FELONY - EP 03
– Mening xavfsizligim sensan, meni himoya qil, asra va avayla... ( Hyeri...
Yuvinib chiqqanimda yotog'imda oyoqlarini osiltirib yotgancha telefon kovlayotgan yigitimni koʻrdim. U menga boshdan oyoq nazar solib lab chetida jilmaydi. Bunga qanchalik eʼtibor bermaslikka urinmayin oynadagi uning aksi xayollarimni chalkashtirib yuborayotgandi.
– Hammasi joyidami? ( Hyeri
– Ha, nimadandir xavotirdamisan?
U telefonini yoniga qoʻygancha qaddini koʻtardi.
– Negadir gʻalati qarayapsan
– Yoʻq, shunchaki...
Oyna orqali bir necha soniya bir birimizga tikilib turdik va men bu koʻz janggiga yakun yasadim. Sochlarimni quritib bilinar bilinmas pardoz qilib boʻlgach ortga burildim.
Mening harakatlarimning hech birini koʻzdan qochirmay salkam yarim soat kuzatgan Jungkook oʻrnidan turib chuqur uh tortdi.
– Men kiyinishim kerak.
– Yaxshi.
– Chiqib turasanmi?
– Yoʻq, albatta.
U keng tabassum qilib menga yaqinlashdi. Ortimdan kelib quchar ekan sochlarimni ortga yigʻib yuzini koʻmgancha koʻzlarini chuqur yumdi.
– Nega haligacha mendan tortinasan?
Uning horgʻin va qandaydir dagʻal ovozi ichimda ajib hislarni qoʻzgʻab yubordi. Mendan ancha uzun boʻlgan yigitimga qarash uchun boʻyin choʻzar ekanman uning keng yelkasiga kaftimni bosdim, u esa belimdan quchdi.
– Men shu paytgacha hech kim bilan munosabatda boʻlmaganman. Umuman olganda bu tabiiy hol emasmi? Shunchaki uyalaman xolos.
– Men esa buni istamayman. Oʻrtamizda hech qanday chegara boʻlmasligini xoxlayman.
– Bu birdan boʻlmaydi.
Yana koʻzgu tomon burilib oldim. Jungkook esa belimdan mahkam quchgancha meni oʻziga yaqinroq tortdi. Uning poʻlatdek qoʻllari meni oʻrab olgan, issiq nafasi esa xalat ustidan ham terimni kuydurmoqda. Koʻzlari yumilgan shunchaki bu quchoqni his qilmoqda u. Yuzimda kichik tabassum oʻynab u tomon burilib labidan tezlikda oʻpib oldim. Yuzimni boshqa tomon burar ekanman nafasi orqali uning kulganini his qildim. Bir necha soniya oʻtib boʻynimga yigitimning hoʻl tili botib silayotganini sezdim. U meni aqldan ozdiradi. Ehtirosli harakatlari sabab chindan qachondir hammasiga tayyor ekanligimni oʻzim aytib qoʻyaman. Boʻynimdan chuqur boʻsa olib tishlab tortayotgan yigit qoʻllari bilan ham tanamni erkalay boshlagandi. Xalat ostidan hech qanday ichkiyim kiymaganim sabab negadir endi yuzim qizara boshladi, negaki Jungkookning qoʻllari yuqorilab borayotgandi. Ulkan kaftlar koʻkragimga yetganda uning quchogʻidan chiqishga urinib tipirchiladim. Biroq u meni qoʻyib yubormadi. Lablarini uzib norozi qiyofa bilan menga qaradi.
– Jungkook...
– Men oʻzimni ancha vaqtgacha tutib tura olishimga ishonasanmi?
– Oppaa, hali tayyor emasman.
– Buning uchun tayyor boʻlish kerak emas, Hye
U qoʻlimdan tutgancha yuzimga yaqinlashdi.
– Senga aytishga oson, chunki erkaklar hech qachon ogʻriq his qilmaydi.
– Hechamda... Meni oʻzingdan uzoqlashtirayotganing sababi ishonchsizlikdir balki.
U javonga suyanar ekan qoʻllarini koʻksida birlashtirdi. Kiyimlarimni olib oʻylanib qoldim.
– Men yuvinish xonasida kiyinaman.
– Qachongacha mendan uyalishda davom etasan, sevgilim.
Kiyimlarimni olib eshik tomon yurar ekanman Jungkook menga ergashdi.
– Shunday qarashda davom etsang hech qachon bu his yoʻqolmaydi.
Tabassum bilan yigitimning yuziga eshikni yopib ichkariga kirib ketdim. Kiyimlarimni alishtirish vaqtida oynada tomogʻimdagi izlarga koʻzim tushdi. Bu nima? Aysh yaramas Jungkook! Bir nechta tish izlariga qoʻlim bilan tegib yuzim burishdi. Tezda tayyor boʻlib xonaga qaytdim. Deraza yonida turgan Jungkook uy hovlisiga sergaklanib qarab turardi.
– Hammasi joyidami?
U mening ovozimni eshitib ortga burildi.
– Ha, tayyor boʻldingmi?
– Ha, qayerga boramiz ózi?
– Hali erta qoriqchilar va xizmatchilar ham uygʻoq. Derazadan qochishga nima deysan?
– Nima? Jiddiymisan?
– Albatta, bogʻ oralab orqa eshikdan chiqamiz. Aks holda qoʻriqchilar qoʻliga tushamiz.
– Yaxshi, hech qayerim sinmaydi degan umiddaman.
– Xavotir olma, sevgilim, yoningda mendej yigiting bor axir.
Derazaning yuqori qismidan ushlagancha ortiga biroz burilib kerilgan Jungkook menga koʻz qisib pastga sakradi. Nafasim ichimga tushib shoshib pastga qaradim.
Hech qayeriga jin ham urmagan yigitim menga sakrashimga ishora qilib shivirlab baqirdi. Men bunday qilolmayman. Xonam 2-qavatda, bu yerdan sakrash... Xonaga qaytib oʻzimga oʻzim dalda berar ekanman koʻz oldimga faqat yerga yiqilib qonga botgan tanam kelaverardi. Yomon fikrlarni chetga surib yana derazaga yaqinlashdim. Olayib asosiy darvozaga qaragancha oynadan tashqariga chiqdim.
Jungkook pastga tushib qulochini keng yozarkan koʻzlarimni chirt yumib oʻzimni maysa ustiga tashladim. Jin ursin uddaladim. Qichqirib yubormaslik uchun ogʻzimni kaftim bilan toʻsib oldim. Kulib yuborishdan ikkimiz ham oʻzimizni arang tiyib piqillagancha nafasimizni ichimizga yutdik. Soʻngra u qoʻlimdan tutdi-da qoʻriqchilardan berkinib orqa darvoza yonidagi motosikli tomonga meni tortqiladi. Bu yigitning barcha xislatlari meni jinni qilishga qodir. Hatto mashina haydaganida ham uzun barmoqlari harakatlarini kuzatib ichimda gʻalayon boshlanadi. U motosiklga oʻtirib maxsus bosh kiyimini olib qoʻlimdan tortdi.
– Xoʻsh, sevgilim, birozgina shoʻxlik qilamiz, rozimisan?
U sochlarimni ortga tashlab bosh kiyimni kiydirdi va uni toʻgʻri turganiga ishonch hosil qilib jilmayib qoʻydi. Soʻngra oʻzi ham himoyalovchi bosh kiyimini kiyib oʻtir ishorasini qildi.
– Qayerga borishimizni hali ham aytmading.
– Kim aytdi buni senga aytadi deb?
U motosiklni gaz oldirar ekanman uning belidan qattiq quchib oldim.
– Shunday qilib mahkamroq ushlab ol, mushukcham.
"Mushukcham" soʻzini eshitib yuzimda keng tabassum aks etdi. Uchrashishimizdan ilgari meni shunday deb atasa gʻashimga tegardi, biroq hozir bu erkalash meni saryog'dek eritib yuboradi. Motosiklni bir-ikki gaz oldirgan Jungkook bir zumda oyoqlarini yerdan uzib qop qora tulporining ovozini butun mavzega yoydi. Katta trassaga chiqib olganimizdan soʻng haqiqiy adrenalinni his qildim. Qoʻllarimni Jungkookdan uzgancha yuqoriga koʻtarib qichqirar ekanman bundan ortiq baxt yoʻqdek edi men uchun.
Muvozanatni saqlay olmay qolganimda tanam yigitimning ortiga kuch bilan borib urilardi. Ayni damda uning motosikl roʻlini tutgan qoʻli eʼtiborimni tortmoqda. Tomirlari boʻrtib turgan uning baquvvat qoʻllari ham kelishgan hatto. Bugun shoʻxlik qiladigan kunimiz ekan nega oʻzimni cheklashim kerak?! Butun gavdam bilan Jungkookning tanasiga jipslashib oyoqlarimni kengroq yoydim. Yengi yuqoriga kotarilgan kiyimining ustidan qoʻlimni oʻrmalatgancha uni silar ekanman Jungkook ro'lni boshqa tomonga burib yubordi. Boshimni ortga tashlab bor ovozda kulib yubordim.
– Jasoratli boʻlib qolibsanmi?
U ortga qarab baqirarkan gap soʻnggida kulgu ovozini eshitdim. Tanamga kelib urilayotgan shamol va sevgan insonimning ifori hammasidan ham eng ajoyibi erkinlik ta'mi. Oʻzimni erkin qushdek tasavvur qilyapman. Nihoyat biz sekinlashib kerakli manzilga yetib kelib toʻxtadik. Shaharning unchalik chekkasi boʻlmagan bu yerdan deyarli mashina yurmaydi. Odamlar anchagina koʻp edi. Jungkook motosiklni joylashtirib ortimdan kelgancha belimdan qattiq tortib oʻziga yaqinlashtirib qulogʻimni kuydirib gapirdi.
– Yonimdan soniyaga boʻlsa ham jilma, tushunarlimi?
Uning belimdan tutgan qoʻli meni qattiq siqib gaplarini tugatgach qoʻyib yubordi. Bosh irgʻab Jungkook bilan birga odamlar orasiga qoʻshildim. Hamma bilan koʻrishayotgan yigitim nihoyat meni ham tanishtirdi. Ular orasida birorta ham qiz bola yoʻqligi sabab javob tariqasida shunchaki jilmayib qoʻya qoldim. U yigitlar orasida oʻzini shu qadar erkin tutar ekanki, hazil-huzul qilib bor ovozda kular ekan bu Jungkook uchun noodatiy emasligiga ishonchim komil.
Jungkook doʻstlari bilan odatdagidek suhbat qurib koʻngilxushlik qilishni boshlab yuborgandi. Ammo bir daqiqaga boʻlsa ham Hyerini koʻzdan qochirmadi. Yonidan uzoqlashishiga qoʻymay atrfoga qarash uchun biroz ortga tisarilsa ham bilagidan tutib oʻziga tortib olardi. U yigitlar orasidan chiqib qizning yelkasidan qoʻlini oʻragancha uni kattaroq davraga boshladi. U yerda nafaqat Jungkookning tanishlari balki uni tanimagan va u tanimaganlar ham bor edi. Yana bir eʼtiborga molik tomoni shundaki, u yerda yigitning dushmanlari ham yoʻq emasdi.
Ular bir guruh yigit-qizlar orasiga qoʻshilishar ekan Jungkook baʼzilar bilan quyuq salomlashdi. Ayrimlarga esa istehzo bilan shunchaki bosh irgʻab qoʻydi.
– Jeon bizni bu qizaloq bilan tanishtirmaysanmi?
Ulardan birida Hyeriga ishora qilib Jungkookka yuzlandi. Yigitning qoshlari chimirilib ortga burilgancha qizni oʻziga tortdi.
– Kim Hyeri, mening sevgan qizim.
– Salom Hyeri, men Yeonjun.
– Tanishganimdan xursandman.
Hyeri oʻzi tomon uzatilgan kaftni siqish uchun qoʻlini uzatar ekan Jungkook uning qoʻlini pastga tushirib ortiga oldi.
– Hecham oʻzgarmagansan, Jeon.
Jungkook tishini tishiga qoʻyar ekan jagʻ suyaklari oʻynab qoʻllarini musht qildi. Buni koʻrgan Yeonjunning yuzida esa ayyorona tabassum oʻynadi.
– Dugonang ham shu yerda edi, uni koʻrmadingmi? Aytgancha ortingdagiga ham uni tanishtirib qóy, chamamda ikkisi bir birini tanishmaydi.
– Ablax!!!
Jungkook bir katta qadam bilan Yeonjunga yaqinlashgancha uning yoqasiga tutib oʻlim nigohlari bilan unga tikildi.
– Jungkook! Nima qilyapsan?
Hyeri yigitning qoʻlidan ushlab ortga tortishga urindi, biroq bu yigitga sira ham kuchi yetmasligini bilardi.
– Ovozingni o'chimasang shu tilingni qoʻporib qoʻlingga tutqizaman!
Yeonjun telbaga oʻxshab kularkan yigitning hamlasidan hayiqib bosh irgʻadi. Garchi buni sezdirmagan boʻlsa-da, ammo Jungkook ularni adabini berish uchun yetarlicha kuchga ega edi. Bu toʻdada uning tarafkashlari ham talaygina. U Yeonjunning yoqasidan siltalab tashlab ortga burildi.
– Maroqli hordiq, yigitlar.
Jungkook Yeonjunga yov qarash qilib sevgilisining qoʻlidan tutgancha ulardan nari ketdi. Barmen yoniga borib oʻtkir ichimlik buyurar ekan Hyeri ham yigitning yoniga joylashib unga savol nigohlarini qadadi. Oʻziga tikilib turgan bir juft mushuk koʻzlarga koʻzi tushgan Jungkook hafsala bilan uh tortar ekan qizga qarab yelka qisdi. Hyeri ham unga javoban xuddi shunday qildi.
Jungkook: Nima?
Hyeri: Nima? Nima qilding, Jungkook? Nega u yigitni yoqasidan olding?
Jungkook: Jahlimni chiqardi.
Hyeri: Qarang-a, umuman sezmabman jahling chiqqanini. Buni bildim! U nimani nazarda tutdi qanday dugona haqida gapirdi.
Jungkook barmen bergan ichimlikdan ho'plab uni oʻrniga qoʻygach Hyeriga yuzlandi.
Jungkook: Jiddiy emas. Unut.
Hyeri: Jungkook!
Gʻazablana boshlagan qiz koʻzlarini katta-katta qilgancha deyarli o'shqirdi. Biroq yigit oʻzini xotirjam tutishga urinmoqda. Atrofda yangrayotgan musiqaga hamohang bosh chayqarkan ora-orada ichkilikdan ham hoʻplab qoʻyardi. Hyeri birorta ham savoliga javob ola olmagach yigitining oʻzini tutishi uning qonini qaynata boshladi. Shaxd bilan oʻrnidan turgan qiz qoʻlini bigiz qilgancha Jungkookka yaqin kelib vishilladi.
Hyeri: Meni eshit, Jungkook, agar kimdir bilan menga xiyonat qilgan boʻlsang, ont ichaman seni oʻz qoʻllarim bilan oʻldiraman, soʻngra oʻzimni ham oʻldiraman. Aslo bunga jazm qilma, men xiyonatni shunchaki qabul qila olmayman. Sendagi rashk menda ham borligini zinhor yodingdan chiqarma!
Qizning qanchalar jahli chiqqani uning chimirilgan qoshlari va gʻazabdan uyilgan qovoqlaridan ayon edi.
Uning birgina "dugona" soʻzini eshitib shu qadar qoni qaynagani Jungkookning kulgusini qistadi va Hyerining harakatlari unga yoqimli tuyulgani ham rost. U lab chetida ovoz chiqarib kulgancha qizning bilagidan tortib bir urinishda tizzasiga oʻtirgʻizdi.
Jungkook: Shhh sevgilim, tinchlan. Qanday xiyonat haqida gapiryapsan? Mening faqatgina 1ta sevgan qizim bor va men unga tegishliman, buni hali yodimdan chiqarmadim. Nega bunchalar asabiylashyapsan?
Hyeri: Unda kim u dugonang?
Hyeri: Uni menga koʻrsat!
Jungkook atrofga alanglab tanish chehrani koʻrgach oʻsha tomonga qarab qosh uchirdi.
Jungkook: Ana u qiz.
Hyeri nigohlarini oʻsha tomon burib qoʻlidagi qadah bilan qomatini koʻz - koʻz qilib raqs tushayotgan qizni koʻrdi. U chindan chiroyli va yoqimtoy. Hyerining koʻzlari bir zumda gʻazabdan qisilar ekan, ichida olov yonayotgandek qiziy boshladi. U hech qachon hasad tuygʻusini his qilmagan boʻlishi mumkin, ammo har bir ayol sevgan insoni tomonidan eʼtiborga olingan boshqa bir ayol uchun bu hisni hech boʻlmaganda umrida bir marotaba boshdan kechiradi.
Hyeri: U mendan chiroylimi?
U miyasida aylanayotgan fikrni yuzaga chiqarib Jungkookning boʻynidan quchgancha unga yuzlandi. Yigit qoshlarini koʻtarib bir muddat qizga tikilib turgach kulib yubordi.
Jungkook: Agar aksincha boʻlganida oyoqlarim orasida sen emas u oʻtirgan boʻlardi.
Hyeri yigitining gaplarini diqqat bilan eshitib koʻngli taskin topdi. Yana oʻsha qizga qarab sinchkovlik bilan uni kuzata boshladi. Hozirning oʻzida yonidago ikki yigitning ostiga kirib ketishga tayyordek edi u. Yigitlardan biri egnidagi futbolkasini yechib otarkan qizning qoʻlidagi qadah yuqorilab ichidagini haligi yigitning yalang tanasiga toʻkib yubordi. Yoʻq u to'kib yubormadi, atayin toʻkdi, soʻngra u bilan ogʻiz - burun o'pisha boshladi. Bundan daxshati boʻlishi mumkin emas. Hyerining koʻngli aynigani uning yuzi burishib ketganidan maʼlum edi. Jungkook ham barchasini koʻrdi, sevgilisi yuz burib lablarini qimtiganini koʻrgach uning sochlari orasiga yuzini koʻmib lablarini bosdi. Jungkook uning kayfiyati buzilganini sezdi, shu sabab uning belidan ohista silagancha turishiga ishora qildi.
Jungkook: Bu yerga boshqa narsani koʻrishing uchun olib keldim
Hyeri: Nima ekan?
U qizni quchib oʻziga tortdida lablarini erkalab oʻpib koʻz qisdi.
Jungkook: Hali vaqti kelmadi.
U qizni aqldan ozgudek ahvolda raqs tushayotgan yoshlar davrasoga tortdi. Baland musiqa ostida istagancha bir biri bilan oʻynashayotgan juftliklar, yolgʻizligi sabab alkogol bilan doʻst tutinib qoʻshiq xirgoya qilgancha tebranayotgan qizlar-u yigitlar orasidan oʻtib borisharkan Jungkook uning qoʻlidan qoʻyib yuborib musiqaga monand qimirlay boshladi. Yigitini ilk bor raqs tushayotganini koʻrgan Hyeri hayronligini yashirmay kulib yubordi. Jungkook ham javoban tilini chiqargancha qizga qarab kulib qoʻydi. Uning harakatlari oʻziga shunchalik yarashayotgandiki, Hyeri atrofdagi hammasini unutib yigitiga tikilib qoldi. U raqsda mukammal. Qizning qoʻlidan tortib uni raqs tushishga undadi. Bir birini erkalab musiqa ohanggiga qorishib ketgan ikki yosh xuddi bu dunyoda ulardan boshqa hech kim yoʻqdek tasavvur qilishayotgandi. Hyeri goʻyoki Jungkookni qaytadan kashf qilayotgandek uning har bir qoʻl va tana harakatiga oshiq boʻlmoqda. Doimiy rasmiy kiyimda, jahldor qiyofada yurgan Jungkook uyda yolgʻizgina onasi va sevgan qizi kulib qarardi. U oʻta mas'uliyatli tansoqchi. Qoʻl ostidagi odamlar ham undan hayiqishi besabab emas. Ammo hozir u Hyerining qarshisida xuddi oʻspirin yigitchalar kabi tutmoqda oʻzini. Qiz ham ortiqca odamlarsiz, oʻzini erkin va xavfsiz his qilgan holda bu lahzalardan foydalanmoqda. Unga aslida oʻnlab qoʻriqchilar-u boyligi va koʻrinishi uchun yonida yuradigan doʻstlar kerak emas, gʻamxoʻrlik qiluvchi aka-ukayu opa-singil ham shart emas. Uning yagona yaqini, hamisha oʻzini oʻzligicha koʻrsata oladigan birgina inson Jungkook boʻlsa bas. Ularning sevgisi qisqa muddat ichida shu qadar kuchli alanga oldiki, buni oʻzlari ham sezmay qolishdi. Bir necha soat ichida xumoridan chiqquncha raqs tushishgach Jungkook uni davradan olib chiqdi.
Xursandligidan xuddi ichib olib sarxush boʻlgan inson kabi tebranayotgan qiz hech ikkilanmay terga botgan sevgilisining lablariga talpindi. Bunday tashabbus kutmagan Jungkook uni qattiq oʻziga tortib ustunlikni oʻz qoʻliga oldi. Bir birini kuchli xoxish bilan o'payotgan yoshlar toʻpponcha ovozi sabab uzoqlashishdi. Hyeri qichqirib yubordi. Uning baqirib yuborganiga kulib yuborgan Jungkook qizning labidan yana bir bor chuqur boʻsa olib uni bagʻriga tortdi.
Hyeri: Menga nimani koʻrsatmoqchi eding?
Jungkook: Yana bir necha daqiqa kut.
Hyeri: Bu chindan ajoyib boʻldi.
Jungkook: Bo'sami?
Hyeri: Aysh raqs!
Jungkook: Axax ikkisi ham ajoyib boʻldi.
Hyeri: Aqldan ozgan.
– JUNGKOOK🗣️ JK🗣️
Ikkimiz ham ovoz kelgan tomonda burildik.
Jungkook: Boshlandi. Xoʻsh tayyormisan?
PovHyeri: U menga ayyorona jilmayib qosh uchirdi. Qiziq nima boshlandi?
– Jeykey, qanday qilib bu qizaloqni koʻzdan qochirishimga ishona olasan?
– Men uchun kiyimingni yecha olasanmi?
3-qism tugadi, fikrlaringizni kutaman shadows🌚💋
Avtor - Aera