March 31, 2019

TEZ, OSON va QO`SHIMCHA BILIMLARSIZ pul ishlash

TEZ, OSON va QO`SHIMCHA BILIMLARSIZ pul ishlashni hohlaysizmi ? Men ham. Shunaqa ish beradigan tanish bilishlar bo`lsa iltimos men bilan aloqaga chiqsin :). Hazil. Maqsadga o`taman, bugun sizlarga shaxsiy proekt va maxsus bilim talab qilmaydigan pul ishlash yo`li, ya`ni – CAPTCHA kod larni aniqlab pul ishlash haqida gapirib bermoqchiman.

Ushbu proektda pul ishlashning plyuslari – rus tilini oz-moz bilgan, 2 ta ( hech bo`lmasa 1 ta) ko`zi, klaviaturani bosish uchun barmoqlari bor va sabrli bo’la oladigan odam kerak.

Minuslari – bu proektdan millioner bo`lib ketish qiyin. Agar uni admini bo`lmasangiz. Shu sabab, yolg`on ro`yolarga berilmang va ishga kirishing.

Rucaptcha.com – CAPTCHA kodlar orqali pul ishlash

CAPTCHA – rasmga berkitilgan kod. RuCaptcha pul ishlash tizimida siz shu kodlarni muvaffaqiyatli topganingiz uchun pul ishlaysiz. Har bir to`g`ri topilgan kod uchun sizga belgilangan miqdorda pul to`lanadi. Sizga ozgina rus tili, bir chimdim ingliz tili va katta sabr kerak bo`ladi xolos.

Har bir to`g`ri topilgan captcha uchun minimal 0.01 wmr to`lashadi lekin kurs har 80 daqiqada o`zgarib turadi. Qiyin captchalarga narx ham yuqori bo`ladi.

Serviz orqali ishlagan pullaringiz 16 wmr ga yetishi bilan uni o`zingiz hohlagan web hamyonga chiqarib olishingiz mumkin.

Nimadan boshlash kerak ?

Captcha ni bosamiz va Регистрация tugmasiga bosamiz.

Maydonlarni kerakli ma’lumotlar bilan to’ldirib Зарегистрироваться tugmasiga bosamiz

Ro`yhatdan o`tgandan so`ng, Bosh sahifaga kiramiz va Я Работник bo`limidagi Далее ssilkasiga bosamiz

Kabinetga kirganimizdan so`ng, panelning yuqori qismidagi Начни зарабатывать ga bosamiz.

Qarshimizda ish stoli ochiladi. Aynan shu kichik oynacha orqali sizga turli hil captcha kodlar beriladi. Ishni boshlash uchun старт tugmasini bosing va ish boshlanadi.

Ish boshlangandan so’ng tizim sizga birma-bir captcha kodlarni berishni boshlaydi. Kodni maydonga kiritib, Enter tugmasini bosing(yoki Отправить tugmachasiga). Agar captcha kodni to’g’ri topsangiz tizim sizga pul to’laydi.

За сессию заработано — 1 ish sessiyasida ishlagan pulingiz

Введено капч — 1 ish sessiyasidagi kiritgan captchalaringiz

Ishni to`xtatish niyatingiz bo`lsa, o`zingiz hohlagan vaqtda стоп tugmasini bosing.

P.S. Kodni terish vaqt bilan chegaralangan. Pastdagi yashil chiziq tugashi bilan tizim to`xtab qoladi.

Tayyorlov kursi

Tizim yangi foydalanuvchilarga ishni to`liq o`rganib olishlari uchun maxsus Tayyorlov kursi dan o`tkazishadi. Tayyorlov kursidan o`tgan foydalanuvchi tizimda bemalol pul ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi.

Sizdan diqqat va sabr talab qilinadi. Ingliz va Rus tilidagi bilimlaringiz sizga bu yerda judayam qo`l keladi. Ayniqsa rus tili.

Tayyorlov kursida omadli ravishda o`tgan foydalanuvchi, ishni boshlayveradi.

Foydali maslahatlar    

Saytdan topilgan daromad unchalik ko`p bo`lmasada, xosting harajatlarini to`lashga yetadi. Umuman olganda, hammasi o`z harakatingizga bog`liq. Mazkur proekt, mening ilk daromadimni qo`limga olishda sababchi bo`lgan.

  • Captchalarning narxi kechki soat 01:00 dan 07:00 gacha yuqori bo`ladi. Sababi, tunda ishlaydigan masterlar kam. Shu sabab, captchaning narxi ozgina o`sadi. Tunda ishlangan 30 daqiqa, kunduzgi 2 soatdan ko`ra unumliroq.
  • Dam olib ishlang. Kompyuter yoki telefon ekraniga 2 soat tinmay qarab o`tirishni o`zi bo`lmaydi. Ish tez joningizga tegib qoladi va taslim bo`lish uchun yana bir sabab topiladi
  • Agar captchani yechish qiyin bo`lib ketsa, uni o`tkazib yuboring. Iloji boricha to`g`ri kod kiritishga harakat qiling.
  • Referallar jalb qiling. Tizim siz jalb qilgan har bir referalning daromadidan 10% bonus beradi. Deylik, sizning ssilkangiz bo`yicha ro`yhatdan o`tgan foydalanuvchi 100 wmr ishlasa, sizga 10wmr bonus beriladi. Bu passiv daromad va siz ishlamasdan ham pul topsangiz bo`ladi degani. Hammasi harakatingizga bog`liq!

Quyida noodatiy CAPTCHA lar va ularni yechish sirlari mavjud. Agar captchalarni yechishga qiynalayotgan bo`lsangiz, savollaringizni @akhmedoooov orqali qoldiring. Biz sizga yordam beramiz!

Faqat dumaloqchalar ostidagi harflarni kirgazing

Agar captchalarni tushunish qiyin bo’lsa Не могу разобрать tugmachasiga bosing

Pullarni yechib olish

Og’ir mehnat qilgan har qanday odam qo’liga daromadini olishi bilan charchoqlari esdan chiqadi. Yoki daromad kamligidan kayfiyati buziladi. Kimda qanaqa. Hozir esa pullarni qanday qilib onlayn hamyonimizga chiqarib olamiz.

Ishlagan pullaringiz panelning chap tarafida ko’rsatilgan bo’ladi:

Kabinetda Вывести средства tugmasiga bosing

O’zingiz ishlatadigan webhamyonni tanlang va hamyoningiz raqamini kiriting:

Hamyonga chiqarish uchun kerakli summani kiriting:

Tayyor! sizning arizangiz sahifa pastidagi ro’yhatda aks etadi:

Pullaringiz maksimal 1 — 2 ish kunida hamyoningizga tushadi. Pul tushgandan so’ng Дата выплаты ustunida Ожидает выплату o’rniga pul chiqarib yuborilgan sana turadi.

Xulosa o’rnida

Nima ham derdim, omadingizni bersin, mazzala qilib yuboringlar va boyib ketinglar. Faqat, halol ishlashga va albatta o’zingizni va ko’z nuringizni asrashga harakat qiling. Savollaringiz bo’lsa, @akhmedoooov da kutaman. Maqola manzur kelgan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlarda ulashing.

Bundan boshqa pul ishlash usullari ham bor, ular haqida bir oz keyinroq! Aytgancha menda webhamyon yo'qku degan savol qiynayotgan bo'lsa, hechqisi yo'q menda ham yo'q edi) Uni ham o'rgatish qiyinmas! Bepul tarifda albatta!