HOLD ME TIGHT
Osmon uzra yuzduzlar charog'on oy misol nur taratgan ko'yda Seul yanada ajoyib tus oladi. Shaharning mashina to'la ko'chalari, tinib-tinchimas odamlari-yu shovqin suronga boy yoshlar markazi bo'lmish tungi klublar, tun xuddi bir kunning boshqasi, tundagi odamlar tongdagilaridan ancha farq qiladi.
Deyarli yarim tun, qabriston jimjit, sukunat hukmronlik qilgan bir onda hech kim bu yerni hatlab o'tishni ham xohlamaydi, lekin bir qiz uchun bu to'siq bo'la olmasdi. Qabrlar oralab borayotgan qiz o'zi izlagan insonni oldiga keldi va beixtiyor yig'lab yubordi.
Bona: oyijon, men keldim. Yana shu kun sizni ko'rish uchun keldim. Naqadar achinarli holatlaman, sizsiz o'zimni ojizdek his qilyapman. Sizga aytadigan gaplarim ko'p lekin bunga kuchim yetmaydi, bu uchun menda zarracha bo'lsa ham iroda qolmadi. Meni kechiring oyi! Sizni yaxshi ko'raman!
Qiz o'rnidan turib qo'lidagi xatni qabr chetiga qo'ydi va u yerni tark etdi.
"Oradan qancha vaqt o'tmasin biz yo'qotgan insonlarimiz uchun doim yig'laymiz ayniqsa ularni hayoti barbod bo'lishiga biz sababchi bo'lsak. Aybdorlik hissini tuyish bu jismoniy og'riqdan ko'ra kuchli va u insonga qilgan xatosini ko'rsatib turuvchi oyna kabidir."
PARKLAR QO'RG'ONI
Hashamatli qasr misol qad ko'targan uy butun shahar bo'ylab dong'i taratgan boylar mavzesida joylashgan. Minglab qo'rqchilar bilan zirxlangan qo'rg'on egalari ham haqiqiy kiborlar oilasi, bir ko'rinishda odamni o'ziga maftun qilishga qodir bo'lgan bu uyni ichidagi muammolari o'zidan ham katta aslida.
Qo'rg'on orqa devoridan sakragan qiz, mayda qadamlar bilan eshik tomon yurdi, ichkariga kirib erkin nafas oldi. Orqasiga qaramay zinalar tomon yurdi
Liza xonim: Ovoz chiqarmay kirsam, hech kim meni ko'rmaydi deb o'ylagan bo'lsang adashasan. Ustingdan anqiyotgan bo'yoq hidi sen kelganingdan habar berib turibdi.
Bona: sizga ham hayrli tun va men kettim
Liza xonim: kech bo'lganda qayerdan kelayapsan?
Bona: bu bilan sizni nima ishingiz bor
Liza xonim: menga to'g'ri muomala qil
Bona: siz menga hech kim emassiz shunday ekan mendan aslo hisob so'ramang.
Shunday deya zinalardan tepaga ko'tarildi.
Liza xonim: TARBIYASIZ QIZ!!!
Bona hech qachon Liza xonim bilan kelisha olmagan chunki u Bonaning o'gay onasi, o'gay onalar doim ham mehribon bo'lavermaydi, aslida u Janob Parkning oldidagina mehribon ayol qiyofasida xolos.
Xonasiga kirgan qiz to'g'ri borib o'zini yotoqqa tashladi.
Bona: jin ursin hammasidan shu qadar charchadimki...
Shu asnoda xona sukunatga cho'kdi.
Tongning qaysidir pallasi hamon uyqidan uyg'onmagan qizni eshigi to'satdan ochildi
Jimin: mitti quyoshga hayrli tong
Bona: xosh meni akajonim qachon eshik taqillatib kirishni o'rganar ekan?
*Uyqidan hali turmasimdan xonamga akam kirib keldi, unga doimiy hol bo'lib qolgan odati tufayli ensa qotirib gapirdim.
Bona: erta tongdan nima sabab bilan tashrif buyurdingiz?
Jimin: dadam seni pastda kutyapti
Jimin: menimcha erkaliklar ko'payib ketti, kechagi sanat asaringni do'kon devoriga chizganmiding?
Bona: ha bu ajoyib chiqqandi!!
Kulgi aralash g'urur bilan gapirdi qiz.
Jimin: Janob Hoon seni ustingdan palitsiyaga arz qilibdi.
Bona: voy yaramas qari chol
* Rostan ham bunisi ortiqcha, endi bu muammo yetmay turgandi
Qiz biroz jimlikda o'ylanib qoldi.
Bona: ayb o'zida mijozlarga hizmat ko'rsatishni bilmaydi.
Jimin: shunga uni do'konidan alamingni oldingmi?
Bona: u menga bo'yoq sotishdan bosh tortdi va bu qilmishi uchun unga ko'rsatib qo'ydim
Jimin: Bona menga qaytib bunday qilmaslikka vada ber, mahoratingni bunday narsalar uchun ishlatishingni istamayman.
Bona: yaxshi vada beraman.
Hafsalasizlik bilan javob berdi.
Jimin: endi turaqol va tezroq pastga tush
*Ertalabdan dadam meni chaqirgan ekan demak arzirli sabab bor. Odatda dadam bilan deyarli gaplashmaymiz, dadam meni eshitish tugul ko'rishni ham xohlamaydi. Bu uyda meni tushunadigan inson faqat akam men ungagina ishonaman. Aslida shu akam tufayli yashayotgan bo'lsam kerak.
Los-Angeles
Kunning deyarli yarmi o'tib bo'ldi, shahar chetidagi hashamatli uyga mashina kelib to'xtadi.
*Uyga kirib borar ekanman oyimga ko'zim tushdi.
Jeon xonim: nega bugun ham o'qishga bormadin?
Divan ustida qahva ichib o'tirgan ayol savol nazari bilan o'g'liga qaradi.
Jungkook: oyi bilasizmi, bazida ortimdan iskovich ittek yuruvchi odamlaringiz internetdan ham tez ishlaydi.
Hotirjamlik bilan o'zini divanga tashlagan ko'yi javob berdi yigit
Jeon xonim: bu narsalardan dadang allaqachon habar topgan, haligacha seni jazolamayotganiga shukur qil, aytgancha 2 kundan so'ng Seulga qaytamiz tayyor tur.
Jungkook: nega birdan qaytish haqida o'ylab qoldinggiz?
Jeon xonim: bu meni emas dadangni qarori
Jungkook: lekin men qaytmoqchi emasman.
Jeon xonim: hozir erkalik qilish vaqti emas o'g'lim, agar hamma narsangdan voz kechmoqchi bo'lsang mayli
Jungkook: men buni nazarda tutmadim
Jeon xonim: yaxshi unda aqlli bola bolib aytganimizni qil.
Jungkook hech narsa demay zinalar bo'ylab xonasiga ko'tarildi.
Jungkook: jin ursin meni ustimdan qaror qabul qilishlari jonimga tegdi.
*Har doim shunday bo'lgan ota-onam meni fikrlarim bilan hech qachon hisoblashmaydi. Ular shu yoshimgacha meni nima xohlashimi bir marta bo'lsa ham so'rab ko'rishmagan. Hattoki bu yerga ham ular tufayli keldim endi ular sabab yana qaytib ketyapman.
Ikki qalb o'rtasidagi bog'liqlik hali yuzlashmay turib ham sodir bo'lishi mumkin. Taqdir bizni turli xil ko'ylarga soladi va oxirida biz uchun ajoyib yakunni sovg'a qiladi....