September 7, 2018

Avtomobil uchun “chiroyli” raqam: 5 ta muammoli vaziyatda qanday qilib undan ajralib qolmaslik mumkin

Odamlar mashinalari uchun o‘zlari xohlagan davlat raqamini qo‘lga kiritish maqsadida maxsus onlayn-auksionlarda rekord darajadagi mablag‘larni sarflamoqda. Norma bunday investitsiyalar huquqiy jihatdan xavfsiz yoki aksincha bo‘lishi mumkinligini tekshirib ko‘rdi.

Estalib o‘tamiz, avtomobil raqamlari turiga qarab 3 usulda taqdim etiladi:

  • “oddiy” raqamlar — navbat asosida (raqamlash ketma-ketligiga qarab ortib boradi);
  • “chiroyli” raqamlar, maxsus ro‘yxatga kiritilgan — maxsus onlayn-auksion orqali (boshlang‘ich narx EKIHning 35—130 baravari miqdorida bo‘ladi);
  • “o‘zing tuzib ol” turidagi raqamlar (fuqaro “chiroyli” raqamlar ro‘yxatiga kirmagan raqam va harflar kombinatsiyasini tanlashi mumkin) — DYHXX hududiy bo‘linmasiga ariza uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan.

Muhim! Avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandiga muvofiq har qanday raqam avtotransport egasining shaxsiy mulki hisoblanmaydi va raqam unga belgilangan maqsad yo‘lida qat’iy foydalanish uchun beriladi. Ya’ni raqamdan shaxsiy mulk sifatida hech kim foydalana olmaydi.

Biroq davlat raqamlarni saqlab qolishning bir qator kafolatlarini taqdim etadi.

Mashina sotilganida (sovg‘a qilinganida yoki almashtirilganida)

Agarda avtomobil sotilsa uning avvalgi egasi “chiroyli” yoki “o‘zing tuzib ol” raqamlari kimda qolishini hal qiladi. “Oddiy” raqamlar esa mashinaning yangi egasi o‘tadi yoki yo‘q qilinadi.

“Chiroyli” yoki “o‘zing tuzib ol” raqamlarining avvalgi egalari o‘zlari sotib olgan raqamni saqab qolish bo‘yicha Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga (DYHXX) murojaat qilishga haqli. DYHXX ushbu raqamni uning avvalgi egasi boshqa avtomobilga qo‘ymagunicha bepul saqlaydi. Agarda raqamdan 12 oy ichida foydalanilmasa, uning avvalgi egasini huquqi yo‘qqa chiqadi.

Avtomobilning yangi egasi raqam uning avvalgi egasi tomonidan “saqlab” qo‘yilmagan bo‘lsagina uni qo‘lga kirita oladi. Buning uchun ariza topshirish lozim.

Muhim! Agarda avtomobil boshqa hududga sotilgan, uning avvalgi egasi raqamni saqlab qolish bo‘yicha ariza bermagan bo‘lsa, raqam yangi ro‘yxatga olish joyida yo‘q qilinadi. Ushbu raqam qaytadan tayyorlanib, yangi savdoga chiqariladi.

Avtomobil raqamining egasi uni boshqa odamga sotishni (sovg‘a qilishni) istab qolsa

“Chiroyli” yoki “o‘zing tuzib ol” raqamlarini avtomobildan alohida sotish mumkin emas, chunki u doim davlat mulki hisoblanadi. Biroq raqamni texnik jihatdan yaqin qarindoshlarga taqdim etish mumkin. Buning uchun esa:

  1. Avtomobilni sotish (sovg‘a qilish, almashtirish) kerak;
  2. DYHXXga raqamni avvalgi egasi tomonidan saqlab qolish to‘g‘risida ariza taqdim etish lozim;
  3. DYHXXga raqamni boshqa bir yaqin qarindoshga (ota-ona, qondosh aka-uka, opa-singil, turmush o‘rtoq, farzandlar (arsab olingan farzandlar ham ular qatorida), bobo-buvi, nabiralar, shuningdek, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, qondosh aka-uka va opa-singillari) yoki mulkka birgalikda egalik qilish huquqiga ega shaxsga (odatda bu turmush o‘rtoq bo‘ladi) berish bo‘yicha ariza topshirishga kerak. Shu bilan birga ushbu raqam qaysi avtomobilga o‘rnatilishi ham ko‘rsatilmog‘i kerak.

Eslatma: yuridik shaxslarning “chiroyli” va “o‘zing tuzib ol” raqamlari faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan boshqa transport vositasiga o‘tishi mumkin:

  • xuddi shu yuridik shaxs uchun — transport vositasining sobiq egasi uchun;
  • uning huquqiy vorisi uchun (yuridik shaxsni qayta nomlash, qo‘shib yuborish, qo‘shilish, bo‘lish, ajratish yoki o‘zgartirganda);
  • boshqa bir yuridik shaxs — avtotransportning avvalgi egasi ishtirokchisi (asoschisi, a’zosi);
  • boshqa bir yuridik shaxs, mashinaning avvalgi egasi hisoblangan ishtirokchi (asoschi, a’zo).

Raqamni avtomobil bilan “sotish”ning usuli:Raqam sotuvchisi unchalik qimmat bo‘lmagan avtomobilni sotib olib, DYHXXga ariza bergan holda unga “chiroyli” yoki “o‘zing tuzib ol” raqamini o‘rnatadi. Shundan so‘ng arzon avtomobil qimmat raqam bilan birga sotiladi (sovg‘a qilinadi). Avtomobilni DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida transport vositasining yangi egasi raqamni saqlab qolish bo‘yicha ariza topshiradi. Ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin esa raqamni boshqa bir avtomobilga joylashtirish bo‘yicha ariza beriladi. Yugur-yugurlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, maqsadga erishish mumkin.

Raqamga shikast yetganida

“Chiroyli” yoki “o‘zing tuzib ol” raqamiga shikast yetganida DYHXXning hududiy organlari avtotransport votisatining ro‘yxatdan o‘tgan ma’lumotlari asosida uning nusxasini taqdim etadi. Nusxalar DYHXXning hududiy organlarini talabnomasiga asosan beriladi. Raqamlar nusxasi taqdim etilguniga qadar ilgari ishlatiladigan amaldagi raqamlar tegishli to‘lovlarsiz berilishi mumkin.

Raqam nusxasini olish uchun “oddiy” raqamga to‘lanadigan stavkaning yarmini to‘lashga to‘g‘ri keladi. Qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgaritishlarga ko‘ra, ushbu jarayon 8 kungacha vaqtni o‘z ichiga oladi.

Raqam o‘g‘rilanganida yoki yo‘qotilganida

“Chiroyli” va “o‘zing tuzib ol” raqamlari yo‘qotib yoki o‘g‘irlatib qo‘yilganida uning nusxalari taqdim etilmaydi. Bu kabi holatda faqatgina uni qayta topilib qolishiga umid qilish mumkin. Raqam topilganida uning egasi tomonidan berilgan arizaga muvofiq qaytarib beriladi.

Shu kabi tartib mashina o‘g‘irlab ketilganida ham qo‘llaniladi.

Raqam egasi vafot etganida

Avtomobil egasi olamdan o‘tganida ularning huquqiy jihatdan merosxo‘rlari (qonun bo‘yicha merosxo‘r, vasiy) “chiroyli” yoki “o‘zing tuzib ol” raqamiga egalik qilishi mumkin.