May 9, 2020

Aziz vatandoshlar Sizni 9 may "Xotira va qadrlash" kuni hamda ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 75 yilligi bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Aziz vatandoshlar Sizni 9 may "Xotira va qadrlash" kuni hamda ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 75 yilligi bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir.

O'tganlarni ruhini yod etish, tiriklarga mehr-oqibat ko'rsatish qadriyat, qolaversa har bir insonning burchi, vazifasi sanaladi. Mana shu ezgu fazilatlar 9 may "Xotira va qadrlash" kuni sanasi munosabati bilan yanada yorqin namoyon bo'lmoqda.

Darvoqe, dunyoda ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi va ishtirokchisi bo'lgan bobolarning safi tobora kamayib bormoqda. Bugun, xalq uchun, yurt uchun jon fido qilishdan toymagan ota-bobolarimizni porloq xotirasini g'urur bilan esga olaylik.

 

Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot xizmati.