October 5

"Bizga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki,Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqimi?"

Kalit so'zlar: O'zbekiston,Jahon,iqtisodiyot

Rivojlanib borayotgan har bir davlat jahonda o'z mavqesini yanada oshirish va tiklashga harakat qiladi. Shuningdek, Jahon savdo tashkiloti va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi kabi tashkilotlar ham bejizga emas. Demak, O'zbekiston JST ga kirishi kerakmi yoki YeOII gami? Qay biri manfaatliroq? Ushbu essayda yuqoridagi savollar ustidan mulohaza yuritamiz.

Mulohazalarni Jahon savdo tashkilotidan boshlasak. Ushbu tashkilot 1995-yil a'zo davlatlar o'rtasida savdoni liberallashtirish, savdo va siyosiy munosabatlarni tartibga solish uchun ochilgan tashkilotdir va hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, dunyo savdosining 95 foizi unga a'zo 164 ta mamlakat hissasiga to'g'ri keladi.Jahon savdo tashkikotining O'zbekistonga beradigan afzalliklari:

-Tashkilotning asosiy vazifasi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadiga to'liq mos kelishi;

-tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini ko'paytirishda Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish yanada keng imkoniyatlarni ochadi;

-JST ga a'zolik bozorlarimizga arzon va sifatli mahsulotlar kirib kelishini ta'minlaydi va shu o'rinda aholida tanlov imkoniyatlari kengayadi.

Biroq, ba'zi iqtisodchilar fikriga ko'ra, ushbu imkoniyatlardan barcha a'zo davlatlar birdek foydalana olmasligi mumkin. Agar muayyan bir davlatda ishlab chiqarish, tabiiy resurslar, iqtisodiy o'sish bo'lmasa, o'zgarish ham bo'lmaydi, masalan Qirg'iziston. Shunday ekan, Nega O'zbekiston haligacha ushbu tashkilotga a'zo bo'lmadi? O'zbekiston JST ga a'zo bo'lish uchun 1994-yilda ariza topshirgan lekin ushbu tashkilotning bir qancha nozik shartlari tufayli haligacha natija yo'q.

YeOII ga keladigan bo'lsak,Rossiya, Belarus, Qozog'iston 2011-yildan bojxona ittifoqi, 2015-yildan boshlab iqtisodiy ittifoqni tashkil etgan va 2015-yilda Qirg'iziston va Armaniston ham ushbu ittifoq a'zosiga aylandi. Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasining asosiy maqsadi, mahsulotlar, xizmatlar, kapital va mehnat kuchi uchun yagona bozorni tashkil etishdan iborat. Tashkilotning nizolarni hal etuvchi alohida sudi, Yevrosiyo taraqqiyot banki, va Barqarorlik va rivojlanish jamg'armalari mavjud. Ushbu ittifoqga a'zo bo'lishning foydalari:

-O'zbekiston uchun katta bozor eshiklari ochiladi va arzon mahsulotlarni eksport qilib, katta foyda ko'rish kabi imkoniyatlar paydo bo'ladi;

-turli sertifikarlar, qonun-qoidalar umumiy qilib aytilganda notarif to'siqlar kamayishi;

-mehnat migrantlar uchun qulay sharoitlar;

-ittifoq rivojlanish jarayonida ishtirok etishga muvaffaq bo'lish.

Agar O'zbekiston YeOIIga a'zo bo'ladigan bo'lsa, xuddi JST dagi kabi ushbu ittifoq qonun-qoidalariga o'zining davlat qonunlarini moslashtirishi va standardlariga muvofiqlashishi lozim. YeOII amalda Rossiya tashqi boj siyosatini o'zida aks etgan bir tomonlama erkin bozor hududi hisoblanib, O'zbekiston Jahon savdo tashkiloti a'zosi bo'lganida ham Qozog'iston, Qirg'iziston va Armaniston kabi bojlarni ko'tarishiga to'g'ri keladi va natijada ayrim mahsulotlar narxi oshadi.

Xulosa qilib aytilganda, agar ushbu ikki tashkilot solishtirilsa, JST kuchliroq va kengroq ta'sirga ega, chunki u global savdo qoidalarini belgilovchi va dunyo iqtisodiyotiga ta'sir qiluvchi xalqaro tashkilotdir. YeOII esa mintaqaviy darajada iqtisodiy hamkorlikni ta'minlaydi. Agar shunday imkoniyat mavjud bo'lsa, O'zbekiston ikkisiga ham qo'shilishi manfaat olib kelishi mumkin ayrim yomon taraflariga qaramay. Agar faqat birini tanlash lozim bo'lsa, O'zbekiston JST ga a'zo bo'lishi kerak. Kuni kecha 14-sentyabr kuni Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan ko'rishib, tashkilotga a'zo bo'lish yo'lida O'zbekiston tomonidan ko'rilayotgan amaliy qadamlar muhokama qilinganiga qaraganda O'zbekiston YeOII dan avvalroq JST ga a'zo bo'lsa kerak.