May 10, 2025

Qora Marvarid

Baxt izidan koʻpchilik quvadi lekin, hamma ham yeta olmaydi

Bazm. Yorug‘ chiroqlar, mayin kuylar, xushbo‘y gullar va yolqinli nigohlar.

— Hoy, Jungkook, qarang, u qiz qanday chiroyli... Yur, tanishamiz, — dedi Tae shivirlab, boshi bilan ko‘rsatdi.

Jungkook qaradi... va yuragi beixtiyor urishni to‘xtatgandek bo‘ldi. Ko‘zlariga tanish nigoh tushdi. Yodidagi bir surat go‘yo ro‘yo kabi jonlandi.

— Tae, bu... bu Yeji...

— Ey, men uni emas, yonidagini aytayapman. Seni sevgilingga ko‘z olaytirmayman, — dedi Tae kulimsirab, keyin esa boshqa malikalar tomon yurib ketdi.

Jungkook esa qotib qoldi. Yeji yonida turgan qiz...

— U — malika Elena. Sin qirolligining arzandasi.

U zudlik bilan Yeji yoniga bordi. Uni raqsga taklif qildi, ich-ichida bir narsa qiyshayib, ezilib borayotgan bo‘lsa-da.
Yuraklar bir-biriga hamohang duk-duk urar qiz esa yuzlari allaqachon qizil tusga kirib boʻlgan edi.

Bazm davom etardi. Har kim o‘z hayolini chetlab, kulgu aralash hayotdan lazzat olar edi. Ammo bu lazzat faqat yuzaki edi. Shu tariqa, bayram ham nihoyasiga yetdi.


Kimlar Qirolligi

— Janob Jungkook va Janob Taehyung, sizlarni akangiz chaqiryapti.

— Ho‘p, boramiz, — dedi Tae.

Xonaga kirishdi.

— Jk, Tae, sizlarga aytadigan gapim bor. Sizlar uylanasizlar. Bu masalada hech qanday bahs-munozara bo‘lmaydi. Men sizlarga yetarlicha vaqt berdim. Men uylanganimga besh yil bo‘ldi, sizlar hali ham bolalarcha yuribsizlar!

— Hyung... — dedi Jk norozilik bilan.

— Gap tugadi! Etarlicha sabr qildim. Endi vaqt keldi. Tae, sen Mira ismli qizga uylanasan. Jk esa — Elenaga.

Jungkook quloqlariga ishonmadi.

— Biz ularni hatto ko‘rmaganmiz yuzlarini ham...

— Endi ko‘rasiz. Yoshlari: Mira — 20, Elena —18 Sin qirolligining malikalaridir. Endi chiqib ketinglar.

— Iltimos, biroz vaqt bering, — deb so‘randi Jk.

— Vaqt bering, deb turib, sizlar abadiy beqaror yuraverasizlar! Men jiyanli bo‘lishni istayman. SO‘QCHILAR! Ularni olib chiqing!

Jungkookning ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Nafasi ichiga tushib ketdi. Ko‘ngli g‘ash, yuragi tiqildi. Sevgan qiziga bergan va’dalari, halolligi, va... sirli rishtasi.

Osmonda qora bulutlar to‘plandi. Qizil atirgullar g‘ira-shira qoraya boshladi. Daryo g‘azab bilan g‘uvillab to‘lqinga aylandi. Jungkook ichidagi jahldan titrardi.

“Men unga so‘z berganman. Men u bilan... U mening sevgim, tanamga, qalbimga tegib ulgurganim. Endi boshqa biriga uylanish... bu xiyonat.”


Sin Qirolligi

— Men keldim, — dedi Elena, ammo tovushida yurak og‘rig‘i bor edi.

— Nega kechikding? Opang qani?

— U yo‘lda... men biroz ushlanib qoldim...

— Mayli... Ha, esdan chiqibdi. Elena, sen Kimlar oilasidagi Jk bilan unashtirilding. Opang esa Taehyungga.

Elena titrab ketdi.

— Dada... biz ularni bilmaymiz. Men bunday nikohni istamayman.

Namjoon nigohini qiziga qadab oldi.

— Sen... rad etmoqchisanmi?

U qo‘llarini ko‘tardi, sehrli kuchi bilan qizini havoga ko‘tardi.

— Rozimisan yoki o‘lamisan?! Gapir!

— Y...yo‘q... — dedi Areum, ko‘zlarida yosh, lekin ovozida qat’iyat.

— ROZIMISAN?!

Namjoon uni bo‘g‘a boshladi. Qizning yuzi ko‘m-ko‘k tus oldi. Naqadar shafqatsizlik! Ko‘z oldi qorayib, yuragi to‘xtab qoladigandek bo‘ldi. Va nihoyat...

— DADA, BAS QILING! Iltimos, uni qo‘yib yuboring! Men roziman! Men ROZIMAN! Faqat Elenani qo‘yib yuboring! — deb baqirdi Mira, ko‘zlaridan yosh sel bo‘lib oqardi.

Namjoon sekin qizini qo‘yib yubordi. Og‘ir nafas olganicha, xonani tark etdi.

Elena yerda yotgancha ho‘ngrab yig‘lardi. Nafas olishi qiyinlashgan, butun vujudi qaltirardi. Mira darrov yoniga yugurdi.

— Elena! Nafas ol, iltimos, sog‘misan? Shukur... Shukur, endi hammasi yaxshi bo‘ladi.

— Opa... Nega? Nega rozi bo‘ldingiz? Axir bu sizning hayotingiz, orzularingiz emasmi? Axir siz... oppoq orzular bilan, oq otli shahzodangizni kutgandingiz...

Mira titrab dedi:

— Men hohlaganim u edi deb oʻylaysan mi?Senk qutqarmoqchi edim...Agar sen oʻlgan taqdirda ham meni turmushga berar di. Seni qutqarib qoldim shuni bil boshqa hech narsa!

— Endi yur, xonangga olib boraman.

— Yo‘q o‘zim boraman

— Yo‘q. Men olib boraman.


Xona.

— Opa, ketavering dam olamoqchiman

— Mayli... xayrli tun~Deya Mira eshikni ortidan yopib chiqib ketti.

Mira chiqdi. Elena esa xonani vayron qildi. Har bir qulab tushgan buyum — orzusi edi. Har bir yig‘i — yuragining yoriq joylaridan chiqqan faryod.

— Yoongi... sen kelaman deganding... Qaytaman deganding... Men kutgandim... sevgan edim... Endi esa? Meni begona qo‘liga topshirmoqchilar... Men uni hech qachon ko‘rmaganman... Uning ovozini eshitmaganman...

U oyoq ustida zo‘rg‘a turib, oynaga qaradi.

~Bu men emas. Bu hayot meniki emas. Bu nikoh- mening qabrim bo‘ladi...

Yoongi uning bolaligidagi yaqin do‘sti, sirdoshi deb hisoblaydi, lekin uni sevib qolganini u ketib qolgandan so‘ng tushundi. Yoongi ketib qolganda u bor-yo‘g‘i 15 yosh edi (odamlar hisobiga ko‘ra 15 yosh).



Mira (ko‘z yoshlari bilan baqirib):
— Nega hayot bunday?! Men butun umrimni oq otli shahzodamni kutib yashadim. O‘zimni asrab keldim, yuragimni faqat o‘sha bir kishiga saqladim! Ammo nima bo‘ldi? U kishi hali ham yo‘q... Men esa o‘zim tanimagan, bilmaysan odamga... turmushga berilyapman!
(to‘xtab, chuqur nafas oladi, so‘ng yana dardi portlaydi)
— Nega hayot meni bunchalik jazolayapti?! Yetmaganday, singlimni o‘limiga ham men sababchiman! Men rozilik bergan kun... hammasi tugagan kun edi. Men... ahmoq edim!


Quyoshning ilk nurlari xona devorlarida o‘ynar, xotirjam tong uyg‘onayotgan saroyda esa bir yurak haligacha kechagi zulmatda edi.

Eshik sekin ochildi.
— Xonim, opangiz sizni nonushtaga chaqiryapti, — dedi xizmatkor ehtiyot bilan.
— Hozir boraman, — deya javob berdi Elena xirgoyi ohangda.

Yuzini engil bo‘yoq bilan yuvib, quyi qavatga tushdi. Zalda faqat opasi — Mira — sukutda ovqatlanayotgan edi.

— Dadam qayerda?

Mira~qattiq ohangd
— Kecha ketganlaridan beri hali kelmaganlar.

Areum~boshini quyi solgancha
— Sen... unga turmushga chiqmoqchimisan?

Mira~kulgusiz tabassum ila
— Ha...
to‘xtamay davom etadi
— Dasturxonga kel.


Saroy orqasida esa yana bir olam qaynoq edi — siyosat, qon, va tinchlik nomidan qurbon qilinayotgan orzular.

Kim Seokjin — odam, ammo qirol. Kim Namjoon — vampir, lekin hukmron. Ularning dushmanligi qadimdan. Endi esa, urushga yakun yasash uchun, ular o‘z farzandlarini unashtirmoqchi.

Jeon Jungkook — Jinning asrab olingan ukasi, qiyin taqdir egasi.
Kim Taehyung — hayot bilan olishib ulg‘aygan yigit, uning eng yaqin do‘sti.
Kim Mira — jodugar malikasi, ko‘ngli parcha-parcha.
Kim Elena— eng kichik vampir malika, ammo eng chuqur dard unga tegishli.

Afsonalar o‘z yo‘liga — dunyoda uchta eng kuchli vampir mavjud: RM, Jimin va Hoseok. Ammo ular ham bir maxfiy vampirdan qo‘rqadi...


Nonushta

Jin har doimgidek sovuq, ammo qat’iy ohangda so‘z boshladi:
— Ertaga sizlarning qayin otangiz keladi.

Taehyung~hayrat bilan
— Qayin ota? Biz hali uylanmoqchi emasmiz!

Jungkook:
— Ha, biz bunga tayyor emasmiz. Aka, endi siz bizning hayotimiz haqida qaror qilasizmi?

Jin:
— Qilmaslikka xohishim bor, lekin majburman. Sizlar hamon uylanishga tayyor emassizlar!

Jungkook~g‘azab bilan
— Men bir qizga vada berganman! Agar siz meni majburlasangiz, men uni baxtsiz qilaman!

Jin~qat’iy
— Gap tugadi. Jungkook — Areumga, Taehyung — Miraga uylanadi. Ertaga RM kelganda sukut saqlaysizlar!

Jungkook~yuragiga o‘t bo‘lib
— Men sevgan qizni tashlab... majburiy nikoh bilan baxtli bo‘la olmayman!

Taehyung:
— Hyung... orzularimiz armon bo‘ladimi?

Jin:
— Orzularingizni xotinlaringiz bilan qurib olasiz. Menga esa avlod kerak — jiyan!

Taehyung~jim bo‘lib
— Siz bilasiz-ku... men abadiy yashamayman. U qizning umrini barbod qilishdan qo‘rqaman.

Jin~bo‘g‘iq
— Unday bo‘lmaydi.

Jungkook~tovushini ko‘tarib
— Men sevganim bor, men baxtli bo‘lishga haqliman! ~qayta baqirib
— Jungkook, sen mendan bir oy kichik bo‘lsang-da, men sen erta ketmoqchi misan

Jungkook o‘rnidan turib, yuzini yashirib
— Bu hazil emas, Kim Taehyung...
~ketib qoladi


POV: Jungkook

"Nega aynan men? Nega sevganim — gunohdek his qilinadi? Men ham baxtli bo‘lishga haqliman-ku... Lekin menga bu ruxsat etilmayapti. Kasalim — taqdirimga bo‘lgan hukm. Areumni ko‘rganimdan beri yuragim boshqa uradi. Unga yaqin bo‘lish — hayot demak. Ammo men unga yaqinlashsam, hayotini zaharlayman. Shu uchun... sevmasligim kerak edi."~ko‘z yoshlar ichra o‘tirarkan, birdan yonida kimdir to‘xtaydi

— Nega yig‘layapsan?~ dedi mayin ovoz. — Yigitlarning ko‘z yoshlari ham bor ekan-ku...

— Ishing bo‘lmasin~ deya yuzini o‘girdi Jungkook.

— Aytsang, yengillashadi. Ba'zida dardni bo‘lishish — dardni yengishdir.

Jungkook ilk marta ko‘zlarini unga qarata oldi. Bu qiz — o‘zi ham yig‘lab kelgan edi, lekin baribir uni tinchlantirmoqchi. Bu... o‘zini unutgan qalbning so‘nggi najotidir

— Dardimni aytaymi?

— Ha, ayt.

— Mayli. Meni akam bir qizga uylantirmoqchi. Men yo‘q dedim, lekin u rozi bo‘lmadi. Lekin bilasanmi... men ham o‘sha qizni sevib qolganman.
— Unda nima muammo?

— Oxirigacha eshit.

— Hop, ayt.
— Unga uylansam, keyinchalik uzoqqa ketib qolaman. U esa baxtsiz bo‘lib qolishidan qo‘rqyapman.

— Qayerga ketasan?

— Juda uzoqqa... — dedi u boshini ko‘tarmay.

— Endi sen-chi, nega yig‘lab kelayotganding?

— Menda ham shunaqa holat. Meni bir yigitga turmushga bermoqchi. Otam aytishicha, bu sulh uchun kerak emish. Lekin men uni biror marta ham ko‘rmaganman. Yuragimni esa boshqasiga berganman. U ham vampir.

— Keyin nima bo‘ldi? O‘sha vampirga nima bo‘lgan?

— Bu 8 yoki 9 yoshimda bo‘lgan. Bir bola bor edi. Katta vampirning o‘g‘li. Bilasanmi, vampirlar yiliga bir marta boshqalarning qonini ichish huquqiga ega. Ayniqsa zangori oy chiqqan kuni...

Qutqarish uchun u izimdan bordi. Yetib borguncha, meni himoya qilish uchun sehr ishlatdi. Hayotimni saqlab qoldi. Lekin onam o‘sha yerda vafot etdi. O‘shandan beri u va otasi portaldagi olamda yashaydi. U yerda ish juda og‘ir bo‘lgan. Men esa Yoongini sevib qoldim...

— Zo‘r hikoya ekan... Ko‘nglimni ko‘targaning uchun rahmat, — dedi u hali ham boshini ko‘tarmay o‘tirgancha.

— Meni ko‘nglingni ko‘targan qizning ismini bilsam bo‘ladimi?

— Meni ismim... Elena

Jungkook bu ismni eshitishi bilan beixtiyor o‘rnidan sapchib turdi. Ko‘zlari keng ochildi, yuragi urib ketdi:

— Sen... Elena misan?

— Ha, aytdimku...

Jungkookning rangi oqarib ketdi, nafas olishi tezlashdi. U bir lahza jim bo‘lib qoldi, so‘ng:

— Elena iltimos, bu yerdan ket.

— Nega?

— Iltimos... bu go‘zal maysazordan chiqib ket. Qizlarga iltifot ko‘rsatib, chiroyli so‘zlar aytadigan ahvolda emasman hozir...

U uni ko‘rsa, yuragi og‘rirdi. Uning ko‘zlarida Elena aks etardi. Shuning uchun u tezda orqasiga qaytib, u yerdan uzoqlashdi.

Tong otishiga bir necha soat qolgan edi. Jungkook saroyga bildirmasdan devordan oshib, xonasiga qaytdi. Har bir qadami yuragini ezardi. U yana Elenani o‘ylay boshladi. Telbalarcha. Ich-ichidan sevardi. Lekin...

Jungkook o‘zini oynada ko‘rib, chuqur xo‘rsindi.


Pov: Jungkook

"Nega meni sevmaysan, Elena Nega yuragingni hali ham o‘sha bolalig‘ingdagi vampirga berib qo‘ygansan? Men chiroyli emasmanmi? Men yetarli emasmanmi sen uchun?"

U boshini quyi soldi. Ichidagi iztirob bilan yuzlashdi.

"O‘zingni bos, Jungkook. Esingda bormi? Seni sevgan boshqa bir qiz bor. Sen unga vada bergansan... O‘zingni unutma."

Shunday deb o‘zini ovutishga harakat qildi va pastga tushdi.


Nonushta zalida...

— salom hammaga.— dedi u, atrofga nazar tashlab.

— Jungkook, tanish. Bu Tae... va bu sening qaynotang.

— Qaynota?

— Ha. Tanishing. Bu... Kim Namjoon.

Jungkook bir lahza to‘xtab qoldi. So‘ng sovuqqina kulimsirab dedi:

— Men sizning kuyovingiz emasman. Ha, aytgancha, qizingiz yuragini allaqachon boshqaga berganini bilasizmi?

Namjoonning ko‘zlarida g‘ira-shira shubha yaltiradi:

— Kim ekan? Mening qizlarim sevgisini yashiradiganlardan emas. Har qanday o‘zgarish qulog‘imga yetib keladi. Axir men vampirman...

— Men kelib-kelib vampirga kuyov bo‘laman deb o‘ylamagandim, — dedi Jungkook kulimsirab. — Qulog‘ingizga qanday yetib keladi?

— Biz vampirlar yaqinlarimizni yuragi bilan eshitamiz. Masofa hech narsa emas...

— Juda qiziq... — Jungkook ortga qadam tashladi. — Men keta qolay...

To‘satdan, zinalardan shoshib tushayotgan xizmatkor ayolning ovozi butun saroyni larzaga soldi:

— Taehyung janob!!!

Ayol sirg‘alib ketdi, zinadan qulab tushdi. Boshidan qon oqayotgan edi. Oxirgi so‘zini g‘o‘ldirab aytdi:

— Taehyung... janob...

Va ko‘zini yumdi.

Saroydagilar darhol 3-qavatga chopishdi. Taehyung yerda yotar, labidan qon oqardi. Jungkook yugurib borib, tizzasiga cho‘kdi:

— Tae! Iltimos! Ko‘zlaringni och!

Tabib chaqirildi. U kelib, Tae’ni tekshirdi.

— Janob, ukangiz nonushta qilganmidi?

— Yo‘q, u hali hech nima yegani yo‘q edi. Nima bo‘ldi?

— U... zaharlanibdi.

— Nima? Kim zaharladi? Uni xonasida faqat...

Avtor•Elena

Kanal•Painful

1 epizod tugatildi