June 14, 2021

“Street Law” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, aholining barcha qatlamlarining huquqiy savodxonlikka erishishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari maqsadida, Adliya boshqarmasi rahbarligida tehnikum o‘quvchilaridan iborat “Street law”(ko‘cha huquqi, oddiy huquq) loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 13 iyun kuni Buxoro shahridagi “Sitora avto-bozor”ida hududida sotuvchi va xaridorlar orasida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini sodda, xalqchil tilda yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Aksiya davomida bozori radiouzelidan ko‘char va ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi qilish tartibi, ishonchnoma rasmiylashtirish tartibi hamda faribgarlik, tovlamachilikdan ogoh bo‘lish yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Kun davomida bozorga tashrif buyurgan aholiga bir necha turdagi, jumladan firibgarlik, tovlamachilik, poraxo‘rlik kabi illatlarning salbiy oqibatlari aks etgan shuningdek, adliya vazirligining telegramm kanalidagi “Huquqiy axborot” kanaliga ulanish, bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan “Advice.uz” portali haqidagi va boshqa aholining kundalik hayotida ko‘p uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan tayyorlangan 200 ga yaqin flayer va bukletlar tarqatilib, ular tomonidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jahongir Ashurov, Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi