May 14, 2025

Savage🕸

Muallif: Calia🫧 Episode:17

Kanal: mufficc

"Amor et mors eadem sunt"

...

Calia / pov

Ustimdan quyilgan muzdek suv tanamni titratib yubordi. Qorong‘ulik ichida hushimga kela boshladim. Qo‘l-oyoqlarim bog‘langan, tanam og‘riqdan uvishib ketgan. Og‘irlashib ketgan qovoqlarimni zo‘rg‘a ochdim. Boshim gir aylanib, yuragim tez ura boshladi. Qandaydir g‘ira-shira xonada edim.

— Uyg‘on, jasur qizaloq, - dedi yoqimsiz, sovuq ovoz. To‘g‘rimda turgan erkakning qahrli ohangi boshimdagi og‘riqni yanada zo‘raytirdi.

Qo‘llarimni bo‘shatishga urinib ko‘rdim, lekin foydasiz.

— Kimsizlar? Qayerdaman? - xirillagan ovozim bilan arang gapira oldim.

Erkak iblisona kuldi. Yuziga qorong‘u soya tushgandi, ammo ko‘zlaridagi yovuzlik qorong‘ilikdan ham dahshatliroq edi.

— Demak, bizni bir oydan beri aldab kelayotgan go‘zalcha sen ekansanda, - dedi u atrofimda aylanarkan.

— Nimalar deyapsiz? Nima haqida gapiryapsiz o‘zi? - hech nimani tushunmay, hayrat bilan qarab qoldim.

— O‘zingni bilmagandek tutma! - dedi u g‘azab bilan.
— Bir oydan beri bizdan anonim tarzda narkotik olib, pulini bermayotganingni inkor qilmoqchimisan?!

Bu ayblov yuragimga o‘qday sanchildi.

— Qanaqa narkotik?! Qanday bema’nilik bu?! Meni qo‘yib yuboring! - dedim, ovozim titrab. Bular meni bilmagan ishimda ayblashyapti.

—Hoy qizaloq, sen bu jirkanchliging bilan bizni aldolmaysan! - deb baqirdi u. So‘ng oldimga engashdida, iyagimdan changalladi. Nafas olishim qiyinlashdi.

— Sendek ikkiyuzlamachi qizlarni ko‘p ko‘rganman. O‘zini pok ko‘rsatib, yigitlar orqali narkotik oladigan, keyin esa qochib yuradigan, irkit qizaloqlar! - uning gaplaridan jaxlim chiqib ketdi.

Qonim qaynab ketdi. Qo‘rquv bor edi, ammo ichimdan kelayotgan g‘azab, qo‘rquvga nisbatan kuchliroq edi.

— Sen kimsan o‘zi, meni bunday haqorat qiladigan?! - dedim tishimni g‘ijirlatib.
— Avval o‘zingga boq... Itdan farqing yo‘q, jirkanch bir isqirtsan! O‘zing pullab yurgan narkotik uchun meni ayblayapsanmi?! Pulni orqasidan quvgan bir laychasan, boshqa hech narsa emas!

So‘ng gaplarimni tugatib, yuziga qaratib tupurdim.

Men bundaylarga bosh egmayman. Bu harakatim bilan tirik qolmasligim ham mumkin. Lekin hech qachon o‘z nomusimni va nomimni qandaydir jirkanchliklarga taqqoslashlariga qarab turmayman!

Bundaylarni qo‘lidan sog‘ chiqib bo‘lmaydi. Indamay, nomusim toptalib o‘lganimdan ko‘ra, gapirgan gaplarim va qilgan ahmoqona ishlarim uchun qiynalib o‘lganim afzal!

Tilim qachondir boshimga yetishini kutardim. Agar shu xolatda boshimga yetadigan bo‘lsa, shunday o‘lishga roziman!

Hozir aybsizman deganim bilan, ishonmaydi. Men ularni ishontirishga harakat qilmayman, chunki bundaylar baribir tushunmaydi.

U yuzidagi tupugimni sekinlik bilan artdi. Ko‘zlari g‘azabdan chaqnab, yuzimga qarab dahshatli kuch bilan tarsaki tushirdi.
Tarsaki shu qadar kuchli ediki, o‘tirgan stulim bilan birga ortga quladi. Qattiq zarbdan yerga urilib, nafasi qisilgan tanam sapchib tushdi. Chap yuzim lovullab, ichkarimgacha yonayotgandek tuyuldi.

— Ja-janob… - uning ortida turgan soqchilaridan biri bezovta ohangda bir qadam oldinga yurdi, lekin haligi shaytonning o‘tkir nigohi uni joyiga mixlab qo‘ydi.

—Sen axloqsiz haromi! Qanday jur’ating yetdi?!

U hech qanday ogohlantirishsiz qornimga qattiq tepdi. Og‘riq butun tanamga yashin tezligida tarqaldi. Og‘zimdan og‘riqli ovoz chiqdi, nafasim qisildi, ko‘zlarimni mahkam yumdim.

Ichimda yagona istak bor. Qani edi Suga meni bu do‘zaxdan olib chiqib ketsa...

—Yana kimni aldamoqchimisan?! O‘zingni begunoh qilib ko‘rsatishni bas qil! Jirkanch, axloqsiz!

U yana bir bor, bu safar biqinimga tepdi. Og‘riq shu qadar kuchli ediki, nafas ololmadim. Qo‘llarim hali ham bog‘liq, zarbani engillashtirish uchun hech narsaga urinib bo‘lmaydi.
Boshim ichkaridan gupillab og‘ridi. Qonim qaynab ketdi. Bu hayvonning har bir urishi ichimda shunchaki alam emas, balki qotilga aylanish istagini uyg‘otayotgan edi. Ich ichimdan bu insonni chavaqlab o‘ldirish istagi paydo bo‘lyapti...

U so‘kib, baqirib, urishni davom ettirdi. Har bir zarba, har bir shafqatsizlik tanamni tilka-pora qilayotgandek edi.

Birdan yuzimdan iliq oqimni his qildim. Burnim va labimning chetlari qon oqyapti. Nafas olishim og‘irlashdi, yuragim har zarbada o‘zini yo‘qotayotgandek urardi.

Taqdirimga shunday o‘lib ketish yozilgan bo‘lsa kerak. Lekin o‘lishimdan oldin bir-bor bo‘lsa ham, uning yuzini ko‘rishni istayman...
Unga sevishimni ayta olmaganman. Uning borlig‘i menga umid bo‘lgani, uni chin dildan sevganimni hech qachon ayta olmaganman...
Uni chindan sevishimni aytib, undan uzr so‘rashni xoxlayman...

Ko‘zlarim asta-sekin yumilib borar ekan, tanam endi og‘riqlarni ham his qilmasdi. Tepamda hanuz o‘sha vaxshiy meni urishda davom etardi, lekin ichimdagi ovoz faqat bir insonni chaqirardi...

—M-meni kechir.... S-seni juda h-ham qattiq sevdim.m.... - so‘zlarim pichirlashdek chiqdi.
Balki farishtalar so‘zlarimni eshitib, unga yetkazishar...)
.
.
.

2 kun oldin...

Hardin/pov

Men 3 oydan buyon narkotik qabul qilaman. Bir do‘stim meni shu yo‘lga olib kirgan. Menda tobora bu moddaga bo‘lgan qaramlik ortib bordi. Keyinchalik o‘zim ham uni onlayn tarzda sotib ola boshladim.

Shu 1 oy ichida, narkotikni biroz ko‘proq miqdorda sotib oldim. Pulini esa shu oy oxiri, yani 2 kun oldin to‘lashim kerak edi. Lekin menda uncha pul yo‘q... Agar to‘lamasam, ular aniq meni o‘ldirishadi.

Miyamga bu yo‘ldan chiqish uchun turli hayollar keldi. Lekin hech biri foydasiz.
Rejamda hozir bir ish bor... Mening yangi do‘stim. U juda ham yaxshi va sodda qiz.

Tungi soat 2:00.. Hozir u uxlayotgan bo‘lishi kerak. Eshini tutqichini asta pastga tushirdim, eshik ochiq. Ishim yanada oson kechadi.

Men uning uyiga yashirincha kirib bordim. U rosdan ham uxlayapti. Men uning kompyuterini topib, unga ilovani o‘rnatdim. Bu ilovani boshqaruvchilariga, oluvchining joylashgan joyi ko‘rinadi. Men ilovani o‘rnatib, Caliaga rasmiylashtirdim.

—Kechir Calia, shunga majburman....

Ishimni yakunlab, kompyuterni yopdim. Huddi hech kim kirmagandek, yana ortga qaytdim. Uydan chiqib ketayotganda, extiyotsizligim tufayli oyog‘imni stol chekkasiga urib oldim. Shovqin chiqishi bilan zudlil bilan u yerdan chiqib ketdim.

—Men xudbin emasman, men onam uchun shunday qildim.... Men xudbin emasman!

Men o‘zimga o‘zim qayta qayta takrorlab xonamga kirdim. Butun tanam titrayapti. Boshlanyapti.... Yana xuruj qilyapti... Dori kerak menga!
.
.
.

Suga/pov

—Ularni kuzatyapsanmi?

—Xa janob, Calia xonim yaxshi. O‘sha kuni chiqqanidan beri, xali binodan tashqariga chiqmadilar.

—Aniq chiqmadimi? - negadir ko‘nglim g‘ash bo‘lyapti. Xuddi unga nimadir bo‘lgandek.

—Janob, biz binoning oldidan uzoqqa ketmadik. O‘zingiz ichkarida turishimizni taqiqladinggiz, shuning uchun biz ham kirmadik.

—Yaxshi, etibor bilan kuzating. Agar unga bir nima bo‘lsa, joningiz bilan badal to‘laysiz!

—Ho‘p bo‘ladi janob. Biror voqea bo‘lsa siz bilan bog‘lanamiz.

—Yaxshi.

Men go‘shakni qo‘ydim. U o‘sha kuni ko‘chaga chiqqanidan beri, qaytib chiqmadi. Orada pastga kerakli narsalar olish uchun savdo do‘koniga tushib turadi.

Uni yaxshi deyishsada, ko‘nglimda qandaydir g‘ashlik bor. Ichimdagi g‘ashlik, xuddi uni har on o‘lishi mumkin degandek qichqiryapti...
Tezroq Los Angelesga borib, uni ko‘rish istagi yuragimni yoqib yuboryapti.

~~~

Biz samolyotga o‘tirdik. Samolyot bugun kechga qo‘nadi, ertaga to‘ydan oldin esa uni ko‘rishga boraman. Balki rozi qila olsam, bazmda menga sherik bo‘lar. U ham meni menchalik sog‘inganmikin?

—Suga nima deb o‘ylaysan, bu odam bilan hamkorlik qilishimiz yaxshimikin? - Jimin o‘ylangancha savol berdi.

—Jimin, bilishimcha u hizirda Amerikadagi kuchli narkobizneschilardan. Agar uni o‘zimiz tomon o‘tkaza olsak, bizning kuchimiz yanada kengroq bo‘ladi.

Gapimdan Jimin chuqur o‘ylanib qoldi.
—Menimcha bizni taklif qilganiga qaraganda, u ham birnima ko‘zlagan, - u styuardessaning qo‘lidan viskini olgancha gapirdi.

—To‘g‘ri, agar adashmayotgan bo‘lsak, u ham biz bilan kelishishni reja qilgan, - men ham viskidan olib, xo‘pladim.

—Suga, anovi qizni nima qilding? Ko‘rinmay ketdi, ishqilib o‘ldirib yubormadingmi? - u qanchalik jiddiy turishga harakat qilmasin, baribir yuzidagi kulgu tirishlarini yashiromasdi.

—Yo‘q, qo‘yib yubordim, - gapimdan u ichayotgan viskisiga tiqilib qoldi.

—Sen a? Qo‘yib yubordingmi?

—Ha, o‘zi shuni xoxladi - javobimga uning yuzida shaytoncha jilmayish paydo bo‘ldi.

—Hoooo, bizning Yoongi qachondan beri qizlarni ko‘ngliga qaraydigan bo‘lib qoldi? - u kulib yelkamga qoqib qo‘ydi.

—Jimin, ustimdan kulishni bas qil. Bo‘lmasa samolyotdan parashutsiz sakraysan!

—Vay, bo‘y... Ho‘p jaxl qilmang, - u kinoya qilgancha, yelkasini o‘rindiqqa tashladi.

Bizning shaxsiy samolyotimiz, 11 soatli zerikarli parvozdan so‘ng, nihoyat aeroportga qo‘ndi.
Biz Jimin bilan aeroport yaqinidagi mehmonxonaga joylashdik.
Bu shaharga kelmaganimga ham ancha bo‘libdi.

Ertagalik u bilan uchrashuvni o‘ylasam, yuragimda hayajon turyapti. Lekin u meni kechirganmikin? Meni qabul qilarmikin?
Negaligini bilmadimu yuragim juda ham g‘ash...
.
.
.

Min Yoongi

Jeon Calia

.
.