August 29, 2018

GM Uzbekistan Nexia va Malibu ishlab chiqarish hajmlarini oshirmoqda

GM Uzbekistan tomonidan avtomobillar savdosi qayta boshlanganligi va xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan murojatlarni inobatga olgan holda, talab yuqori bo‘lgan avtomobillar modellarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirishning tez moslashuvchan mexanizmini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, mexanik uzatmali Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari avgust oyidan boshlab 3501, sentyabr oyida 4143 donagacha oshirildi. Yil oxirigacha esa ushbu modelning ishlab chiqarish hajmlari 34 804 donagacha yetkaziladi.

Shuningdek, Malibu avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari oyiga 240 donadan 2200 donaga oshirish rejalashtirilgan.

Kompaniya mijozlar tomonidan taklif va talablarni inobatga olgan holda boshqa rusumdagi avtomobillarning ishlab chiqarish hajmlarini ham yaqin oylarda oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda.

@Avto_maslaxat

Biz bilan bog'lanish uchun: @bm766