March 10

Ramazon oyida 1 600 dan ziyod masjidda 27 kun davomida xatmi Qur’on o‘qiladi

Joriy yil Ramazon oyida yurtimizdagi 2000 dan ortiq masjidlarda taroveh namozi, shulardan 1 600 dan ziyodida 27 kun davomida Qur’oni karim xatm qilinadi. Buning uchun mazkur masjidlarga 3 000 nafardan ko‘p xushovoz qorilar jalb etiladi.

Taroveh namozining fazilati haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Kim Ramazon oyida iymon bilan savob umidida (tarovehda) qoim bo‘lsa, avvalgi gunohlari kechiriladi" (Imom Buxoriy). Demak, ushbu muborak oyni g‘animat bilib, Haq taolo roziligi uchun kunduzlari ro‘zador bo‘lib, oqshomlari taroveh namozlaridagi xatmi Qur’onlarda bardavom bo‘lsak, gunohlarimiz kechirilib, ulkan ajru savoblarga ega bo‘lamiz, insha Alloh.

Eslatib o‘tamiz, yurtimiz masjidlarida taroveh namozi shu yil 10 mart, yakshanba kuni xufton namozidan keyin boshlanadi.