlik òģirlagan. Pardey yengil harakatlar ila bajarilgan ijro yakunlanarkan murabbiyning norozi kayfiyati eshitildi.

– Yòq, yòq bolalar bunaqasi ketmaydi. Yakun juda sodda extirossiz chiqayapti. Bu butun spektakl hayajonini lahzalar ichida sòndirib yuborishga qodir. Buni istamaysizku tòģrimi ( yoshi 40dan yuqori bòlsada qomati tik, latofatli murabbiy Oh unga unchalik tushunqiramay qarayotgan juftlikning kòzlariga bir qarab oldiyu davom etdi.

– Sahna kòrinishining asosiy maqsadi nimada, qani aytingchi?

– Qonlar kechib seviklisini zulmatdan halos etgan oshiqni gavdalantirish.. ( fikr bildirdi peshonalarida ter tomchilari kòrinish bergan Bang Chan.

– Ha ajoyib aynan shunday "seviklisini qutqargan oshiq" qarang bolalar tagiga chizyabman "seviklisini". Ammo siz na mardonavor kurashdan sòng qalbining soxibasiga yetishgan oshiq, na zulmat ichra yorini ilhaq kutgan maxbubni tasvirini yaratmayabsiz. Bu juda quruqdey ( biroz yuzini limon yeganday burishtirib turgan ayolning birdan aqli yorishib ketgandey kózlari charaqladi.

– Bòsaa! ( baralla malum qildi u.

– Bòsa?? ( hamon tushunqiramagan Aera va Chan barobar ustozining sòzini qaytarisharkan murabbiy Ohning tasdiqlovchi bosh chayqashini olishdi.

– Ha ha aynan bòsa, otashin soģinch bòsasi. Tasavvur qilayabsizmi bu chiqishning eng hayajonli va esda qolar qismi bòladi. Qani ayni shu bòsa qismini mash qilamiz bòlaqoling ( òz sòzlaridan ruhlanib ketgan ayol juftlikni sònggi pozani egarlashga undarkan Aeraning ikkilangan ovozda sòz boshladi.

– Murabbiy Oh siz bizdan nimani va nega istayotganingizni tushunib turibman ammo "bósa" ortiqcha xarakat bòlmasmikan, xar qalay biz Chan bilan... faqat dòstlarmiz.

– Azizam bu senga biroz noqulay bòlishini bilaman, kòp sòramayman atiga xarorati sovumasdan tutashgan lablar maylimi? Ishon bu eng nafis tugallanish bòladi ( qizni kaftidan tutgancha muloyim ovozda tushuntirgan ayol sekin bosh chayqab qòygan Aerani qayta sahnaa tomon imladi.

****
– Aera agar bu sen uchun chindan noqulay bòlsa qarshilik qilishimiz mukun. ( mashğulotlar tugab chiqish tomon ketisharkan, butun vaqt "bòsa" qismida ģalati yuz kasb etgan Aeraning holatini yodga olgancha fikr bildirdi Chan.

– Aslida tegma nozik qiz emasman ammo buni dòstdek kòrgan isnonim bilan qilish.. ochiģi menga yoqmayabdi. ( holis fikrini aytgancha xòrsindi qiz. Biroq havotir olma, musobaqa kuni barchasini a'lo darajada qilaman. Maģlubiyat Kang Aeraning tabiatiga begona tuyģu. Oh menga qònģiroq bòlayabdi Chan seni yolģiz qoldirishga majburman. ( qiz sherigi bilan kulib xayrlasharkan tanishganiga kòp bòlmagan bòlsada qadirdon bòlishga ulgurgan Xaringa javob berdi.

📞– Onni ~

📞– Oh seni shunday chaqirishingga qurbon bòlay, kechga rejalaring qanday malika?

📞– Shunchaki issiq vanna qabul qilgancha biror qiziqarli kino kòrmoqchi edim.

📞– Zerikarli tun de?

– Aslida bu men uchun yoqimli. ( kulib qòydi Aera

– Tavbaa 20ga kirmay òtkinchi hayotni tanlasyiz siz boylar, tayyor tur biroz shaxar aylanamiz. ( sòzlarini tugatgach aloqani uzgan Xarin Aeraning "charchaganman" deya nolib qolganini eshitmadi hatto.

****
Xarinning qisqacha kòrsatmasiga monand ancha zamonaviy, biroz ochiq ammo qulay kiyingancha kelishilgan kafe ichida kutayotgan Aera birdan yonidagi stolga òzini tashlab yuborgudey òtirgan qiz sabab chòchib tushdi.

– Kayfiyatingiz yomon demak?

Oldindan buyurtma qilingan ikki hissali muzdey cappuccinoni Xarin tomon surarkan savol ichida javob bergan bòldi u.

– Bu takasaltanglar meni chuv tushirmoqchi bòlishdi. Ishonayapsanmi "meni" Kim Xarinniya.

Kòksiga niqtatan barmoģi bilan òzini kòrsatgancha achchiq kulib qòydi qiz.

– Oh bu biroz hovurimni bosadi.

– Hòsh qanday nayrang qilishdiyu siz uni daholarcha ochiqlab tashladingiz ( tez tez muzli cappuccinosidan hòplayotgan qizning qiliqlari kulishiga sabab bòlarkan qitmirlikla sòradi Aera.

– Gòyo yigitlar hammomiga borishni kòngillari tusabdiyu bugun tunda òsha yerni yashnatisharkan. Keyinroq bilsam katta stadionda Raken yigitlari bilan biznikilarning poygasi bòlib òtarmish. Haliyam ishonolmayman qanday qilib Jimin buni mendan yashirishi mumkun? Hatto boshqalarni ham oģzini qulflabdi.

– Tòxtang, tòxtang nimalar deyabsiz òzi qanday poyga, Raken kim, katta stadion qayerda?
– Uff bularni senga bittalab yòlda aytib beraman faqat hozir men bilan u yerga borishing shart. Biz gòyo tasodif poyga kòrish uchun borgan ikki savdoyidek tutamiz òzimizni, agar Oppam bila turib atay Raken bor joyga yaqin yòlaganimni bilsa bormi... aysh hatto òylash qòrqinchili. Turaqolsangchi malika vaqtimiz yòq ( Xarin hamon xech narsani anglamas kòzlarini pirpiratgancha òtirgan Aeraning qòlidan tortgancha tashqariga odimladi.

****
– Hoy qiz nega buncha kulasan, men senga dardimni aytyabman axir. ( poyga bòladigan maydonning kirish qismida turisharkan Aeraning qiqirlab kulishi tobora Xarinni toqatini toshirardi.

– Yòq tòxtang bu.. bu chindan kulgili emasmi onni Taehyung va Rakenlarni orasi azaldan yomon bòlgan va Raken deganlari sizni eski yigitingiz, ammo kun kelib sevgilingiz tòdasidan qochayotgan Jiminni qaxramonlarcha qutqardingizu sevib qoldingizmi shundaymi? Hozir esa ularning nafrati siz sabab yanada avj olganmi? Odatda ikki qiz bir yigit uchun shunday dushmanlikka borishlari guvohi bòlardim ammo sizlarda aksi Axaxaxxaxaxa men hozir òlib qolaman.

– Yaa Aeraa jim bòl dedim senga.

– Yaxshi yaxshi khm bòldi men jimman ( ikki qòlini yuqoriga kòtargancha yuzini soxta tekislatgan qiz opasi ortidan ergashib olomon qurshab olgan yerga yòl oldi

Keyingi qismlarda:

– Bu yerga adashib kirib qolgan qushchalar qafasimizda vaqt òtqazmay ketolmaydi Azizam.

– Òsha qafasingga òzingni tiqqancha kòrimsiz patlaringni yulib olmasimdan uni tinch qòy.

***
– Ayni dam qarshimda osmonni qora tutunga tòldirgancha gumburlayotgan portlashlar sabab qòrquvdan qaltirayabmanmi yo uning shu vaqtdagi bemavrid izxoridan.
Yòq aslida bu mavridsiz emas, bari uning rejasi, chunki u telba. Bu esa aynan unga hos shovqinli romantika...

6-qism tugadi.
#Heyi_Kim
@Gold_fanfics