November 4

Nothing like us

3-qism. @fanfics_queens kanali uchun

- va biz shunchaki, baxtli bo'lishni tanladik...

- Jungkook bilan juda quyuq salomlashding - u bir zum o'rtadagi noqulay jimlikni parchalab yuborgandek edi

- Men shunchaki hamma bilan shunday salomlashaman - qo'limdagi telefondan boshimni ko'tarib, nigohimni unikiga qaratdim

- yaxshi, men tugatdim. To'y uchun Mos keladigan biror joyni tanlashimiz kerak - u qiyinchilik bilan bazo'r gapirdi

- oh ha bu plyajda bo'lishi mumkinmi? Aytmoqchimanki, men birinchi bor turmushga chiqyapman va menda orzular bor. To'yimni sohilda o'tkazish bu ulardan biri - jilmayib qo'ydim biroz

- ha, bu albatta... bu bo'ladi. Ya'ni sen hoxlaganing. Istaklaringga qarshi chiqmoqchi emasman - u ham biroz tabassum qildi

- bu uchun rahmat - yana tabassum qildim - Jimin... - Uni chaqirganimda qog'ozlardan boshini ko'tardi - Meni ishga qabul qilasizmi? Men rezyumeni olib keldim

- ish? Menimcha ishlashing shart emas - u menga tikildi

- n.nega?! Men karyeramni boyitmoqchiman!

- ajrashganimizdan so'ng bemalol boyitaverasan - qatiy nigohlarini menga qaratdi

- o'zing aytmadingmi, biz haqiqiy er-xotinlar emasmiz! Demak, men hohlaganimni qilishim mumkin. Nima deysan? - o'zining nigohini aks ettirdim ko'zlarimda

- yaxshi! Qayerda ishlamoqchisan?! - uning bu so'zidan tabassumim deyarli quloqlarimga yetib borgandek edi

-yaxshi, sizning korxonanggiz mening talablarimga deyarli Mos keladi! - jilmaydim iloji boricha kengroq

U ko'zlarini yumdi, Oh yaramas men shu yerda ishlayman!.

- oufff yaxshi! - hamon ko'zlarini yumib asabiylashdi

Bu menga zavq berardi

-oh ajoyib! Men to'yimizdan so'ng korxonaga kelaman. Haa aytgancha Jimini! Men ayanan ro'paradagi xona mening kabinetim bo'lishini istayman!

-yaxshi! Men tugatdim, biz oqshom dizaynini ko'rib chiqishimiz mumkin! - u o'rnidan turib mening yonimdagi stulga o'tirdi

- xo'sh, demak plyaj! - qo'lidagi noutbooki bilan yonimga joylashdi - biz bir nechta dizaynlarni tahlil qila olamizmi?!

- albatta - uning xususiyatlarini tomosha qilib javob berdim

- yaxshi, bu, bunisi yoki mana bu! Senga qaysi biri yoqdi?!

- yaxshi, biz shunday joyda qila olamiz! - Jimin noutbookini yopib qizga tikildi

-albatta, menga yoqdi. Demak, ko'rishguncha Jimin! - qiz o'rnidan turib ketishga shaylandi

- ah Karayal! Sehun va Lee xonim bilan biznikiga kechki ovqatga tashrif buyurishingiz kerak! Bu Ona qirolichaning qatiy buyrug'i!

- albatta - qiz eshikni ortidan yopdi

-men uchun bu qiyinchiliklarning boshlanishi menimcha! - Jimin o'ziga o'zi g'o'ldirab ishiga qaytdi

3 kundan keyin...

_ bizning so'nggi uchrashuvimiz 3 kun avval edi biz hatto telefon qo'ng'iroqlarini ham amalga oshirmadik. Aytishim mumkinki, bu tinch hamda sokin edi. Ota-onamning har soatlik so'roqlarini hisobga olmaganda va chalkash tushlarni ro'yxatdan chiqarilsa, men ilk marta stessiz kunlarni boshdan kechirdim. Xullas biz hozirda "Dior" do'konida to'y uchun kichik va hatto muhim narsalarni xarid qilyapmiz

-xo'sh, Jimin va Karayal ikkingiz! Kelin va kuyov uchun kiyimlar hamda nikoh uzuklarini o'zingiz tanlang! - oyimning qatiy buyrug'idan ko'z soqqalarimni aylantirdim

-albatta Park xonim! - yaramas, ilon qiz jilmaydi

-yaxshi, onam! - Men yo'nalishni kiyimlar qatoriga yo'naltirdim

-biz avval kiyim tanlashimiz mumkinmi? - u biroz yurganimizda so'radi

-ha, bu tarafga yurishimiz kerak! - unga yo'lni ko'rsatgach yonida teng qadam tashladim

-yaxshi, janob Park va Yuei xonim! Siz tanlagan kelin libosi hozirda do'konimizda atigi bitta dizaynda ishlab chiqarilgan va bu libos bugun sotuvga chiqarildi! - menejer OH bizga libos haqida tushuncha berdi

-yaxshi, biz sinab ko'ramiz. Karayal sen buni hoxlaysanmi? - yurak ko'zlari bilan kiyimga tikilib turgan qizga yuzlandim

-ha. Bu mumkinmi?! - u kichik barmoqlarini libosning nozik xoshiyalari bo'ylab yurg'izdi

-albatta! - zal ichiga joylashtirilgan divanlardan biriga joylashdim.

Menejer Oh va Karayal libos uchun sinov kabinasiga ketishdi. Oradan 10 daqiqa o'tdi va mening etiborim mening bo'lajak rafiqamga qadaldi

Mayin qaymoq rangdagi ipak mato, unchalik uzun bo'lmagan yopinchiq, mato ustiga qo'lda tikikgan bisser va qimmatbaho toshlar uni yanada mukammal qilardi, biroq...

Biroq shu nafislikka yanada nafislik qo'shayotgan kimdir bor edi... STOP!!! Men uni nafis dedimmi? Bu shunchaki ko'ylak uchun berilgan tarif!!! Ko'zim yaqinida qimirlagan qo'llar sabab dunyoga qaytdim

-xo'sh Jimini bu qanday ko'rinadi?!

-yaxshi, Menejer OH iltimos uni o'rab bering!

-yaxshi janob! - menejer va Karayal ketganidan so'ng telefonimdagi bazi kompaniya ishlarini bajardim

-Jimin, men tayyorman. Endi senga kiyim tanlashimiz mumkin! - telefonni o'chirib shimimning orqa qismiga joylarkanman yonimdagi qizga bosh irg'adim

-yaxshi, ketamiz! - u ham shunchaki bosh irg'ab qo'ydi.

Tasodifiy erkaklar do'konini ko'zdan kechirarkanmiz, yonimdagi telba qiz devorlardagi afishalarga zimdan tikilardi. Men o'zimcha g'ururlandim...

-sening bo'lajak turmush o'rtog'ing, Janubiy Koreadagi eng yirik kompaniyalardan birining ambassadori ekanligini bilasanmi? - labim chetida jilmayib istehzoli gapirdim

-ha men ularda did yo'q ekanligiga aminman! Ular nega sening manabu yuzingni reklama qilishadi? Ouff bular menga yoqmadi! - u qoshlarini qoqib yuzini burishtirdi

-s-sen yaramas nima deding!

-sen qaynayotgan choynakka o'xshaysan, xuddi choynakdek qizigan! - u kuldi va men haqiqatdan shundaymanmi Jin ursin!

-ouff yaxshi, men ham kiyim tanlashim lozim bo'laqol! Kompaniyada bir nechta ishlar bor! - men aytaman va u yana g'alati yuz hosil qiladi men unga tushunmayman

-aigoo sen uylanyapsan Park Jimin! Kompaniya qochib ketmaydi, shunchaki o'zingni haqiqiy uylanayotgan erkakdek tasavvur qil! - u keng jilmaydi

Va men bu fikirga qo'shilmayman deyolmayman!

- yaxshi, yuraqol. Mening kiyimsiz qolish niyyatim yo'q va sen nikoh kuni yangi kiyim kiysang hasadim kelishi aniq!

- yuraqol! - o'ynoqi jilmayib ortimdan ergashdi...

3-qism the end! E'tiboringiz uchun tashakkur

Muallif: @Cc_2Wb #Min_Aeri

Kanal: @fanfics_queens

Fanfic for: #Fuza