63-Qashqadaro viloyati saylov okrugidan
63-Qashqadaro viloyati saylov okrugidan.
Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod.
Farmonov Jasur Boyqarayevich 1983 yil 20-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tug‘ilgan.
Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
2004-yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi - Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
2006 yil Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan (Magistratura). Ixtisosligi - “O‘simlik moylarini ishlab chiqarish texnologiyasi”.
2022 yil Toshkent kimyo-texnologiya institutida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Jasur Farmonov Boyqaraevich Xitoy Xalq Respublikasi Xalqaro muhandislik va texnologiya instituti a’zosi - Gonkong.
Jasur Farmonov Boyqaraevich 2022 yildan Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimda faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Iqtisodiyot va pedagogika universitetini ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlantirish uchun yillik strategiyasini ishlab chiqib, bu bo‘yicha ishlar olib bormoqda jumladan universitet 40 dan ortiq chet el universitetlari bilan hamkorlik memerandumlar imzolangan bo‘lib hamkorlik ishlari olib bormoqda.
U 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ta’lim sifatini oshirish borasidagi qator takliflari mamlakatimiz ta’lim tizimi rivojlanishida keng qo‘llanilmoqda. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Agar, Jasur Farmonovga ovoz bersangiz, aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
Ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
Fuqaro kommunal xizmatlardan ta’minotchining aybi bilan uzilganda ta’minotchi tomonidan fuqaroga kompensatsiya to‘lash;
Fuqarolarga ta’limning barcha tizimida teng imkoniyat yaratish, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi sonini 20 nafardan, yuqori sinflarda 24 nafardan oshirmaslik;
Ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.