Nikatinim❤️🔥
NIKATINIM
1-qism
Shovqinga toʻla klubga bir yigit kirib kelishi bilan, hamma jim boʻlib qoldi, musiqa oʻchirildi, hammani diqqat markazida boʻlgan yigit, atrofga qaragancha kimnidir qidirdi, tezda uni oldiga klubdagi ish boshqaruvchi bordi.
-Assalomu alaykum, hoʻjayin. Yaxshimisiz?-tirjaygancha, hol ahvol soʻradi boshqaruvchi. Yigit uni salomiga alik ham olmasdan, klubdagi oʻz shaxshiy xonasi tomon yoʻl oldi.
-Hoʻjayin, bugun siz uchun oʻzgacha sovgʻa tayyorlab qoʻydim. Sizga albatta yoqadi.-dedi ish boshqaruvchi klubni qorongʻu yoʻlagida birga yurgancha.
-Yoqmasa klub ijara narxini 2 barobarga oshiraman, meni bilasan a?-dedi yigit boshqaruvchiga sovuq qarash qilgancha.
-Ha, ha, bilaman. Sizga eng zoʻrini tayyorlab, asrab, avaylab, olib qoʻyganmiz.-dedi boshqaruvchi.
-Yaxshi, meni hech kim bezovta qilmasin!-deya xonasiga kirdi. Xona markazidagi qizil yotoqda, oppoq, kalta koʻylakda, qoʻllari va oyoqlari qizil tasma bilan oʻralgan qizni koʻrgan yigitni yuziga tabassum yugurdi.
Bugungi "sovgʻa"si yigitga yoqdi, boshqa foxishalardan ancha goʻzalroq ekani uni hursand qildi. Mamnunlik bilan unga boshdan oyoq koʻz yugurtirdi, tasmalarni oʻzi yechib qoʻyib, kiyimlarini oʻzi yechishini buyurgancha, yotoqni bir chekkasiga joylashib, qizga termulib, sigaretini tutatdi. Qizni jim boʻlib, yerga qarab, barmoqlarini asabiylik bilan qarsillatishidan, hech nima qilmayotganidan hayron qolgan yigit avvaliga buni obroʻyimdan qoʻrqish deb oʻyladi. Hayotidagi hamma aʼlamlarni qizdan olayotgandek, qizni sochlaridan changallab, mahkam ushlagancha, lablaridan tishlab, boʻsa oldi, ora orada qizni yelkalaridan ham tishladi, nozik qizaloqni ustida uni qiynab, hayajonga solar ekan, oʻzini yovvoyi hayvondek, qiz esa uni oʻljasidek his qildi. Keyin esa oʻz "ishini" boshlab yubordi...
Qoʻynida yigʻlayotgan qizni ovozi yigitni karaxt qilib qoʻydi, huddi mast insonni ustidan suv quyib yuborgandek holatga tushdi.
Qizni foxisha deb oʻylagan yigit, oʻylangancha, qotib qoldi...
Qizni bokira ekanini bilib, ham jaxli chiqar, ham oʻzidan jirkanar, nima qilishni bilmay, yigʻlayotgan qizni mahkam bagʻriga bosdi. Anis hech qachon qizlarga teginmagan, u faqat foxishalar bilan hayotidagi muammolardan oʻzini chalgʻitar edi, qizlarga teginish yoki munosabatlarga oʻzini maxluqdek jirkanch deb oʻylar, hozir ham vijdoni qiynalgancha, faqat qizni sochlarini silab, ovutishga, tinchlantirishga harakat qilar edi.
Nima qilishni bilmay, ancha vaqt oʻylandi, qizni baqirib yigʻlashi, hayollarini boʻlib yuborar, yana ham asabiylashar edi...
Shkafdan qaysidir foxishalardan birini kiyimini topib, tezda qizga kiydirdi, ustidan oʻz kastyumi bilan qizni oʻrab, qoʻlida koʻtargancha, klubdan chiqib ketdi.
NIKATINIM
2-qism
Qizaloqni mashinamga joylashtirdim va katta tezlikda mashinani uyim tomon haydadim.
-Men uyimga ketishim kerak, klub boshligʻi menga ish haqqimni yarmini bergan edi, qolganini keyin bermoqchi edi, pulimni hali toʻliq olmagan edim, iltimos men mashinadan tushib qolay, klubga qaytishim kerak.-deya past ovozda, qoʻrquv bilan arang gapirdi qiz.
Anis uni gaplariga eʼtibor bermay, qandaydir, yoʻlga qaragancha, mashina haydashda davom etdi, qandaydir hashamdor, 2 qavatli uy ostonasi oldiga mashinani toʻxtatdi, eshikni ochgancha, qizni yana koʻtarib oldi.
-Oʻzim yurolaman, meni qayerga olib keldiz? Iltimos, qoʻyib yuboring, men uyimga ketishim kerak.-qiz oyoqlarimi qimirlatgancha, yerga tushishga harakat qilib, yigʻlamsirab, gapirdi.
Yigit qizni koʻtarib olgancha, 2-qavatdagi oʻz yotoqxonasiga olib kirdi, klubdagi yotoqdan ham kengroq yotoq, did bilan bezatilgan xona...
Qiz qoʻrquv bilan oʻrnidan turib, yurishga qiynalsa ham, eshik oldigacha bordi, yigit uni tezda yana koʻtarib, kravatga tashladi, qizga kiydirib qoʻygan kastyum qizni oyoqlarini berkitish uchun kaltalik qildi, yigit sekinlik bilan qizni taʼnasi boʻylab, qoʻllarini yugurtirdi, yigit nima qilmoqchiligini tushungan qiz, qoʻrquv bilan baland ovozda baqirib, yigʻlagancha, bor kuchi bilan qarshilik qilib, tipirchiladi, lekin yigitni baquvvat qoʻllaridan qutulib qololmadi...
Xonada avvaliga sekin, keyin esa baland nolalar paydo boʻldi, tongga qadar bu ovozlar toʻxtamadi...
Kechasi uxlamagani uchun, tush vaqtigacha uxlayotgan qiz boʻynidagi oʻpichlarni his qilgancha, xohlamaygina koʻzlarini ochdi, ustida uni "qiynashni" yana xohlayotgan yigitni koʻrib, koʻzlarini moʻltillatgancha, boshqa tomonga burildi.
-Meni aytganimni qilmasdan, qaysarlik qilganlarni yomon koʻraman. Qaysarlarni koʻp "jazolash" kerak.-Anis qizni qulogʻi ostida shivirlab, sekingina oppoq yuzidan tishlab qoʻydi, ozgʻin, yengil qizni osongina koʻtarib olib, hammomga olib kirdi, hammomda "mushuk-sichqon" boʻlishgach, qizni ustiga oʻz oq koʻylagini kiydirib qoʻyib, hammomdan olib chiqdi, qizaloqni sochlarini oʻzi qurutib qoʻydi, tarab, turmaklab ham qoʻydi, shkafdan uzun, yopiq, qora xalat topib, qizga kiydirib qoʻydi.
-Men...ketishim...kerak.-dedi qiz sekingina.
-Tsh, agar yana shu gapni aytsang kuni boʻyi yurolmaydigan darajada jazolanasan!-deya yigit qizni gapini eshitmay, pastgi qavatga, oshxonaga tushishdi. Qiz endi hashamdor uyga va uzun, yeguliklarga toʻla stolga eʼtibor berdi, yigit oʻz yonidagi stulga qizni joylashtirib, oʻzi ovqatlantirib qoʻymoqchi boʻldi.
-Nega meni uyizga olib keldiz? Meni ish vaqtim allaqachon tugagan.-dedi qiz tushunmay.
-Aynan shu haqida sendan soʻramoqchi edim. Boshqaruvchi seni qanday topdi? Klubda nima qilayotganding?-deya soʻradi yigit.
-Menga katta miqdorda pul kerak boʻlib qoldi.-dedi qiz sanchqi bilan ovqatini kovlagancha.
-Nega?-soʻradi Anis.
-Singlimda jigar qurishi kasalligi boʻlyapti, uni operatsiya qildirishim uchun pul kerak boʻldi, ota-onam ham, uyim ham yoʻq boʻlgani uchun, sotadigan yagona narsam "oʻzim" edim.-dedi qiz yerga qarab, aytishni xohlamay gapirgancha.
-Tushunarli, singling qayerda? Operatsiyani qachon qilish kerak?-soʻradi yigit.
-Singlim hozir kasalxonada, operatsiyani 1 oy ichida qilish shart ekan.-dedi qiz koʻzidagi yoshni qoʻli bilan yashirishga harakat qilgancha.
-Isming nima? Shuncha vaqt birga boʻlib, ismingni soʻrash hayolimga kelmabdi.-deya qizni ismini soʻradi Anis.
-Milana.-deya javob berdi qiz.
-Yaxshi, Milana, gapimni eshit, menga yoqib qolding va men birinchi marta tunni oʻtkazgan qizsan. Seni shunchaki qoʻyib yuborish axmoqlik. Senga taklifim bor. Singlingni oʻzim davolataman, xohlaganingcha pul beraman, faqat meni uyimda yashaysan. Menda senga nisbatan qandaydir tuygʻular bor, hali tushunmadim. Bu sevgimi yoki nafs? Biroz vaqt oʻtsin, agar bu nafs boʻlsa, sendan zeriksam, bemalol ketaverasan.-deya taklifini aytdi Anis.
-Rostdan singlimni oʻziz davolatasizmi?-hayrat va quvonch bilan, ishonmay soʻradi Milana.
-Ha, balki shu bilan senga qilgan "yomon ishlarimni" toʻlovini qilgan boʻlarman.-deya oʻylangancha gapirdi va Milanani yana oʻzi ovqatlantirmoqchi boʻlayotgandi, toʻsattan kimdir Anisni tizzasiga joylashdi. Qizil juda kalta yubka va beli ochiq futbolka kiyib olgan, sochlari kare qilib kesilgan qiz Anisni boʻynidan qoʻllarini oʻtgazgancha quchoqladi.
-Jonim, sizni sogʻindim, shaharga kelganizni bilganimdan darrov uyizga keldim.-deya qiz nozlangancha, Milanaga eʼtibor bermay, Anisni kiyimi tugmalarini qoʻli bilan silab, oʻzicha erkaladi...
NIKATINIM
3-qism
Anis tizzasida joylashib olgan qizni itarib yuborgancha, oʻrnidan turdi.
-Ishtahamni rasvo qilding!-dedi Anis ustini qoqqancha.
-Zoʻrku, unda oʻzim ovqatiz boʻlay.-dedi qiz yana nozlangancha. Anis uni gapini eshitib, yuzini burishtirdi.
-Ey, sen, yonimga kel. Mana bu patak soch foxishani uydan haydab chiqar, yangi xonimni xonasiga kuzatib qoʻy.- Anis xizmatkorlardan birini oldiga chaqirgancha, buyruq berdi va uydan chiqib ketdi. Koʻchada, toza havoda, mashinasiga suyangancha 15 yoshidan beri, 5 yildan beri oʻziga oʻrgatib qoʻygan "maftunkori" yaʼni sigaretini qoʻliga oldi, sigaret chekkancha, oʻylandi. Qilayotgan ishlarini eslab, kuldi. Rostdan ham, tanimagan insoni uchun pul sarflash, singlisini operatsiya qildirish Anisga kulgulidek tuyildi. Sigaret tutinini chuqurroq tortgancha, havoga puflab, chiqarar ekan, oʻylov va dardlari tutun bilan birgalikda chiqib ketgandek, oʻzini yengil his qildi. Tezda sigaret oxiriga yetib qolar ekan, yerga uloqtirib yuborib, mashinadan 1 pachka yangi sigaret qutisini chiqardi, sekin astalik bilan yana chekishda davol etdi. Osmonga qaragancha, oʻylandi,
Oʻtmishini, bolaligini esladi...
Hali bolalik zavqi, shoʻxliklaru, oʻyinlarga toʻla davrda, 15 yoshida oʻz otasini oʻldirib qoʻygani...
1 yildan soʻng, onasini boshqa erkak bilan yotoqda koʻrib qolib, bu holat gʻururiga tegib, oʻz onasini oʻldirib qoʻygani...
16 yoshidayoq, hamma biznes oʻz boʻyinida qolib ketgani...
5 yil avval:
Hali endi 15 yosh boʻlgan bolakay, maktabdan qaytar ekan, sinfdoshlari tomonidan "ruhiy kasal", "u aqldan ozgan" kabi gaplarni eshitishdan bezor boʻlgancha, uyiga ertachiroq kirdi. Boshidagi ogʻriq soniyasiga kuchayar ekan, aksiga olib, dorilari uyda qolib ketgani uchun, holsizlik bilan xonasi tomon zinalardan koʻtarildi.
-Keldingmi itvachcha, bugun uyga doʻstlarim keladi, xonangdan chiqmasdan, koʻrinmasdan oʻtir. Xonangdan chiqib, mazang qochib, meni sharmanda qilma! Oʻzi seni ruhiy kasalligingni deb, hamma doʻstlarimni oldida sharmanda boʻlib boʻlganman! Oʻzingdan bechorani yasab olma! Tushunarlimi?!-bolakay uyga kirishi bilan otasi unga baqirib, turtgancha, gapirar ekan, boshidagi ogʻriq sabab, hatto gapirolmadi. Koʻzlarini yumgancha, chidab boʻlmas bu ogʻriqdan tezroq qutilish uchun, otasi yonidan oʻtib ketib, xonasiga kirmoqchi boʻldi.
-Senga gapirdim! Tushunarlimi dedim! Gapir!-deya ota yana oʻgʻlini turtkiladi. Ogʻriq kuchliligidan dosh berolmagan bolalay otasini zinadan itarib yubordi...
Orqa miya shikastlanishadan vafot etgan oʻz otasi qotiliga aylangan bolakay, hali ham bosh ogʻrigʻi kuchliligan xonasiga tezda kirgancha, tinchlantiruvchi dorilarini ichib, uxlab qoldi...
Ertasi kuni uyni militsiya tekshirganida bolakayni onasi dalillarni oʻzgartirdi, militsiya bilan ham "kelishdi". Hamma ayb uydagi xizmatkorlardan biriga toʻnkaldi...
Bolakay aynan oʻsha vaqtdan boshlab, sigaret chekishni boshladi. Begʻubor, yosh, oʻsmir bolakay 1 kunda goʻyo qotil, telba insonga aylangandek edi. Lekin 1 yildan soʻng u hayotni yana bir zarbasini kutib oldi. Yana aynan maktabdan qaytgan vaqtida, uydan chiqayotgan nolalar uni eʼtiborini tortdi. Ovoz chiqayotgan xona eshigi qiya ochiq, xona eshigidan qaragan 16 yoshli bolakay, onasi va begona erkakni koʻrgach, ularni qilayotgan ishlari, onasini nomusi, yosh oʻsmir bolakayni gʻururiga tegdi. Aynan oʻsha daqiqalarda u ikkinchi va uchinchi qotilligini amalga oshirdi. Avvaliga oʻz onasi keyin esa oʻsha erkakni zaldagi xonadonni shaxsiy toʻpponchasi bilan oʻq otib oʻldirdi...
Ota-onasini barcha bizneslari, boyliklari, bankdagi pullari, shartnomalari 16 yoshli bolakayga qolib ketdi. Biznes orasida oʻsgan bolakay, barchasini bir oʻzi boshqarolsa ham, baʼzan ruhiy kasalligi qoʻzgʻab, boshiga azob berar, baʼzan esa xotiralar qoʻzgʻab, yuragiga azob berar edi...
NIKATINIM
4-qism
Anis bolaligini eslagancha, ancha vaqt oʻylandi keyin esa ofisiga bordi. Biroz vaqt ish bilan chalgʻidi. Ofisga kirib kelishi bilanoq, uni goʻzal kotiba kofe bilan kutib oldi.
-Xonamga hech kimni kiritmang, bezovta qilishmasin.-Anis shunday degancha, ofisdagi xonasiga kirib, kompyuterda yangi hamkori bilan suhbatni boshlab yubordi. Uzoq davom etgan, iqtisodiy suhbatni xona eshigini tepib kirgan qiz boʻlib yubordi. Anis tezda kampyuterini oʻchirdi.
-Yaramas, iflos, hayvon!-xonaga kirib kelgan qandaydir qiz tezda Anisga baqirishni boshladi.
-Yana bitta foxisha...-Anis qizga qarashni ham xohlamay, pichirladi.
-Foxisha? Men foxishalik qilgan boʻlsam ham, pul topish uchun, yaxshi yashash uchun qilganman! Sen iflos, pastkashdan homilador boʻlib qolish uchun emas!-deya baqirib, shallaqilik qildi qiz.
-Homiladormisan?-deya soʻradi yigit biroz hayratlanib.
-Ha! Sendan homiladorman! Bolani abort qildirib tashlashni iloji ham yoʻq, allaqachon homila kattalashib boʻlgan ekan! Sen uni otasisan! Agar bolani oʻz nominga olmasang, familyangni bermasang sen bilan sudgacha borolaman!-baqirdi qiz janjal qilgancha.
-Bu narsa bilan meni qoʻrqitmoqchisan? Bola meniki emasligi 100 foiz aniq. Qaysidir oʻynashingni bolasini meni boʻyinimga qoʻymoqchisan.-dedi yigit huddiki bu holat odatiy holatdek gapirgancha.
-Agar homila rostdan seniki boʻlsachi?-dedi qiz baribir gapdan qolmagancha.
-Agar shunaqa boʻlsa, unga familyamni beraman, farzandim ekanini tan olib, oʻzim bilan olib qolaman, lekin seni qabul qilmayman!-dedi Anis.
-Bu haqida sudda gaplashamiz! Yaqinda suddan senga habar kelishi kerak edi, men allaqachon ariza yozganman.-dedi qiz oʻzicha zoʻr ish qilgandek faxrlanib.
-Qancha pul kerak? Qancha pul bersam, meni tinch qoʻyasan?-soʻradi Anis.
-Oʻz bolangni tan olmaslik uchun pul taklif qilyapsanmi? Bola seniki ekanini aniq bilaman, qancha pul taklif qilsang ham, olmayman. Farzandimizga familyangni berishingni, meros ham qoldirishingni xohlayman.-dedi qiz maqsadga oʻtgancha.
-Demak oddiy, kichik disert emas, ulkan ovqat kerak degin... Tushundim, bola tugʻilganch DNK qilamiz, avval farzand meniki ekani aniq boʻlsin, keyin oʻylab koʻraman.-deya boshqa gapirmay, xonadan chiqib ketdi, ketayotganda kotibaga boyagi qizni ofisdan chiqarib yuborishini ham buyurdi.
Ofisda muammolardan chalgʻish uchun kelgan yigit yana muammolari koʻpaygancha, uyiga qaytishni xohlamay, doʻkonlarga bordi, Milana uchun yopiqroq kiyimlar sotib oldi va uyga qaytdi.
-Milana, mana bu kiyimlarni tez kiyda, men bilan yur. Singling qaysi kasalxonada edi? Birga boramiz.-dedi Anis. Milana avvaliga uni gaplariga ishonmadi, begona insonni toʻsattan yaxshiligi gʻalatidek tuyildi, keyin esa rozi boʻldi, ishonmaygina Anisga ergashdi. Birga kasalxonaga borishsa ham Milana boʻlayotgan voqealarga ishonmas edi. Uni nomusiga tekkan, vaxshiy inson endi unga yordam bermoqchi...
Kasalxonadagi 10 yoshli qizaloq qoʻllarida osma, tomchi dorilar ulangancha, kravatda yotar ekan, opasini koʻrib, oʻrnimdan turmoqchi boʻldi. Milana singlisini quchoqlab, tezda yigʻlab yuborar ekan, Anis ularni palata eshigi oldidan kuzatgancha, qoralikka botgan qalbi yuvilayotgandek, oʻzini biroz yengil his qildi. Opa-singillarni yolgʻiz qoldirgancha, shifokorni xonasiga kirib, pul bergancha, tezda maqsadga oʻtgach, operatsiya ertaga boʻladigan boʻldi. Anis qizaloqni koʻzlarida yana quvonchni koʻrish uchun kasalxona oldidagi doʻkondan ulkan, kulrang ayiq sotib oldi. Qizaloqqa shirinliklar mumkin emasligi uchun boshqa narsa sotib ololmadi. Milanani singlisiga ayiqni sovgʻa qilib, yana ham hursand qilar ekan, oʻzini "Aka" sifatida tanishtirdi. Kechgacha suhbatlashishgach, hayrlashib, Anis va Milana qizaloqni noiloj kasalxonada qoldirib, uyga qaytishdi. Qiyin va yana chalkash muammolarga toʻla kundan charchagan yigit dam olish, tinchlanish uchun sigaretini qidirdi. Mashinada qoldirganini bilib, asabiylashdi, lekin uyida "Nikatini" borligi esiga tushib, jilmaydi. Xonada jimgina televizor koʻrib oʻtirgan qizni oldiga yaqinlashar ekan, qiz qoʻrquv bilan tezda oʻrnidan turib, orqaga tisarildi. Anis qizni nozik boʻyinini baquvvat, katta qoʻllari bilan biroz mahkamroq ushlab, devorga tiragancha, lablaridan boʻsa oldi. Bu qiynoqli boʻsa davom etar ekan, ikkinchi qoʻli qizni kiyimlariga yugurdi. Nafas olishga qiynalayotgan qizni koʻzlaridan yoshlar oqar ekan, hatto nola chiqarolmay, gapirolmay, qiynalishni boshladi...
NIKATINIM
5-qism
Anis qizni boʻgʻishdan toʻxtab, yotoqqa itarib yubordi. Milana ustini yopinchiq bilan berkitar ekan, Anis tortmasidan qandaydir buyumlarni oldi. Zanjirga oʻxshash buyumlarni qizni boʻyini va bilaglariga mahkam taqib qoʻydi va oʻz "oʻyinini" boshladi...
Uzoq vaqt davom etgan, qiynoqli oʻyindan soʻng charchab qolgan Milanani Anis oʻpib uygʻotdi. Qiz maxluqni koʻrgandek, qoʻrquv bilan, yigʻlab yuborgancha, yigitdan uzoqlashdi. Uni qoʻrquv bilan qaltirashi yigitni yana ham oʻziga jalb qilar, uni yana azoblab, oʻz muammolarini unutishni xohlab, yana qizni quchoqlab, qiynoqlarini boshladi...
Milana ertalab hamma joyi koʻkarib, ogʻriqlarni his qilgancha uygʻonib, arang oʻrnidan turib, pastgi qavatga, ovqatlanishga tushdi. Anis bu safar ovqatlanayotganida ham "qitmirliklar" qilar, qizni yuzidan chimchilar, gapirgani qoʻymas, unga huddi yosh boladek muomala qilar edi. Qiz esa singlisi uchun ortiqcha harakat qilmas, bugun singlisini operatsiyasi boʻlishi esa uni yana ham itoatkor boʻlishiga sabab boʻldi. Anis xizmatkorlarni xonadan chiqarib yuborib, Milanani tizzasiga oʻtkizdi. Qizni boʻyinidan oʻpib qoʻygancha, sekin gap boshladi.
-Men ruhiy kasalman... Boshimda doimiy kuchli ogʻriq bor, ogʻriq kuchayganida kimgadir hujum qilishim ham mumkin. Muammolarim koʻp, lekin hammasini unutishimga, yengil boʻlishimga sigaret yordam berardi. Hayotimda sen paydo boʻlganingdan keyin sigaretni oʻrniga sen meni tinchlantiryapsan. Menga bir yaxshilik qilolasanmi, Milana?-soʻradi Anis sekinlik bilan gap boshlagancha. Qiz boshini qimirlatgancha "ha" ishorasini qildi, yigit uni itoatkorligidan hursand boʻlgancha, qizni belidan mahkamroq quchdi.
-Meni nikatinim boʻlasanmi? Agar bir umr meni yonimda boʻlib, meni "tinchlantirsang" men sen uchun baxt yaratib beraman. Hamma ehtiyojlaringni qoplay olaman, faqat sen "Nikatinim" boʻlsang bas.-dedi yigit bu safar qizni qulogʻidan ham tishlab qoʻygancha. Hayajon, qoʻrquv va oʻylovda qolib ketgan Milana, yuragi tez urgancha, tinchlanib, oʻylashga harakat qilar ekan, Anisni erkalashlari uni hayolini boʻlib yuboraverdi.
-Agar singlimni davolatolsez...-dedi Milana biroz oʻylanib gap boshlab, keyin ikkilanib, jim boʻlib qolgancha.
-Menga ishon, singling albatta tuzaladi. Xoʻsh, meni bir umrlik oʻyinchogʻim boʻlasanmi?-soʻradi Anis yana bir marta. Qizni jim boʻlib qolganini koʻrgan yigit, uni yoqtirmasligini tushundi.
-Oʻzi nega sendan soʻrayapman? Rozi boʻlsang ham, rozi boʻlmasang ham, meni bir umrlik Nikatinim boʻlasan! Menga yoqadigan hamma narsa meniki boʻlishi shart! Seni sevib qoldimmi, bilmayman. Lekin yoqtirib qoldim, meni tinchlantiryapsan, qachon meni tinchlantirolmaydigan boʻlib qolsang yoki zeriksam, bemalol ketaverasan. Ungacha meni mitti asiram boʻlasan.-Anis oxirgi gapini qizni qulogʻi ostida shivirlab aytdi.
Milana oʻrnidan turishga harakat qilgan edi, Anis uni mahkamroq oʻziga tortib, yana gapirishni boshladi.
-Meni sigaretim, narkotigim. Yoʻq, sen oddiy sigaret yoki alkagol emassan. Sen Nikatinsan! Tinchlantiruvchi moddasan. Asablarim biram tinchlanadiki, yoqimlisan. Bilasanmi, men foxishalardan jirkanar edim, lekin sen umuman boshqachasan. Toza, pokiza, mendan boshqa hech kim teginmagan, faqat meniki boʻlgan shaxsiy oʻyinchogʻimsan. Meni hech kim yemagan shirinligimsan.-Anis tobora qizni erkalar ekan, mehri oshib ketgancha, uni qoʻllarida koʻtarib olib, zinalardan koʻtarilgancha, yana oʻz xonasiga olib kirdi, kravat ustiga qizni sekinlik bilan yotqizgancha, oʻzi uni ustiga yotdi.
-Sen bilan juda koʻp oʻyinlar oʻynamoqchiman. Bugun yana bir oʻyinni sinab koʻramiz, bu oʻyin nomi "asira" boʻladi, oʻzim oʻylab topganman.-Anis oʻzicha maqtangan boʻlib, "oʻyinchoqlari" saqlanadigan tortmadan tasma (lenta) va arqon oldi. Avval tasma bilan Milanani koʻzlarini bogʻladi, keyin esa arqon bilan ikki qoʻlini, bilagini bogʻlab, kravat tepasiga bogʻlab qoʻydi, qizni oyoqlarini ham huddi shunday bogʻlagancha, kravatni pastgi qismiga bogʻlab qoʻydi. Koʻz oldida asiradek bogʻlab qoʻyilgan, chorasiz qizni qoʻllarini yechishga, oʻrnidan turishga harakat qilishini biroz vaqt kuzatdi, keyin esa sekinlik bilan qizni kiyimidan tishlab, tortgancha, qizni kiyimlardan "qutqardi".
NIKATINIM
6-qism
Yana bir tongni Anisni qaynoq bagʻrida oʻzini his qilgancha uygʻongan Milana, biroz muddat uni yuziga termulib yotdi. 23 yoshli, salobatli, vaxshiy lekin kelishgan yigit...
Milanani nomusiga tekkan, shu kungacha majburlayotgan lekin singlisini operatsiyasi qildirgan yigit...
Milana goʻyo oʻzini ikki oʻt orasida qolib ketgandek his qilgancha, ortga tisarilib, yigitdan uzoqlashmoqchi edi, tezda yigitni qoʻllari qizni beliga yugurgancha, mahkam quchoqladi, quchoqlash davomida qizni "jazolab" ham qoʻydi. Anisni allaqachon uygʻonganini endi tushungan Milana biroz vaqt gapni qanday boshlashni, qanday savol berishni bilmay, oʻylandi, keyin esa tavakkal qilgancha, gap boshladi.
-Singlim...-qiz endi shu soʻzni aytishi bilan Anis uni gapini boʻldi.
-Kecha kechasi doktor bilan gaplashdim, singlingni ahvoli yaxshi, operatsiya oʻtib boʻldi, hammasi joyida. Oʻziga kelganidan keyin uni koʻrgani boramiz. Dorilar uchun pulni doktorlarga ortigʻi oʻtkazib berdim. Hech qanday muammo yoʻq. Mehribon, oq koʻngil yigitman, toʻgʻrimi? Shunday ajoyib ishni bajardim, menga mukofot qani? Meni bugun hursand qilmaysanmi?-singlisi haqidagi gaplardan hursand boʻlgan Milanani, Anisni oxirgi gaplari tezda qoʻrqitdi. Yana ogʻriqlarni his qilishini bilgan qiz sekin pichirladi.
-Xohlamayman...-Milanani bu gapini eshitgan Anisni qoshlari chimirildi.
-Men sendan xohlaysanmi? Rozimisan deb soʻradimmi? Men seni xohladim, demak majburlashga haqqim bor! Ortiqcha gap gapirma, nolalar mumkin.-Anis oxirgi soʻzini aytib boʻlib, kulgancha, bu safar qizni uzun sochlaridan changalladi. Kutilmagan holatdan baqirib yuborgan qizni Anis uni lablariga lablarini bosgancha, jim qildi.
NIKATINIM
7-qism
Har kim ham oʻz tuygʻularini soniyalar ichida tushunishga qodir emas, baʼzi insonlar oʻz tuygʻularini yillar davomida ham tushunmaydi...
Anis ham 1 hafta davomida tuygʻularini tushunishga harakat qildi, lekin bu tuygʻular nafsdan kuchliroq, sevgidan kamroqdek edi goʻyo...
Milana bilan yurakdan gaplashib olmoqchi boʻlgan yigit, uni qoʻllaridan tutgancha, koʻzlariga qaradi, uni faqat goʻzalligi uchun yoqtirib qolgandek oʻzini his qildi, bu tuygʻuga vijdon azobi ham aralashdi, bir qizni bir umr baxtsiz qilib, majburlab, oʻz yonida asira qilib olib qolish, uni vijdoniga ogʻir botdi.
-Milana, singling bugun kasalxonadan chiqar ekan, senga nisbatan qilgan hamma ishlarim uchun uzr soʻrayman, sen meni tinchlantirding, men esa singlingni davolatdim, menimcha endi bir birimizdan qarzimiz yoʻq.-dedi Anis qizni endi ketishi mumkinligini tushuntirishga harakat qilgancha. Milana biroz vaqt jim boʻlib qolib, oʻylandi, keyin esa raxmat deyishni ham, boshqa qandaydir gap aytishni ham bilmay, kutilmagan gaplardan hayratlangancha, shunchaki "hayr" deb, uydan chiqib ketdi. Ikkinchi qavat derazasidan qizni ketayotganini Anis kuzatar ekan, oʻzini qafasdagi qushchani ozod qilgandek yengil his qildi, lekin bu qushcha uni yuragini bir parchasini oʻgʻirlagandek, nimadirini yoʻqotgandek tuygʻu ham paydo boʻldi...
Milana singlisini quvonch bilan kasalxonadan olib chiqar ekan, singlisini ahvoli yaxshiligidan oʻzini baxtli his qildi, yagona yaqini sogʻlom ekani va uni yonida ekanidan shunchalik baxtli ediki, oxirgi boʻlgan voqealarni bir muddatga unutdi, har bir ishda hayr boʻladi, balki agar hayotida Anis uchramaganida singlisi tuzalmagan boʻlar edi...
Singlisi bilan avvaldan birga yashashgan kvartirasiga borishar ekan, ularni ijaraga qoʻygan ayol uyga kiritmadi, "foxishani uyimga kiritmayman" degan gapidan soʻng esa Milana qoʻllari qaltiragancha, biroz vaqt karaxt ham boʻlib qoldi. Aynan ular ijarada yashagan uy egasi Milanani singlisini ahvoli ogʻirligini bilib, bir klub ish boshqaruvchisi bilan kelishib, sotib yuborgan edi. Anis esa oʻz klublariga tez-tez borar, u kelishidan avval unga eng yaxshi foxishalardan birini tayyorlab qoʻyishar edi, bu safar esa klub boshqaruvchisi Milanani foxishalik uchun sotib olgan, eng birinchi uni Anisga sovgʻa qilmoqchi boʻlgan edi...
Milana va singlisi koʻchada qolib ketishar ekan, Milana singlisini endigina kasalxonadan chiqqani, shu ahvolida koʻchada qolib ketishini oʻylab, havotiri oshdi. Qayerda tunab qolish haqida oʻylar ekan, ikkita yoʻli borligini tushundi. Bekatda singlisi bilan tunab qolish yoki Anisni uyiga borib, undan yordam soʻrash. Hali kuchga toʻlmagan singlisini sovuq tunda bekatda tunab qolishidan koʻra Anisdan yordam soʻrashni maʼqul koʻrgan Milana, yana Anisni uyiga qaytishga majbur boʻldi. Undan boshqa yordam soʻraydigan insoni ham yoʻq, u yordam bermasligi ham mumkin, hali yaxshi tanimagan, begona qizga shuncha yaxshilik qilgani yetmagandek, endi uyida tunab qolishlariga ruxsat ham berish, haddanz ziyod mehribonlikdek, ishonib boʻlmaydigan hodisadek tuyilsa ham, Milana tavakkal qilib, Anisni oldiga bordi.
NIKATINIM
8-qism
Milanani qaytganini koʻrgan Anis ich-ichidan quvonar ekan, oʻzini baxtli his qildi, huddiki yoʻqotgan qimmatbaho buyumini topib olgandek yoki yosh bolaga sevimli shirinligini olib berishgandek quvonchni his qilar ekan, yuzida samimiy tabassum bilan Milana va singlisini kutib oldi. Ularga istalgan xonaga joylashishlari mumkinligini aytdi, xizmatkorlarga kechgi ovqatni tayyorlashlarini buyurdi, yarim soatda hammasi tayyor boʻlar ekan, Anis huddi oʻz oilasi bilan birgadek oʻzini baxtli his qilgancha, ovqatlandi. Hamma hijolat boʻldi yoki boshqa sababdanmi, gapirishmadi, ovqatlanib boʻlishgach, hamma oʻz xonasiga tarqaldi. Yarim tunda qandaydir shovqin sabab uygʻonib ketgan Milana pastgi qavatga tushishi bilan Anisni uyida oʻz uyida yurgandek erkin yurgan, xizmatkorlarga qandaydir buyruqlar berib, oʻzini malikalardek tutayotgan qizni koʻrgan Milana hayratda qoldi. Milana undan kim ekaniga qiziqib soʻrar ekan, qiz bepisandlik bilan Milanaga qarab, kulib qoʻygancha "Anisni rafiqasi" ekanini aytdi. Yuragidan nimadir uzilib tushgandek oʻzini gʻalati his qilgan Milana biroz vaqt hayratdan qotib qoldi, nima qilishini ham, nima deyishini ham bilmay qoldi, uni hayratlanib, dovdirashini kimdir belidan quchgani ketgazib yubordi.
-Sal chalkashlik boʻldi, u senga "siz Anisni rafiqasimisiz?" demoqchi boʻlgan.-dedi Anis Milanaga. Milana hali gapirishga ulgurmasidan ularni qarshisidagi oʻsha Anisni ofisiga borib, homilador ekanini aytgan qiz baqirishni boshladi.
-Oʻz farzandingni onasini tan olmayapsanmi? Darrov oʻzingga boshqa oʻyinchoq topib olib, meni unutib yubordingmi? Yangi oʻyinchogʻing bor, endi men kerak emasman, toʻgʻrimi? Men kerak boʻlmasam ham, oʻz farzanding kerakdir? Yoʻq, senga farzand ham kerak emas, oʻz ota-onasini oʻldigan qotilni farzandiga mehri boʻladimi?-qiz baqirib, gapirar ekan, toʻsattan Anis uni boʻgʻishi jim boʻlishiga sabab boʻldi, yigit vajohat bilan uni boʻgʻib, devorga tirab, biroz tepaga koʻrardi, qizni oyogʻi yerdan uzildi, joni omon qolishi uchun bor kuchi bilan Anisni qoʻllariga yopishdi, Anisni hayoliga homila kelar ekan, qizdan qoʻllarini oldi.
-Seni boʻgʻgan qoʻllarimdan ham jirkanyapman.-dedi Anis unga axlatga qaragandek, gʻijinish bilan qarab.
Keyin esa nigohlarini bir chekkada qoʻrquvdan rangi oqarib ketgan, erkatoyiga qaratdi, bunaqa holatlarni koʻrmagan Milana titrayotgan lablarini, qaltirayotgan qoʻllari bilan berkitdi, uni koʻzlaridagi aks etgan qoʻrquvni koʻrgan Anis darrov Milanani u yerdan olib ketdi, 2-qavatga zinadan koʻtarilishar ekan, xizmatkorlarga "uyga beruxsat kirib kelgan bu foxishani" haydashlarini buyurdi. Anisni gaplarini eshitgan Milanani koʻzlari yoshlandi, negadir oʻpkasi toʻlgancha, yigʻlashni ham boshlab yubordi, uni yigʻlayotganini koʻrgan Anis tezda koʻz yoshlarini artib qoʻyib, nima boʻlganini soʻradi, lekin Milana uni mahkam quchoqlagancha, gapirmasdan, yigʻlashda davom etdi.
NIKATINIM
9-qism
Anis biroz vaqt hiqqilab, oʻpkasi toʻlib yigʻlayotgan qizga termulib qoldi, keyin esa bu koʻzyoshlarga dosh berolmay, Milanani koʻtarib olgancha, zinadan olib chiqdi. Milana tunab qolishi kerak boʻlgan xonaga ham oʻzi koʻtarib olib borib, oʻzi kravatga yotqizdi, endi xonadan chiqmoqchi boʻlar ekan, Milana uni boʻynidan quchoqlab olgancha, toʻxtatib qoldi. Anis oʻzida qandaydir hayajonni his qilar ekan, bu hayajonni sababini tushunmagancha, biroz vaqt dovdirab, hatto Milanani quchoqlamadi. Keyin esa hayollarini yigʻib olib, huddi qimmatbaho buyumidan ayrilishni xohlamaydigan insondek, mahkam, siqib qoʻygancha, quchoqlayotgan Milanani yengil, mehrli quchoqladi. Yarim soat, hech qanday soʻzsiz, shu holatda quchoqlashishar ekan, goʻyo yuraklar soʻzlashdi...
Ikkisi ham gapirishni xohlashar, lekin nima deyishni bilishmas, xonada sukunat shunchalik darajadagi, ularni yurak urushlarini ham eshitish mumkin. Bu sukunatni Anisni hayajon bilan gap boshlashi boʻlib yubordi.
-Milana, agar men butunlay oʻzgarsam, seni xafa qilmasam, qiynamasam, hiyonat qilmasam, sen xohlaydigandek inson boʻlsam, meni rafiqam boʻlishga rozi boʻlasanmi?-soʻradi Anis qizni koʻzlariga mehr bilan termulgancha. Milana hayratda qolgancha, jim boʻlib qolar ekan, Anis gapida davom etdi.
-Bilaman, muammolarim koʻp, seni baxtsiz qilib qoʻyishim ham mumkin, lekin sen dunyodagi eng baxtli qiz boʻlishing uchun men bir umr harakat qilaman. Senga muhtojligimni his qilyapman, atiga 1 kun mendan uzoqda ekaning shunchalik azobladiki, bu huddi sigaret chekishdan vos kechmoqchi boʻlganimda, uni humor qilishimga oʻxshaydi. Sen meni nikatinimsan, qon-qonimga singib ketgan, har lahzada huruj qiladigan va oʻzini eslatib turadigan, yoqimli, nikatinimsan.-Anis shunday degancha, hali gapini tugatmas ekan, Milana yana ham balandroq ovozda yigʻlashni boshladi, Anis oʻzini xato qilgandek tushunib, qizni koʻzyoshlarini atrib, qoʻygancha, qaysi gapi uni xafa qilganini soʻradi.
-Men...men....-Milana gapirishga urundi, lekin jurʼati yetmadi, gapirolmay, yuzini yigitni koʻksiga yashirdi.
-Gapir, ayt, iltimos.-Anis qizni gaplariga qiziqar ekan, Milana sekin gap boshladi.
-Bugun meni ham yuragimda sizga nisbatan tuygʻular borligini his qildim, bu rashq, sevgidan ham boshqacha tuygʻu. Oʻsha foxisha oʻzini sizni rafiqangiz deb tanishtirganida taʼnam muzlab qolgandek boʻldi, oʻzimni goʻyo oʻlgandek his qildim, jonim boʻgʻzimga keldi. Soniyalar ichida siz bilan oʻtgan vaqtlar, voqealar koʻz oldimdan oʻtdi, rashq, oʻrganib qolish, sizni yagona oʻyinchogʻiz boʻlishni xohlash hayolimga kelgan edi...-dedi Milana Anisni koʻksidan boshini koʻtarmasdan, gapirgancha.
-Rostdanmi? Hazillashmayapsanmi?-Anis qizni ikki yuzidan ushlagancha, tezda oʻziga qaratib, quvonch bilan savol berdi. Milana koʻzlarini olib qochib, boshini qimirlatib, "ha" ishorasini qilar ekan, Anis bu quvonchli yangilikni qizni lablaridan boʻsa olish bilan nishonladi...
NIKATINIM
10-qism
Oʻz yuragini yarmini topgandek, oʻzimni yengil, huddi yettinchi osmonda uchib yurgandek baxtli his qilayotgan Anis va Milana tongni umuman oʻzgacha kayfiyatda kutib olishdi. Huddi avvaldan bir oila, 10 yillik sevishganlardek, bir birlarga koʻz ishoralar qilishgancha, oʻzlari nonushta tayyorlashdi. Bugunchalik hamma xizmatkorlarga javob berib yuborishdi. Birgalikda tayyorlangan bu nonushtaga baxt ham qoʻshilgandek, juda mazali boʻldi, nonushtadan koʻra bir biriga termulib, toʻymayotgan juftlik esa Milanani singlisi zinadan tushayotganini qadam tovushlaridan sezib, noliloj bir birlaridan uzoqlashishdi. Milana Anisga koʻzi bilan singlisini koʻrsatgancha, "unga aytish kerak" deya ishora qildi. Anis esa hali ismini ham bilmaydigan Milanani singlisiga, nima deyishni bilmay, chuqur nafas olib chiqardi va gap boshladi.
-Haligi....meni eslay olasan a? Men oʻsha seni oldinga, kasalxonaga borgan yigitman.-dedi Anis, Milana bilan turmush qurish haqida qizaloqqa qanday aytishni bilmay.
-Ha, sizni esladim.-deya qizaloq, tabassum qilib qoʻygancha, ovqatlanishda davom etib. Anis esa unga gapirishdan uyalib, Milanaga qaragan edi, koʻz olaytirib, oʻqrayib, yomon qarash qilgan qizni koʻrib, yutunib qoʻydi.
-Haligi... Meni ofisga chaqirib qolishdi. Yoqimli ishtaxa, 2 soatda kelaman. Kelganimda ajoyib syurpriz ham olib kelaman.-deya Anis vaziyatdan chiqib ketish uchun, bahona qilgancha, ofisiga ketdi. Ofisda nega Milana bilan turmush qurishi, uni sevishini aytish bunchalik hayajonli ekanini tushunmay, oʻylanayotgan Anisni hayollarini kotibasi uni yelkasidan turtib qoʻyishi boʻlib yubordi.
-Uzr, janob, turtmasam, gapimni eshitmadiz, muhim gapim bor edi.-dedi kotiba.
-Gapir.-dedi Anis qoʻpol ohangda.
-Ofisga bir ayol har kuni kelyapti. Aytishi boʻyicha u sizni rafiqangiz ekan. Hozir ham u kelgan, siz bilan koʻrishish uchun ruxsatingizni kutyapti.-dedi kotiba.
-Yaxshi, chaqiraver uni.-dedi Anis. Kotiba endi eshikdan chiqar ekan, Anis yana gap boshlab qoldi.
-Ha, aytgancha, oʻsha foxishani yana bir marta rafiqangiz desang ishdan ketasan. Meni farishtadek rafiqam bor, uni foxishalarga oʻxshatma.-dedi Anis kotibaga. Qiz uzr soʻragancha, tezda xonadan chiqib, shallaqilik qilgan ayolni Anisni xonasiga kirishiga ruxsat berdi.
-Qancha pul kerak senga? Meni endi rafiqam bor, senga oʻxshagan axlatxonalarni titib, iflos boʻlgan qoʻllarim bilan farishtadek rafiqamni toza, hech kimni qoʻli tegmagan qoʻllarini ushlay olmayman.-dedi Anis gaplarida faxr va mamnunlik bilan. Milana va oʻzini ancha taqqoslab, solishtirgan yigit, qizni farishtaga, oʻzini esa axlat titgan itga oʻxshatgan, shu sabab boshqa "axlatxona"larni titishni xohlamay qolgan edi.
-Boyligingni yarmini bersang, balki seni tinch qoʻyishni oʻylab koʻrarman.-dedi ayol kulgancha.
-Yarmi? Koʻchadagi qaysi itdan orttirganingni bilmay, menga osilib, tuxmat qilib, endi boyligimni yarmini soʻrayapsanmi?-dedi Anis asabiylashgancha.
-Ha! Oʻz qoldi, 5 oydan keyin farzandimiz dunyoga keladi, keyin esa DNK qilamiz. Agar otasi boʻlsang, rafiqangdan vos kechib, menga uylanasan.-deya ayol yana shallaqilik qilishni boshladi.
-Avvan bola dunyoga kelsin, keyin oʻylab koʻraman. Sen bilan borgan, shahar chekkasidagi uy esingdami? Bola dunyoga kelgunicha oʻsha uyda yashaysan, xizmatkorlarga aytib qoʻyaman, seni uyga kiritishadi, nima kerak boʻlsa xizmatkorlarga ayt, ular bajarishadi. Meni hayotimga boshqa aralashma, sassiq hiding koʻnglimni aynityapti.-dedi Anis.
Oradan vaqt oʻtgach, oʻsha ayol dunyoga keltirgan bolani DNK qildirishdi, bola Anisniki emasligi aniq boʻlgach, shallaqilik qilgan foxisha Anisni hayotidan butunlayga ketdi. Anis oʻtmishidagi voqealarni, qilgan ishlarini, foxishalaru, klublarni hammasini Milanadan yashirdi, oʻzini qilgan jirkanch ishlarini Milana bilib, koʻngli sovishini xohlamadi.
Anis tezda Milana bilan nikoh bazmini uyushtirdi, oddiylikni yoqtiruvchi qizni, ulkan, dabdabali toʻyni xohlamasdan, norozilik qilishiga qaramay, yigit baribir oʻz baxti uchun bu ham kamlik qiladigandek, toʻyni haddan ziyod hashamatli qildi. Nikohdan keyingi baxt esa yana ham shirinroq boʻldi....