Rejalashtirilmagan muhabbat
22-epizod
- Ou yo'q, nimalar bo'ldi? - Mia mashinasidan qaltiragancha tushdi. U judayam qo'rqib ketgandi.
Undan bir necha metr uzoqlikda, yo'l trassasidan katta tezlikda dumalab chiqib ketgan, mashina turardi. Mia avvaliga vahimaga tushdi, keyin tezda telefonini olib tez yordamga qo'ng'iroq qildi, so'ngra pachoqlangan mashina tomonga yugurdi.
- Endi, nimaa bo'ladiii? Ah..voli yaxshimikann? - mashinaga yaqinlasharkan, haliyam nima bo'lganini to'liq anglamagandi. Mashinaning singan oynalaridan ichkariga qaradi. U yerda Mingyu xushsiz va jarohatlangan holda yotardi. Mia eshikni ochishga urinib ko'rdi. Lekin mashina ichkaridan qulflanib qolgandi.
- JIN URSINNN! Tirik bo'lsinda, oynani sindirsam, uni jarohatlashim mumkin...nima qilsam bo'ladi - u hozir juda asabiylashardi, yon tomondagi eshikni ham ochishga urinib ko'rdi, ammo u ham ochilmadi. Shundan keyin orqa eshik oynasini, tosh bilan sindirdi va eshikni qulflarini ko'tardi. Yugurib borib, old eshikni ochdi. U yerda Mingyu qo'li hamda boshi harohatlangan holda, xushsiz yotardi. Avvaliga Mia ko'p qonni ko'rib qo'rqib ketdi. Keyin o'zini qo'lga olib, uni mashinadan chiqarishga urinib ko'rdi.
- Jin, ursinn, oyog'i qisilib qolibti! - deya boshini ortga suyantirib, oyog'ini chiqara boshladi. Bir amallaganidan so'ng, qo'lini yelkasidan o'tqazib mashinadan tushirdi. Mingyu batamom xushsiz edi, Mia bir zumga "u o'zi tirikmi?" deb ham o'yladi. Lekin og'ir nafas olishi unga eshitila boshladi. So'ngra ko'ngli joyiga tushdi. Uni ko'tara oladigan kuchi yo'qligi sabab, pachoqlangan mashinadan uzoqroqqacha etib, yerdagi maysalarga Mingyuni yotqizdi. Bu asosiy emas, balki o'rmonga yaqin, deyarli mashinalar kam harakatlanadigan yo'l bo'lganligi sababdan, atrofda mashina va yordam berishni so'rashga, odam yo'q edi. Shuning uchun Miani tez yordam kelishini kutardi. Ammo ular kelguncha ham, qo'l qovushtirib o'tirolmasdi. Tezda mashinasi tomonga yugurib, suv va mashinalarda bo'ladigan dori-darmonlar qutisini olib keldi. Suvni yuziga sachratib ko'rdi, balki o'ziga kelar deb ammo Mingyu qimirlamadi ham. Keyin esa boshidagi yorilishni qattiq, bog'ich bilan bog'lab qo'ydi, chunki boshidan juda ko'p qon oqayatgandi. Ammo bu foyda bermadi, bog'ich bir zumda qizil tusga kirdi.
- Nima qilishim kerak?! U juda ko'p qon yoqatyapti... - juda ham shoshilib qoldi. So'ng Mingyuning boshini sekinlik bilan ko'tarib, tizzasiga qo'ydi. Shunda qon ketishi birozginaga kamaydi. Nam salfetka bilan, yuzini va yaralarini arta boshladi. Oradan 10 daqiqa o'tdi. Shu paytda uzoqdan tez yordam mashinasi ovozi eshitildi. Mia darrov ovoz kelgan tomonga qaradi.
- Vanihoyat...- yengil tortgandek bo'ldi. Tez yordam hodimlari, mashinadan birin-ketin tushib ular tomonga kelishardi.
- Xonim ahvolingiz yaxshimi? - birinchi Miaga yuzlanarkan.
- M..menda hammasi joyida, u..u qattiq jarohatlangan ko'rinadi. Iltimos unga yordam bering
- Zambilni olib keling! - shifokor, mashinadagi hamshiralarga baqirdi. Zambilni keltirishgandan so'ng, Mingyuni sekinlik bilan unga yotqizishdi va mashina tomon olib keta boshlashdi. Mia qon sachragan ko'ylagiga qarab qoldi. U bu avto-halokatdan juda ham qo'rqib qolgandi. Fikr-o'ylar uni qamrab olgandi.
- Xonim qattiq qo'rqqanga o'xshaysiz, biz bilan keting. Sizni ham tekshiruvdan o'tqazamiz
- Nima..? Ha, yo'q menda hammasi joyida, biroz turib ortingizdan yetib olaman, - birdan hayollari buzildi va shifokorga soxta tabassum bilan gapirdi.
- Yaxshi xonim, biroz suv ichib oling, ahvolingiz oz bo'lsada yaxshilanadi. Iloji bo'lsa tezroq yetib keling
- Yaxshi, raxmat - tez orada tez yordam mashinasi ham ketdi. Mia birdan yerga o'tirib qoldi. Sochlarini qattiq siqti
- B..bu menn tufaylii, bo'lmmadi shundaaymi? Bunda m..mmeni aybim yo'q... - bir muddat shunday turganidan so'ng, o'rnidan turdi. O'ziga kelib, mashinasi tomon yugurib ketdi.
- Xa, operatsiya xonasini tayyorlang, bemorni ahvoli unchalik ham og'ir emas ammo boshi jarohatlangan va qo'lida yopiq sinish bor.
- Va yana, uni bizga kim xabar berdi? Uni toping va yaqinlarini chaqirtiring - operatsiya xonasi tomon kirarkan, ikki hamshira shifokorning ortidan gaplarini eshitish uchun, tezlik bilan yurardi.
- Tushunarli janob, omad - ikki hamshira birdan gapirib, operatsiyaga kirayotgan shifokorga ta'zim qilgancha o'z ishiga ketishdi.
Nayon ko'chadagi sovuq o'rindiqlarga o'tirib, Yoongining qilgan ishini o'ylab jahli chiqardi.
- Axmoq, yaramas. U buni hazl deb o'ylayaptimi? Uning rejasi qanday o'zi? - shu payt birdan telefoni jiringlab qoldi. Sumkasidan telefonini olib raqamga qaradi.
- Mingyu? U nega yana menga qo'ng'iroq qilyapti? Nima xohlaydi o'zi - deya qo'ng'iroqni o'chirib qo'ydi va sumkasiga telefonini solib ulgurmasidan, yana qo'ng'iroq bo'la boshladi.
- Uff, ko'tarmasa tinch qo'ymadiganga o'xshaydi... - deyarkan, asabiylashib qo'ng'iroqqa javob berdi.
- Eshitaman...xo'sh nima demoqchisan?
- Nayon xonim? - qo'ng'iroq ortidan, begona ovoz eshitildi.
- Kim Mingyu, siz uni taniysizmi? U sizning tanishingizmi?
- Xa shunaqa, uni taniyman. Nimadir bo'ldimi? - qiziqishi yanada ortdi.
- Janob Mingyu, shahar markazidagi shifoxonaga avto- halokat tufayli, og'ir ahvolda olib kelindi. Xozir operatsiya xonasida, agar yaqini bo'lsangiz yetib kelishingizni so'rayman. U oxirgi marotaba shu raqam bilan gaplashgan ekan. Shuning uchun sizga qo'ng'iroq qilyapmiz. Iltimos shahar markazidagi shifoxonaga yetib keling
- Nima avto-halokat? Qachon? - Nayon birdan o'rnidan tura ketdi.
- Xonim iltimos aytilgan manzilga yetib keling, keyin gaplashamiz, xayr - deya qo'ng'iroqni yakunladi.
- Xaligi...- Nayon gapirishga ulgurmay qoldi.
- Bu nimasi? U bilan ko'rishganimizga xali, bir soat bo'lib ulgurmadiku.., - deb noligancha, buyumlarini sumkasiga solib shoshilgancha turib ketdi.
Mia kasalxonaga yetib kelib, kutish zalida operatsiya tugashini uyoqdan buyoqqa yurgancha kutardi. Sochini qattiq siqib olgancha asabiylashardi. Mingyuning ahvoli haliyam uning ko'z oldida edi.
Shu payt eshik ochilib niqobli shifokor chiqti. Mia uni ko'rib darrov o'rnidan turdida, oldiga bordi.
- Doktor, uning ahvoli qanaqa? Hammasi joyidami? - havotirlangancha, shoshilib so'rardi.
- Ha hammasi joyiga, u qattiq shikastlanmagan. Operatsiya deb atash tog'ri bo'lmasada, u muvaffaqiyatli o'tdi. Qo'lida ichki sinish bor, va boshi jarohatlangan shuning uchun ko'proq qon yo'qatgan. Tez orada tuzaladi.
- R..rostanmi? Huhh, hammasi joyida ekan.. - Mia birdan yengil tortdi
- Bizga xabar bergan siz bo'lasiz, shunday emasmi?
- Xa, men...- deya gapini ettirmoqchi bo'lganida, ular tomonga kelayotgan ikkita politsiya xodimlarini ko'rdi.
- Xa eshitaman - Mia ularga g'alati nigoh bilan tikildi.
- Jarohatlanuvchi Kim Mingyuni, birinchi siz ko'rgansiz va tez yordamga xabar bergansiz, shundaymi?
- Xa shunaqa, mendan qanaqadir yordam kerakmi?
- Bizga nima bo'lganligi haqida, 2-3 og'iz ko'rsatma berishingiz kerak. Iltimos biz bilan politsiya bo'limiga boring, bu ko'p vaqt olmaydi.
- Yaxshi.., - deya shifokorga qisqa ta'zim qilib politsiyachilarning ortidan ketdi. Nayon shoshilgancha shifoxonaga kirarkan, tasodifan ko'zi Mia va bir nechta politsiyachilarga tushdi.
- U bu yerda nima qilyaptikan? - deya sekinlashib, Mingyuni so'rash uchun qabulxona tomonga ketdi.
Aytishlaricha Mingyuning ahvoli hozir, juda bo'lmasa yaxshi. Boshidan yegan zarbasi tufayli, ko'zini ochishi nechadir soatga cho'zilishi mumkin. Nayon shifokor bilan gaplashib hammasini bilib oldi. Hozircha uning yoniga kiritishgani yo'q. Chunki Nayon uning qarindoshi yoki boshqa emasdi. Ammo Nayon shifokorlarga uning ota-onasi hozir chet eldaligini va Mingyu bilan yaqin do'stlar ekanligini aytib, u ko'zini ochganidan so'ng ko'rishishgagina ruxsat oldi. Mia esa haliyam politsiyachilar yonidan, qaytgani yo'q. Nayonning sabri tugab borardi, kutish zalida uning o'ziga kelishini kutaverib zerikib ketgandi. Atrof ham allaqachon qorong'ulashishga ulgurgandi va birdan Chanmi yodiga tushib qo'ng'iroq qildi.
- Nayon, qayerdasan? Uydan chiqib ketganingga ancha bo'ldi nahotki, hozir ham Mingyu bilansan? - qo'ng'iroq ortidan zardali tovushlar eshitildi.
- hoy, darrov qizishmasangchi. Biroz ushlanib qoldim. Ahvoling qanday, bezovta bo'lmayapsanmi? Ovqatlandingmi? - horg'in hotirjamlik bilan gapirardi.
- Xa..hammasi joyida lekin senga nima bo'ldi, Nayon?
- Menga hech narsa bo'lgani yo'q lekin Mingyu...
- Mingyu? Unga nima bo'ldi? - qiziqishi kuchaydi.
- Bilasanmi, Mingyu chamasi 2 soatlarcha oldin avto-halokatga uchrapti. Ahvolini yaxshi deyishyaptiyu, lekin hali o'zim ko'rganim yo'q. O'ziga kelishini kutyapman.
- Nima? Avto-halokat? Qanaqasiga bunday bo'ladi?
- Bilmayman Chanmi, bilmayman. O'ziga kelsa gaplashib ko'raman...ammo bu seni xomiladorligingni bilgani uchun emasligiga umid qilaman - sokin ohangda.
- Nayon...sen unga buni aytganmiding? Endi nima bo'ladi? Agar rostan ham shu tufayli bo'lsa...
- Chanmi, men o'ylashimcha bunday emas. U buni eshitganidan so'ng hech qanday reaksiyasiz, restoranni tark etdi. Menimcha u o'shandayoq sendan vos kechgan
- ....., unda yaxshi bo'lipti, men ham bir yukdan qutildim. Endi sof yurakli insonning qalbini yaraladim deb o'ylashimga, hojat qolmadi....balki uni ertaga "do'st" sifatida ko'rishga borishim mumkin.
- menimcha bunga hojat yo'q, u seni ko'rsa...bezovtalanishi mumkin. Men esa u hushiga kelgunicha shu yerda bo'laman. Sen yotib dam ol. Eshiklarni qulflab ol, menda kalit bor - muloyimlik bilan gapirarkan, bir hamshira chiqib u tomonga kelayotganini ko'rdi.
- Chanmi men ketyabman, menimcha u o'ziga kelgan. Eshiklarni qulflashni unutma! - hamshirani ko'rib, o'rnidan turib u tomonga bordi.
- Yaxshi - deya, Chanmi qo'ng'iroqni yakunladi.
- Nayon xonim, bemor o'ziga keldi. Uni ko'rishingiz mumkin. Lekin faqat 15 daqiqaga xolos. Janob Cha (shifokor) bemorni ko'p bezovta qilmasligingiz kerakligini aytdi
- Yaxshi, tushundim - deya hamshiraning orqasidan xonaga kirdi. Hamshira Nayonga yana bir nimalar deb aql o'rgatida, chiqib ketdi. Nayon darrov Mingyuga qaradi, uning chap qo'li gipsda va boshi bint bilan o'rab tashlangandi. Mingyu holsiz ko'zlarini Nayonga tikdi va: - keldingmi? - dedi.
- Ahvoling yaxshimi? O'zingni qanday his qilyapsan? - Nayon unga sekin yaqinlashdi.
- Unchalik ham emas, chidasa bo'ladi - beparvolik bilan
- Nega bunday bo'ldi? Qaysidir chala va axmoq haydovchi qildimi? Odamlarga ham hayronsan, bir insonni hayotiga zomin bo'lishini o'ylashmaydi-da, hech nimani bilishmasa ham mashina haydashadi!
- Ayb o'zimda, katta tezlikda ketayotgandim va qarshimdan chiqqan mashinadan qochishga urinib, trassadan chiqib ketganda o'xshayman.
- Nima?! Mingyu bu nimasi axir? Joningdan to'ydingmi yoki boshqa? Tezlikni shunchalik ham oshiradimi? - Nayon hamshiraning gaplarini bir zumda unutib, Mingyuga baqira ketdi.
- men o'sha ablahni o'ldirishga ketmoqchi edim...lekin, ko'rib turganingdek hozir shu ahvoldaman - qo'liga ishora qildi.
- Nima? Tushunmadim...kimni? Chanmini aytyapsanmi? Sen nimalar deyapsan? - Nayon birdan qizishib ketdi.
- Chanmi!? - Mingyu g'azab yashiringan kulguni namoyon qildi.
- Qanaqa Chanmi? Nima men senga shunchalik ahmoqmanmi? Xo'sh Chanmining aybi qanday ekan?
- Bu bilan, undan vos kechmadim demoqchimisan? Nima, sen undan haliyam umidvormisan? - Nayon hayolini jamlayolmadi.
- Bu nima deganing? Xo'sh u xomilador bo'lsa nima qilipti? Kim undan vos kechaman deb aytdi? Hamma ayb o'sha ablah Jeon Jungkookda ekan, nega Chanmidan alamimni olishim kerak. Men Jungkookni yer bilan yakson qilgani ketayotgandim - nafrat bilan gapirdi.
- NIMA?! Aqldan ozib qoldingmi? - Nayon birdan baqirib yubordi.
- Nima bo'ldi? U qilgan ishlari uchun shunchaki, hech qanday jazosiz yashayveradimi? - jahli chiqib ketdi.
- Yo'q, yo'q, yo'q, aslo! Aslo buni hayolingga ham keltirma! Agar rostan ham Chanmi senga qadrli bo'lsa...
- Nima demoqchisan tushunmadim?
- Qanaqasiga tushunmaysan? Bu avto halokat ham bejizga bo'lmagan ekan. Sen hech o'ylab ko'rdingmi? Unga nima deysan? Chanmi sendan xomilador va buni qasosini olmoqchiman deysanmi? Bu gapni eshitgandan keyin Jungkook Chanmini tinch qo'yadi deb o'ylaysanmi? Bizni shundoqqina olovga tashlagan bo'lasanku!
-..... - Mingyu bu haqida umuman o'ylab ko'rmaganligi tufayli bir nima deyolmadi. O'shanda Nayonning gapini eshitarkan, hayoli tezroq borib, Jungkookdan o'ch olishda bo'lganligi sababli, bu haqida hatto o'ylab ham ko'rmagandi.
- Ammo...o'shanda sen hech narsa demasdan turib ketding va men...seni Chanmidan vos kechding deb o'ylagandim...
- Yo'q. Hech qachon undan kechmayman. U meni sevib qolmagunicha harakat qilaman. Buni hattoki hayolimga ham keltirganim yo'q, lekin Nayon sendan bir iltimosim bor!
- Men uchun Chanmini shu yerga chaqira olasanmi? U bilan ko'rishib gaplashishni istayman. Faqat rad etma...- Mingyu boshini biroz tepaga ko'tardi.
- Iltimos yo'q dema, faqat bir marta - Mingyu Nayonga qarab, javobini kutdi. Nayon bir necha daqiqa o'ylanib turgandan so'nggina bunga rozi bo'ldi. So'ngra Nayon ularga berilgan vaqt tugaganini va ertaga Chanmi bilan kelishini aytib, Mingyu bilan hayrlashdi va kasalxonani tark etdi.
Bu orada Mia ham kasalxonaga kelgandi. Ammo Mingyuni ko'rish uchun kirolmadi. Sababi esa hozir uning yaqinlari u bilanligi va bemor dam olishi kerakligi edi va ertaga kelgani ma'qulligini aytishdi. Shuning uchun Mia takror kasalxonani tark etdi.
Chanmi oxirgi paytlarda tez charchaydigan va toliqadigan bo'lib qolgandi. Shuning uchun allaqachon, yotog'iga chiqib uxlashga tayyorlanayotgandi. Ammo birdan eshik jiringlab qoldi.
- Bu Nayonmi? Axir menga kalitim bor degan edi? Yoki uyga tashlab ketganmikan - deya sekinlik bilan yotog'idan tushib, xonasidan chiqti. Eshikka yaqinlashib, uni ochdi va gapira ketdi: - Nayon, menga kalitim bor degan eding.... - Chanmi birdan qattiq baqirib, eshikni o'zi bilmagan holda yopib yubordi. Buning sababi esa eshik ortida Nayon emas, Jungkook qo'lida bir nimalar ko'tarib olgancha turardi.