October 10
Kogon shahar adliya bo'limi tomonidan shahardagi 6-son maktabda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli farmoni ijrosi yuzasidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi va huquqiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
Bugun Kogon shahar adliya bo'limi boshlig'i J.Qandov tomonidan "Madad" NNT xodimlari bilan birgalikda shahardagi 6-umumta'lim maktabining o'quvchilari bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi va pedagog va ishchi xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni ijrosi yuzasida tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi. Maktablarda huquq fanini o'qitishning yangi bosqichi to'g'risida, huquq o'qituvchilari o'rtasida "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovi to'g'risida aytib o'tildi.