November 7

Rejalashtirilmagan muhabbat

Seni uchratganim sababli, yaxshi insonga aylandim ~

21- epizod

- Yo'q! Yo'q! va yana Yo'q! Men bormayman - Chanmi Nayonning gaplariga e'tibor bermasdan, xonasiga kirib ketdi.

- Nega? Bormaslik uchun sababing bormi? - Nayon eshik orqasidan unga baqirardi

- Xa bor!

- Xo'sh nima ekan? - yuzma yuz gaplashish uchun, Nayon Chanmining yoniga bordi. Chanmi bir zum jim turdida keyin: - Shunchaki borishni istamayman - dedi.

- Chanmi mendan nimanidir yashiryapsanmi? Nima bo'ldi aytsangchi. Nega birdan Mingyuga yomon munosababatda bo'lib qolding?

- Hech nima bo'lmadi, shunchaki borishni xohlamayapman

- Chanmi menga yolg'on gapirma - qo'llaridan ushlab, o'ziga qaratdi. Chanmi bir on Nayonning ko'zlariga tikilib, turdida darrov yig'lab yubordi.

- Nima bo'ldi? Hoy...- quchog'iga kirib olgan Chanmining boshini silarkan.

- N..nayon menda boshqa uni rad qilish uchun kuch qolmadi. Undan uzoqlashishga harakat qilyapman, lekin bu ish bermayapti. Men unga umid berib yarim yo'lda tashlab ketishni xohlamayman...

- Kimni? Kim haqida gapiryapsan? Jungkookmi?

- Mingyu...- Chanmi past ohangda shivirladi.

- Mingyu? U senga nimadir dedimi?

- o'sha kunni eslaysanmi? Mingyuni uyidan meni olib ketgan kuning. O'shanda...aynan o'sha vaqtda u menga sevishini aytdi va men uni rad etdim...

- bu rostanmi? Nahotki? Shuning uchun u bizga o'ralashib yurgan ekanda...

- endi nima qilaman Nayon? Unga qanday qilib meni vaxshiylarcha zo'rlashganini va Jungkookdan qanday xomilador bo'lganimni aytamanmi? Men unga buni qanday tushuntiraman? U vos kechishni istamayapti!

- Chanmi asabiylashma, nega menga buni endi aytyapsan? Oldinroq aytganingda uni taklifini rad etgan bo'lardim..

- Shunchaki buni istamagandim - Chanmi Nayonning quchog'idan chiqib yerga tikildi.

- Agar unga buni men aytsamchi?

- Nima? Esing joyidami? Qanaqasiga? - Chanmi dovdirab qoldi.

- Agar u seni chindan sevsa, haqiqating bilan birga qabul qiladi.

- Yo'q, Nayon nimalar deyapsan? Bu qanaqa ish bo'ladi? Boshqaning bolasi qornimda bo'la turib, qanaqasiga kimdir bilan uchrashaman? Seningcha bu munosabatlarga ta'sir qilmaydimi? Keyinchalik yuzimga solmaydimi? Men bunday qilolmayman, meni kelajagim allaqachon barbod bo'lib bo'lgan. Men hech kim bilan munosabat qurishni xohlamayman...- juda ham tushkun kayfiyat bilan gapirdi.

- Chanmi, bunaqa gaplarni yig'ishtirsangchi, bu nima deganing? Hali seni hayoting oldinda. Seni qanday go'zal va baxtga to'la hayot kutib turipti. Nega o'zingni yerga uryapsan? - yuzini ushlab o'ziga qaratdi.

- Bilmayman Nayon, bilmayman...

- Chanmi sen menga ishon, men hammasini unga tushuntiraman. Bundan havotirlanma. Unda o'zim borganim bo'la qolsin. Sen esa uyda dam ol - quchoqlab qo'ydi. Chanmi esa indamasdan bosh silkitgancha qoldi.

***

- Xaligi nega Chanmi kelmadi? - o'zini havotirlangandek tutib, qarshisidagi qizga qaradi.

- Shunchaki uning o'niga ham men keldim - Nayon unga qarab kuldi. Mingyuning yuzi birdan bujmaydi.

- Xaxa, unchalik ham kulgili emas, tog'rimi? Uning biroz tobi yo'q edi shunga uyda qolishni ma'qul ko'rdi.

- Nima? Hozir ahvoli qanaqa - Mingyu birdan balandlashib ketdi.

- Hoy sekinroq, shunchaki dam olishni xohladi. Kasalxonadan endi chiqti axir

- Ha, albatta - Mingyu biroz noqulay bo'lib, sochini to'g'irlagandek qildi. Tez orada ovqatlari ham keldi va ular ovqatlana boshladilar. Nayon Mingyudan umuman ko'zini uzmasdi. Mingyu xuddi tushkunlikka tushib qolgan odamlardek harakat qilardi. U Chanmini kelishini juda ham kutgandi. Nayon tomoq qirib gapira boshladi.

- Tinchlikmi? Nimadir bo'ldimi? Nega kayfiyating yo'q?

- A? Yo'q hammasi joyida - sanchiqini joyiga qo'yib, soxta jilmaydi. Nayon indamadi va unga sezilarli darajada tikildi. Mingyu buni sezib unga gapirdi.

Mingyu

- Nima, yuzimga nimadir bo'lganmi? Nega bunday qarayapsan? - jilmayib

- U senga yoqadimi? - Nayon sekinlik bilan so'radi.

- Kim? Kim menga yoqadi?

- Chanmi! Yoon Chanmi senga yoqadi, shunday emasmi?

- Haligi...., sen buni qayerdan eshitding? - sochini ushlab oldi.

- O'zidan - xotirjamlik bilan

Nayon

- Nima? Buni senga Chanmini o'zi aytdimi?

- Xa shunaqa - tabassum qilgancha, ovqatga qaradi.

- Ishonish qiyin...- kulib qoydi

- Nega ekan? - Mingyuning bu so'zi uni e'tiborini tortdi.

- Ahamiyatsiz...

Suhbatlari tobora qizib borardi. Nayon har tomondan unga savollar berib, boshini chalkashtirib yuborgandi. Uning yagona maqsadi bu rostmi, yoki yo'q bilish edi. Ammo Mingyu Nayonning savollariga tutilmasdan, o'zini tutgan holda javob berardi. Mingyu Chanmiga shunaqangi darajada bog'lanib qolgandiki, har qanday holatda ham undan vos kechmasligini gaplari orqali bildirdi.

- Yaxshiii, lekin bilasanmi? Chanmi aslida sen o'ylaganingdek emas

- Nima? Bu nima deganing, tushunmadim?

- Haligi...buni senga aytishim kerakmi yoki yo'q bilmadim, lekin menimcha sen buni bilmasang to'xtamaydiganga o'xshaysan

- Har qanday holatda ham undan vos kechmayman! Iltimos menga jumboqli gaplardan gapirma - Mingyu asabiylasha boshladi.

- Yaxshi, buni o'zing xohlading unda eshit - hayajonlanib qo'llarini birlashtirib oldi.

- qulog'im senda, hech nima meni unga bo'lgan sevgimdan ayirolmaydi. Hatto...uning sevgani bo'lsa ham - so'nggi gaplarini aytishni istasada, gapirdi.

- Aslida Chanmi...- gapini davom ettirish kerakmi yoki yo'q o'ylandi.

- Xo'sh, seni eshityapman. Davom et - qattiq asabiylasha boshladi. Hozir u eshitadigan gaplar uni, hafsalasini pir qilmasligiga qattiq umid bog'lagandi.

- Xo'shhh, aslida Chanmi...hozir homilador - gapini aytishi bilan, yelkasidan tog' ag'darilgandek bo'ldi. Mingyu esa birdan qattiq kulib yubordi.

- Xaxaxa, nima undan vos kechsin deb istalgan gapingni aytyapsanmi? Haziling oxshamadi Nayon - deya kulib turarkan, Nayonning yuzi jiddiy tusda ekanligini ko'rdi.

Mingyu

- N..nima bu rostmi? - shu gapni aytarkan nimadir ichini tirnab o'tdi. Nayon javob berishni o'rniga boshini chayqadi. Tamom! Mingyuning yuragi shu onda to'xtagandek bo'ldi. Nahotki? Nahotki u allaqachon kimnikidir bo'lgan? U kech qoldimi? Nega? Nega hayot bunaqa? Mingyu qotib qolgandi, Nayonning ko'zlariga qarab qotib qolgandi. U o'zini o'nglay ololmayatgandi. Bu gap uni bir soniyada tushkunlikka tushirib qo'ygandi.

- N..nega? - Mingyu faqatgina shu so'zni ayta oldi

- Ha men o'ylaganimdek bo'lib chiqti....Unda mayli gapni boshlagan ekanman oxirigacha yetkazishim kerak, u Jungkookdan xomilador...

- NIMA? - Mingyu o'rnidan birdaniga tura ketdi. U hozir o'zini katta tushkunlik ichidadek his qildi. Nayon esa eng boshidan, hammasini unga aytib bera boshladi. Qanday uchrashishgani, Chanmining komadagi vaqtlari, nega haliyam bu restoranda ishlashlari...hammasini birin-ketin aytib berdi.

- Hammasi esa aslida shunaqa bo'lgan, bori shu. Endi qaror qabul qilish o'zingdan...- u bu gapidan so'ng Mingyu allaqachon Chanmidan vos kechgan deb o'yladi va unga qarab turdi. Mingyu hozir nima qilishni bilmasdi. Qo'llarini qattiq tugib olgandi. Shiddat bilan o'rnidan turdida, restorandan chiqib ketdi. Nayon uning ortidan g'alati nigoh bilan tikilib qoldi.

- Uni o'zimga yaqin do'st deb o'ylagandim. Hx...xatoki xayr demasdan ketdi. Menimcha aniq endi bizga yaqinlashmaydi. Axx, yuragim bundan aziyat chekganga o'xshaydi, u g'irt yaramas ekan - ko'ksiga qo'lini qo'ygancha, nolib sumkasini oldi va eshik tomonga qarab yuridi. Eshikni ochishi bilan kimdir unga urilib, yiqitib yubordi.

- Ayshh! Yaramas - yiqilgan joyidan, baqirib uni turtgan odamga qaradi.

- Sen? - Nayon yigitning yuziga qarab qoldi.

- Ahvoling joyidami? Qani kel - deya Nayonga yaqinlashib, o'rnidan turg'azdi.

- Qo'lingni ol, nima qilyapsan? - Nayon uni siltalab tashladi.

Nayon

- Ko'zingga qarab yursang, bo'lmaydimi? Yana yo'limdan chiqting - degancha ust-boshini tartiblay boshladi.

- Seni ko'rmay qolganimning sababi, juda ham bo'ying past va kichkinasan, bu uchun afsusdaman - yigit uni mag'lub qilgandek jilmayib qo'ydi.

Pov Nayon: Unga nima bo'ldi? Nega birdan mehribon va hazlkash bo'lib qoldi? Nima meni ovutmoqchimi? Oxirgi marta ko'rganimda ham u g'alati edi. Mendan uzur so'ragandi. Uff, chalkashib ketdim. Nima bo'lyapti o'zi tushunmayapman...!?

- Bu yerda nima qilyapsan? Meni kuzatib yuribsanmi? - Nayon unga yaqinlashib, siquvga olmoqchi bo'ldi.

- Nima? Seni kuzatib yuribman? Yo'limdan chiqqan o'zing emasmi? Biroq aslida, seni anchadan buyon izlab yurgandim..., qizaloq - deya endi u tomonga qadam tashlay boshladi. Nayon orqaga tirsaldi. Shu payt:

- Xonim ovqatlarni pulini to'lamasdan ketmoqchimisiz? Nega eshik yonida turibsiz? - degan ovoz eshitildi.

- Nima? Ovqatlar puli? - Nayon va yigitning hayoli bo'lindi.

- Ha, nima qochib ketmoqchi edinggizmi? - bir ofitsant ularning oldiga keldi.

- axx yaramas, o'zi taklif qilib yana menga to'lashga majbur qildirdi - deya sumkasini kovlay boshladi. Yonidagi yigit ham unga tikilib qoldi va birozdan so'ng kuldi. Nayon darrov unga qaradi.

- Nega...hozir nega kulding?

- Shunchaki, puling yo'q ekan. Bu yerda nima qilasan qizaloq - pastlashib, unga yaqinlashdi.

- Meni jahlimni chiqarishga urinyapsanmi? Sening ishing bo'lmasin! Ko'zimga ko'rinma - deya ofitsantga qaradi.

- Kechirasiz bu yerda...bo'lib to'lasa bo'ladimi? - uyalibroq so'radi.

- Yo'q! - yigit yana qattiq kuldi, Nayonni endi rostakamiga jahli chiqti.

- Ortimdan kuzatganing yetmagandek, ustimdan kalaka qilyapsanmi?

- Ortingdan kuzatganim yo'q, bu tasodif - jilmaydi.

- Hali tasodif degin, yaxshi. Bu juda ham zo'r tasodif bo'ldi, qoyil!

- Xonim pulni to'laysizmi? - ofitsant betoqatlana boshladi.

- Kechirasiz ammo, yonimda uncha pulim yo'q....mmm, nima qilsam ekan

- Unda nega bu yerda ovqatlandingiz? Avval cho'ntagingizga qarasangiz bo'lmasdimi? Bu nimasi? Ovqatlanib bo'lgandan so'ng, pulim yo'q deb indamasdan chiqib, ketaverar ekanda !? - ofitsant yigit birdan, Nayonga o'shqirib tashladi.

- Hoy, og'zingga qarab gapir. O'zingcha nimalar deyapsan? Qancha bo'ldi, qani gapirchi - deya ofitsantni bo'ynidan qo'lini o'tqazib Nayondan, uzoqlashtirdi. Bu orada Nayon tashqariga chiqib ketgandi. Yigit buni payqamay qoldi. Ammo to'lov qilib bo'lganidan so'ng, uni yo'qligini ko'rib, tashqariga otildi. U yo'l tonga shiddat bilan ketardi.

- Jinni, axmoq Min Yoongi! O'zini shunchalar boyman deb o'ylaydimi? Nega pullarni to'ladi? Nima qilmoqchi? Aslida Mingyu bilan ovqatlanishga kelgan o'zim axmoqman - o'zi bilan o'zi gaplashgancha ketarkan, yo'lini qop-qora mashina to'sdi. Nayon hayratlanib, mashina oynasiga egilib qaradi. Oyna sekinlik bilan tusharkan, o'ziga tanish chehrani ko'rib, yuzini burishtirdi.

- Qani o'tir, uyingga etib qo'yaman - Yoongi ichkaridan jilmayib gapirdi.

- Hozir restoran pullarini to'laganing uchun, mashinangga o'tirib sen bilan ketishim kerakmi? Shundaymi?

- Nima? Yo'q shunchaki uyingga tashlab qo'ymoqchiman

- Senga nima bo'ldi? Nega o'zingni menga yaqindek tutyapsan? Sen bilan qachondir yaxshi munosabatda bo'lganmizmi? Yoki yaxshilik sabab tanishib qolganmizmi? Men tushunmayapman? - Nayonni jahli chiqti, Yoongi esa xo'rsinib nafas oldida. Mashinadan tushib, Nayonni yoniga keldi.

- To'g'ri sen bilan yaxshi xotiralarimiz yo'q, ammo bilasanmi...men o'zimni axmoqdek his qilyapman. Nahotki...men ham....men seni yoqtirib qolganga o'xshayman. Bu qachon sodir bo'ldi? Meni restoranda azobdan qutqarib qolganing uchunmi? Yoki bir-birimizga yaqinlashib, taqinchog'ingni sochingga qadaganimdami? Anig'ini bilmayman, ammo sen menga yoqasan Nayon. Men sen bilan birga bo'lishni istayman - Yoongi mayinlik bilan bu so'zlarni aytar ekan, Nayonning qalbini tushunarsiz tuyg'u egalladi. Bir zum jim turdida keyin:

- Men bilan hazllashishga boshqa paytni topolmadingmi? Yoki nima, meni axmoqqa o'xshatyapsanmi? Balki qayerimgadir shunaqa deb yozilgandir-a? - ensa qotirgancha Yoongini yelkasidan turtib o'tib ketayotganda, Yoongi uning qo'lini ushlab to'xtatib qoldi va o'ziga qaratdi.

- Nayon, bu so'zlarni chindan aytyapman. Bilaman bu g'alati eshitilishi mumkin. Ammo o'zimni tiyolmadim, xo'sh nima qilishim kerak edi? ...men seni sevaman Nayon! - Yoongi Nayonni o'ziga tortib, labini qizning labiga tezlik bilan birlashtirdi. Nayonning miyyasi birdan ishdan chiqqandek bo'ldi.

Yoongi va Nayon

Nima bo'lganini tushunolmasdan, gangib qoldi. Keyin o'ziga kelib, Yoongini orqaga itarib yubordi.

- S..sen hozir nima qilding? JINNI! TELBA! Buni qilishga qanday haqqing sig'di? Yaramas!

- Hoy o'zingni bossangchi - Yoongi labini ushlagancha kulardi.

Yoongi

- Sen rostdan ham jinnisan! Kulishini buni - Nayon ortiga qarab, yugurib ketdi. Yoongi esa ortidan unga qarab kulgancha qolib ketdi.

***

Mingyu tezlikni oshirgancha, katta yo'ldan yel kabi harakatlanardi. U eshitgan gaplar, uni tamom qilgandi. Hozir faqatgina alamdan yuragi yonardi. Rulni qattiq urgancha baqirardi.

- NEGA? NEGA AYNAN U? Shibal nima uchun? - kuchli baqiriq ovozlari, oxirida g'amginlik bilan pasayardi. Mingyu yanayam tezlikni oshira boshladi.

Mingyu

- Seni yo'q qilaman, Jeon Jungkook! Sen bu ishing uchun shunchaki qutulib qololmaysan! - nafrat bilan gapirarkan, qarshisidan mashina chiqqanini sezmay qoldi. Undan qochaman deb rulni yon tarafga burdi...va yo'ldan chetga chiqib, bir marotaba dumalab ketdi.

• 21-epizod tugadi...• #Minatozaki_Mia