"Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos" shiori ostida targ'ibot tadbirlari davom ettirilmoqda...
Joriy yilning 17-aprel kuni Paxtaobod tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi "Qorashoh" va "To'pajuvoz" mahalla fuqarolar yig'inlari xodimlari va fuqarolariga “Yangilanayotgan Konstitusiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos” shiori ostida xodimlarnig referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 14.03.2023-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Kespublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi SQ-702-IV-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi referendumi 2023-yil 30-aprel — yakshanba kuni o‘tkazilishi belgilanganligi va mazkur sanada fuqarolar o'zlarining siyosiy huquqlaridan foydalangan holda referendumda faol ishtirok etishlari lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi, amaldagi Konstitutsiyamizning moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilganligi, jami konstitutsiyaning 65 foizi o‘zgartitrilayotganligi yuzasidan tushunchalar berildi.
Paxtaobod tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi.