May 11

Haqiqiy qirolicha.

Haqiqiy qirolicha
1 qism: Amira

Tavsiya: Bu hikoya Xo‘tak Hotun (yoki Hotun) haqidagi rivoyatlardan ilhomlangan bo‘lib, u bir necha yil davomida Buxoroni arab bosqinlaridan himoya qilib, yurtiga tinchlik olib kelgan malikadir. Asarda ayrim voqealar tarixiy manbalarga tayansa-da, ko‘plab ism va hodisalar to‘qima bo‘lib, hikoya to‘liq tarixiy asar hisoblanmaydi. Faqat ayrim jihatlargina Xo‘tak Hotun hayotidan ilhomlangan.
Qahramonlar
Amira — hikoya bosh qahramoni. Urush ichida ulg‘aygan, kuchli, dono va go‘zal malika.
Umar — Amiraning bo‘lajak eri.
Podshoh (otasi) — xalqini sevuvchi, oqil va mehribon hukmdor.
Ilmu Fattoh — Amiraning ustoz va murabbiysi.
Qo‘shimcha ma’nolar
Qomar — arab tilida Oy.
Shams — arab tilida Quyosh.
Kusuful ShamsQuyosh tutilishi, ya’ni oy va quyoshning birlashuvi.
Tarix sahifalarida minglab podshohlar, amirlar, xonlar va sarkardalar nomi bitilgan. Ammo xalqini, yurtini, e’tiqodini va or-nomusini himoya qilgan bir ayol haqida juda oz inson biladi… U — buyuk malika Amira edi.
Amira o‘n uch yoshga kirganidan beri uning vatani — Qomar davlati qo‘shni Shams saltanati bilan urush ichida yashardi. U nega yoshligidan janglar orasida ulg‘aydi? Bu o‘zini himoya qilish uchunmidi? Yo‘q. Buning sababi u taxtning yagona vorisi edi.
Otasi unga boshqa malikalar kabi musiqa va rassomlikni emas, balki qilich tutishni, jang san’atini, strategiya va diplomatiyani o‘rgatishni afzal bildi. Shu sabab Bag‘doddan o‘zining eng yaqin do‘sti va buyuk olimi — Ilmu Fattohni olib keldi.
Boshqa malikalar saroy devorlari ichida san’at bilan mashg‘ul bo‘lib ulg‘aygan bir paytda, Amira madrasa eshiklari soyasida, ilm va qilich tarbiyasi ostida voyaga yetdi. U ilmni ham, jangni ham mukammal egalladi.
Amira o‘n sakkiz yoshga to‘lganida, qo‘shni davlat tinchlik shartnomasini taklif qildi. Shamsning eski podshohi vafot etgan, taxt esa uning to‘ng‘ich o‘g‘li — Umarga o‘tgan edi.
Shams va Qomar uzoq yillik urushni tugatib, tinchlik ostida birlashishga qaror qildi. Bu ittifoqni mustahkamlash uchun Amira o‘zi hech qachon ko‘rmagan inson — Umar bilan turmush qurishi kerak edi. Ular birgalikda yangi birlashgan saltanat — Kusuful Shamsni boshqarishardi.
Amira Qomardan Shamsga jo‘nab ketadigan kunida, otasi uni yolg‘iz chaqirib dedi:
Qizim, hozir men sen bilan podshoh sifatida emas, ota sifatida gaplashmoqdaman. Sen begona yurtga, notanish insonlar orasiga ketmoqdasan. Ammo u yerda ishonishing va suyanishing mumkin bo‘lgan bir inson bor. U — bo‘lajak ering, bilaman bu ishim hato seni ko'rmagan va bilmaydigan insoninga turmushga berish menga ham oson emas. ammo qirol sifatida men hallqimni yana urishdan azoblanishini istamayman. iltimos meni to'g'ri tushunva va mendan hafa bo'lma.
Amira otasining so‘zini muloyimlik bilan bo‘ldi:
Yo‘q, ota. Bunday demang. Men bu nikohga o‘z ixtiyorim bilan rozi bo‘ldim. Hayotimda nima yuz bermasin, sizni ayblamayman. Bu mening taqdirim. Agar shu ittifoq ikki xalqga tinchlik olib kelsa, men bunga qarshi chiqishga haqli emasman.
Qizining bu so‘zlarini eshitgan podshoh uning peshonasidan o‘pdi. Axir hech bir ota-onaga yagona farzandini begona yurtga kuzatish oson emas edi.
Va nihoyat o‘sha kun…
Amira o‘z vatani — Qomarni tark etdi va taqdiri tomon, Shams saltanatiga yo‘l oldi.