Oʻzbekistonga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqimi.
09.10.2024
304 - guruh Baxshillayev Bexruz
O'zbekiston hozirga qadar yevropa siyosatida asosan kuzatuvchi davlat sifatida siyosat olib borayotgani hammaga ma'lum.Oʻzbekiston JST yoki YIIga a'zo bolishidan qat'iy nazar bu davlat iqtisodiy bozoriga sezilarli tasir korsatadi,bu asosan yaxshi tarafga o'zgarishlar bolishidan dalolatdir. Oʻzbekiston har ikkala savdo tashkilotidan biriga a'zo bolishi o'z oʻzidan bozordagi tovar narxlari jahon bozoridagi narxlar bilan bir xil boʻlishi hamda raqobat kuchayishi, bozorlarda jahon sifatiga toʻgri keladigan tovarlar kopayishi deganidir.Hozircha O’zbekistonning Yevrosiyo ittifoqiga qo’shilishiga doir to’xtamli qaror yo’q, hukumat bu borada tadqiqotlar o’tkazilayotganini bildirgan.Ekspertlar, jumladan, AQSh savdo tashkiloti rasmiylari ham avvalroq O’zbekiston uchun Yevrosiyo ittifoqi emas, avvalo, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish manfaatli bo’lishini ta’kidlashgan edi.
O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Belarusda, Senat raisi Tanzilla Norboyeva AQShda O’zbekistoning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi yuzasidan muhokamalar o'tkazmoqda. Bunda Bosh vazir Abdulla Aripov JSTga azo bolish uchun muzokara, harakatlar olib borayotgan bolsa,Norboyeva esa AQSh savdo vakili o’rinbosari Kristofer Uilson bilan uchrashuvida savdo va investitsiyalar bo’yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.