Haqiqiy qirolicha.
2 qism: yangi shahar yangi hayot
O‘sha kuni Amira o‘z vatani — Qomarni tark etib, Shams saltanati sari yo‘l oldi. U hali oldinda uni qanday yangi hayot, cheksiz sinovlar, baxt va haqiqiy muhabbat kutayotganini tasavvur ham qilolmas edi. Bir necha haftalik uzoq safardan so‘ng, nihoyat u Shamsning ulug‘vor saroyiga yetib keldi.
Amira o‘z bo‘lajak erini atigi bir marta — Qomarda bo‘lib o‘tgan nikoh marosimida ko‘rgan edi. Hatto o‘shanda ham yuzidagi parda ortidan xolos. Nikoh vaqtida ularning orasini parda to‘sib turgan, to‘y davomida esa ular bir-biriga tik qarashga ham jur’at etishmagandi.
Men bu yerga moslasha olarmikanman?..
Erim qanday inson ekan?..
Otam menga faqat eringga suyan, unga doimo ishon, degandilar… Ammo men deyarli tanimaydigan insonimga qanday ishonaman?..
Amira shu xayollar girdobida yurarkan, qanday qilib Umarning xonasiga kirib kelganini ham sezmay qoldi.
Umar qo‘lida kitob ushlagancha javon qarshisida turardi. Amirani ko‘rishi bilan u kitobni ohista joyiga qo‘ydi-da, unga tomon yurdi. Amira esa ko‘zlarini yerga tikib turardi. Negadir unga qarashdan cho‘chirdi… yo‘q, bu qo‘rquv emas edi. Bu yuragini titratayotgan hayajon edi. Umrida otasidan boshqa bir erkak bilan ilk bor bir xonada yolg‘iz qolish hissi edi.
Umar unga yaqinlashib, asta Amiraning yuzidagi pardani tushirdi.
Zulmatdek qop-qora, uzun sochlari yelkalari uzra to‘kildi. Umar ko‘zlarini undan uzolmay qoldi. Qarshisida xuddi ertaklardagi pari misol bir ayol turardi — oppoq chinnidek teri, g‘unchaday lablar, uzun kipriklar, tun kabi qora ko‘zlar va ochilgan qizil atirgulni eslatuvchi chehra…
Qisqa sukunatdan so‘ng Umar mayin ovozda dedi:
— Aytishlaricha, oy husnining yarmini sizga bergan emish… Ammo men bu gap yolg‘on deb o‘ylayman. Alloh sizga shunday go‘zallik ato etganki, hatto oyning o‘zi ham sizning qarshingda uyalar edi.
Bu so‘zlardan Amiraning yuragi tez ura boshladi, yonoqlariga qizillik yugurdi. U asta boshini ko‘tardi va ilk bor Umarning ko‘zlariga tik boqdi.
Qora tun kabi chuqur nigohlar, egilgan uzun kipriklar va qalin qoshlari unga qarab turardi.
Amira past ovozda, zo‘rg‘a eshitilar darajada dedi:
— Maqtovingiz uchun… rahmat.
— Eshitishimcha, siz kitoblarni yaxshi ko‘rarkansiz, — dedi Umar muloyim ohangda. — Men bilan yuring.
U uning qo‘lidan ehtiyotkorlik bilan tutib, kitob javoni oldiga olib bordi.
— Bular mening eng sevimli kitoblarimdan ayrimlari. Istaganingizni tanlashingiz mumkin. Qachon xohlasangiz, saroy kutubxonasiga kirib, istagan kitobingizni o‘qishingiz ham mumkin.
— Bu kitoblar juda noyob ekan… Katta rahmat. Men albatta ularni o‘qiyman, — dedi Amira samimiy tabassum bilan.
U boshini ko‘tarib Umarga qaraganida, Umar javon orasidan olingan, xuddi uning lablaridek qip-qizil atirgulni unga uzatayotgan edi.
Amira gulni qo‘liga olib, uning iforini hidladi va yuzida mayin tabassum paydo bo‘ldi. Yuragi esa tobora tezroq urardi.
— Ayollarga qanday muomila qilishni yaxshi bilar ekansiz, — dedi u.
— Yo‘q, — dedi Umar sekin. — Men hech bir ayolga sizga bo‘lgani kabi munosabatda bo‘lmaganman. Atirgulimni qabul qilasizmi?
— …Albatta. Bunday gulni qanday rad etish mumkin?
Shu tariqa ikki yosh qalbning ilk suhbati, ilk muhabbati va ilk oqshomi oddiy, ammo iliq so‘zlar bilan boshlandi.
Amiraning Shams saltanatidagi hayotga ko‘nikishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. Ammo otasi aytganidek, Umar doimo uning yonida edi. U Amiraga bilan ko‘p gapilashar, ular birga bo‘lganida esa go‘yo butun dunyo yo‘qolib ketardi.
— Ey mening Amiram, qalbim malikasi… sening borliging menga berilgan eng buyuk ne’matdir. Bizning uchrashuvimizga sabab bo‘lgan shu tinchlik uchun Allohga hamd bo‘lsin.
— Ha, — dedi Amira sokin tabassum bilan. — Ikki saltanat orasidagi tinchlik ikki oshiq qalbni birlashtirdi.
— Amira, menga bir va’da berasanmi?
— Qanday va’da?
— Mendan boshqa hech kimniki bo‘lmasligingni… va jannatda ham mening ayolim bo‘lishingni.
Amira kulimsirab unga qaradi.
— Nimalar deyapsiz?.. Men azaldan sizniki bo‘lganman. Siz ham faqat menikisiz. Biz bir-birimiz uchun yaratilganmiz. Buni hech qachon unutmang.
— Albatta, ey qalbimning Amirası…
— Ha, ey qalbimning podshohi…
Ularning muhabbatiga hamma havas bilan qarardi. Ammo odamlar orasida birovning baxtini ko‘rolmaydigan, hasad va yomon niyat bilan yashaydiganlar hamisha topiladi.
Umarning ukasi — Vard esa Umarning Kusuful Shams taxtiga o‘tirganini hech qachon qabul qila olmas edi.