Rejalashtirilmagan muhabbat
Jungkook qadamlarini jahl bilan, restoran oshxonasi tomonga burdi va ichkariga kirib Nayonni qidira boshladi. Uni ko'rganidan so'ng, darrov oldiga borib, bilagidan ushlab ichkaridan olib chiqti.
- Hoy, nima qilyapsan. Qayerga etyapsan. Qo'yib yubor axmoq - siltandi, Jungkook hech kim yo'q joyda to'xtab, bilagini siltab qo'yib yubordi.
- Nima qilyapsan - Nayon uning harakatiga tushunarsiz qaradi.
- bilasanmi, Chanmi hozir qayerda? Bilasanmi? - ko'zlaridan ko'zini uzmadi.
- seni u bilan nima ishing bor? Qayerdaligini bilib nima qilasan?
- axaxa, yaxshisi bilmayman deb aytganing maqul - kinoyali gapirib, asabiy kuldi. Nayon esa jimib qoldi.
- U bilan ishing bo'lmasin! U senga, sen unga hech kim emassan!
- Xaa, shunaqa, sendan nega so'rayapman axir? Hattoki necha kundan buyon qayerdaligini o'zing ham bilmaysanku - unga yaqinlashdi
- maqsading nima? Mendan nima xohlaysan ? - yaqinlashganini ko'rib, o'zini ortga tortdi.
- Sen aslida unga kimsan? U haqida qayg'urasanmi? Necha kundan buyon begona erkakning uyida tunayotganini bilasanmi?
- Nima...qanaqa erkak? Nima deyapsan
- Xaa, hech narsadan xabaring yo'qligini bilgandim. Sen unga hech kim emassan! Yo'qsa Mingyu bilan, nimalar qilib yurganini bilarding. Shuncha kundan buyon, qayerdaligiga qiziqmading ham, sen qanaqa yaqinisan? SHIBAL! - nima qilishini bilmasdan, bor jahli bilan devorni mushtlab Nayondan uzoqlashdi.
Jungkook ketganidan so'ng Nayon devorga suyanib qoldi.
- Chanmiga nima bo'ldi? Jungkookning aytgan gaplari rostmi? Nahotki...?
Mingyu, Jungkookning Chanmi uchun ko'rsatayotgan harakatlaridan shubhalana boshladi. Miyyasida to'xtovsiz Nega? Nimaga u bunday qilyapti? degan savol aylanardi.Balki Jungkookka ham Chanmi yoqar. Shuning uchun, Mingyu Chanmiga yaqinlashganida Jungkook doim jahl otiga minar. Lekin endi Mingyu bu gapni ortiq yashira olmaydi. U Chanmiga hoziroq hammasini aytishga qaror qilgandi. Uni sevishini, va unga yaqinlashishni xohlashini ortiq ichida saqlab turmoqchi emas! Toki Jungkook unga yaqinlashmaguniga qadar, uni o'ziniki qilishi kerak.
Mingyu mehmonhonaga kirib, xonasi tomon ko'tarila boshladi. Eshik oldiga kelib, to'xtab turdida, o'ziga:
- men buni uddalayman, bugun unga barini aytaman - deya, kuchli ishonch bilan eshik dastasini bosib ichkariga kirdi. Ichkariga kirarkan, uyni qandaydor nafis ifor o'rab olgandi. Sekin qadamlar tashlab Chanmini qidira boshladi.
- Chanmi? Chanmi shu yerdamisan - dedi-yu, lekin javob kelmadi. Xonasi tomon kelib, eshikni taqqilatdi. Ammo hech qandayd sado eshitilmadi. Shundan so'ng Mingyu asta eshikni ochib ichkariga qaradi. Chanmi xonasida ham emasdi lekin qayerdandir Chanmining qo'shiq aytayotgani eshitildi. Ichkariga to'liq kirib, xonani aylana boshladi. Shu payt ko'zi eshiklari berkilgan hammomga tushdi. Yaqinroq keldi, qo'shiq ham o'sha yerdan eshitilayotganini sezdi. Mingyu kulib qo'yib, xonadan chiqib ketdi va dushdan chiqishini kutishga qaror qildi.
- Tentak, uyni qulflamasdan dushga kiribti. Yana baland ovozda qo'shiq aytyapti - biroz oldingi asabiy muammolarini bir zum unutib, zavq bilan jilmaydi.
Chamasi yarim soatlardan so'ng Chanmi dushdan chiqib, kiyina boshladi. Ustiga, yengil tizzasidan biroz yuqoriroqda turadigan ko'ylak kiyib, sochlarini quritishga tushdi va oynaga qarab turdi.
- Mingyuning ham didi chakki emas ekan, bu ko'ylak menga juda yoqti - o'ziga tikilgancha quvonib, Mingyu unga olib bergan ko'ylakka bir necha daqiqa qarab turdi.
So'ngra xonadan chiqib oshxona tomon yo'l olayotganda uyoqdan buyoqqa asabiy yurayotgan Mingyuni ko'rdi.
- Mingyu? -uning harakatiga tushunarsiz qaragancha, joyida toxtab qoldi. Chanmini ovozini eshitgan Mingyu darrov to'xtab Chanmiga qaradi. Ustiga u olib bergan ko'ylakni kiyganini ko'rib, bilinar-bilinmas jilmayib qo'ydi, so'ng Chanmi tomon qadam tashladi.
- Yana 1 soatlardan so'ng dushdan chiqasan deb o'ylagandim. Lekin ofarin o'ylaganimdan oldinroq chiqding - ustiga bostirib bordi. Chanmi esa bundan hayratlanib o'zini ortga tortdi.
- Xaligi, anchadan buyon shu yerdamisan? Menda gaping bormidi? Nega kutding?
- Xa gapim bor edi - yana ko'ylagiga qaradi va - senga yarashibti, ochilib ketibsan dedi
- Haa bumi? Raxmat...menga ham yoqti - uyalgansirab qornini qo'llari bilan to'sdi - qanaqa gaping bor edi aytasanmi?
- Chanmi, balkim hozir buni vaqti emasdir ammo, senga buni hozir aytmasam keyin o'zimdan nafratlanib yurishimga to'g'ri keladi. Shunday ekan meni eshitib, to'g'ri qabul qilasan degan umiddaman - o'rtalaridagi yaqin va qaynoq masofadan, noqulay ahvolda turgan Chanmiga qaradi va ortga tirsalib, undan uzoqlashdi.
- Aa..albatta to'g'ri qabul qilaman. Axir biz do'stlarmiz shunday emasmi? - soxta kulimsiradi.
- Men buni hoxlamayman! - qizning gapidan avzoyi buzildi.
- N..nimani? - gapiga tushunmasdan
- Men sen bilan do'st bo'lishni va shunday qolishni istamayman! Tushunyapsanmi Chanmi? - ovozini balandlatib yubordi, qiz esa cho'chib tushdi.
- Mingyu, hozir...nima demoqchiligingga unchalik ham tushunmadim...Uyimdan ket demoqchimisan? Shundoq ham bugun ketmoqchi edim, lekin sen... - Mingyu gapini bo'ldi
- Yo'q! Unday demoqchi emasman. Agar istasang shu uy seniki, istaganingcha yasha! Men boshqa narsani nazarda tutdim. Yigit va qiz hech qachon do'st bo'la olmaydi Chanmi...men senga aytmoqchimanki - gapida to'xtab, o'ylanib qoldi.
- Men shuni bilishingni istayman...- yana jimib qoldi. Chanmi esa unga g'alati nigoh bilan tikilib turardi.
- Xo'sh..? - Chanmi, Mingyuning chaynalayotganini ko'rib, o'zi gapirdi.
- Sen menga yoqasan...men seni sevaman Yoon Chanmi! - shu gaplarni bir nafasda aytib, o'tkir nigohlari bilan Chanmining qop-qora ko'zlariga umid bilan tikildi.
- N..nima? - Chanmi gandiraklab qoldi. Hozir eshitganlariga tushunmayatgandi.
- Men Seni Sevaman, bor vujudim bilan!
- M..mingyuu s.sen hozir hazl qildingga? - Chanmi o'zini bu narsa xato bo'lishiga ishontirmoqchi bo'ldi.
- Yo'q! Menga haqiqatdan ham yoqasan - sekin qadamlar bilan unga yaqinlashdi, Chami esa orqaga tirsala boshladi.
- Mingyu b..biz tanishganimizga hattoki b..bir oy bo'lmadi...Sen buni qanaqasiga ayt..yapsan - Mingyu qadamlarini to'xtatmaganini ko'rib, havotirlana boshladi.
- Chanmi men seni, sen meni taniganingdanda oldinroq uchratganman va o'sha ondayoq seni yoqtirib qolganman. Iltimos men bilan bo'l - vanihoyat ortga yo'l qolmadi. Chanmi devorga orti bilan urildi va so'nggi chorasi ham tugaganini sezdi, Mingyu esa oralarida, nafas eshitilishi eshitiladigan darajaga borguncha yuraverdi.
- Men seni qattiq sevaman va sen bilan hayot yo'llarimni bog'lamoqchiman...kel, uchrashamiz - deya Chanmining lablariga tikildi va yuzini o'sha tomon sekinlik bilan yo'naltirdi. Chanmi buni ko'rib yuragi qo'rqanidan qattiq ura boshladi.
Pov Chanmi: u nima qilyapti? Hozir mendan bo'sa olmoqchimi? Yoki boshqa...yo'q! Men buni xohlamayman - Jungkook bilan o'tkazgan kuni yodiga tushib talvasaga tusha boshladi va baland ovozda baqirib, Mingyuni o'zidan itarib yubordi.
Mingyu kresloga o'tirib qoldi. Chanmini bu harakatidan hayratlanib, unga qaradi. Chanmi yerga o'tirgancha, qornini ushlab olib qattiq nafas olardi. Ko'rinishidan u juda qattiq qo'rqandi. Mingyu darrov o'rnidan turib uni yoniga bordi.
- Chanmi...ahvoling yaxshimi...?
- iltimos yaqinlashma !! - oyoqlari bilan o'zini ortga itardi.
- Men haligi...- uni gaplaridan so'ng joyida to'xtadi.
- Menga gapirmaa - ko'zlaridan ohista yosh chiqa boshladi.
Pov Mingyu: nima? Unga birdan nima bo'ldi? Gaplarimdan hafa bo'ldimi? Yoki...bo'sa olmoqchiligimdanmi...?
Chanmi hona burchagida o'tirib, qo'llari bilan qulog'ini to'sgancha, yuzini tizzalari orasiga berkitib yig'lardi. Mingyu esa 1,2 qadam undan narida nima bo'layotganiga tushunmasdan turardi. Bir necha daqiqa davom etgan bu sukutni Mingyu buzdi.
- Chanmi...meni kechir, menimcha men oshirib yubordim - unga qaradi. Chanmi javob bermadi, lekin birozdan so'ng boshini ko'tardi va Mingyuga qaradi. Mingyu u tomonga yaqinlashayotganda Chanmi qo'llari bilan to'xtash ishorasini qildi, Mingyu esa indamasdan joyida to'xtadi. Chanmi sekin o'rnidan turib, ko'z yoshlarini artdi
Mingyu ham uning ortidan, o'rnidan turdi. Chanmi esa sekin xonasi tomon qayrilib ichkariga kirib ketdi va eshikni ichkaridan qulfladi. Mingyu eshikka yaqinlashib, jimib qoldi va o'ylay boshladi.
Pov Mingyu: unga nima bo'lgan? Men shunchaki bo'sa olmoqchi edim, lekin u...Nimalarni o'yladikan? Men haqimda fikri o'zgargan bo'lsachi. Exx, axmoqman. Negayam uni javobini eshitmasdan bu ishni qildim. Endi nima bo'ladi - Mingyu shu hayollar bilan bir-necha daqiqa o'ylanib, eshik oldida Chanmini kutib turdi.
Shu payt eshik ochilib, Chanmi qo'lida bir nimalarni ko'targancha chiqti. Mingyuni ko'rdi va sezdirmaslikka harakat qilib, undan orqaroqqa yurdi. Mingyu Chanmiga tushunarsiz nigoh bilan qarab turar ekan. Nega biroz oldin egnida kiygan ko'ylagini yechib, ular uchrashgan kundagi ko'ylagini kiyib olganiga tushunmadi. Chanmi yerga biroz tikildi va Mingyuning qarshisiga keldi. Ikkovlari ham bir-birlarining ko'zlariga tikilib turishardi.
- Mingyu bilasanmi, - Chanmi vanihoyat tilga kirdi va yana jimib qoldi.
- Sen menga shu hafta ichida juda ham katta yordam berding. Bu uchun senga qancha minnatdorchilik bildirsam ham kam. Lekin men endi uyga ketishim kerak
- Meni debmi? - Mingyu o'zining qilgan ishidan hafsalasi pir bo'la boshladi.
- Mingyu, to'g'ri sen juda ham yaxshi do'stsan, ammo men taklifingni qabul qila olmayman. Meni kechir...
- Chanmi, iltimos qaror qilishga shoshilma. Men o'shanda, o'zimda emasdim...nima qilayotganimda bexabar edim
- Yo'q, buni umuman sen aytgan ishga aloqasi yo'q. Shunchaki bu mening aybim. Hammasi uchun raxmat. Sen juda ham yaxshi insonsan. Iltimos shundayligingcha qol - Chanmi u bilan tezroq suhbatni tugatishni istab, gapini qisqartirdi va eshik tomonga yura boshladi.
- Chanmi, iltimos meni kechir. Bilaman, sen hozir men tufayli shunday qilyapsan, lekin ishon men buni xohlamagan edim. Bu tasodifan sodir bo'ldi - uning ortidan yurib, yo'lini to'sdi.
- Mingyu, sen tushunmayapsan. Sen hozir menga hech nima qilganing yo'q. O'rtamizda hech nima bo'lgani yo'q. Nimadan havotirlanyapsan? Aytganimdek, bunga sening aloqang yo'q. Men senga loyiq emasman, bori shu... - Mingyu yo'lini to'sib turarkan, uni nariroqqa itarib o'tib ketmoqchi edi, biroq Mingyu uning qo'lidan ushlab oldi. Chanmi darrov unga qaradi.
- Chanmi, yolvoraman ketma. Men sen xohlagan hamma narsani qilaman. Va'da beraman, o'zing xohlamaguningcha senga yaqinlashmayman ham. Iltimos men bilan qol. Sen men uchun, o'zing o'ylaganingdan ham ko'ra katta ahamiyatga egasan - Mingyu gapirgunicha uning ko'zlariga qarab, alam bilan qarab turdi, so'ngra qo'lini bo'shatishga tushdi.
- Mingyu nega tushunmayapsan? Bu gapni takrorlash menga oson deb o'ylaysanmi? MEN SENGA LOYIQ EMASMAN! MEN SEN O'YLAGANINGDEK EMASMAN - axiyri yig'lab yubordi, rostan ham bu so'zlarni kimgadir aytish unga oson emasdi. Darrov qo'lini tortib olib, eshik tomon yurdi. Mingyu ham ortidan yurib o'ziga qaratdi.
- Chanmi...- Chanmi Mingyuni o'zidan itardi.
- Mingyu iltimos, yaqinlashma. Ketishimga imkon ber - deya, takror ortiga o'grilib, eshikni ochdi va eshik ortida turgan kimsaga hayrat va qo'rquv bilan qarab qoldi.