February 7, 2025

💫A handsome alien💫

4-qism. Xato va kamchiliklar uchun uzr va yoqimli mutolaa😊
...Ovqatlanishni davom etdim. Ovqatlanib bõlgach, zerikkanimiz uchun Vashingtonni bir aylanib kelish uchun chiqib ketdik. Va yõlda uchragan birinchi parkni ichiga kirib ketdik. U yer shunchalar katta ediki, butun park atraksionlar bilan tõlgan edi. Uni ichiga kirib aylanib yurganimizda 11 chi sinfning boshida ketgan sinfdoshimni kõrib qoldim. Tõğrisi u bilan kõrishgim kelmadi, lekin baxtga qarshi u ham meni kõrib qoldi. Men faqat Leo bilan birga aylanmoqchi edim lekin u buni buzdi. U meni kõrganidan sõng qõlini balan kõtarib chaqirdi. Men ham indamay qõl siltab qõydim. Leo esa indamay unga qarab qõydi va menga ikkilanib qarab qõydi men esa Leoga qaraganim ham yõq. Sinfdoshim menga yaqinroq keldi va sõray boshladi
- Salom yaxshimisan? Bu yerda nima qilyapsan?
- ha yaxshi õzingchi? Shunchaki õqishga- deb javob betib qõydim. Sinfdoshimning ismi adashmasam Hajun edi. Hajun asta Leoga qaradi va Leo unga jahl bilan qarab turar edi. Men buni sezdim va ularni tanishtirib qõymoqchi bõldim.
- Leo tanish b..- gapimni oxirigacha aytmasimdan Hajun õzini tanishtirdi
- Men Hanjun man -dedi qõlini chõzib. Qaranglara men hatto uni ismini bilmayman, nega u meni eslab qoladi nega u Leo ikkalamizning sayohatimizni buzadi. Õsha payti õzim ham Hanjundan nafratlanib ketdim. Leo Hanjunga bir boshdan oyoq bir qarab chiqdida
- Men Leo man - dedi Hanjunning qõlini siqib va avvalgidan õta farqli va jiddiy ohangda
Men bilib turar edim u meni Hanjundan rashk qilayotgan edi va shuning uchun ham negadir yanada Hanjunga gapirib Leoning rashkini keltirgim kelaverdi.
Xullas, biroz jimlikdan sõng Leoga qarab
- Leo u mening sinfdoshim bõlgan -deb qõydim. Leo unga kõzini uzmasdan qarab turar edi. Sõng Hanjunga Leoni tansihtirdim
- Hanjun Leo mening...haligi...y..y- sõzimning oxiriga kelib ikkilanib qoldim va buni Leo bildi va meni õrnimga javob berdi
- Men uning yigitiman- dedi ishonch bilan. Ğalati men Leo meni sevmaydi deb õylar edim. Chunki, men unga birinchi bõlib sevishimni aytganimda u õylab ham õtirmay qayoqdagidir chips bersang bõldi deb rozi bõlib ketgan edida. Men u shunchaki chips uchun men bilan birga deb õylar edim ammo unday emas ekan, ovqat ustida aytgan gapidan sõng õylanib qolgan edim, hozir esa isbotlab qõydi.
Xullas, Leo bu gapni aytganidan sõng Hanjunning rangi qandaydir õzgarib ketti. Men esa ichimda Ha bildingmi endi ket, bizni holi qoldir. Nima qilasan biz bilan? Umuman olganda men yigitim bilan aylanishga chiqqanmiz sen esa ortiqcha booraqol deb õylab turdim va jimlik kõproq chõkib qoldi. Õzimni noqulay his qila boshladim va majburlikdan unga biz bilan aylanishni taklif qildim. Taklif ailgan paytim Leo menga yalt etib qaradi. Men esa unga qayrilib ham qõymadim. Yaxshiyamki, Hanjunda farosat ishlar ekan taklifni rad etib, ketdi.
Shundan sõng Leo mendan sõradi
- Nega unga biz bilan aylanishni taklif qilding? - u shunday dediyu birdan õsha avvalgi yoqimtoy va erkatoy ohangda gapirdi
- Haligi.. vaziyat shunday edi. Masalan uyinga mehmon keldi lekin sen uni ichkariga kirishiga taklif qilmasang qanday uyat bõladi? Ana õshanday payt edi- deb qõyaverdim
- Sizlarda odamlar ichkariga kirish uchun ruxsat olishlari kerakmi?
- Ha albatta sizlarda qanday?- biz shu tarzda savol javob qilib parkni aylana boshladik.
- Bizda uy senikimi narsa senikimi umuman farqi yõq bemalol õzingnikiday ishlataverasan
- Haa shundaymi? Lekin bizda shunday qilishsa juda tarbiyasizlik bõladi- dedimda yerga qarab yuraverdim. Biroz vaqtdan sõng Leo menga 3 ta õq orqali sharlarni yorsangiz ayiqcha beradigan joyni kõrsatdi va dedi
- Kel senga anavi yerdan ayiqcha yutib olib beraman
Men unga ğalati qaradim va
- Yõq ular sharlarni shunchalar qattiq qilishadiki uni oldiga borib ursang ham yorolmaysan. Shunchaki pulingga kuyasan holos- deb qõydim

- Kelaqolsangchi men bunda yaxshiman. Hatto ular shunday qilgan bõlsa ham yora olaman- dedi u
- Kel garov õynaymiz agar yorolmasang meni bitta tilagimni bajarasan, agar yorolsang men seni tilagingni bajaraman- dedim hatto õylamasdan turib. Chunki ukam Londonga ketmasidan oldin u bilan faqat shunday deb garov õynar edikda. Lekin Leo "hop" deb qõydi. Biz u yerga bordik. U qõliga 3 ta õqni oldi va qaysilariga otishi haqida biroz õylandi. Õylanib bõlgach birinchi õqni otgan edi aynan mõjalga olganiga borib yegdi va shar yorildi. Men bir tomondan hursand bir tomondan hafa edim. U sharni yorganini kõrib hatto õyinning egasi ham hayron qoldi. Leo menga bir kulib qarab qõydi va yana ikkinchi õqni otdi. U ham borib bitta sharni yordi. Men hayron qolib qarab turar edim. U uchunchisida ham nishonga aniq tekkizdi va bitta kattaroq ayiqcha yutib oldi. Õyinning egasi shunchalar hayron ediki uning yuzi buni aytib turar edi. Leo oldimga kulib keldi. Ayiqchani menga berdi va yõl boshlab ketib qoldi. Men unga indamay ergashdim. Sõng u mebga qarab
- yur katta sharxpalakka boramiz - dedi.
Men indamay bosh chayqab qõydim. Biz charxpalakka bordik va mindik. Joylashib olganimizdan sõng u menga qarab gap boshladi
- Hõsh tilagimni tilaveraymi?
- Ha agar hohlasang- dedim alam hissi bilan
- Hmm...meni tilagim....- shunday degancha u yana biroz õyga botdi va oynachadan atrofga qaradi. Õylab bõlgach birdan dedi
- Ha meni tugamas tilagim bõlsin!
Men hayron qolib:
- Nima? Tugamas? Bu adolatdan emas - dedim ham mağlubiyatdan alam chekib ham hazillashib. U esa menga "nega?" Degandek qarab turar edi. Va shu payti mening yuragim erib ketti. Men endi gapirmoqchi edim ammo u gapirib qoldi:
- Nega endi adolatsizlik ekan? Agar sen yutganingda va sen ham shunday deganingda men rozi bõlar edim- dedi u
Men hayron bõlib dedim
- hõsh nega?
- Chunki...men sen uchun hamma narsa qilaman- dedi kulinroq. Men esa hayron qoldim. Yuzimdagi kulgu biroz yõqoldi va miyyamni tõğirlab olganimdan sõng uyalganimdan yuzimni ayiqcha bilan tõsib oldim. U ham meni uyalganimni bildi va kulib boshqa joylarga qarab alaqsirab qoldi. Sõng asta yuzimni ochib unga aytdim
- Mayli, men roziman hohlaganingcha istagingni bajaraman. Faqat qila oladigan ishimni ayt kelishdikmi?
- Kelishdik- dedi Leo quvonchi ichiga siğmay
- Hõsh, hozir ham birorta tilak tilaysanmi?-dedim unga qarab
- Ha albatta. Mening birinchi istagim bu boshqa yigitlar bilan gaplashma - dedi sal balandroq ovozda.
Yana uyalib ketdim va
- Rashk qilganmiding?, mayli boshqa gaplashmayman- dedim yanayam qizarib
- Albatta - dedi ham uyalib
Shu bilan charxpalakdan tushadigan vaqt bõldi. Tushganimizdan sõng kech tushgani uchun uyga qaytishga qaror qildik. Parkdan chiqqanimizdan sõng biroz yurganimizdan keyin, Leo tõxtab qoldi. Va meni yoniga chaqirdi.
- Hoy buyoqqa kel
- Nima bõldi?- dedim yoniga borib
- Mening yana bir tilagim...
- Haa tilak tilamoqchimisan?
- Ha.. haligi
- Hõsh hõsh nima ekan?
- Haligi qõlingdan ushlasam bõladimi?
Uning shu gapidan keyin nima deyishni bilmay uning qõliga qarab indamay qõydim. Keyin u asta qõlimdan ushladi. Uning qõli sal sovuq va menikidan kattaroq edi. Qandaydir ğalati... uning qõli sovuq bõlsada menga issiqdek tuyular edi. Xullas, tariflashga til ojiz...biz shu bilan uyga keldik. Ovqatlandik, biroz televizor kõrdik, sõng uxlashga yotdik. Uxlashdan oldin u yana bitta tilagini tiladi. Uning tilagi shu edi: matrasni birlashtirib birga yotish. Men nima ham deyardim rozi bõldim. Xullas, shunday qilib uxlab qoldik....

Xato va kamchiliklar uchun yana bir bor uzr. Sizga yoqdi degan umiddaman. Reaksiya va koment qoldirib keting!😊
By Aurora