June 6, 2025

Merciless❤️‍🔥

Episode - 7

Vaqt tunning yarmidan o'tganiga bir necha soat bo'lgan. Sukunat va xira qorong'ulik ichra cho'mgan uy yo'lagi bo'ylab qizning ohista qadam tovushlari kuchsiz yangramoqda. O'z xonasi qarshisiga kelgan Sohyon tutgichdan itargancha eshikni ochdi. Ichkariga qadam tashlar ekan, qayta yopish maqsadida yana tutgichni itargan edi hamki eshik ortidagi qora sharpa qizning vujudi keskin qo'rquvdan muzlab ketishiga sabab bo'ldi. Shu zahoti baquvvat kaft Sohyonning og'ziga yopilib, keng tana qizni devorga tirab qo'ydi.
- Demak, menga halaqit berishni o'ylaganding, kichkintoy, - yigitning chuqur va xotirjam past kulgusi sukut qaror topgan xonada go'yo daxshatli filmlardagi kabi yangradi.
- Taehyung, - labi yigitning kaftidan xalos bo'lgan qiz ba'zor chiqqan ovozida titroqli pichirladi.
- Ismimni eslab qolganing yoqimli, - Taehyung hanuz qizni devor va o'z tanasi orasida qisgancha pichirladi.
- Bu yerda nima qilyapsan? - ovozi qat'iyatsiz bo'lsa-da talab ohangida so'radi qiz.
- Menimcha nima uchun bu yerda ekanimni bilasan juda yaxshi quyoshcham, - Sohyonning ko'zlariga tund tikilgan ko'yi dedi yigit.
Sohyon bir lahza ko'ksida ko'tarilgan vahima bilan Taehyungning o'tkir nigohlariga qarab qoldi.
- Otamni o'ldirmoqchi eding, - kuchsiz pichirlash bilan talaffuz etdi Sohyon.
- Men to'xtamayman deganmidim, - Taehyung boshini bir tomon og'dirgancha Sohyonning titroqli siymosini lab chetida jilmaygan ko'yi kuzatishda davom etdi.
- Men bunga yo'l qo'ymayman, - qiz yana bir bor Taehyungning qo'lidan xalos bo'lishga urinib dedi, - Bunday qila olmaysan.
- Jasorating bilan kulgimni keltiryapsan quyoshim.
- Nega axir... Nega uni o'ldirmoqchisan, - past ohangi betoqatlashgan Sohyon savolga tutishni davom ettirdi.
- Chindan buni bilishni istaysanmi? - yigitning yog'on, biroq past ovozi muzlatib yuboruvchi darajada jiddiylashdi.
Qiz beqaror sukut bilan yana yigitga tikilib qoldi.
- Ho'sh? - bosimda davom etdi yigit.
- Men .. dadam yaxshi odam emasligini bilaman, - Sohyon o'sha titroq ovozda dedi, - Biroq..
- Sening otang mening onamning qotili.
Qulog'i ostida yangragan Taehyungning so'zlari qizni tildan qoldirdi go'yo. Beqaror kafti tungi ko'ylagi etagini qisar ekan, bir so'z deya olmagan Sohyon Taehyungning ko'zlariga notinch tikildi.
- Ho'sh, - Taehyung qizning yuziga yaqin egilib shivirladi, - Hali ham meni to'xtatishga urinasanmi? - yigitning kafti Sohyonning bo'ynini biroz qisdi.
- Ehtimol sen adashyapsan, - Sohyon qat'iyatsiz past ohangda tilga kirdi.
Taehyung bir zum qizning ko'zlariga hafsalasiz qaradida, so'ng yengil ovoz chiqarib kulib yubordi.
- Agar adashmagan bo'lsamchi? Shunda ham menga qarshilik qilasanmi kichkintoy qizaloq? - Taehyung kinoyali shivirlagan ko'yi biroz oldin Leeni nishonga olgan to'pponchani Sohyonning bo'yniga tiradi, - Ho'sh qanday qilib meni to'xtatmoqchisan, - yigit Sohyon unga kuchi yetmasligini o'zi ham tushunmayotgan zavq bilan kuzatgan ko'yi dedi.
- Qo'yib yubor, - qiz Taehyungning changalidan qutulish ilinjida yana bir bor siltandi.
- Urinib ko'r, - yigitning bir qo'li Sohyonning yuzida to'zg'igan sochlari tomon ko'tarildi.
Uzun barmoqlar och jigarrang soch tolalarini silab o'tar ekan, fursatdan foydalangan Sohyon Taehyungning qo'lini mahkam ushlab oldi. Keyingi soniyalarda qizning tishlari uning kaftiga qattiq botirildi. Kutilmagan tishlashdan past xirillab qo'ygan Taehyung joyidan qimirlamadi. Kaftini tishlari orasida qisishda davom etgan qizning yuziga tikilar ekan past ovozda kulib qo'ydi. Taehyung go'yo Sohyonga ko'proq imkon berayotgandek, butun tanasi bilan qizga yanada yaqin keldi. Yigitning ko'ksidagi issiq haroratini o'zining tanasi bilan his etayotgan qizning asabiyligi ortdi. Tezroq Taehyung o'zidan uzoqlashishi umidida tishlarini yanada qattiqroq botirdi. Qulog'i ostida yigitning qisqa yog'on irillashini eshitgan Sohyonning ichida nazoratsiz titroq uyg'ondi.

- Qo'lingdan kelgani faqat shumi, quyoshim? - kinoyali shivirladi Taehyung.
- Otamni o'ldirma, - yigitning kaftini xalos etgan Sohyon past ovozda so'radi, - Iltimos.
- Yalinganingda ehtirosli ko'rinyapsan, - lab chetida jilmayib qo'ygan yigit nihoyat Sohyonni bo'shatdi, - Lekin..-
- Menda undan boshqa oilam yo'q, - qiz Taehyung gapini yakunlab ulgurmay so'zlarini davom ettirdi, - Iltimos, unday qilma.
- Nega endi, - yigit tilini og'iz bo'shlig'ida asabiy o'ynatib qo'ygan ko'yi so'radi, - Nega endi so'zlaringga ko'nishim kerak?
Sohyon yana nima deyishi mumkinligini bilmay jim qoldi. Yuz ifodasidan aytish uchun so'z qidirib noqulay bo'layotganini sezish qiyin emas.
- Meni ko'ndirish uchun nima taklif qilasan xo'sh, - Taehyung bundan huzur qilgan kabi qizni battar siquvga oldi, - Axir men bilan kelishishga urinayotgan sen emasmiding? Xo'sh.. otajoningdan uzoq yurishim evaziga nima va'da qila olasan.
- Nima? - Sohyon tushunmaslik ohangida past so'radi.
- Nega sening so'zlaringga ko'nishim uchun biror sabab ber, quyoshim, - qizning qulog'iga jahl aralash shivirladi Taehyung, - Meni qotillik qilmaslikka ko'ndirish uchun urinib ko'r.
- Men, - Sohyon noqulay duduqlandi, - Men bilmayman, - og'ir nafas ostida dedi qiz, - Men chindan bilmayman.
- Harakat qil, - Taehyung kinoyali jilmayib dedi, - Yo'qsa, bugun bo'lmasa-da, baribir fursat topishim bilan dadangning jonini sug'urib olaman. Seni ham qo'riqching burni ostidan osonlik bilan o'g'irlab ketganimni unutmagandirsan.. Menga past baho berma kichkintoy.
- Nima istaysan? - notinch ohangda so'radi Sohyon, - Seni to'xtatish uchun nima qilishim kerak.
- Shshsh.. ehtiyot bo'l, - Taehyungning bosh barmog'i Sohyonning labiga bosildi, - Men har qanday senga yoqmaydigan narsa so'rashim mumkin.
Qiz jim qoldi. Taehyungning barmog'i uning pastki labini silab o'tgan ko'yi tark etdi.
- Ho'sh, rozimisan, - savolga tutdi yigit.
- Sen nima istashingni aytmading.
- Ammo sen nima so'rasam ham aqlli qiz bo'lib buni bajarasan, shunday emasmi, - Taehyung nihoyat Sohyonni butunlay qo'yib yubordi, - Men sezdirmay otangning mashinasiga portlagich o'rnatishimni, yoki kutilmaganda uchgan o'qim uning peshonasini teshib o'tishini, yoki undan ham battarroq, og'riqliroq ajal bilan uni yuzlashishga majburlashimni to'xtatish uchun, - Taehyung yaqin egilgancha qizning yanog'iga labini yengil bosdi, - Tog'rimi?
Sohyon bir so'z ayta olmay yigitning ko'zlariga alamzada tikilib qoldi.
- Tez orada uchrashamiz kichkintoy.. Barcha shartlarimga tayyor tur.


Timeskip ➡️

07:45

Tong. Oshxona stoli qarshisida parishonxotir o'tirgan qiz taxminan 10 daqiqadan beri o'zi anglamagan holda qahvani tinmay aralashtirardi. Hayollari chalkash va tungi uyqusizlik ongini xiralashtirgan.
- Sohy, - erkak kishining ovozi qizni sezilarni darajada cho'chib tushishiga sabab bo'ldi.
- Ha, - fikrini o'nglashga uringancha javob berdi Sohyon, - Nima bo'ldi?
- Men ham shuni so'ramoqchiman, - janob Lee sinchkov qiyofa bilan qiziga tikildi, - Nima bo'ldi? Boyadan beri bir xil holatda o'tiribsan.
- Men.. hech nima, - qiz o'ngaysiz javob berdi, - Hech narsa bo'lmadi, - takrorladi u, - Shunchaki.. yaxshi uxlay olmadim.
- Faqat shu ekaniga ishonching komilmi? - qosh chimirdi erkak.
- Ha, - Sohyon shunchaki tasdiqladi.
Oraga yana sukunat cho'mdi. Oshxonada bir muddat faqatgina sanchqi likopga urilgani tovushi yangradi.
- Aytgancha... Taehyung, - qiz gap boshlashga urinib yana jim bo'lib qoldi.
- U bilan biror gap bormi? O'sha ablah yana qarshingdan chiqdimi? - keskin so'radi janob Lee, - Men o'tgan gal uning tog'asiga men bilan o'ralashsa nima yuz berishini tushuntirib qo'ygandim.
- Yo'q, - darhol inkor etdi qiz, - Shunchaki so'ramoqchi edimki, u kim..Ya'ni nega bizni oilaga ziyon yetkazisha uringani qiziq.
Janob Lee javobni kuttirgan ko'yi og'zidagini xotirjam chaynagancha likopiga tikildi. Qo'lidagi sanchqi bilan qarshisidagi taomni biroz titib qo'yar ekan, o'sha pinagi buzilmagan qiyofada Sohyonga nigohlarini ko'tardi.

- U mening dushmanimning o'g'li, - qisqa javob berdi erkak, - Aytgancha senga yangi qo'riqchi olaman. Taehyung haqida havotirlanmasang ham bo'ladi.
Qog'oz sochiqchaga labini artgan erkak shunday deya ovqatlanish stolidan turdi.
- Avvalgisiga nima bo'ldi? - javobini taxmin qilsa-da, savol berdi qiz.
Erkak Sohyonning ko'zlariga bir muddat ma'nosiz qarab turdida, oshxonadan chiqish uchun qadam tashladi.
- O'z vazifasini bajara olmagani sabab yetarlicha jazolandi, - sovuq ohangda ma'lum qildi Lee, - Aytgancha..-
Erkak eshik yoniga yaqinlashgan chog'i, nimadir yodiga tushganday joyida to'xtadi.
- Ertaga Jihoon Amerikadan qaytishini aytdi, - janob Lee yangilikni yetkazgancha qizning javobini kutdi.
- Yaxshi, - ensasi qotishini yashirishga uringan Sohyon boshqa so'z demadi.


Timeskip ➡️

23:15

Tun. Klub qarshisida asabiy turgan Sohyon telefonidagi xabarlarga yana bir ko'z tashlab qo'ydi. Xabardagi tahdidli harflar qizni ko'rsatilgan manzilga kelishga undamoqda.
- Jin ursin seni Taehyung!
Sohyon chuqur nafas chiqarib qo'ygan ko'yi ichkariga qadam tashladi. Aralashib ketgan iforlarning yoqimsiz havosi yuziga urilar ekan, qiz ilk soniyalardayoq ushbu joyni yoqtirmadi. Rangli o'ynoqi chiroqlar Sohyonning ko'zini og'ritib ulgurdi. Tizzasidan biroz pastroq uzunlikdagi ko'ylagini siqimlagan qiz odamlar orasidan o'tgancha, nigohlari bilan tanish bo'lib ulgurgan chehrani izlay boshladi. To'liq yoritilmagan keng zal va nigohni chalg'ituvchi harakatchan rangli chiroqlar biror kimni tanib olishni qiyinlashtirmoqda. To'satdan ortida his etgan sharpa va bo'ynidan o'ralgan kaft Sohyonning ko'ksidagi qo'rquv quturib ketishiga sabab bo'ldi. Qizning kichik qichqirig'i baland musiqa ta'sirida eshitilmadi.
- Aqlli qizaloq. Aytilgan manzilga aytilgan vaqtda yetib kelibdi.
Qiz qulog'i ostida tanish yog'on ovoz eshitilganida, ortida kim turganini faxmladi. Qo'llari orqali bo'ynidan qisgan kaftdan xalos bo'lish ilinji bilan, baquvvat barmoqlarni birin ketin bo'shatishga harakat qildi.
- Qo'yib yubor, - tirsagi bilan urgancha jahl qildi Sohyon.
- Shoshilma quyoshim, - Taehyung qo'lini qizning bo'ynidan bo'shatdiyu, bilagidan qisdi.
Ortiq bir so'z aytmay odamlar oralab klub zalining chekkaroq o'rindiqlari tomon yetaklay boshladi. Yelkasiga berilgan bosim bilan yumshoq charm o'rindiqqa o'tkizilgan qiz, hali og'iz ochib ulgurmay yigit uning yoniga joylashdi.
- Qarshimdagi o'rindiqqa o'tirishing mumkin edi, - nariroq surilgancha dedi Sohyon.
- Va senga yaqin masofada bo'lish imkonini boy berishim kerakmi, - Taehyung ham yanada surilgan ko'yi qizning yuziga yaqin egildi.
Ikkisining orasidagi harorat ko'tarilayotgandek, Sohyonning nafas olishi noqulaylashdi. U masofani yanada kengaytirishga urindiyu, beliga urilgan yumshoq suyanchiqdan allaqachon charm divan burchagida ekanini angladi.
- Ho'sh...Nega meni bu yerga chaqirding, - tezroq uyga qaytish maqsadida mavzuni tezlatishga urindi Sohyon.
- Axir o'zing otangni tinch qo'yishim va o'ldirmasligim evaziga istaganimni qilishingni aytgan eding, - Taehyung kecha tundagi suhbatni eslatgan bo'ldi.
- Men hali bu gaplaringga to'liq rozi bo'lmadim, - Sohyon nigohini olib qochish uchun yuzini boshqa tomon burdi, yigitning nafasi bo'yin terisiga urilmoqda, - Men .. nima istashingni so'radim xolos.
- Men esa ohangingga qarab, har narsaga tayyor ekaningni his qildim, - Taehyung qizga yanada yaqin masofada egildi, - Unda keyingi safar menga halaqit berishga urinib atrofimda o'ralashma, qizaloq. Chunki endi seni ham ayab o'tirmasligim mumkin.
Ayni damda ularning stoliga yaqin kelgan ofitsant Taehyung qizdan biroz uzoqlashishiga sabab bo'ldi.
- Janob Taehyung, - ofitsant yigit stol ustiga ikki qadah viski va ustki qavati oq kremdan iborat shirinlikni joyladi, - Yana nimadir kerakmi, - iltifot bilan so'radi yigit.
- Yo'q, ketaverishing mumkin, - quruq ohangda javob berdi Taehyung.

Ofitsant ulardan uzoqlashar ekan, yigitning nigohlari yana Sohyon tomon qaratildi. Kutilmaganda qizning belidan o'ralgan baquvvat qo'l osonlik bilan uni ko'tarib Taehyungning tizzasiga o'tkizdi.
- Nimalar qilyapsan, - yigitning keskin harakatidan cho'chib ketgan qiz o'rnidan turish uchun tipirchiladi.
Biroq Taehyungning qo'li Sohyonning belini yanada qattiqroq qisgancha bunga imkon bermadi. Ikkala qo'li bilan Taehyungning changalini bo'shatishga chiranayotgan qiz, labi yaqiniga kelgan sanchqini sezib biroz to'xtadi.
- Og'zingni och, - salkam buyruq ohangida dedi Taehyung sanchqiga olingan shirinlikni qizning labiga yanada yaqinlashtirib.
- Istamayman, - Sohyon yana bir bor Taehyungning tizzasidan turishga urindi.
- Unga hech narsa qo'shilmagan, - yigit qo'lini Sohyonning belidan yanada qattiqroq o'rab olgancha sanchqidagi shirinlik bo'lagini o'z og'ziga soldi.
O'tkir nigohlari qizning ko'zlariga qadalgancha xotirjam chaynalar ekan, qo'lidagi sanchqi navbatdagi bo'lakni oldi.
- Og'zingni och, - Sohyonning qulog'iga yaqin egilib chuqur ovozda dedi yigit, - Uni yeyishingni istayman.
Taehyungning ohangiga tushunarsiz itoat bilan, qizning lablari orasi biroz ochildi. Keyingi harakat bilan shirinlik Sohyonning og'ziga kirdi. Mamnuniyat bilan qizni kuzatgan Taehyung navbatdagi bo'lakni sanchqi bilan kesib oldi. Jarayon takrorlandi. Qizning labiga tekkan oq rangli kremni kuzatgan yigit lab chetida jilmaygan ko'yi og'ir yutinib qo'ydi. Sohyon barmoqlari bilan labini artmoqchi bo'ldiyu, bilagidan qisgan Taehyungning qo'li bunga ruxsat bermadi. Yigit navbatdagi bo'lakni qizning labiga yaqin olib keldi.
- Sen otangga o'xshamaysan, - past ovozda dedi yigit.
- Men...oyimga ko'proq o'xshayman, - Sohyon holatidan noqulay bo'lishda davom etib javob berdi, - U Rossiyalik..
Hammasi yana takrorlangan singari Sohyon yana shirinlik bo'lagi uchun og'zini ochdi. Taehyungning tundlashgan nigohlari qizning labidagi oq rangli kremni kuzatishda davom etdi. Noqulay bo'lgan qiz kremni tili bilan tozalashga urindi.
- Jur'at etma, - qat'iy ovozda man etdi Taehyung, - Buni men qilaman.
To'satdan yigitning qo'li Sohyonning belini tark etib bo'ynining orqasidan sochlari bilan qisgancha ushladi. Soniya o'tmay bosim bilan Taehyung tomon yaqinlashtirilgan qiz lablariga botgan nam iliqlikni his etdi. Sohyon yangi hissiyotdan vahimaga tushgan ko'yi yigitning ko'ksidan itarishga chirandi. Biroq bo'yni ortidan qisgan kaft ushbu bo'sadan qutulishga imkon bermasdi. Yigit xotirjamlik bilan Sohyonning lablaridagi shirinlikni so'rishda davom etdi. Ichida paydo bo'lgan taranglik ta'sirida qizning qo'llari Taehyungning yoqasini siqimladi. Sohyon yuqori sonlari ostida sezilarli bo'lib borayotgan *qattiqlikni his qilganida chinakam vahimaga tushgan ko'yi yana tipirchilashini boshladi. Nihoyat qizning bo'ynini holi qo'ygan Taehyung uning lablaridan uzoqlashdi.
- Bu rejada emasdi, - qizning ko'zlaridan nigohini uzmay og'ir ovozda pichirladi yigit.
- Ablah, - alam bilan o'rnidan turishga urindi qiz, - Jin ursin seni!
Sohyon stol ustidagi sanchqini olgancha Taehyungning bo'yniga tiradi. Qizning ko'zlari sezilarsiz yoshlanishdan yaltiramoqda.
- Agar yana bir bor menga yaqinlashsang, - jahldan so'zlari tomog'iga tiqilgancha dedi qiz, - Seni o'zim o'ldiraman, Taehyung.
Sohyon divan ustida turgan telefonini qo'liga oldiyu, tez-tez yurgancha klub eshigi tomon yo'l oldi. Uning ortidan bir zum tikilib qolgan Taehyungning jiddiy nigohlari yana o'z ro'parasidagi kimningdir yuziga qaratildi.

*

Timeskip ➡️

Oradan 1 kun o'tdi. Tun. Qarshisida ochilgan kompyuterda o'z loyihasi matni ustida ishlayotgan qiz hayolini jamlashga qiynalardi go'yo. Kecha sodir bo'lgan ilk bo'sasi hayolining barcha burchagini egallab olgandek ko'z oldida takrorlanmoqda. Taehyungning iliq nam lablari o'z labiga qarshi qanday harakatlanganini qayta-qayta aniq his etmoqda.
- La'nati telba, - pichirlagancha haqoratladi qiz.
Ayni damda taqillagan eshik Sohyon cho'chib tushishiga sabab bo'ldi.
- Xonim, kechki ovqatga chaqirgani keldim. Otangiz ham allaqachon uyda, - eshik ortidan xizmatchi ayolning ovozi yangradi.
- Yaxshi, - horg'in ovozda javob berdi Sohyon, - Hozir tushaman.


Ko'p vaqt o'tmay zinalardan pastlagan ko'yi oshxona tomon yo'l olgan qiz, eshikdan ichkariga kirishi bilan otasining g'azabkor qiyofasi bilan duch keldi.
- Kecha tunda qayerda eding, - erkak Sohyon o'tirib ulgurmay so'roqqa tutdi.
Savolni eshitgan qizning terisi vahimadan jimirlab ketdi. Ko'ksidagi yurak ritmi barcha yomon taxminlarni his etgancha notekis urishga tushdi.
- Men.. kecha, - qiz javob berishga qiynalgan ko'yi duduqlandi.
- Qanday jur'at etding? - kutilmaganda balandlagan erkak ovozi Sohyonni soch uchigacha titratib yubordi, - Buni ko'r. Jin ursin seni buni ko'r.
Janob Lee qizga yaqin kelgancha telefoni ekranini qizning ko'ziga taqadi. Sohyon Taehyungning tizzasida o'tirgan surati qizning otasi kuzatadigan biznes bo'yicha saytga joylangan.
- Men.. Dada..bu, - qiz so'zlarini yo'qotgancha vahima ifodalagan ko'zlarini ekrandan oldi.
Kutilmaganda kelib tushgan tarsaki Sohyonning yuzini qizdirib yubordi.
- Kelib kelib dushmanimning o'g'li bilanmi, - g'azab bilan vishilladi erkak, - Nima haqqing bor.. Meni sharmanda qilishga nima haqqing bor seni!?
- Buni sizni himoya qilish uchun..-
- Himoya qilish uchunmi? - qizning gaplarini bo'ldi erkak, - Meni himoya qilish ojiza bir qizga qoldimi?
Sohyon jim qoldi. Ko'zlarini yerga tikkan ko'yi shunchaki otasi haqoratli gaplarini tugatishiyu, xonasiga haydashini kutib sukut saqladi.


22:40

O'z yotog'ida shiftga tikilib yotgan qizning miyasi yomon o'ylardan xalos bo'la olmasdi. Ortiq chiday olmagan Sohyon telefonini olgancha hali saqlanmagan, ammo tanish bo'lib ulgurgan raqamga qo'ng'iroq yubora boshladi. Chaqiruv signallari tinib javob berilganlik tovushi yangradi.
- Qayerdasan? - jiddiy ovozda so'radi Sohyon.
- Allaqachon meni sog'indingmi quyoshim, - yigitning savol bilan javobi eshitildi.
- Ablah, - Sohyon pichirlagancha telefonni siqdi, - Gaplashib olishimiz kerak.
- Yaxshi, - osongina rozi bo'ldi yigit, - Senga manzilni yuboraman.


Timeskip ➡️

Qiz bugun ham kechagi kabi tungi klub manzili emas ekaniga biroz xotirjam ichkariga kirdi. Keng va xira yoritilgan zal deyarli bo'm-bo'sh. Bir nechta billiard stollari ustidan osilib tushgan chiroqlar zalni yoritish manbayi sifatida xizmat qilmoqda. Billiard tayog'ini koptokchalarga to'g'irlagancha zarb bergan yigit mamnunlik ifodalovchi tovush chiqarib qo'ydi. Atrofda undan boshqa tirik jon ko'rinmaydi. Yuqorisidan tushgan chiroq yigitning sarg'ish tusdagi sochlarini yanada yorqinroq ko'rsatmoqda.
- Zdrastivuyte solnishko.. Xo'sh, - Taehyung hanuz qo'lidagi uzun tayoqni navbatdagi koptokchaga to'g'irlagan ko'yi gap boshladi, - Nega meni ko'rishni istading quyoshim.
- Nega unday qilding, - Sohyonning qadamlari yigit tomon yaqinlashar ekan talab ohangida so'radi, - Mendan otamni sharmanda qilishda foydalanding.
- Men uni jazosiz qoldirishni istamadim, - quruq ohangda javob berdi Taehyung, - Lekin sen iltimos qilganingdek uni o'ldirmadim. Shunday ekan muammoying nimada qizaloq.
Kutilmaganda jahl bilan ko'tarilgan Sohyonning kafti yigitning yuziga tarsaki tushirdi.
- La'nati, maraz, - alam bilan haqoratladi qiz, - Sen..albahsan.. Jin ursin seni.. Otamdan qasos olish uchun xatto meni ilk bo'samni ham o'g'irlading. Sen pastkashsan..
Taehyungning qorong'u o'tkir ko'zlari Sohyonga qaratilar ekan, qizning qadamlari ikkilanish bilan orqaga surilishiga sabab bo'ldi. Yigit jahl bilan Sohyonning yelkalaridan ushlagancha ko'ksiga yaqin tortdi. So'ng bir urinishda paxta qo'g'irchoqdek ko'targan ko'yi qizni billiard stoliga yotqizdi.
- Nimalar qilyapsan? - Sohyon qo'rquv ichida tipirchilab Taehyungdan xalos bo'lishga urindi.
Yigit yaqinroq egilgancha ikki tizzasi bilan qizning sonlarini siqib qo'ydi. Kutilmaganda cho'ntagidan chiqarilgan pichoqni ko'rgan Sohyonning ko'ksidagi daxshat yanada quturdi.
- Nima qilmoqchisan, - og'ir nafas olar ekan, titroq ovozda so'radi qiz.
Javob bermagan Taehyung bosh barmog'ini qizning labiga botirdi. Majburan lablari orasini ochar ekan, qo'lidagi kichik yassi pichoq Sohyonning og'iz bo'shlig'iga kirib keldi. Tiliga tekkan metalning sovuqligini his etgan qizning har bir dyumi muzlab ketdi go'yo. Pichoqning yon tomoni botirilgani sabab hali biror nuqta kesilmagan. Yigitning keskin harakatidan daxshatga tushgan Sohyon uning ko'zlariga tikilgan ko'yi harakatsiz qoldi. Biror qimirlash, so'z aytish labi yoki tili kesilishiga sabab bo'lishini tushunib turgan qiz shu holatda umidsiz nigohlarini yuqorisidagi o'tkir ko'zlarga tikdi.
- Qani nega jim qolding, - jahl bilan pichirladi Taehyung, - Haqorat qil meni, - aqldan ozgan kabi qiyofada asabiy ohangda dedi yigit, - Bo'laqol quyoshim, meni haqorat qil, jim turma.
Qizning ko'zlaridan sizib chiqqan yosh qulog'i tomon o'rmaladi. Taehyungning bosh barmog'i hozirgi harakatining aksi tarzda muloyimlik bilan qizning yoshini artdi.
- Ko'z yoshlar meni yanada hayajonlantiradi, - yigit Sohyonning qulog'iga pichirladi.
Taehyung yana yuzini uzoqlashtirgan ko'yi qizning nigohlariga qarar ekan, sekinlik bilan og'zidagi pichoqni chiqarib oldi.
- Ehtiyot bo'l qizaloq..Meni yanada qiziqroq va mazaliroq o'ljamga aylanib qolishing mumkin, - Taehyung qizga yaqin egilib lablariga qarata shivirladi, - Agar men boshlasam.. to'xtamayman