FELONY - EP 04 [ 18+ ]
– JUNGKOOK🗣️ JK🗣️
Ikkimiz ham ovoz kelgan tomonda burildik.
Jungkook: Boshlandi. Xoʻsh tayyormisan?
PovHyeri: U menga ayyorona jilmayib qosh uchirdi. Qiziq nima boshlandi? Qoʻlimdan qattiq siqib tortqilab ketgan yigitim ketidan ergashdim. U menga nimani koʻrsatmoqchi ekanligini butun vujudim bilan koʻrishga shoshilmoqdaman. Biz tepalik ortiga oʻtib katta trassaga yaqinlashdik. Qoyil, bu poyga maydoni. Yoʻl aylana qilib tayyorlangan va uning atrofi fosforli qizil lenta bilan oʻralgan. Tasma ortida olomim yigʻilgan, menimcha tomosha qilish uchun. Nimalarni oʻylayapman, aniq shu sabab yigʻilishgan. Atrofni kuzatib koʻzlarimni tinmay olazarak qilar ekanman Jungkook qulogʻim ostida tilini tanglayiga bosib qoqishi bilan xayolimni yigʻdim. U tomon qorachiqlarimni yoʻnaltirib toʻxtatganimda menga ayyorona tabassum bilan jilmayib turgan yigitni koʻrdim.
Hyeri: Yoʻq! Aslo poygada qatnashaman dema, Jungkook! U qoshini uchirgancha qoʻlimdan tortib meni pastga tortqiladi. Tepalikdan tushar ekanmiz chap tomondagi tasma tagidan oʻtib uni koʻtargancha mening ham oʻsha tomonga oʻtishimga ishora qildi. U chindan poygada qatnashadimi? Bu xavfli axir, yana bu yoʻl ham poyga uchun moʻljallanmagan. Yana bir meni oʻylantirgan qiziq narsa shuki, hech qanday mashina yoʻq. Bu aniq poygami?
Jungkook: Mingyu, unga qarab tura olasanmi?
Ortimga qaraganimda gavdasi Jungkooknikidan qolishmaydigan kelishgan zaytun rangli yigit jilmayib turardi. Koʻzlarimni undan uzib yigitimga qaratdim.
Hyeri: Ya'ni?
Jungkook: Bu yerdan trassaning hamma tomoni aniq koʻrinadi. Menga omad tilab turasan degan umiddaman, mushukcham.
U labimdan qattiq shimib tortgancha tezlikda burilib tasma tagidan oʻtib ketdi.
Hyeri: Nima? Bu nima degani? Jungkook! JUNGKOOK!
Qancha baqirsam ham befoyda. Ancha uzoqlashganidan soʻng uning yoniga bir yigit qop qora motosiklni olib bordi. Ishonish qiyin bu motopoyga va unda mening yigitim ishtirok etadi. Bu ajoyib! Ammo xavfli. Koʻzlarimni uzmay Jungkookni kuzatayotgandin. Uning kelishganligi hamma vaqt meni aqldan ozdirishga qodir. Qora charm jaketi va biroz toʻzgʻigan sochlari uni beqiyos koʻrsatardi. Motosiklni qoʻli bilan tutib oʻziga tortib olgunicha ortidagi yigitga kulib gapirishi lab chetida jilmayib qoʻyishi kabi harakatlari hech bir insonda topilmas odatlar men uchun. Menga qarab koʻz qisib qoʻyganini koʻrdim. Lablarim oʻz oʻzidan yoyilib koʻzlarim chaqnab ketdi. Uning qay tarzda tim qora motosikliga joylashib oʻtirishigacha hech bir harakatini oʻtkazib yubormay hatto koʻz uzmasdan tomosha qildim. Keyin esa miyamda charx urgan fikrdan bir zumda yuzim tundlashdi. Bu yerda qizlar bir talay ekan. Nima boshqalar ham uni men kabi kuzatmoqdami? Atrofga alanglab qoʻydim oʻzimcha. Yoʻq, ortiq u bunday qizlar koʻp joyda bu qadar insonbu mast qilguvchi harakatlar qilishini istamayman. Sekinlik bilan bir chiziqqa tizilgan motosikllar oyoqlarini yerga tirab poygaga start berilishini kuta boshlashdi. Ular orasida keng yelkalari va baquvvat uzun oyoqlari bilan ajralib turgan Jungkookni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emasdi. Yigʻilganlarning barchasi jar solib oʻyin boshlanishini talab qilishmoqda. Yuragim hapqirib urib butun tanamga issiqlik yoyayotganini his qilyapman. Nihoyat tepalikda koʻringan odam bir toʻpponcha ovozi bilan barchani bir nafasda jim qildi. Keng vohada motorlar ovozi jarang sochib butun shovqinni yutib yubordi. Yana bir otilgan oʻq va chaqmoq tezligida start chizigʻidan uchib chiqqan baykerlar koʻz ochib yumguncha chang toʻzon orasida qoldi. Tasmaga osilib sinchkovlik bilan changib ketgan maydonni kuzata boshladim. Uni koʻzdan qochirganimga ishona olmayman. Aysh! Bitta aylana tugagach yonimdan pishqirgancha oʻtgan motosiklni koʻrib bu Jungkook ekanligini fahmladim. U qoyilmaqom tarzda ishtirok etyapti. Xavfli va qiziqarli. Har bir necha metrdan soʻng qop qora motosikl tumshugʻi koʻtarilib tushayotgandi. Buni birinchi marta koʻrganimda Jungkook yiqilishidan qoʻrqib qattiq qichqirib yubordim. Ammo unga hech narsa qilmadi.
Xuddi yurgan yoʻlida raqs tushib yuradigan odamdek oddiy va oson qilayotgandi bu ishni.
– U ajoyib toʻgʻrimi?
Ortimda turgan yigit menga yaqin kelgancha baqirdi. Atrofdagi yigʻilganlar shovqinidan past ovozda gaplashishning ilojisi yoʻq edi. Men "ha" degan maʼnoda bosh irgʻab qoʻydim.
Mingyu: Sen demak u aytgan yovvoyi mushukchasan, toʻgʻrimi?
Yovvoyi mushukcha? Bu soʻzdan soʻng qoshlarim chimirilib hayron boʻlgancha ortga qayrildim. Demak mening yigitim doʻstlariga meni shunday tanishtirgan.
Hyeri: Sevgilimning menga nisbatan bergan ta'rifini rad etmoqchi emasman, ammo ismimni aytib qoʻyishim kerak deb hisoblayman. Kim Hyeri.
Unga qosh uchirgancha istehzo bilan kiborlar kabi tabassum qildim.
Mingyu: Kim Mingyu, tanishganimdan xursandman, Jkning yovvoyi mushukchasi. Men tomon uzatilgan qoʻllarga qarab shunchaki koʻz suzib qoʻydim xolos. Oʻzimni unchalik ochiq koʻngil va muloyim inson deyolmayman. Har na qilsam ham oqsuyaklardanman, tabaqaga boʻlish qonimda boʻlsa kerak. Ortimda turgan mana bu yigit esa men tomon qoʻl choʻzgani va men buni eʼtiborsiz qoldirganimni men kabi istehzo bilan qabul qilib oldi. U Jungkookka oʻxshaydimi? U bilan ilk tanishgan vaqtlarimiz xuddi shunday koʻzlar va soʻzlar jangi kechardi oramizda. Men uni mensimasligim tabiiy, u mening tansoqchim, shu bilan birga men xoʻjayin. Biroq Jungkook barcha munosabatlarni kesib tashladi. Jamiki chegaralarni yanchib oʻtib oʻrnimizni almashtirib qoʻydi. Qayerdan kelganini ham bilmaydigan qoʻriqchim meni hatto nazariga ilmas edi. Hatto umrim davomida men iltimos qilgan yagona odam ham u. Men uning mana shu takabburligiga oshiq boʻlganman desam adashmagan boʻlaman. U esa mening mana shunday yovvoyi ekanligimga. Toʻrtinchi aylanani bosib oʻtgan sevgilim marraga bir necha metr qolgandia qoʻllarini roʻl tutqichlaridan olib ularni havoga koʻtargancha magʻrurlik bilan finish chizigʻini bosib oʻtdi. Baxtdan sakragancha uni olqishlay boshladim.
Qumloqda tormoz berib toʻxtagan motosikl ustida turgan gavdali yigit boshidagi shlemini yechishi bilan atrofiga yigʻilganlar shovqinidan keng tabassum qildi. 7 oydan buyon mana shunday motpoygalarda qatnashadigan Jungkook koʻchabezorilari orasida ancha mashhurga aylangandi. Bunday qisqa vaqt orasida u bu turdagi koʻplab nomi chiqqan poygachilarni ortda qoldirdi. Bu 25 yoshli yigitchaning nom taratishi koʻplarning ichiga gʻulgʻula solib qoʻygani ehtimoldan yiroq emas. Hyeri koʻplab odamlar orasidan Jungkook tomon yugurgilab borarkan yoʻlini toʻsib chiqqan yigit uni choʻchitib yubordi.
– Salom, qizaloq.
Oʻzining kalamush qiyofasi bilan yoqimsiz koʻrinishga ega boʻlgan bu yigit tatirovkaga burkangan qoʻllarini ortiga olib Hyerining boʻyi tengi egildi.
– Qayerga buncha shoshyapsan?
Hyeri notanishga olayib qaragancha uni eʼtiborsiz qoldirib ketmoqchi boʻldi, ammo keng yelkalar bir deganda yana bir bor qizning yoʻlini toʻsdi.
– Eshitmading shekilli, yaxshi yana bir bor takrorlashim mumkin. Qayerga bu qadar shoshib yugurib ketyapsan, goʻzalim?
Hyeri koʻzlarini qisib oldinga bir qadam tashladi. Undagi qat'iyatni koʻrgan yigit qoshlarini hayratlanib koʻtardi. Bu jasoratdan yuzida oʻynoqi tabassum aks etgan yigit qoʻllarini koʻksida bogʻlagan qizga chuqur tikildi.
Hyeri: Kasalmisan?
Notanish yigit koʻzlari kattalashgancha qarshisida qosh chimirib turgan qizga qarab kulib yubordi. Undan qandaydir jiddiyroq gap kutayotgandi, biroq mutlaqo kutilmagan savol sabab nima deyishini bilmay soʻzlarini yoʻqotib qoʻydi.
– Kang Teyong, Teo deyishadi meni, kichkintoy.
U yana egilib qizga yaqinlashdi. Oʻzini Teo deb atagan bezorining ovoz ohanggida vaziyatdan maroqlanish vor edi. Ammo bu safar Hyeri oʻtkir koʻzlarini unga qadab uzoqlashish haqida oʻylamadi ham.
Hyeri: Sening isming-u, seni nima deb atashlari bilan bir chaqalik ishim yoʻq. Ko'rshapalakka oʻxshab atrofimda aylanaverma. Ha aytgancha men kichkintoy emasman, tilingni oʻrnidan sugʻurib olmasligimni istasang uni ogʻzing ichida saqla, yaxshisi.
– Axax, qizaloqning jahli chiqdi shekilli, a?
Hyeri: Hoy m...
– Sevgilim ~
Hyeri ortidan kelgan ovoz sabab oʻsha tomon o'girildi. Jungkook qizning yelkasiga qoʻlini tashlagancha tilini ogʻiz boʻshligʻida aylantirib qoshlarini chimirdi.
– Ouu bizning chempion Jeon shu yerda-ku. Demak bu mallasoch sening sevgiling ekanda.
Teo mazaxlagan ohangda kulib yana Hyeriga yaqinlashib egildi, ammo Jungkook qizning yelkasida turgan qoʻli bilan uni keskin ortga oldi.
Jungkook: Kim bilan oʻynashmoqchi boʻlyapsan?
Jungkookning sokin ammo jizzaki ohangi Teoning yuz ifodasu jiddiy tus olishiga sabab boʻldi.
Jungkook: Yoki, yana bir bor yutqazganing uchun keting yonib ketayotganini berkitishga urinyapsanmi?
Jungkookning ovozida eriklash joʻsh urib qoʻlini choʻntagiga solib Hyeriga jilmayib qarab qoʻydi.
Teo: Oh Jeon, o'ta takabbursan. Sening gʻolib boʻlganing haqida hatto oʻylab koʻrmagandim.
Jungkook: Unda nega? ...
Jungkook ajal nigohlari bilan qarshisidagi yigitga yaqinlashib oʻtkir ovozda davom etdi.
– Nega meniki boʻlgan qizga xiralik qilyapsan?
Bu safar uning soʻzlarida egalik hissi ustunlik qildi. Nafaqat gaplari balki koʻzlarida ham rashk alangani koʻrindi. Teo bu gʻazabdan kengaygan qorachiqlarga tikilib oʻzini ortga oldi. Shundagina Jungkook gavdasini koʻtarib qovogʻini uydi.
Jungkook: Xoʻsh?
Teo: Jeykey, qanday qilib bu qizaloqni koʻzdan qochirishimga ishona olasan?
U Jungkookning jagʻ suyaklari oʻynab tishlari qay tarzda jipslashayotganini sezdi. Bundan birmuncha hayiqdi ham.
Teo: Bilasanmi, bu qizaloq...
Jungkook yigitning lablari gapirish uchun qimirlaganini koʻrishi bilan uning jag'ini siqimlab oldi. Kuch bilan uni oʻziga tortib oʻtkir nafas bilan yuziga vishilladi.
Jungkook: Men bilan o'chakishishni bas qil! Erkaklar kabi yoʻl tut! Oʻzaro raqobatga qizlarni aralashtirma.
Teo: Oʻynashingga gap otganim la'nati g'ururingga tegib kettimi?
Jungkook: Axax gʻurur haqida sen gapirmay qo'yaqol. Menga yutqazaverib senda gʻurur ham qolmay ketgan, chamamda.
Teo bor kuchi bilan Jungkookni oʻzidan itarib unga o'dag'ayladi.
Teo: Agar istasam seni bir soniyada yoʻq qila olaman, Jeon!
Jungkook: Safsatangni borib oʻzingdek qoʻlidan hech vaqo kelmaydigan mishqi oshnalaringga aytasan. Boshqa qarshimdan chiqma, shundog'am kalamushga oʻxshab oyogʻim tagida oʻralashishingdan bezib ketdim.
Jungkookning qaqshatqich gaplari endi chindan shu kungacha hech kimga yutqizmagan Teoning gʻururiga zarba berdi. Uning yuzi tundlashib gʻazab bilan qarshisidagi yigitning yoqasiga yopishdi.
Teo: Kecha paydo boʻlgan tirrancha oʻzingni kim deb oʻylayapsan?
Jungkook oʻziga o'shqirgan yigitning chakagiga qattiq musht tushirib yerga yiqitdi. Hyerini muhofazalagandek ortiga berkitib Teo oʻrnidan turar turmas yana bir zarba bilan tuproqqa qulatdi.
Hyeri: Jungkook! Bas qil iltimos.
Hyeri yigitini yaxshi bilardi. Bir marta mushtlashishni boshlagan Jungkook hech qachon raqibini chalajon qilmagancha toʻxtamaydi. Bu paytda hech kimga quloq ham solmaydi. Hyeri uning bilagidan qattiq tutib oʻziga torta boshladi. Jungkook uning koʻzlaridagi iltijoni koʻrgach ortiga burildi-da qizning yuzidan tutib uni tinchlantirdi.
Jungkook: Shhh tinchlan, hali hech narsa boʻlmadi. Menga zarar yetmaydiz qoʻrqma. Hozir koʻramiz kim tirrancha ekanligini.
U labini yalagancha raqibi tomon burilib unga yana bir bor musht tushirdi. Ikkinchi zarbadan soʻng boshi aylanib qolgan Teo uchun uchinchi musht mutlaqo ortiqcha edi. Jungkook xirillab turolmay yotgan yigit atrofida xotirjam aylana boshladi. Biroq kutilmaganda oʻrnidan birdan turgan Teoning qoʻlida yarqiragan pichoq uning sergaklanishiga sabab boʻldi. U yigitning boʻynidan qoʻlini oʻragancha itarib yuborarkan qorin boʻshligʻidan pastroqda achishishni his qilib yuzi burishib ketdi. Olomon orasida qichqiriq yana-da avj olarkan Teoning mishqi doʻstlari uni olib ketish uchun yigʻilganlar orasidan chiqdi. Hyeri shoshib Jungkookning yoniga borarkan qoʻrquvdan koʻzlari kattalashib tanasiga titroq kirgandi.
Uning qanchalar qoʻrquvda ekanligini va arzimas jarohat uchun qattiq xavotirlanayotganini koʻrib yuzida tabassum oʻynagan yigit qizning qaltirayotgan qoʻlidan tutdi-da odamlar orasidan olib chiqib ketdi.
Hyeri: Jungkook... Shoshma. Jungkook to'xtasangchi!
Jungkook yurishdan toʻsatdan toʻxtagani bois Hyeri uning qattiq yelkasiga burnini urib oldi. G'ingshigancha yigitning qorniga musht tushirgan qiz uning ingrab egilib qolganini koʻrib qoshlari battar uyildi.
Hyeri: Hozirgina mendan ikki barobar keladigan yigitni do'poslab tuproqqa qorishtirib tashlading. Nahot mening shu kichik zarbamda shunchalik ogʻriq sezgan boʻlsang. Ishonish qiyin.
Jungkook qizning gaplariga eʼtibor bermay futbolkasini koʻtarar ekan sovuq suyuqlik qoʻliga tekkanini his qildi.
Jungkook: Aysh Hyee ~
Undagi qonni koʻrgan Hyeri ham jahl ham xavotir aralash deyarli qichqirib yubordi.
Hyeri: Yo Xudoyim, Jungkook. Hammasi joyidami? Yaralandingmi? Qon... Shifoxona ha ha kasalxonaga borish kerak.
U jarohatga qoʻllari qaltirab tegar tegmas ovozi titrab ketdi. Sarosimaga tushib baqirarkan xuddi yaqin atrofdan kasalxona topadigandek ortiga qarab ketmoqchi boʻldi. Biroq yigitining baquvvat qoʻllari sabab toʻxtab qoldi.
Jungkook: Qayerga ketyapsan, kickina shayton?
Hyeri: Kasalxona... Qara axir qonayapti.
Qoʻrquv aralash chiqqan ovoz Jungkookning kulgusiga sabab boʻldi. U qizni oʻziga tortib past ovozda shivirladi.
Jungkook: Bu arzimas jarohat. Vahima qilishga hojat yoʻq. Qani yur endi uyga.
Hyeri: Nima? Seni pichoqlashdi Jungkook!
Jungkook: Aysh shunchaki tilib oʻtdi.
U qizning bilagidan tutgancha olib keta boshladi. Hyeri uning hali ham qonashda davom etayotgan bu jarohatga bunchalar yengil qarayotganidan asabiylashardi. Motosiklga oʻrnashayotgan yigitini koʻrib koʻzlari hayrat bilan battar kattalashib ketdi.
Hyeri: Aqldan ozdingmi? Hali bunga ham oʻtirmoqchimisan?
Jungkook: Nima? Axir aytdim-ku bu arzimas deb. Tezroq uyga borib uni davolashimni istasang tezroq shlemni kiy va oʻtir. Aks holda koʻp qon yoʻqotish tufayli shu yerda jon beraman.
Hyeri: Yaa Jungkook!
Qiz uning gaplarini eshitib jahl bilan yigitning qattiq yelkasiga musht tushirdi. Jungkook esa bunga hatto tebranib ham qoʻymadi. Undan faqatgina kulgu ovozi eshitildi xolos.
PovHyeri: Shu holida ham miq etmasdan uyga yetib kelgan Jungkook meni qoʻrqita boshladi. Inson shu darajada ogʻriqqa chidamli boʻlishi mumkinmi? Uning belidan quchib olganimda jarohat joyi qon sababli yaxlab qolganini his qildim. Uyga yetib kelishimiz bilan meni orqa darvoza yonida qoldirib ózi asosiy eshikdan kirishini aytdi. Xizmatkorlar uxlagan degan umid bilan oyoq uchida arang yuqoriga koʻtarilib oldim. Kiyimlarimni ham alishtirmasdan tibbiyot qutisini tayyorlab yotoqqa joylashdim. Yarani davolash uchun yonimga chiqishini tayinlaganim uchun u kelishini aniq bilardim. Oʻzim eplayman deyishiga ham qaramay yarani koʻrishim kerak deb turib oldim. 10 daqiqa oʻtar-oʻtmas xonam eshigi soʻroqsiz ochildi. Bunga faqatgina bir inson jazm qilishi mumkin. Hatto otam ham xonam eshigini taqillatib kirishini eslasam bu yigitning qat'iyatiga yana bir bor amin boʻlaman. U xonaga kirib eshikni yopishi bilan u tomon yugurdim.
Jungkook: Hye bu chindan...
Uning gaplarini kutmay yigitimning qora futbolkasini koʻtargancha oʻtkir pichoq tilib o'tgan izni koʻrishga shoshildim.
Jungkook: Ortiqcha xavotir olyapsan.
Unga "jim bo'l" degan ma'noda oʻqrayib bilagidan tortqilagancha yotoqqa boshladim. Spirt va bint olib yarani tozalash uchun uning yoniga cho'kdim.
– Men uchun kiyimingni yecha olasanmi?
Aytgan gaplarimdan oʻzimning yuzim qizargan boʻlsa ajab emas. Jungkook lab chetida jilmayib qaddini biroz koʻtargancha avval jaketini soʻng futbolkasini yechdi. Paxtaga spirtni shimdirish bilan band boʻlsamda koʻzlarim beixtiyor yigitimning yalang tanasi tomon o'g'rincha nazar tashlashdan ham tap tortmayotgandi. U qoʻllariga suyanib oʻzini ortga tashlagancha nim tabassum bilan meni kuzatayotganini payqadim. Yara ancha vaqtdan buyon ochiq turgani sabab undan chiqqan qon jarohat atrofiga surkalib ketgandi.
Sinchkovlik bilan qonni tozalay boshladim, Jungkookning qoshlari og'riqdan biroz uyilganini aytmasa meni kuzatishdan bo'shamadi. Uning oʻrniga mening yuzim burishib ketdi. Qonni artayotib qoʻlimdagi paxta uning shimiga tegib kiyimi xalaqit berayotganini koʻrdim, pichoq kindikdan past qismni tilgani bois uning tepasini tozaladim, ammo pastki qismi... Bunga e'tibor bermay ishimda davom etishga harakat qildim. Lekin toʻsatdan Jungkook bilagimdan tutib qolgani sabab nigohlarimni uzib unga qarashga majbur boʻldim.
Hyeri: Nimadir boʻldim...
Gaplarim ogʻzimda qolib ketdi. Jungkook bir soʻz demay sport shimining boʻg'ichini boʻshatib uni biroz pastga tushirdi. Men esa butunlah yechayapti deb oʻylab teskari burilib olibman. Holatimni koʻrgan yigitim ochiqchasiga ustimdan kulib yubordi.
Jungkook: Bu uyatdanmi yoki qoʻrquvdan?
Jungkook tixirlik qilib suqulgancha nigohlari bilan koʻzlarimni taqib qilib pichirladi.
Jungkook: Endi bemalol davom etishing mumkin.
Nihoyat uning yuzimga tegib kutgudek masofada turgan qiyofasiga qaradim. Koʻzlari bilan pastga ishora qilgan yigitim mendan uzoqlashib yana qoʻllariga suyanib oldi. Yo Xudoyim. Uning mushakdor tanasi, kichik kubiksimon preslari va shishgan koʻkrak qafasi meni jinni qilishga qasdlashgandek goʻyo. Hammasini eng yuqoridan kuzatib kelib jarohatga qaraganimda yigitimning eng pastki "V" chizigʻiga koʻzim tushdi.
Qorachiqlarim kengayib ichimdagi hayajon ortib qiziy boshladim. Ogʻir yutunib yarani tozaladim va uni ixcham qilib bogʻlab qoʻydim. Tomoq qirgancha tibbiyot anjomlarini yigʻib, tugatganimni aytgach oʻrnimdan turishga chogʻlandim. Shu paytgacha bir soʻz demagan Jungkook bilagimdan tutib meni qayta yotoqqa mixladi. Koʻzlarimga shu qadar chuqur tikildiki, tanamda uchmagan tuk qolmadi. Koʻzlari bilan yuzimni skanerlab lablarimga kelganda toʻxtab qoldi. Beixtiyor mening ham koʻzlarim uning biroz nam va nim pushti lablariga qadalib toʻxtab qoldi. Uyatsiz fikrlarimdan nafratlanaman. Men ayni damda bu lablarni tishlab olishni istayman. Sevgilim ham mening xoxishlarimni his qilgandek menga keskin yaqinlashdi. Nafasi yuzimga tegib ichimdagi alangani ikki barobar oshirib yubordi.
Hyeri: Nimanidir unutdimmi?
U gaplarimni eshitib boshini eggancha kulib lablarini tishladi.
Jungkook: Seningcha men hech narsani koʻrmadimmi?
Hyeri: Ya'ni?
Jungkook: Qanday qaraganingni koʻrmaydigan darajada soʻqir emasman, sevgilim
U xuddi bo'sa olmoqchi boʻlgan insonden yaqinlashib nafasini labim ustiga qoʻyib yuborib aqldan uzdirgudek shivirladi. Uning gaplarini toʻliq tahlil qila olmadim, butun xayolim mana shu ingichka lablarda edi.
Jungkook: Buni oʻzing ham istashingni qachon tan olasan?
Hyeri: N.nimani nazarda tutyapsan?
U nigohlarini koʻzlarimga qadab bir necha soniya tikilib turgach kuch bilan meni ortga itargancha lablarimga yopishdi. Uni tishlab soʻrayotgan yigit tanamni yostiq ustiga butunlay qadab oʻz ogʻirligi bilan ustimga chiqib olgandi. Oyoqlarim ustidan yuqoriga ko'tarilayotgan taftni his qilib entikib ketdim. Ochiq belimdan ohista silagan yigitim lablarimni qiynashdan bir soniyaga ham voz kechmay kalta futbolkam ichiga qoʻl suqdi. Bu xato. Hozir emas, bunga tayyor emasman. Biroq qarshilik ham qila olmayapman. Uning qattiq qoʻli yumshoq tanamni silab ichkiyim ustidan koʻkragimni qattiq siqdi. Ichimdan sizib chiqqan qaynoqlik va kichik ogʻriq taʼsirida lablariim orasidan ixtiyorsiz ingroq qochdi. Tok urgandek koʻzlarimni ochib Jungkookning nigohlarini topdim. Bu bir juft qorachiqlarda oxiri yoʻq shaxvat bor edi.
Jungkook: Davom etishimni istaysanmi?