October 13

Qalbimda gullagan chechak

14-qism

Pov avtor: Vaqtni betoqat bo'lib oldinga intilishi. Barcha halovatdan tashqarida qolgan. Taehyungni qon dog'ida qolib ketgan ko'zlari pushaymonlik, aybdorlik va qo'rquvni qamrab olgan. Uy ichi allaqachon begonalar kiritilmaydigan hududga aylanib politsiya bilan to'lgan.
โ€“ Qonni qotib qolganiga qaraganda bir necha kun bo'lgan bunga. Qizni yaxshi taniysanmi? - so'radi dedektivlardan biri - Taehyung?
โ€“ Kim?
Taehyung: Uni eri!
โ€“ O'z eri nega bunday qilishi mumkin?
Taehyung: Bilmayman, hech nimani bilmayman - asabiy xo'rsinib, tirsaklarini tizzasiga tayanch qilgancha sochlarini qisdi.

โ€“ Tae~, barini aniq ayt
ib berishing kerak. Bilmayman deganing bilan biz hech nimani aniqlashtira olmaymiz. Hech bo'lmaganda kichik uchqun bo'lsa-da yordam beradi.
Taehyung: Nima qil deysan? Hayolimga hech nima kelmayapti. Gumonimni esa aytdim.
โ€“ Avval tinchlanib ol! - kichik plastmassa idishda suv uzatdi.
Taehyung: Kerakmas, hozir shu ham tomog'imdan o'tmaydi.
โ€“ O'zing bilasan, endi savolimga javob ber. An Misun bilan qanday munosabatda bo'lgansan? - doimgidek jiddiylik bu kelishgan dedektivning ko'p hollarda ko'rsatishi mumkin bo'lgan yagona qiyofasi edi. Taehyung zabonsiz qolgancha unga qararkan, nigohlarini yana yerga qaratdi va sokin ovozda javob berdi.
Taehyung: Ishqiy! - ko'p cho'zmasdan tan olgan bo'ldi.
โ€“ Qanchadan beri?
Taehyung: 3 yoki 4 oy, balki bundan kamroqdir, aniq bilmayman.
โ€“ Uni turmushga chiqqanligini bilarmiding?
Taehyung: Yo'q, bilmasdim. U buni mendan yashirgan.
โ€“ Tushunarli, nega yashirganini bilasanmi?
Taehyung: Yo'q.
โ€“ Oxirgi marta uni qachon ko'rding?
โ€“ Demak, yagona variant uni eri. Erini kimligini bilasanmi?
Taehyung: Ha, Lee Changho. Qolgan ma'lumotlariga deyarli qiziqmaganman.
โ€“ Hozircha bitta taxmin bor. Uning eri agar sizlarni munosabatlaringizdan xabar topgan bo'lsa, uni xiyonatda ayblab uni o'ldirgan bo'lishi mumkin yoki...
Taehyung: U o'lmagan, - yigitni gapini keskin bo'ldi. - Men bunga ishonaman. U o'lmagan.
โ€“ Gapimni oxirigacha eshit! O'dirmagan bo'lsa qandaydir jarohat yetqazgan bo'lishi ham mumkin. Tirik bo'lsa topiladi.
Pov Taehyung: Agar bo'lmasa-chi? Tirik bo'lmasa-chi? Buni o'ylash ham qo'rqityapti. Ketib qolmaganimda bunday bo'lmasdi. Seni hatto eshitmay ketib qolmaganimda hozir shu yerda sog'-omon o'tirgan bo'larding. Endichi? Qayerda bo'lishing mumkin? Qayerda? Yolvoraman, qayerda bo'lsang ham sovuq tuproq ostida bo'lma Misun~ Menga biror bir xabar ber iltimos...
Taehyung: Men uni topaman! - havotirdan ortiq bu kabi o'tirishni o'ziga loyiq ko'rmagach, shaxd va ishonch bilan ancha vaqt quruq tebranish holatida turgan oyoqlarini yerga kuch ila bosdi.
โ€“ Taehyung, hali hech nima aniqlanmadi. Nimani aniqlamoqchisan? Muammoni ko'paytirma, o'sha odamni uyiga boraman. Albatta so'roq qilinadi.
Taehyung: Kutish meni charchatyapti, bu yerda qog'ozbozlikdan boshqa hech nima qilmayapmiz.
โ€“ Ishni chigallashtirma, bu ish menda agar buni qiyinlashtiradigan bo'lsang, mayor bo'lishingga qaramay seni qamab qo'yishdan tab tortmayman!
Taehyung: Jin ursin* seni! - g'azabiga yengilgan holda yonida turgan biroz hashamdor stulni tepib yubordi.

*

Pov avtor: Bizga tanish bo'lgan insonlar yo'qolgan halovat bilan tong orttirdi. Yorishgan osmon hech qanday dalillarni aks ettira olmay halak bo'lgandek. Qum zarralari orasidan oltin qidirayotgan kabi insonlar behalak. Jimin pulni miqdori bilan bir hafta muddatda emas, bir kun ichida test natijalarini barmoqlari orasida yastantirdi. Javobini bilsa-da, qog'ozni ochib ko'rgach xuddi filmlardagidek uning faqat pastki tomonini o'qidi, chunki qolgan yozuvlar u tushunishi uchun murakkab va anglab bo'lmas. Qizil yozuvda foizning ko'rsatkichi qorachiqlarda namoyon bo'larkan, kutilmagan va aksincha bo'lgan natija miya yarimsharlari aloqasini uzib qo'ygandek jim tortdi. Hayol faqatgina to'g'ri kelmagan foizlarda aylanyapti. Qog'ozni barmoqlar orasida qisilib turgan bir cheti bosimdan kichik g'ijimlash holatiga keldi. Qahr oralagan ko'zlar qora satrlar bitilgan qog'ozdan qochib atrofga qaradi. Bu yerdagi barcha inson o'z dardida. Hech kimga hech kim qiziq emas. Atrofdan tinmay o'tib qaytayotgan odamlarni ko'rayotgan Jimin harakatdan to'xtagan oyoqlar bilan zal o'rtasida turardi. Ba'zi shoshayotgan odamlarning uni turtib ketishi ham qiziq bo'lmay, javobsiz qoldi. G'azab sarfi oshib ketdi, ammo tinchlanish kerakligini bilgan erkak oldinga intilib yuzlashishga shoshildi. Jahl chiqqanda uni nazorat qilish qiyin, lekin hozir emas. Hozir tinchlanish kerak. Bu yolg'on javoblar bo'lsa-da, harakat nizomini egallash kerak. Mashina yon o'rindig'iga uloqtirilgan qog'ozlar agar joni bo'lganda bu kuch zarbidan og'riqli ovoz chiqargan bo'lardi.

Ortiqcha urinishlarsiz barmoqlarda qisilish navbati qo'l telefonga keldi. Qo'ng'iroq qilishni ham xohlamagan yigit bajarilishi aniq bo'lgan xabarni yubordi. Odatda yozilgan xabarlar insonning his-tuyg'usini to'liq tushuntirib bera olmaydi. Ammo hozirgi buyruq bu qanday ohangdaligi yaqqol sezilarli darajada. Oradan o'tayotgan vaqt sabrni samarasiz holatga keltirib boryapti. Tund qiyofani hamon yuzida saqlab turgan Jimin allaqachon bo'lishi kerak bo'lgan joyda va keng oynalardan shaharni qay tarzda harakatchanligini kuzatib turibdi. Bir-ikki chertilgan eshik ortidan uning ochilishi hali ham shaharga tikilishdan qilt etmagan tanani ko'rsatdi. Qizning oyoq kiyim poshnasi kichik bo'lsa-da marmar yerlarda ovoz yangratishi eshitilib turib, to'xtadi. Negaki, u hozir nima deyishni yoki so'rashni ham bilmaydi. Sukunat Aranga g'ulg'ala solishdan boshqa ishga yaramayapti. Til so'zlash uchun harakatga kelganda esa narigi tomondagi insonning o'tkir qarashi namoyon bo'ldi-yu, gapirish ham cheklandi.
Jimin: O'tir! - hol-ahvol ham so'ramasdan oddiygina dedi.
Aran: Nima demoqchisiz? - havotir bilan sumkasi dastasini qisgancha ortga kichik qadam tashladi.
Jimin: Aran, turib gaplashmasmiz. O'tiraqol, hozirgi vaqtda ko'p tik turish mumkinmasligini bilaman. - yana xotirjam ifoda. Aran taklif qilingan o'rindiqqa joylasharkan, o'zini igna ustida o'tirgandek his qildi. Sababi esa natijalarni allaqachon qo'liga olib bo'lgan, ammo juda ham sokin ko'rinishga ega bo'lgan eri.

Jimin: Nimadir ichasanmi?
Aran: Xohlamayman. - tezda inkor qildi.
Jimin: Mayli, hech bo'lmasa to'g'ridan-to'g'ri masalani o'rtaga qo'yishimni xohlarsan? - taklif bilan tikildi, ammo javobsiz savol tasdiqlanishsiz ham, inkor qilishsiz ham qoldi. - Aran, birinchi va oxirgi bor so'ramoqchiman. Rostan ham men bilan ajrashib, bolamizni vasiyligini o'zingga olishni xohlaysanmi?
Aran: Ha! - o'zini bosim ostida his qilgandek juda tez tasdiqladi va shoshilinch qarordan bildirmay tirnoqlarini etiga botirdi.
Jimin: Ishonching komil va bundan hech qachon afsuslanmaysanmi? Men bilan ajrashishdan?
Pov avtor: Endigi savolga o'ylab javob berish kerakligini tushungan Aran pirpiragan ko'zlarini Jiminga qadab jim qoldi.
Jimin: Aran - talabchanlik bilan chaqirdi - Sendan javob kutyapman.
Aran: Men kelajak haqida nimadir deya olmayman.

Jimin: Sen ajrim uchun qarorni berib, kelajakni aniq qilib bo'lgansan. Buni qat'iayat bilan bajarmadingmi? Men sendan hozir faqatgina hislaringni so'rayapman.
Aran: Yo'q! - ko'pga bormay eshitilgan javob, achchiq ustida aytilgan yagona narsa edi xolos. - Afsuslanmayman, sizsiz hayotim yaxshi bo'lishiga ishonaman.
Jimin: Agar seni asl haqiqatlar bilan yuzlashtirsamchi?
Aran: Men barcha haqiqatni bilib bo'lganimga ancha bo'ldi Jimin. - istamaygina buni ham rad qildi.
Pov avtor: Jiminni qarashi hafsalasiz bo'larkan, aslida Aran hech nimadan xabardor emasligini juda yaxshi biladi. Rafiqasi yuziga tikilish barobari bu kichik maftunkor sohadagi chiziqlar va ba'zi yerlardagi qizarishlarni navbat bilan kuzatib chiqdi. Go'yoki bu so'nggi xotirjamlikda tikilish va bu boshqa qaytarilmaydigandek, ammo qarash so'nggi xunuk ohangdagi kulgu bilan o'rin oldi.

Jimin: Mayli, Aran! Mayli, sen istagan narsa bo'lsin. Mayli ajrashamiz faqat bolani senda qoldirmayman.
Aran: Biz yana boshiga qaytyapmiz nazarimda.
Jimin: Natijalarni nega o'zgartirding? Agar bola mendan bo'lmasa hech nimaga aralashmay osongina ajrashaman deganim uchunmi?
Aran: Sizni tushunmayapman. - asabiy jilmaydi.
Jimin: Yaxshi, unda mana bu fayl sen uchun go'zal rafiqam. - stol ustida turgan faylni barmoqlari bilan surib Aran tomonga uzatdi.
Aran: Bu yana nima? - ochishni istamay so'radi.
Jimin: Ochib ko'r. - aniq javob berishni istamay qog'ozga imlab qo'ydi.
Pov avtor: List kattaligida bo'lgan jigarrang fayl ichi qiziqish bilan ochilgach, birinchi navbatda buklangan qog'ozni oldi. Taxmin qilinganidek, bu DNK natijasi ammo soxta. To'g'ri kelmagan natijadan Aran Jiminga qarashga botinolmay chuqur yutindi va keyingi bir necha qog'oz hamda su'ratlarni ko'zdan kechirdi.
Jimin: Xo'sh, bu soxta DNK natijasiga keladigan bo'lsak, - Aranni yonida turgan qog'ozni oldi. - Aran men shunchalik ahmoqmanmi? Turmushimizga 1 yil to'lgan paytlari qachondir senga teginsam, doimo uyalib turgan yuzingni ko'rardim. Hatto o'z eridan uyalgan ayol seningcha boshqa erkakdan bola orttirishiga men ishonamanmi?
Aran: Siz xiyonat qilganda, men buni qilolmaymanmi? Uyga kelmagan kechalaringiz ancha bo'lgan. Balki o'sha payt xohishlarimni qo'shni yigit (Taehyung) bilan qondirgandurman?
Jimin: Aran, chegaradan chiqyapsan. Men Taehyung bilan dushman bo'lmaslikka harakat qilyapman. Lekin sen mendagi bu fikrni yo'qqa chiqaryapsan. - sokin ammo tahdidli ovozda dedi.
Pov avtor: Jiminni haq so'zlarini deb Aran jim qolarkan, uni navbatdagi gaplarini kutdi.
Jimin: Mana bu su'rat va undagi shifokor, - rasm ustiga barmog'ini niqtadi. - menda sen natijalarni soxtalashtirganing haqida guvohlik beradigan odam bor. Yana! - Aran endi og'iz ochganda Jimin imkon qoldirmay, ovozini ko'tardi. - Mana bu rasmlarda esa Taehyung bilan su'ratlaring. Men-ku xiyonat qilibman, lekin sudya bularni ko'rsa nima derkin? Nima deb o'ylaysan, sud bunday onani bolaga qarashga loyiq deb topadimi? - oxirida qosh qoqib kesatgan bo'ldi.
Aran: Siz ....
Jimin: Shoshma, tugatib olay. Mana bu esa - yana bir qog'ozni kostyumi ichki cho'ntagidan olib yuzi yonida ko'tarib turdi. - haqiqiy DNK natijasi, 99.9%. Qara, bolamiz sendan atigi 1 foizni ham olmabdi. - hazilakam kamsitish bilan aytib jilmaydi. - Nega yana jimib qolding?
Aran: Niyatingiz nima?
Jimin: Bolam ham, uni onasi ham o'z o'rnida bo'lishi meni niyatim! - tizzalariga tayanib maqsadini jiddiy namoyon qildi. - Yaxshilab eshitib ol, senga hozir tanlovni qo'yaman. Ajrimni unutib, uyga qaytasan yoki men ham o'zim topgan qo'shimcha dalillar bilan kerak bo'lsa sudyani sotib olib, vasiylikni o'zimga olaman. Agar uyga qaytmasang-u, vasiylikni men olsam ishonaver Aran, ko'zing yorigandayoq uni bag'ringga bosishga ulgurmasdan sendan tortib olaman.
Aran: Nega ajrashishni xohlamaysiz? - kutilmagan savol Jiminni shoshirdi. - Yana o'sha sobiq sevgilingiz bilan vaqt o'tqazishingizni tomosha qilishim uchun meni uyga qaytarmoqchimisiz?
Jimin: Aytadiganimni aytdim. Qarorni o'zing qabul qil. - javobdan qochish uchun o'rnidan qo'zg'algan bo'ldi.
Aran: Nega? ๐Ÿ—ฃ - uni baland ovozini eshitgan Jimin birinchi bor Aranni unga bu kabi munosabatidan hayron qoldi. - Nega meni shunchaki tinch qo'ya qolmaysiz? Nega bu qadar xudbinsiz? Men sizga turmushga chiqmasimdan avval hamma narsa yaxshi edi, hatto o'z otam menga qo'l ko'tarmagan bir paytda siz deyarli har kun bunday qilardingiz! Meni sevmaysiz, bilaman lekin olib qolishdan nima foyda? Axir sevgan ayolingiz yoningizda, Jimin. Men nega kerakman, nega~
Jimin: Yonimdamas! ๐Ÿ—ฃ Sevgan ayolim yonimdamas, u meni yonimda emas. Hatto juda uzoqda. O'tmish uchun kechirilmaydigan darajada yiroqda u mendan!

Pov Jimin: Qilmishlarimni tan olmay ilojim yo'q, men rostan ham uni yetarlicha charchatdim. Hatto hozir ham! Ha, tan olish kerak, sen juda uzoqdasan. Mendan yaqin kelishga qurbim yetmaydigan darajada olis.
Aran: Nima? - quyi ovoz lablar orasidan arang chiqdi. - Bu nima degani?
Jimin: Uyga qayt! Qayta sud majlisi bo'lmaydi. Buni bekor qildirtiraman. - oxirgi buyruqdan keyin shaxdam va uzoq-uzoq tashlanayotgan qadamlar egasi qizni yolg'iz qoldirdi.
Pov Aran: Bu gaplarni asl ma'nosi nima? Nima bu? Jimin nimani nazarda tutdi? U Hannani sevmaydimi? Nega doim bu kabi g'ulg'ula bilan yashashim kerak?! Nega doim oxiri chiqishi qiyin bo'lgan yo'lda qolaveraman?

*

Pov avtor: Kuz boshlangani bois soat kunduzgi 10 bo'lsa-da salqin havo hukmron. Hozirgi zamon talabiga binoan qurilgan zamonaviy uy eshigi 3 ta maxsus xizmat xodimlari mashinasi tomonidan egallangan. Kutish barobari esa odamni sabrsiz qoldirmoqda. Taehyung allaqachon barcha ishni tashlab o'ziga kerakli odamni qidirish bilan ovora va hozir o'ziga tegishli bo'lmagan guruh bilan ayni manzilda. Oyoqlar sabrsiz qimirlab turibdi. Lablar esa jahlni tiyishni urinishdan daqiqasiga necha marotaba tishlar orasida qolib qiynalgani sanog'idan ham chalkashib ketdi. Eshik ochilgan zahoti esa kutilgan odamning ko'rinish berishi barchani sergak qildi. Taehyung yana kutishni istamay bu chehrani ko'rgani hamoni unga tashlanmoqchi bo'lganda nazoratni saqlab turish kerakligi haqidagi buyruqni esladi.
โ€“ Janob Lee Changho. - mulozamat bilan murojaat qildi dedektiv.
Changho: Ha, men. Nimadir muammo bormi janoblar? - deyarli har bir xodimga qarab chiqqan yigit oxirgi nuqtada Taehyung bilan to'qnash kelgach, yana dedektivga e'tiborini qaratdi.
โ€“ An Misun xonimni o'g'irlaganlikda ayblanasiz. Biz bilan tegishli joyga borishingiz kerak.
Changho: Shoshmang, shoshmang! O'z xotinimni o'g'irlaganlikda ayblanyapmanmi? Bu qanaqasi bo'ldi? - yarim jilmaydi.
โ€“ Qolganini mahkamada gaplashib olsak. Aybdor bo'lmasangiz ko'pga bormay sizni ozod qilamiz Janob Lee.
Changho: Yaxshi, lekin qo'shimchasiga yana bir ma'lumot aytsam bo'ladimi?
โ€“ Albatta! - rozi bo'ldi yigit.
Changho: Xotinim ichkarida, balki mahkamaga borishni ham hojati yo'qdir, to'g'rimi Janob Kim? - atayin kesatgan bo'ldi.
Taehyung: Nima? Qanaqasiga? - hayrat bilan dovdirab so'radi.
โ€“ Janob Lee agar shunday bo'lsa An xonim bilan ko'rishib gaplashsak bo'ladimi? Chunki biz An xonimni uyida bir qancha jinoyat izlarini topdik. Bu haqida gaplashib olishimiz kerak.
Changho: Yaxshi, faqat xotinimni o'zim olib boraman, shu kunlarda uni tobi yo'qroq. Siz bilan ketishi kerak bo'lsa yanada stressga tushib qolmasin deyman. Tushuning uni sog'lig'i men uchun muhim.
Taehyung: Yolg'on! - jizzakilik uni qoniga tarqab ketgandek bo'lib inkor etdi. - Yolg'on gapiryapsan!
Pov avtor: Qahriga yengilayotgan yigit oradagi qisqa masofani bosib o'tib ikkinchi bor ko'rib turgan bu yigitni kiyimidan siqdi.
Taehyung: Unga nima qilding?
โ€“ Taehyung uni qo'yib yubor. - dedektiv yigit uni qo'liga yopishdi.
Changho: Nima qilishim mumkin bo'lsa, o'sha ishni! Xotinimni xiyonati uchun qarsak chalmayman har holda. - so'nggi gap Taehyungni yuziga yaqin kelgancha aytildi.
Taehyung: Seni o'ldiraman!
Changho: Politsiya xodimi o'ldirish bilan tahdid qilsa-ya? Hukumat qayerga qarayapti?
Taehyung: Unga nimadir qilgan bo'lsang, seni o'zim yo'q qilaman. - qisilgan tishlar orasida yangragan tahdidli so'zlardan so'ng bu erkakni erkin qo'ygan yigit hozir mavridi emasligini hisoblagan holda o'ziga tegishli bo'lgan mashinaga o'tirdi. Changhoni yoqimsiz jilmayishi mayorni ortida qolib ketarkan, mulozamat ko'rsatgan xodimlar birma-bir bu yerdan ketish uchun otlandi. Bo'sh qolgan uy hovlisi erkakning ko'zlarida aks etdi. Yuzdagi jirkanchlik yo'qoldi va mag'rurlik hamda jiddiylik niqobini yuziga tortdi. Keng va yetarlicha hajmda bo'lgan uy ichi. Marmar polda oyoq kiyim ovozining balandlashi yaqqol bo'lib bormoqda. Quloq tobora yaqinlashayotgan ovozga e'tibor berdi. Eshikni o'ziga kerakli hajmda turtib ochgan erkak yotgan o'rnidan undan tikilgan ayolga qaradi. Shafqatsiz qarashlar. Qiya qolgan eshik yopildi va sokin qadam yotoqqacha bordi. Tizzaga tayanib yumshoq o'ringa suyangan erkak qalin va tillarang sochlarga biroz tegindi. Sochlardan pastroqqa qarab yo'nalgan barmoq ko'kargan yuz chiziqlarini siypalab soxta afsuslanish ila lab shishirdi.

Changho: Essiz, shunday chiroy! - xitob qilgan bo'ldi.
Pov avtor: Qarshilik qilish imkonidan bezib ketgan ayol yengilishdan charchamagan. Hozir yana nimadir bo'lishini bilsa-da, yuzini bu iflos deb hisoblangan barmoqlardan olib qochish uchun boshqa tomonga burdi.
Changho: Aego, Misun sevgilim, san'at asarimni tomosha qilishga imkon bermayapsan. Bundan zavqlashim kerak axir.
Misun: Ko'zimdan yo'qol! - quyi ovoz horg'in sado berdi.
Changho: Hey, sevgilim, eringni xafa qilyapsan axir! - javob eshitmagan yigit telba harakat bilan qizni ustiga chiqib ahmoqona holatda qimirlayotgan qorachiqlari bilan nigohlarni ushlamoqchi bo'ldi. - Nega ko'zlaringni olib qochyapsan?
Misun: Senga yo'qol dedim! - bu safar shijoat so'zlarda ham ko'zlarda ham ko'rindi.
Pov avtor: Erkak qizni beli yoniga bosilgan tizzalariga tayanib, qaddini ko'tardi. Boshi ham shunga yarasha shiftga yo'nalarkan, psixopat insonlarga o'xshab jilmaydi. Bu ko'rinishga nafrat bilan qarab turgan bir juft ko'zlar bor. Nechadur soniya davom etgan kulgu to'xtagach, ifloslik egallagan ko'zlar o'ziga tikilib turgan bir juft qorachiqlarni vanihoyat ushladi. Rahm bilmagan yirik qo'l sochlar orasida o'rmalab tortilgach, aybdorona holga kelib qolgan yuzni o'zinikiga deyarli masofa qoldirmasdan yaqinlashtirdi.
Changho: Senga nimadir aytganimda uni so'zsiz bajarishingni avval ham aytganman. - tahdid qildi erkak.
Misun: Men esa hech qachon ularga qarshilik qilmasdan yashamayman! - jon og'rig'i bilan gapirdi.
Pov avtor: Hozir yana qo'pol bo'lgan nimadir qilish mumkin. Ammo tashqaridagi vaziyatni ham o'ylash kerak. O'zini ushlab turishga erishgan erkak qizni boshini yotoqdan qanday ko'tarib olgan bo'lsa, shu kabi kuch bilan uni qayta yumshoq yostiqlarga uloqtirdi. Ichda qolib ketgan g'azab bilan oyoqlar yerda tik turdi. Xonadagi ko'zgu yonida o'ziga qarash bilan ovora bo'lgan daqiqalarida niyatini ham ma'lum qilib o'tdi.
Changho: Bir marta va oxirgi marta aytaman. Eshitib ol! O'ynashing laychalari bilan seni izlashga kelibdi. Sog'inib qolgan ko'rinadi to'g'rimi? - qo'l soatni taqayotib, yana bir bor kesatib o'tdi. - Uyingda bo'lgan narsalarni tozalashni unutibman. Qanchalik ahmoqman? Mahkamaga olib boraman, biroz u yerdagi laychalar suhbatida bo'lasan. - xotirjam bayon qildi, ammo Misunni eshitilgan kulgisi Changhoni unga tikilishga majburlarkan, nigohlarini o'z aksini ko'rsatib turgan ko'zgu orqali ushlab turdi.
Misun: Seni qamoqqa tiqishim uchun shaxsan o'zing meni u yerga olib borasanmi? - keng jilmaydi.
Changho: Meni qamaladi deb kim aytdi?
Misun: Xo'sh, meni qanday jim qilmoqchisan? - tanadagi og'riqlardan kuch bo'lmasa-da, dadillikni yo'qotmadi. - Menda yo'qotadigan hech nima yo'q.
Changho: Aniqmi? - ishonch bilan so'radi. Yana Misunni yoniga yurib borar ekan, yuzini ushlab turdi. Labning keyingi harakatlari esa quloq yonida sezildi. - Demak, anavi mayorni o'ldirsam ham senga ahamiyati yo'q, shundaymi?
Misun: Iflos! Bastarddd!!! - jirkandi.
Changho: Axloqsiz va xunuk so'zlarni aytishda senga yetadigani yo'q deb hisoblayman Misunim meni. Mayli, buni rozilik deb qabul qilaman. Sen esa o'zing avvaldan ahmoq deb hisoblab kelgan politsiyachilar uchun ishonarli yolg'on o'ylab top! Bunga ustasan-ku?!
Misun: Seni o'ldirishga qasam ichaman Changho! - ilojsiz qo'llari musht tugildi.
Changho: Intizorlik bilan kutaman o'sha kunni! - Yana bir bor irjayib qo'ygan erkak Misunni yuzida qarshilikka qaramay o'pich qoldirdi.

*

Pov avtor: Tushdan o'tgan millarda quyosh allaqachon eng cho'qqisiga ko'tarilib, yerni isitishni boshlab yuborgan. Salqin havo uning nurlariga qisman ta'sir qilmoqda. Politsiya idorasi kirish qismiga yaqin yerda to'xtagan qimmatbaho mashina ko'pchilikni e'tiborini tortdi. Soxta mulozamat bilan ochilgan eshik. Undan qo'ltiqtayoqqa suyanib tushishga uringan ayolning yanada kichrayib ketgan jussasi bor. Yuzdagi jarohatlarni yaqqol namoyish etmaslik uchun qora bosh kiyim tillarang sochlar ustidan bostirilgan. Qo'shimchasiga yuzda niqob ham bor.

Changho: Menga narigi qo'lingni ber azizam, yordamlashaman. - ikkiyuzlamachi yordam uchun qo'l uzatdi, ammo e'tiborga ham olinmagan taklif erkakni ortda qoldirdi. Bu kabi norozilikka jim qarab qolishni istamaganda esa o'zidan atigi 3-4 qadam uzoqlashgan qizni bilaklarini majburan ushlab, o'zi yo'l boshladi.
Misun: Qo'yvor! - istamasligini aniq bildirdi.
Changho: Jim ket, sen bilan bu yerda tomosha qo'yishni istamayman. Qolaversa, men seni ering sifatida sevaman-ku to'g'rimi? Umryo'ldoshimga yordamlashmasam o'zimni pastkash his qilaman. - ahmoqona hissiyotlar bilan dedi.
Pov Misun: Hozir kuchim yetmasligini bilib turibman. Shuning uchun shunchaki bu jirkanch yaramasni aytganini bajaryapman. Aks holda allaqachon uni o'zimdan itarib yuborgan bo'lardim. Menga soxta suyanch kabi yordamlashayotgan bu insondan jirkanish menda hech qachon yo'qolmaydigan his-tuyg'u! Mahkama odamlar bilan zich. Gunohkor qorachiqlarim allaqachon Taehyungni qidirishni boshlagan, ammo nima uchun buni bilmayman. Men so'roq qilinishim kerak bo'lgan dedektivga kelganimiz haqidagi xabar berilganidan keyin maxsus formadagi yosh yigit tergov xonasiga boshlashini aytdi. Tinchgina ketishga chog'langanimda esa yana o'sha yoqimsiz qo'llar tutib qoldi. Sochimni yengil silagan Changho yolg'ondakam o'pish bahonasida qulog'im yoniga issiq nafasini chiqardi.
Changho: Nima deyishni bilasan-a? Xato qilma, tilla balig'im meni. - ohista niqob ustidan o'pdi. - Seni shu yerda kutaman, bezovta bo'lsang chaqir. Endi esa boraqol. - qo'li bilan yo'l ko'rsatgan bo'ldi.
Pov avtor: Jim, xodim orqasidan ergashib borgan qiz tergov xonasiga emas, to'g'ridan-to'g'ri dedektivni xonasiga olib borildi. O'rindiqqa joylashish bilan biroz kutish aytilgandan so'ng Changho yo'q bo'lgan hududda ko'pdan beri chiqara olmagan erkin nafasini chiqardi. Torroq xona ko'zdan kechirildi. Shoshilib yetib kelgan yigit bo'lsa, avvalo salomlashdi.
Misun: Politsiya mahkamasiga kelgan odamga xush kelibsiz deb aytish qanchalar joiz? - qizning sovuq gapidan biroz hayron qolgan yigit qog'oz taxlamlarini chetroqqa surib, jilmaydi.
โ€“ To'g'ri aytasiz, bunday demasligim kerak edi. Niqobingiz va bosh kiyimingizni yechib qo'yishni iltimos qilgan bo'lardim. - talab qildi.
Misun: Men xohlamayman.
โ€“ Men sizni yuzingizni ko'rmasam, siz An Misun ekanligingizni qayerdan bilaman? Bizni ham tushuning, ishimiz shuni taqozo etadi.
Misun: Jin ursin* - sekin shivirladi va istamay bosh kiyimni yechdi xolos. - Shuni o'zi yetadimi?
โ€“ Men yuzingiz ham dedim xonim. - yigit ham injiqligini qo'ymay yana davom etdi.
Pov avtor: Bosh kiyim yechilgani bois shundoq ham ko'karishning ko'z yonidagi asoratlari ko'rinib turibdi va yigit buni to'laligicha ko'rishni istadi. Misunning buni qilishni istamagan sovuq qarashi bor. Dedektiv ham unga yengilishni istamaydi. Oradagi sukunatni buzgan eshik esa bu ko'z aloqasini uzib yubordi. Eshik yonida hansirab turgan yigit sochlari ikki tomonga o'rilgan ayolni qorachiqlarini anchadan buyon yana bir bor ko'rganidan g'alati sokinlikni sezdi.

Taehyung: Misun~ lablari eshitilmas darajada shivirladi.
Pov avtor: Havotir sabab eshikni yopgach, birinchi qiladigan ishi qizning tizzalari oldida yerga cho'kish bo'ldi. Undan hol-ahvol so'ramoqchi bo'ldi ammo ko'rinib turgan zarb izi zabonini ortga qaytardi. Afsus va achinish hozir yuzda o'ynayotgan hislardan biridir. Chakka qismni muloyimlik bilan silab o'tgan qo'llar yuzni to'liq ko'rishni istadi. To'silgan niqobni tushirishga urinish bo'lgan zahoti inkor bilan Misun boshqa tomonga qaradi.
Pov avtor: Qarshilik e'tiborga olinmadi. Burun ustki ko'prigidan iyakka tortilgan niqob to'liq namoyishni berdi. Endi mayorning ko'zlari turli xil qismlarda aylanmoqda. Yirtilgan lab, momataloqdan qorayib ketgan ko'z atrofi va yana bir qancha kichik va biroz yirikroq bo'lgan shilinishlar e'tibor markazida.
Taehyung: Bularni o'sha qildimi? - sokinlikcha dedi, ammo ko'zlar hali-hamon yaralarda.
Misun: Yo'q! - inkor qildi.
Taehyung: Yolg'on gapiryapsan! - ko'zi to'qnashuvini Misunnikiga ko'chirdi vanihoyat. - Rostini ayt, u qildimi? - takror so'radi.
Misun: Yo'q deb aytganimni eshitmadingmi?
Taehyung: Jin ursin* o'sha iflos ering bo'lgani uchun yonini olyapsanmi? ๐Ÿ—ฃ - to'satdan kuchli baqiriq bilan egalikka erishmoqchi bo'ldi.
Misun: O'ynashimni yonini olganimdan ko'ra bu yaxshiroq emasmi?
Taehyung: Nima? - ishonchsiz so'radi.
Misun: Yana bir bor so'rayman, eshitmadingmi Taehyung?
Taehyung: Seni nima bilan qo'rqityapti? Nima bilan?
Misun: Sen birinchi bor meni bu ohangda gapirishimni eshitmayapsan. Nega endi qandaydir tahdiddan gapirayotgan bo'lishim kerak?
Taehyung: Misun - asabiy jilmaydi. - Kel, kelishib olamiz, bo'lgan ishlarni aytib ber. Faqat rostini, qandaydir yolg'onlarni emas. - taklif bildirdi. So'zsiz to'qnashuv davomiy bo'ldi. Ayolning ojizona ko'zlari ham Taehyungda qoldi.

2 kundan so'ng

Pov avtor: Bo'sh uy ichida yolg'iz o'zi siqilayotgan erkak shuncha soatlar ichida Jim kutishga qaror qilgandi. Ammo sado yo'q! Ayoli hamon qaytmagan. Endi u zug'm qilish yo'liga o'tishni istaydi. Ayni dam quchog'ini xotinini shirin ifori bilan to'ldirishga mushtoq bo'lyapti. Ko'chada esa allaqachon sharros yomg'ir derazalarga zarb berish bilan ovora bo'lib ulgurgan. Yerda asabiy o'ynayotgan oyog'i tinchishni umuman xohlamaydigandek. Qora ekranli qurilma qo'lga olingach, buyruq orqali egalikni ifodalashga so'zlarini ongida tartibladi go'yo.
Jimin: Qayerdasan?
Aran: Sizdan uzoq bo'lishim mumkin bo'lgan yerda!
Jimin: Ortiqcha gapirmayman. Uyingga borgunimcha hamma narsangni yig'ishtirib qo'y.
Aran: Men u uyga qaytmayman!
Jimin: Sendan so'raganimni eslay olmayapman. - soxta hayronlik ila qosh ko'tardi.
Aran: Meni ham o'zimni haq-huquqlarim bor!
Jimin: Aran! Uyga kelasan va men sen istagan hamma narsaga javob beraman. Yagona sharti! Bizni uyimizda!
Pov avtor: Istalgan savolga javob olish mumkin bo'lgan imkoniyatni eshitgan Aran qiziqqonlik bilan erini rad etmay jim qoldi. Quchog'ida turgan yostiqni ohista g'ijimlab qo'ydi. Negaki, yana shu insonga yengilyapti. Hozir uning aql-u xushi Jimin qaytish uchun aldayapti yoki yo'q degan o'ylar bilan to'lgan. Jimin sokin qolgan xotinidan sado chiqmasligini sezib turarkan, uni ishontira olganidan g'olibona jilmaydi.
Jimin: Uzog'i 1 soatdan keyin o'sha yerda bo'laman, tayyor bo'lib tur. - boshqa gaplaridan farqli o'laroq muloyimlik bilan aytdi.
Aran: Nima? Men bormayman... - deyishga ulgurdi yoki yo'q ikkinchi tomondan qo'ng'iroq uzildi. - Jin ursin* axir men hali boraman deb aytmadim. - o'ziga o'zi dedi. - Kelavering Park Jimin, men esa joyimdan ham qilt etmayman. - krovatiga o'ziga qulay qilib joylashdi. - U nimani aytib bermoqchi o'zi? Yoki rostan ham meni qaytarish uchun hiyla ishlatyaptimikan? Jin ursin* sizni ablax! - o'zini la'natlagancha o'rnidan turib, nimalardir qilishga yo'rg'ilab ketdi.

Pov Jimin: Yomg'irdan avtomobil yo'llari anchayin tirband bo'lib qolgan. Tirbandlikda uzoq qolib ketishni xohlamay, navigatordan qisqa va ochiq yo'lni qidirdim. Yomg'ir deyarli kamayib qoldi. Shunday bo'lsa ham yo'llar anchagina ko'lmak. Umrimda birinchi bor ushbu qurilma keng yo'lni ko'rsatganiga shukr qilib tezroq Aranimni olib kelishga shoshildim. Rafiqam va tug'ilajak farzandim yana ko'pga bormay quchog'imda bo'lishini o'ylasam, ichimga sig'may ketyapman. Qizimni onasini qornida qay tarzda g'imirlashini istaganimcha sezish imkoni bor endi. Uni ikki kishi uchun pishqirib nafas olishini eshita olaman. Halittan bu o'ylar meni jinni qilayozgan bo'lsa, u tug'ilgach qizimni onasini qo'liga berishdan ham qizg'ansam kerak. Shu shirin tashvishlarga yetishishni intizor bo'lib kutaman. Sevaman men ularni, sevaman.

Pov avtor: Ichidagi kechayotgan so'nggi o'ylardan keng jilmayib qo'ydi. Salqin havo yuziga ham urilishini istab yon tomoni oynani ochib qo'ydi. Svetaforni to'xtashni bildiruvchi qizil chirog'i yorqin bo'lib yongach, mashinani ham shunga monand to'xtatdi. Mashinalar deyarli yo'q bo'lgan yo'ldan atrofga nazar tashlarkan, mashinani oldgi kichik oynasidan qizil chiroqqa qaramay katta tezlikda kelayotgan yuk mashinasini ko'rdi.
Jimin: Nima qilmoqchi bu tentak? - qoshini chimirib, pichirladi.
Pov avtor: Hamon yuk mashinani to'xtamayotganini ko'rib turgan Jimin bu bahaybat mashina u uchun ekanligini tushundi. Shoshqaloq harakatlar bilan oyoq gazga yo'nalgani hamoni mashina oldinga intildi faqat yengil harakat bilan emas, kuchli zarb bilan! Qattiq zarbdan oldinga qismga qattiq urilgan yigit boshqaruvni yo'qotib bo'ldi. Oldinga itarayotgan yuk mashina ta'sirida mashinani ag'darilishi yaqqol namoyon bo'ldi.

14-qism tugadi.