SHACKLED HEART - EP_14
PovAera: Samolyotga joylashganimizdan soʻng haqiqiy titroq nima ekanligini his qildim. Tanam shu darajada qaltirayotgan ediki, oʻtirgan oʻrnimdan uchib ketayotgandim. Taehyung esa biznes hamkori bilan video qoʻngʻiroq orqali suhbatlashmoqda. Bu suhbat hech qachon tugamasligini istardim. Ammo uning xayrlashayotganini eshitib barcha oʻylaganlarim xomxayol ekanligini fahmladim. Derazaga yuz burib oʻzimni oʻynaga yaqinroq tortdim. Taehyung noutbukni yopib telefonida nimadirlar qildi va qandaydir hujjatlarni tekshirdi. U ishlayotgan vaqti mutlaqo boshqa insonga aylanadi. Xuddi tashqi dunyodan uzilgandek. Yarim soat vaqtim yana shunday qoʻrquv aralash hadik bilan oʻtdi.
Taehyung: Aera
Nihoyat uning ogʻzidan oʻz ismimni eshitib yurak urishim kuchayib ketdi. U tomon burilganimda koʻzini hujjatlardan uzmagan holda menga buyruq berdi.
Taehyung: Menga qaynoq qahva olib kel.
Toʻgʻri eshitganimga shubha qilib unga hamon tikilib turar ekanman "eshitmadingmi?" degan ifoda bilan bir qoshini koʻtarib qaragan qiyofaga duch kelib oʻrnimdan turdim. Finjonga 5 daqiqa ichida achchiq qahva damlab salonga qaytdim. Nega u oʻzini bu qadar loqayd tutayotgani menga qorongʻu, ammo bu meni vahimaga solmoqda. Unga kichik patnizdagi qahvani tutar ekanman titrayotgan qoʻlim meni sotib qoʻydi. Avval qahvaga soʻng dag'-dag' qaltirayotgan qoʻlimga koʻz tashlagan Taehyung soʻnggida qoshlarini chimirib menga qaradi. Bu qaltiroqqa nomutanosib ravishda xotirjam turgan yuzim uni oʻylantirdi shekilli. Hech soʻz demay qahvani olgan yigit yana ishlashda davom etdi. Men esa oʻrnimga joylashdim. Koʻzimga sanchilayotgan ogʻriq uyqum kelayotganidan darak berardi, biroq miyamda kechayotgan oʻylar tinchlanib orom olishimga sira yoʻl qoʻymayapti. Chuqur nafas olib oʻrnimdan turdim va uxlash uchun keyingi klassga kirdim. Yotoqqa choʻzilar ekanman koʻz oldimda qonga belangan yigitning jasadi aylana boshladi. Men buni osonlikcha yodimdan chiqara olishimga ishonmayman. Beixtiyor koʻzlarim yoshlanib yigʻlay boshladim. Yostiqqa yuzimni ko'mgancha piqillardim. U menga yoki akamga nimadir qilishi mumkin. Chindan qo'rqyapman.
Oʻz xonasida tamaki tutatgancha oʻtirgan yigit yana bir bor javobsiz qoʻngʻiroq sabab telefonini jahl bilan otib yubordi. Ogʻzidan iflos soʻzlar chiqib peshonasini asabiy ishqay boshladi. Singlisini olib qochishi kerak boʻlgan "ishonchli" qoʻriqchi dom-daraksiz gʻoyib boʻldi. Bu esa Sugani battar siqmoqda. Oʻzini charm kresloga ogʻir tashlab chuqur xoʻrsindi. Koʻzlarini shift boʻylab aylantirarkan bexosdan ish stulida bir necha kun oldin xizmatkordan olgan ayollar soatiga koʻzi tushdi va ancha payt unga tikilib qoldi. Sekin qoʻzgʻalib soatni qoʻliga olarkan uning egasi xayolidan oʻtib yana bir bor xoʻrsingancha oʻyga toldi.
Suga: Takabbur advokat xonim...
Uning yuzida nim tabassum aks etdi.
Shu tarzda deyarli 1 soat qimir etmay oʻtirgan Suga asablarini biroz tinchlantirdi, ammo miyasini boʻsh qoldirmagan Aera haqidagi oʻy bir tomondan uni yemirib bormoqda. Oxir oqibat uning sabri tugadi. Xonasidan shaxd bilan chiqib Ingook bilan gaplashishni maqsad qilib ketayotgan yigit zinalardan tezlikda tushib qarshisidan chiqqan odamni koʻrib qotib qoldi. Koʻzlari hayratdan kattarib ketgan Suga bir necha soniya tushunarsizlik bilan unga tikilib turdi. Soʻng tilidan bazoʻr chiqqan qizning ismi bilan tilga kirdi.
Suga: Kim Lien?
Lien koʻzlarini yerdan uzmagan holda birdan piqillab yigʻlab yubordi. Ilk bor uni bunday ojiza sifatida koʻrib turgan Yoongi avval biroz shoshib qoldi, ammo tez orada oʻziga kelib uni savolga tuta boshladi.
Suga: Koʻrinib turibdiki, hech narsa yaxshi emas. Oʻtir gaplashamiz nima boʻldi?
Suga qizni chetlab divan tomon yurarkan hamon bir yerda koʻz yosh toʻkib turgan Lienga oʻgirilib tikilib qoldi. Yigit oʻzini qanchalik sovuqqon tutishga urinmasin u uchun hamisha sovuqqon hisoblangan qizning kutilmaganda uyiga bu ahvolda kelishini uni sezilarli darajada xavotirga solmoqda. Suga Lienga yaqinlashib unga tikildi.
Suga: Lien, nik6a boʻldi?
Lien: M..men... m.menga yordaming kerak.
U piqillab nafas aralash gapirarkan vaziyat jiddiy ekanligini koʻrsatib turardi. Qizning yelkalari silkinib yuzini kafti bilan toʻsgancha oʻtirib qoldi.
Suga: Lien!
Uning birdan yerga choʻkkanini koʻrgan Yoongi tezda u bilan birga egilib uni oʻrnidan turgʻazdi.
Suga: Nima boʻldi oʻzi?
Lien: Esingdami, qandaydir yordam kerak boʻlsa albatta bajaraman deganing?
Suga qoshlari chimirilgan koʻyi bosh irgʻadi.
Lien: Menga keraksan. Iltimos yordam ber.
Suga: Yaxshi, qanday yordam? Agar oʻtirsang hammasini bafurja gaplashamiz.
Suga qizning qoʻlidan tutgancha uni oʻtirishga undadi. Uning yelkalari silkinib hamon tuzukli gapira olmayotganini koʻrgan yigit xizmatkorga suv olib kelishni buyurdi. Bir necha soniya ichida shoshib suv olib kelgan ayol tazim qilib ularni yolgʻiz qoldirdi.
Suga: Ichib ol.
Lien qoʻllari qaltirab stakanni qoʻliga oldi.
Suga: Endi gapir. Nega bu ahvoldasan nima boʻldi?
Lien: Qandaydir odamlari Jinni olib ketishdi.
Suga: Nima?
Lien: Men oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Qora furgon. Raqami KA 19 BW 8940. Yerda qon dogʻlari ham bor edi.
Suga: Bu Bin Woon.
Lien: N.nima?
Suga: Mashina Bin Woonga tegishli. Kameralar orqali u qayerga ketganini aniqlayman.
Suga oʻrnidan turarkan odamlarini yigʻish uchun tashqariga chiqa boshladi. Unga qoʻshilib sapchib turgan qiz Suganing bilagidan qattiq tutarkan tinmay yosh oqayotgan koʻzlarini yigitga tikdi.
Lien: Uni topasan shundaymi?
Suga bir necha soniya unga qarab qoldi, soʻng ha degan maʼnoda bosh irgʻab tutib turilgan qoʻliga qaradi. Uning nima demoqchiligini tushungan Lien kaftini yigitdan tortib olib oʻrniga joylashdi. Orqasiga burilgan yigit yurishdan toʻxtab yelkasiga osha yuzini yonga burib Lienga yuzlandi.
Suga: Koʻzyosh toʻkishni bas qil! Sen 18 yoshli ojiz qizaloq emassan.
Oʻzi ham bilmaydi, hatto, nega uning bunday koʻzyosh toʻkayotganiga asabiylashib borayotganini. Eng boshidan arzimagan inson deb hisoblab kelgan insoni uchun Lienning siqilib oʻtirishi uning gʻashiga tegayotgandi.
Qorongʻu xonada faqatgina qattiq-qattiq olinayotgan nafas ovozi va qadam tovushi eshitilardi. Yuziga kelib urilgan zarbadan qalqib ketgan yigit ingrog'ini ichiga yutib burun kataklari kengaygancha qattiq nafas chiqardi.
Jin: Egang panjara ortiga kirib ishsiz qolganing alam qilyaptimi, it?!
Jin bogʻlangan qoʻllarini siltalab baqirarkan gʻazabdan qizarib ketgan erkak unga yaqin kelib egildi.
– Shu tilingni uzib olaman!
Jin: Nega oʻldirmayapsan? QANI BO'L OʻLDIR! Axir qarshingda qoʻli bogʻlangan holda oʻtiribman. Sen buni uddalay olasan.
Jin lab chetida iljayar ekan erkakning lablari jahldan qaltirab qoʻlidagi temir bilan uning yuziga urdi. Kuchli ogʻriq bilan siltalanib ketgan yigit tishlarini birlashtirib yana ovozini ichiga yutdi.
Jin: Sening qoʻlingdan faqat shu keladi. Stulga mixlangan odamni bir ikki chertib qoʻya olasan xolos. Landovur. KOʻPPAK!
Jin o'shqirib erkakka sapchirkan uning asablari bilan yetarlicha oʻynashyotgandi. Yuziga kelib tushayotgan ketma ketma zarbalar tasirida butunlay hech narsani his qilmay qoʻydi. Nafasi siqib koʻzlari yumilib borarkan jirkanch tabassum koʻz oldida xira aks eta boshladi.
– Seni ham oʻsha advokat mashuqangni ham yoʻq qilamiz! Qanday qilib janob Binga fitna uyushtirishga hadding sigʻdi, laʼnati?
Uning qulogʻiga oxirgi jumlalar xira-shira eshitilib butunlay hushini yoʻqotdi.
Hujjatlarga bir necha soat davomida shoʻngʻib ketgan yigit qoʻllarini keng yoyib kerishgancha ishini yakunlab oʻrnidan turdi. Aeraning yoʻqolib qolganini koʻrib uxlash uchun ketganini fahmladi. Parijda boʻlgan voqea sabab asablari biroz taranglashgan boʻlsa-da undan keyin rafiqasining qoʻrquv bilan qanday titragani, qahva olib kelganida qoʻllarining qaltirashi hammasini koʻz oldidan oʻtkazib nim tabassum qildi. Aera oʻzini qanchalar sovuqqon, irodali va qat'iyatli qilib koʻrsatishga urinmasin, aslida juda sodda va taʼsirchan qiz ekanligini Taehyung yaxshi bilardi. Parijga kelish uning rejasi ekanligini qizga aytmay uni laqillatganini eslab yuzidagi tabassum yana-da kengaydi.
U yotoqda uxlayotgan qizning yoniga joylashib oyoqlarini choʻzarkan pishillab uxlab yotgan rafiqasining yuziga tikilib qoldi. Oʻsha kechada u oʻzini qanday tutgani va tortinib-tortinib inginchka barmoqlarini oʻzining tanasiga qay tarzda yurgizganini yodiga olib ichidagi ehtiros joʻsh ura boshladi. U Aerani yana oʻsha holatda koʻrishni istab qoldi. Egilib qizning yuziga lablarini bosarkan iforidan hidlab lablarini uning boʻyniga koʻchirdi. Bu teginishlardan g'ingshib uygʻongan qiz koʻzlarini ochib erkak kishining yoʻgʻon boʻyniga koʻzi tushdi. Iyagiga tegib qitiqlayotgan kipriklarni sezgan Taehyung undan uzoqlashib rafiqasining yuzidan sochlarini oldi.
Taehyung: Koreaga yetib kelishimizga oz qoldi.
Aera uning koʻzlariga tikilib qolib aytgan gaplarini keyin angladi.
Aera: A.. h.ha, haligi, Taehyung gaplashib olsak degandim.
Oʻrnidan qoʻzgʻalib turgan Aera uning bunday muloyim harakatlarini koʻrib ayni damda u bilan murosa qilish mumkin deb oʻyladi. Taehyung qoshlarini chimirib tirsagiga suyanib yonboshlarkan qoshini uchirib qizni gapirishga undadi.
Aera: Parijdagi voqea... Sen oʻsha yigitni oʻldirding. Men u bilan til biriktirmagan edim va bundan mutlaqo xabarim yoʻq edi. Menimcha u akamning odami emas, men uni ilgari koʻrmaganman. Oʻsha yigit...
Taehyung: Demak oʻzing tanimagan odam bilan qochib ketmoqchi eding, shundaymi?
Aera: Men... Men sarosimaga tushib qoldim va...
Taehyung: Bu haqida uyga borgach gaplashamiz. Albatta oʻylamay qilgan ishlaring uchun badal toʻlaysan, Aeram. Men buni jazosiz qoldirmasligimni shundog'am bilasan.
Yigit lab chetida jilmayib oʻrnidan turgancha chiqib ketdi.
PovLien: Jinning telefonini siqimlagancha zalning uyog'idan buyogʻiga harakatlanar ekanman qanday qilib uni qutqarish haqida oʻylayotgandim. Suga butun uyni oyoqqa turgʻazdi. Bir zumda katta hovli qop qora kiyingan odamlar bilan toʻldi. Uning bu qadar asabiyligini oldin koʻrmaganman. Bu faqatgina Jin uchun emas nazarimda. Uning boshqa muammolari ham bor. Yoniga yigʻlab kelganim sabab endi yuzim qizarmoqda. Xuddi yosh bola kabi piqillab yigʻladim. Jin ursin. Xonaga kirib kelgan yigitni koʻrib u tomon shoshdim. Zalga kelishi bilan devor yonida turgan ulkan guldonni oyogʻi bilan tepib yuborganini koʻrib oʻrnimdan sakrab tushdim. Tinmay so'kinayotgan yigit devorni mushtlarkan nima deyishimni bilmay qoldim. Unga sekin yaqinlashib borarkanman devorni oxirgi bor qattiq mushtlab peshonasini tiragancha koʻzlarini qattiq yumib nafas olayotgan yigitning yelkasidan tutdim.
Lien: Yoongi, hammasi joyidami?
Suga: ABLAX KIM!
Lien: Nimadir boʻldimi?
Suga: Aerani olib kelish uchun odam yuborgan edim. Eshigim tagiga burdalangan tanasi keldi.
Lien: N..nima? Aeraning ahvolichi?
Aera menga begona emas, shu sabab u haqida ham xavotir olaman. Birdan jiringlagan telefon ovozidan ikkimiz ham sergaklandik. Suga tezda goʻshakka javob berdi.
– Xayrli kech, Min Yoongi.
Suga: Sen?
– Ha men. Aytgancha boʻlaklarga boʻlingan odamingni koʻrdingmi?
Suga: Agar singlimning bir tola sochiga zarar yetkizgudek boʻlsang seni chavaqlab tashlayman, Kim Taehyung! Bundan uning xabari yoʻq edi.
Goʻshak ortidan Kim Taehyungning baland kulgu ovozi yangradi.
– Endi tushungandirsan, meni laqillatish mumkin emasligini. Aeraga kelsak u endi meniki, istaganimni qilaman. Senga esa xayrli tun.
U Yoongining hech bir gapini eshitmay goʻshakni oʻchirdi. Jahldan butunlay aqldan ozgan yigit qoʻlidagi telefonni uloqtirib yubordi. Bor ovozda baqirib so'kinarkan uni toʻxtata olmasligimni angladim. Mening muammoyim esa ayni damda ortiqcha. Biroq Jinni topish va qutqarish uchun boshqasidan yordam soʻray olmasdim. Anchadan buyon bir inson haqida oʻylamoqdaman. Akam. U men bilan hatto gaplashishni istamaydi, yordam berarmikan?!
Lien: Hoziroq uyga borishim kerak.
Miyamga kelgan fikrni yuzaga chiqarib yubordim.
Suga: Nima?
Lien: Bilaman, hozir mening muammolarim bilan oʻralashishga vaqting yoʻq. Akam bilan gaplashib koʻrmoqchiman.
Suga: Lien, hozir yolgʻiz yurishing xatarli. Bin Woon seni ham nishonga olgan. Akangga qoʻngʻiroq qil bu yerga kelsin.
Lien: U bilan yuzma yuz gaplashmasam aslo bunga rozi boʻlmaydi.
Suga: Seni yolgʻiz qoʻyib yubormayman, oʻzim olib boraman.
Lien: Nima?
Suga hech soʻz demay uydan chiqib ketdi. Men ham ortidan ergashdim.
PovAera: Nihoyat Seoulga yetib keldik. Xonamga kirayotib erimdan olgan koʻrsatmam meni oʻylantira boshladi. *15 daqiqada xonamda boʻl! * Qoʻrquvim ortib bormoqda. Uning xonasi oldida uyoqdan buyoqqa yurib asabiy barmoqlarimni qirsillatar ekanman men u aytgan 15 daqiqani allaqachon yoʻqotib boʻldim. Egnimdagi koʻylakning etagini gʻijimlab ichkariga kirdim. Oyna qarshisida sochlarini quritayotgan yigitni koʻrib unga hech soʻz demay soch quritgichning ovozi tinishini kutdim. 2-3 daqiqada u fenni oʻchirib sochini tartibga keltirgancha men tomon oʻgirildi. Koʻzlarimni undan uzib olib qocha boshladim.
Taehyung: Oʻtir.
Bir yotoqqa bir Taehyungga qarab uning aytganini qilib oʻtirdim. U esa shkaf ichidan qandaydir kiyim olib yonimga kela boshladi. Yurish barobarida esa gapirishni ham unutmadi.
Taehyung: Qoʻzichoq arslondan qochaman deb oʻz jonini xatarga qoʻyibdi-da?!
Taehyung esa kulib yotoq yonidagi tumba ustiga oʻtirdi.
Taehyung: Yoongi bilan gaplashdim. U juda asabiy. Koʻzlarim kattalashib nafas olishim tezlasharkan yana titray boshladim.
Aera: U bilan urushmaysizlar, toʻgʻrimi?
U qoʻlidagi libosni yonimga tashladi.
Taehyung: Bu kecha mening izmimdasan va yetarlicha koʻnglimni ololsang bu kichik xatoyingni yodimdan chiqarishim mumkin.
Yotoq ustidagi kiyimga nazar tashlab ogʻir yutindim.
Aera: Chindan akam bilan tortishmaslikka va'da berasanmi? Yana meni laqillatmoqchisan.
Taehyung: Buni imkoniyat deb bil. Bosh tortsang ham oʻzing bilasan, keyin men ham nima qilishimni oʻzim hal qilaman.
Oʻylanib qoldim. Unga yana oʻyinchoq boʻlishim kerakmi? Hammasi tinch hal boʻlishi uchun majburman.
Aera: Yaxshi!
Libosni olib oʻrnimdan turgancha shoshib eshik tomon yurar ekanman ortimdan kelgan ovoz sabab toʻxtab qoldim.
Taehyung: Qayerga ketyapsan?
Aera: Buni kiyishimni istaysanmi? Kiyimimni almashtirish uchun xonamga ketyapman.
U boshini eggancha kularkan boshini sarak-sarak qimirlatib men tomon kela boshladi.
Taehyung: Ax Aera! Aera! Buni shu yerda kiy. Qarshimda, koʻz oldimda.
U qoʻllarini koʻksiga bogʻlab gaplarini taʼkidladi. Koʻzlarimni moʻltiratgancha erimga tikilib qoldim. U qachongacha menga bunday muomala qilmoqchi? Qoʻlida oʻyinchoq qilishdan qachon zerikadi? Asabiylikdan lablarimni qimtib nigohlarimni qoʻlimdagi libosga qaratdim. Axmoqman. Oʻrtada jiddiy urush chiqishini oldini olish uchun ham unga boʻysunishim kerak. Garchi u haddidan oshib ketayotgan boʻlsa ham.
Aera: Yaxshi!
Egnimdagi libosning yengini yelkamdan tushirib ohista yecha boshladim. Nim tabassum bilan meni kuzatayotgan Taehyungga esa qaramaslikka urinardim. Tanamdan sirgʻalib tushgan koʻylagim meni butunlay kiyimsiz qoldirdi. Qoʻlimdagi tungi libosni kiyish uchun shaylanar ekanman qoʻlimdan tutgan yigit meni toʻxtatib qoldi.
Taehyung: Shhh, men ichkiyimlarni yoqtirmayman, mittivoy.
Koʻzlaridagi nafratning cheki yoʻq. Tishlarimni bir biriga bosgancha arang oʻzimni tiyib turar ekanman, Taehyungning qorachiqlari shaxvat bilan yonganini koʻrdim. Nafasimni ichimga yutib koʻzlarimni chuqur yumib ochdim. Ichkiyimimning bog'ichini boʻshatib olganimdan soʻng sezilmas va tasodifiy koʻrinuvchi harakatlar bilan sochlarim orqali ochiq qolgan koʻkrak qafasimni berkitdim. Uning yuziga qarashga botina olmayman. Qorachiqlarimni olib qochishda davom etib keyingi ich kiyimimni ham yechib boʻlgach qaddimni rostladim. Endi harakatga kelgan Taehyung menga yaqinlashib iyagimdan silagancha yuzimni koʻtardi. Nigohlarimiz toʻqnasharkan yuzini sochlarim orasiga olib kelgan yigit qaynoq nafas bilan shivirladi.
Taehyung: Xoʻsh, jazoyingni olishga tayyormisan, qoʻzichoq?
U nima qilishni istaydi? Xayolida nima bor? Qoʻrquvini berkitishga urinsam-da titrayotgan tanam meni sotib qoʻyayotgandi. Lab chetida kulgan Taehyung meni yuzim bilan devorga tiragancha boshimning orqa qismidan bosib harakatlarimni cheklab qoʻydi. Qoʻlimdagi kiyim kaftlarim orasidan sirgʻalib polga tushdi. Ortimga kelib tushgan qattiq tarsakidan butun tanamga ogʻriq yoyildi. Lablarim orasidan qanday nola chiqib ketganini sezmay qoldim hatto. Birinchi tarsakini hazm qilib ulgurmay ikkinchisi kelib urilarkan jizillagan achishishdan ingrab yubordim. Keyingi zarbalarni ham birma bir qabul qilib olarkanman bu mening jazoyim ekanligini fahmladim. 10-tarsakidan soʻng ogʻriqqa chidolmay tipirchilay boshladim. Taehyungning ulkan qattiq qoʻli xuddi meni parchalab tashlamoqchidek ayovsiz kaltaklayotgandi. U hech bir qarshiligimga qaramay davom etdi. 15ta tarsakidan soʻng bardoshim yetmay yigʻlab yubordim. Nihoyat u poʻlatdek qoʻlini boshimdan olib meni boʻshatdi. Oyoqlarim qattiq titrab tizzalarim bukilib ketdi. Tirsagimdan tutib qolgan yigit sabab yiqilmadim. Taehyung bungaa yoʻl qoʻymadi. Nigohimni yerdan uzishim bilan belimdan oʻralgan baquvvat qoʻllar ta'sirida qalqib ketdim. Meni kuch bilan eshikka tiragan yigit lablarimga och bo'ridek yopishdi. Lablarimni soʻrib tortarkan belimdan quchib koʻtargancha yotoqqa tashladi. Oyoqlarim orasiga joylashib boʻsani davom ettirarkan nafas yetishmay uni oʻzimdan itara boshladim. Qulogʻim ostida hansirayotgan yigit qaddini koʻtarib toʻxtab qoldi. Ikkimiz ham chuqur-chuqur nafas olayotgandik. Sochlarimni yuzimdan olgan yigit endi yanog'imdan erkalab boʻsa olib o'pichlar qoldirayotgandi. U na qoʻpol na yumshoq. Men bilan xuddi yosh bola kabi oʻynashdan boshqasini qilmaydi...
PovLien: Qancha qoʻngʻiroq qilmay akam bilan bogʻlana olmadim. Suganing uy telefonidan qilganimda esa ovozimni eshitishi bilan goʻshakni oʻchirib qoʻydi. Ilojsizlikdan uyga Yoongi bilan borishga majbur boʻldim. Mashinaga birga joylashar ekanmiz biz bilan birga 2 qoʻriqchi va ortimizdan yana bir moshina ergashdi. Bu iblislar oʻyini ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilmoqdaman.
Yarim soatda uyimga yetib keldik. Chuqur nafas olib eshikni taqillatdim. Vaqt yarim tunga yaqinlashgan. Koʻp oʻtmay eshikni ochgan akamning meni koʻrib qoshlari chimirildi.
Lien: Aka...
Gapirish uchun lablarim qimirlab ulgurmay akam yuzimga eshikni itarib yubordi, ammo mening ortimdagi yigit sabab i yopilmadi. Yoongi qoʻli bilan temir eshikni itargancha oʻzini koʻrsatdi. U bilan yuzlashgan akamning yuz ifodasi shu darajada qoʻrqinchli tomonga oʻzgaradiki, u meni bir soniya ham eshitmaydi degan oʻy miyamni qamrab oldi.
Raewoon: SEN?
Suga: Yaxshilikcha eshikni och va uni kirit.
Raewoon: SENI OʻLDIRAMAN ABLAX!
Ancha yillik alami sababmi yoki boshqasi aniq bilmadim, ammo birdan uydan otilib chiqqan Raewoon Min Yoongining yoqasiga yopishdi. Ularni ajratishga urinarkanman ikki erkak bir biriga kuch bermay mushtlasha boshladi. Orqadan kelgan qoʻriqchilardan biri oʻq uzib ularni ajratdi. Baland toʻpponcha ovozi oyogʻimning uchigacha qaltiratib yubordi.
Lien: Qurolingizni tushuring!
Jon holatda oʻsha tomonga qarab baqirdim. Suganing birgina nigohi bilan orqaga tisarilgan erkak toʻpponchasini pastga tushirdi.
Lien: Raewoon, gaplashib olaylik. Iltimos meni eshiting yordamingizga muhtojman.
Birdan menga yaqinlashgan Raewoon koʻzlaridagi gʻazab bilan menga nigohini o'qtagancha vishilladi.
Raewoon: Ortingdagi jinoyatchidan yordam soʻra!
U shunday degancha menga ters oʻgirilib ketarkan uning bilagiga chirmashib toʻxtatib qoldim.
Lien: Aka, iltimos... Jin... Uni olib ketishdi. Men qarshi chiqqan Bin Woon. Uning odamlari ekan. Uni topishda yordam bering.
Qoʻlini mendan tortib olgan akamning yuzi hech qanday oʻzgarishsiz qoldi.
Raewoon: Qonun himoyachisi eng ashaddiy jinoyatchi bilan til biriktirib endi yana qonundan yordam soʻrayaptimi?
Yoongi: Jin ursin seni! Qiz sendan koʻmak soʻrayapti, u seni singling la'nati. Agar unga nimadir boʻlsa boʻlib oʻtganlarning qay biri koʻzingga koʻrinadi.
Bilib qoʻy oʻsha qonuningdan ham qoʻlidan hech vaqo kelmaydigan politsiyachilaringdan koʻra men uni yaxshiroq himoya qila olaman.
Raewoon: SEN NIMALAR DEYAPSAN???
Yana shaxd bilan Yoongiga yaqinlashayotgan akamning yoʻlini toʻsib uni quchib oldim. Uning koʻksiga yuzimni ko'mgancha koʻzyoshlarimga erkinlik berdim. Uning jahldan koʻtarilib tushayotgan koʻkrak qafasi va qattiq urayotgan yuragini his qilib turardim.
Lien: Aka iltimos, bas qiling endi...
U ancha vaqt tinch turdi, bir necha daqiqa oʻtib meni oʻzidan uzoqlashtirgach koʻzyoshlarimni artib tashladi.
Raewoon: Uyga kir.
Yoongi: Uni bu yerga tashlav6 ketmayman.
Raewoon: Tushunmadim.
Yoongi: Lien bu yerda qolmaydi deyapman. Aks holda ertalab uygʻonganingda uning o'ligini topasan.
Raewoon: Sen nimalar deb alkirayapsan?
Yoongi: Menga qara, dediktiv, agar chindan singlingga yordam bermoqchi boʻlsang ortimdan yur. Mening uyimda ishlaymiz. Uning har qadamini kuzatishadi endi.
Raewoon: Jin ursin!
Lien: Aka, uning imkoniyatlari kengroq. Jinni topishimiz oson kechadi, yoʻq demaysiz shundaymi?
Raewoon chuqur xoʻrsinib bosh irg'adi.
Raewoon: Hozir chiqaman.
U uyga kirib ketgach oʻzimni biroz yengil his qildim. Qoʻllarini beliga tirab asabiy turgan Yoongi yerga jahl bilan tuflab mendan uzoqlashdi. 5 daqiqada chiqqan Raewoon oʻz mashinasiga joylashayotib meni ham chorladi.
Raewoon: Men bilan ketasan.
Uning qat'iy buyruq ohangidan ensa qotirgan Yoongi labini jiyirib mashinaga joylashdi. Biz oldin harakatlandik, ortimizdan esa Suga va uning odamlari...
Yorobun ff aktivi sabab ancha vaqt yozmadim. Yozishni istamadim. Agar yana shunday aktiv past boʻlsa toʻxtataman ffni.
Fikrlaringizni kutib qolaman.