August 27, 2018

BOLALIKDAGI RUHIY ZARBA ASORATI HAQIDA OILAVIY PSIXOLOG MIXAIL LABKOVSKIYDAN 15 TA FAKT

1. Ko'pchilik odamlar o'zini introvert deb hisoblaydi, lekin ular har doim ham introvert bo'lishmagan. Bolalik chog'ida sirlarini ota-onasi bilan bo'lishishga xarakat qilgan, lekin uning so'zlari hech kimga qiziqmasligi tushingan (kattalardan doim boshimni qotirma, meni tinch qo'y kabi so'zlarni eshitgan). Mana shundan boshlab o'zidagi barcha muammoni yengib, o'zining hech kimga kerak emasligini va ayniqsa muammolari hech kimni qiziqtirmasligini tushingan.

2. Insonning bolalik chog'ida olishi kerak bo'lgan tuyg'ularidan biri xavfsizlik (muhofazalanganlik) hissiyoti - ruhan sog'lom va nevrozlardan holi kelajakning poydevoridir.

Lekin agar ota-ona haddan ortiq agressiv yoki negativ bo'lsa xavfsizlik haqida gap bo'lishi mumkinmi?..! Ularda doim hammasi yomon. Yani oiladagi muhit - xalokat kutishdan iborat. Ularning nazarida hozirning o'zida nimadir sodir bo'ladi. Yiqilasan, sinasan, zaxarlanasan, "avtomobil urib ketadi", institutga kira olmaysan, hunuksan, dangasasan.

Mana qayerda - "mayda" ruhiy zarbachalar! Negativ e'tirozlar qayta-qayta takrorlanavergani sari qiynoqlar qalbga chuqur o'rnashib beraveradi. Qadimda har xil qiynoq turlari mavjud bo'lgan, Ovro'pada - savalab harob qilgan bo'lishsa, Hitoyliklarda odam aqldan ozguncha pat bilan qitiqlashgan ekan. Farqi faqat shunda.

3. Ruhiy shikastlanishning eng katta qismi 3, 5 yoshda ro'y beradi. Bejizga ota-bobolarimiz farzand 5 yoshgacha o'ynab-kulsin deyishmagan.

4. Bir martalik ruhiy zarbalar - bu: bolakayni qorong'u xonada yolg'iz qoldirishdan olgan qattiq qo'rquvi; qaynoq suv to'kilishi; ona ota bilan ajrashib ketishi; buvijonining o'limi va shunga o'xshash boshqa maishiy hayot o'tmishlari..., ruhiy, jismoniy zo'rlanishlarni ham hisobga olganda.

5. Qayta takrorlanadigan ruhiy zarbalar ham mavjud. Bola har kuni siqiladigan yoki o'zini agressiv, ishonchsiz va hokazo tutadigan nevrotiklar orasida yashasa. Yoki bolalar bog'chasida yoki maktabida uni hafa qilishsa, tinch qo'yishmasa yani qayta-qayta takororlanaveradigan holatlar.

6. Ruhiy zarbadan hamma bola ham bir xil shikastlanmaydi. Birining ruhiyati kuchli bo'lsa, boshqasiniki tasirchanroqdir. Jiddiy fojea bir bolaning ruhiyatida iz qoldirmasa, boshqasinikida esa hatto mushugining o'limi ham butun umrga yodida qoladi.

7. Barqarorlik, qulaylik, ishonch - mana nima olishi kerak bola ota-onasidan. Agar ota-ona o'zini agressiv tutsa, bolani tanqid qilsa, nafsoniyatini yerga ursa, unda bolaning butun insoniyatga, umuman hayotga bo'lgan ishonchi yo'qolishi tabiiy hol. Mening bir dugonam bor, u doim bir gapni takrorlaydi: odamlarni yomon ko'raman. Mushuk, it boqadi, va sababi kundek ayon: hayvonlar uni sotishmagan, ammo o'z otasi ishonchini suiste'mol qilgan.

8. Ko'p odamlar kommunikativ yani odamlar bilan aloqaga kirishish muammolaridan azob chekishmoqda: kimgadir fikr va his-tuyg'ularini yetkazish uyoqda tursin hatto yoniga borib gapirolmaydilar, va ohir-oqibat hayotda takomillasha olmaydilar. Nima uchun? Chunki u 4 yil umrini savolga javob bermaydigan onasiga savollar berish bilan o'tkazgan, natijada na o'zining, na savoligining bu dunyoga ahamiyati borligini tushingan. Va bunga u juda ko'p bor urunib ko'rgan. Endi esa bolakayning yoshi 30 da, va kim bilandir ishonchli suxbat qurish haqidagi fikrdan allaqachon voz kechgan.

9. Ruhiy zarba birinchi navbatda qo'rquv va havotir tuyg'usini shakllantiradi keyin esa fobiya va odamlarga ishonchsizlikka aylanadi.

10. Agar to'liq ammo nevrotik (asabiy) oilani va noto'liq (otasiz yoki onasiz) ammo ruhan sog'lom oiladan bittasini tanlash kerak bo'lsa, psixologik nuqtai-nazardan ikkinchisi maqul.

11. Ha, ko'p muammolarimizning asosi bolalik paytimizga borib taqaladi. Ammo ota-onangizni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishingiz kerak. Ular sizni katta qilish uchun qo'llaridan kelganini qilishgan. Ularni o'zgartira olmaysiz, yolg'iz o'zingizni, o'z qarashlaringizni o'zgartirishingiz lozim! - bolalik stenariysini o'zingiz boshqatan yozib, va undan ulg'ayishingiz zarur.

Agar yoshlik chog'ingizda olgan ruhiy zarbalaringiz farzandlaringizda ham bo'lishini hohlamasangiz, o'zingizni namunali tuting, farzandlaringiz sizdan qo'rqishmasin, siz orqali hayotga bo'lgan ishonchni his qilishsin. Hatto yonida bo'la olmagan taqdiringizda ham, hohlagan vaqtida siz bilan aloqaga chiqa olsin, telefon qilib, maslaxatlashib, savollariga javob ola olsin. Agar farzandingiz sizga nimanidir gapirib berayotgan bo'lsa, gapini bo'lmaslikga va maslaxatlar bermaslikga xarakat qiling, shunchaki uni tinglang.

12. Agar siz:

- Hech kimga ishonmasangiz;

- O'z his-hayajonlaringizni tasvirlay olmasangiz;

- Ruhan ezilgan bo'lsangiz yani ("Men seva olmayman", "Men hech narsani his qilmayman");

- Na oilada, va na sohangizda natijaga erisha olmasangiz;

- Farzandli bo'lishni hohlamasangiz yoki qo'rqsangiz;

- Sizda ruhiy tushkunlikga moyillik bo'lsa va hokazo.


👆 BULARNING BARCHASI BOLALIK CHOG'INGIZDAGI RUHIY ZARBANING ASORATI BO'LISHI MUMKIN.

Baxtsiz bolaligingiz hunini butun umr to'lashga majbur emassiz. Va hammasini, deyarli hammasini to'g'irlashning imkoni bor, hammasi o'z qo'llaringizda OMAD!

↪️ @PsixoloG_A