November 20

Yangi qonunchilik hujjatlari aholiga muntazam ravishda yetkazib borilmoqda... 

Paxtaobod tuman adliya bo'limi YXKM bosh yurislonsulti B.R.Sattarovning "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ-1002-son, 15.11.2024 yil) imzolandi"nomli maqolasi Muzaffar.uz saytida chop etildi.

"O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING INSON HUQUQLARI BO‘YICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TO‘G‘RISIDA"GI QONUN (O‘RQ-1002-SON, 15.11.2024 Y.) IMZOLANDI.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini tartibga soladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Ombudsman faoliyati quyidagi asosiy prinsiplardan iborat:

qonuniylk;

mustaqillik;

adolatlilik;

insonparvarlik;

kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;

xolislik;

ochiqlik.

Saylanish kuni 30 yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Ombudsman lavozimiga saylanishi mumkin.

Qonun bilan Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va ayni bir shaxs Ombudsman lavozimiga surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi mumkin emasligi belgilandi.

Ombudsman siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni o‘z vakolatlari muddatiga to‘xtatib turishi yoxud tugatishi shart bo‘lib, shuningdek, ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

https://www.lex.uz/pdfs/7223219

Paxtaobod tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sattarov Bahtiyorjon Rashidinovich.