Toshkent xalqoro investitsiya forumi 1.2.3 Özbekistonga nima beradi ( tahlil).
Toshkent xalqoro investitsiya forumi shu yilgacha 3 marta ötqazildi. Birinchi forum 2022-yil. 24-26 mart kunlari bölib ötgan edi. Birinchi forumni özidayoq dunyodagi 56 davlat, 1.5 ming dan ortiq turli biznes vakillari, ekspert va investorlar ishtirok etgan. Ötqazilgan forum dasturi öz samarasini bergan. Ilk forumdanoq 7.3 mlrd$ lik shartnomalar imzolangan, shundan 3.5 mlrd $ loyihalar böyicha dastlabki kelishuvlar amalga oshirilgan.
Ikkinchi xalqaro investitsiya forumi esa 2023-ylining 27-28 aprel kunlari bölib ötdi. Bu forumda birinchi forumga nisbatan köproq davlat ishtirokchilar ishtirok etgan, ya'ni 70 davlat va 2.5 ga yaqin ishtirokchilar qatnashgan. Ular orasida "Xalqaro moliya instituti" vakillari ham bor.
2024-yil 2-3 may kunlari esa uchinchi marta Xalqaro investitsiya forumi bölib ötdi. Bu yilgi forumda 84 ta davlatning 2.5 mingdan ziyod ishtirokchilar ishtirok etgan. Bundan körinib turibdiki investorlarning qiziqishi Özbekistonga yildan yilga oshmoqda.
Meni fikrimcha bu "Jaxon savdo tashkilotiga" a'zo bölishga qöyilayotgan ilk qadamlarimizdan biri deb xisoblayman. Bu forumdan maqsad Özbekistonga innovatsiya kirgizish, ishlab chiqarishni rivojlantirish dunyo standartlariga mos zamonaviy texnika bzalarini olib kirishdir. Shu jumladan meditsina, tuzirm, ishlab chiqarish va intelektual sohani ham rivojlantirishni maqsad qildik. Bunda bizga nafaqat chet el investitsiyalari balki qaysi soha bölishidan qat'iy nazar mutaxassislarning tajribasi va bilim almashinuvi xam rol oynaydi. Mamlakatimizning hududlarida yangi loyihalar böyicha quriladigan korxonalar ishsizlik darajasini ham kamaytiradi. Turizm sohasini rivojlantirishda sayyohlar oqmini kuchaytiradi. Bu esa Özbekiston rivojlantirishiga ham hissa qösha oladi. Chet investitsiya forumi nafaqat poytaxtni, belki respublikamizning chekka hududlarini rivojlanishiga hissa qöshadi. Qishloq xöjaligini rivojlanishida ahamiyatga ega. Viloyatlarda ishlab chiqarish zavodlarini ochish, ösha hududni ish bilan ta'minlashdir.
Xalqoro investitsiya forumi orqali xorijiy investorlarni jalb qilib, asta sekin Jaxon savdo tashkilotiga a'zo bölganimizdan söng erkin bozor iqtisodiyotiga ötamiz. Monopoliya ham yöqola boshlaydi. Özbekistonda ishlab chiqarilgan brendlar ham jaxon savdo bozorlarida raqobatbardosh böladi. Bu esa yalpi ichki maxsulot ösishiga turtki böladi. Ishlab chiqarishga davlat aralashuvi qisman kamayib, erkin savdoni kuchaytiradi.