Raqamli markirovka iqtisodiyotning yangi infratuzilmasi sifatida: Toshkentdagi INNOPROM ko‘rgazmasi birinchi kunining yakunlari
20-aprel kuni Toshkentda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” 6-xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Uch kun davomida mazkur maydon Yevroosiyo mintaqasida sanoatni rivojlantirish va texnologik hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun biznes va hukumat vakillarini bir joyga jamlaydi.
Birinchi kun iqtisodiyotni raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Raqamli markirovka evolyutsiyasi: tovar aylanmasini nazorat qilishdan iqtisodiyotning yangi infratuzilmasi sari” mavzusidagi sessiya asosiy tadbirlardan biri bo‘lib, unda davlat organlari, biznes va tarmoq tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Muhokamalar markazidan raqamli markirovka tizimining nazorat vositasidan to‘laqonli raqamli ekotizimga aylanishi masalasi o‘rin oldi. Munozara ishtirokchilari markirovka allaqachon tovarlarni tekshirish doirasidan chiqib, ma’lumotlar, xizmatlar va transchegaraviy hamkorlik platformasiga aylanib borayotganini ta’kidladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Olimjon Fayziboyev markirovkalangan mahsulotlar bozorining o‘sish sur’atini alohida qayd etdi: “2025-yilda markirovkalangan mahsulotlar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga o‘sib, 16 mlrd dollarga yetdi. Ishlab chiqarish va import hajmi esa 64 foizga ortib, 5,5 mlrd donani tashkil qildi. Berilgan kassa cheklari soni 40 foizga, ularning umumiy summasi esa 21 foizga ko‘paydi. Prezidentimiz 2026-yilni O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish yili deb e’lon qildi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Asl Belgisi” tizimi elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn-kassalar va boshqa raqamli servislar bilan integratsiyalashgan bo‘lib, bu uni iqtisodiyot shaffofligini oshirishning muhim vositasiga aylantirmoqda.
“CRPT TURON” bosh direktori Anatoliy Bachikalov mamlakatda raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirishning besh yillik yakunlarini taqdim etdi: “Bugungi kunda davlat organlari va tovar aylanmasi ishtirokchilari boshqaruv panellari (dashbordlar) orqali tovar oqimlarini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatiga ega, bu esa barcha uchun nihoyatda muhim. Besh yillik davrda biz 14 mlrddan ortiq kod chiqardik. Avvalgi “INNOPROM”lardan birida O‘zbekiston birinchi bo‘lib pivo markirovkasini joriy etganini ta’kidlagan edik: bu vaqt ichida uning savdosi 148 barobarga oshdi. O‘tgan yilning aprel oyida suvni markirovkalash yo‘lga qo‘yildi va bir yil ichida ishlab chiqaruvchilar hamda importchilarning kodlar bilan bog‘liq operatsiyalari soni 30 barobarga ko‘paydi”.
U bozorning ayrim segmentlaridagi sezilarli o‘zgarishlarni ham qayd etdi: tamaki mahsulotlari tovar aylanmasining 18 foizga o‘sishi, pivo importchilari sonining 40 foizga ko‘payishi, shuningdek, tamaki sohasida yashirin aylanmaning 9 foizgacha va alkogol segmentida 16 foizgacha kamayishi shular jumlasidandir.
Tizimning funksionalligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Anatoliy Bachikalovning ta’kidlashicha, yangi vositalar, jumladan, bozor ishtirokchilari uchun inventarizatsiya o‘tkazish imkoniyati joriy etilmoqda, shuningdek, tovar guruhlari ro‘yxati kengaytirilyapti: “Akkumulyator batareyalarini markirovkalash yo‘lga qo‘yildi. Rejada mineral o‘g‘itlar, o‘simlik moylari, biologik faol qo‘shimchalarni markirovkalashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tibbiy buyumlarni markirovkalashni kengaytirish ko‘zda tutilgan”.
Shuningdek, sessiya ishtirokchilari markirovkaning farmatsevtika bozoriga ta’sirini qayd etishdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda bozor hajmi 25 foizga o‘sib, 72 trillion so‘mga yetgan, tizimga ulangan dorixonalar soni qariyb 7600 tani tashkil etgan, markirovkalangan mahsulotlar assortimenti esa bir necha barobarga oshgan.
Muhokama yakunlari shuni ko‘rsatdiki, mintaqada raqamli markirovka faqatgina nazorat vositasi bo‘lib qolmayapti. Bugungi kunga kelib u bozor shaffofligini ta’minlash, biznes uchun tavakkalchilikni kamaytirish va iste’molchilar ishonchini oshirish orqali iqtisodiy infratuzilmaning muhim qismiga aylanib bormoqda.
“INNOPROM. Markaziy Osiyo”ning birinchi kuni markirovka tizimi kabi raqamli yechimlar iqtisodiyotning yanada shaffof, boshqariluvchan va ma’lumotlarga asoslangan yangi modelini shakllantirishda hal qiluvchi o‘rin tutishini tasdiqladi.
Цифровая маркировка как новая инфраструктура экономики: итоги первого дня ИННОПРОМ в Ташкенте
20 апреля в Ташкент начала работу 6-я Международная промышленная выставка «ИННОПРОМ. Центральная Азия». В течение трёх дней площадка объединит представителей бизнеса и власти для обсуждения ключевых направлений промышленного развития и технологического сотрудничества в Евразийском регионе.
В первый день особое внимание было уделено вопросам цифровизации экономики. Одним из центральных событий стала сессия «Эволюция цифровой маркировки: от контроля товарооборота к новой инфраструктуре экономики», в которой приняли участие представители государственных органов, бизнеса и отраслевых организаций.
В центре обсуждения оказалась трансформация системы цифровой маркировки из инструмента контроля в полноценную цифровую экосистему. Участники дискуссии отметили, что маркировка уже выходит за рамки проверки товаров и становится платформой данных, сервисов и трансграничного взаимодействия.
Заместитель председателя Налогового комитета Республики Узбекистан Алимжан Файзибаев подчеркнул динамику роста рынка маркированной продукции: «В 2025 году товарооборот маркированной продукции достиг 16 млрд долларов, увеличившись на 20% по сравнению с предыдущим годом. Объем производства и импорта составил 5,5 млрд единиц, увеличившись на 64%. Количество выданных кассовых чеков увеличилось на 40%, а их совокупная сумма — на 21%. Наш президент объявил 2026 год в Узбекистане годом сокращения теневой экономики».
По его словам, система Asl Belgisi уже интегрирована с электронными счетами-фактурами, онлайн-кассами и другими цифровыми сервисами, что делает её важным инструментом повышения прозрачности экономики.
Генеральный директор CRPT TURON Анатолий Бачикалов представил итоги пяти лет развития системы цифровой маркировки в стране: «Сегодня у государственных органов и участников оборота есть возможность в режиме реального времени отслеживать товарные потоки через дашборды, что крайне важно для всех. За пятилетний период мы эмитировали более 14 млрд кодов. На одном из предыдущих ИННОПРОМов мы отмечали, что Узбекистан первым внедрил маркировку пива: за это время его продажи выросли в 148 раз. В апреле прошлого года была запущена маркировка воды, и за год количество операций с кодами у производителей и импортеров увеличилось в 30 раз».
Он также отметил значительные изменения в отдельных сегментах рынка: рост товарооборота табачной продукции на 18%, увеличение числа импортеров пива на 40%, а также снижение теневого оборота до 9% в табачной отрасли и до 16% в алкогольном сегменте.
Отдельное внимание было уделено развитию функциональности системы. По словам Анатолия Бачикалова, внедряются новые инструменты, включая возможность проведения инвентаризации для участников рынка, а также расширяется перечень товарных групп: «Запущена маркировка аккумуляторных батарей. В планах — запуск маркировки минеральных удобрений, растительных масел, БАД, а также расширение маркировки медицинских изделий».
Участники сессии также отметили влияние маркировки на фармацевтический рынок. По их данным, в 2025 году он вырос на 25% и достиг 72 трлн сумов, при этом число аптек, подключённых к системе, составило около 7600, а ассортимент маркированной продукции увеличился в несколько раз.
Итоги обсуждения показали: цифровая маркировка в регионе уже перестала быть исключительно надзорным инструментом. Сегодня она становится важной частью экономической инфраструктуры, обеспечивая прозрачность рынка, снижение рисков для бизнеса и повышение доверия со стороны потребителей.
Первый день ИННОПРОМ. Центральная Азия подтвердил, что такие цифровые решения, как система маркировки, играют ключевую роль в формировании новой модели экономики - более прозрачной, управляемой и ориентированной на данные.