April 17, 2020

Metyu Perri, Yaponiyani g'arbga ochgan shaxs...

Perri 1821-1825 yillar davomida "Akula" shxunasiga (ikki yoki uchta machta ustunli kema) rahbarlik qildi. Amerika hukumati uni Karib dengiziga mahalliy qaroqchilik va qul savdosini bostirish uchun yubordi. 1822 yil 25 martda "Akula" jamoasi Ispaniyan tegishli bo'lgan, Karib dengizidagi munozarali Ki-Uest oroliga AQSh bayrog'ini o'rnatdi va uni AQShning mulki deb e'lon qildi. Orol "Tompson oroli" deb nomlandi.

1826-1827-yillarda Perri ikkinchi marta Jon Rojersga xizmat qildi. 1828 yilda u Charlestonga (Janubiy Karolina shtatidagi) ko'chib o'tdi va 1830 yilda "Konkord" kemasi boshqaruvini oldi.

"Fulton" bug' fregati

1833-1837-yillarda Metyu Perri Nyu-York dengiz floti zavodining ikkinchi ofitseri bo'lib xizmat qildi va 1837-yilda kapitan unvonini oldi. Uning faoliyati davomida u o'sha paytdagi Amerika dengiz flotining yetakchi islohotchilaridan biri bo'lgan. Perri dengizchilar uchun o'quv dasturini o'zgartirishga hissa qo'shdi, AQShning ikkinchi "Fulton" bug' fregatining qurilishini nazorat qildi, buning uchun unga "Amerika bug' flotining otasi" deb nom berishdi va dengiz muhandislarining birinchi korpuslarini tayyorlashga qo'shildi, shuningdek 1839-1841-yillarda Nyu-Jersida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining birinchi artilleriya maktabini qurdi.