October 16

Rejalashtirilmagan muhabbat

Seni uchratganim sababli, yaxshi insonga aylandim ~

19-epizod

Chanmi...- Chanmi Mingyuni o'zidan itardi.

- Mingyu iltimos, yaqinlashma. Ketishimga imkon ber - deya, takror ortiga o'grilib, eshikni ochdi va Nayonni ko'rib ikkovi ham to'xtab qoldi.

- Nayon? - Chanmi, sekinlik bilan gapirdi.

- Sen bu yerda...- Nayon darhol Chanmining gapini bo'ldi?

- Nima qilyapsan? Bu yerda nima qilyapsan - qatiy, jahldor ohangda gapirdi.

- Nima? - Chanmi uning gaplariga tushunmadi.

- Sen, shu paytgacha u bilan edingmi?

- Nimalar deyapsan? - Chanmi, Mingyuga qarab qo'ydi.

- Nayon, sen bizni no'tog'ri tushunding o'ylashimcha. Bu sen o'ylagan ish emas - Mingyu gapga qo'shildi.

- iltimos, sen aralashma Mingyu. Qani Chanmi ortimdan yur, sen bilan uyda gaplashamiz - deya Chanmining bilagidan ushlab olib, tortdi.

- Hoy sekinroq - qattiq qisib olganligi sababli, Chanmi Nayonga o'shqirdi.

- Nayon...- eshik Mingyuning yuziga qattiq yopildi, hattoki gapini oxirigacha ham aytolmadi. Hammasi birdaniga sodir bo'lganligidan, Mingyu gangib qoldi.

Mingyu

Bu Mingyuning Chanmiga olib bergan, o'sha ko'ylagi edi. Mingyu sekinlik bilan yotoqqa yaqinlashdi va ko'ylakni qo'liga olib chuqur xo'rsindi.

***

- Xo'sh, nima bo'ldi?

- Janob, aytganingizdek bir qiz, Chanmi xonimni mehmonxonadan olib chiqti, hozir taksiga o'tirishyapti

- Ortidan hech kim chiqmadimi?

- Yo'q janob.

- Yaxshi, unda ularni uyigacha kuzat, so'ng telefon qilasan

- Xo'p bo'ladi.

***

Chanmi va Nayon uyga yetib kelishdi. Avvaliga Nayon Chanmini o'zining shubha va savollariga ko'mib tashladi. Lekin keyin bari u o'ylaganidek emasligi tushunganidan keyin tinchlanib, Chanmidan hammasi uchun uzr so'radi. Hayot doimgidek bir oqimda ketardi. Nayon hamda Chanmi o'qishdan ishga, ishdan uyga, uydan yana o'qishga jo'nashardi. O'sha voqeadan so'ng Mingyu tunggi klublarga ko'p qatnaydigan bo'lib qoldi. Har doim Jungkookning restoraniga kelib, Chanmi unga xizmat ko'rsatishini kutardi. Bundan yagona istagi uni ko'rish edi. Lekin Chanmi buni bilganligi sababli, u kelganida tashqariga chiqmaslikka harakat qilardi. Iloji boricha boshqa ofitsant qizlarni o'rniga yuborardi. Mingyu juda ham o'yga tolib qolgandi. U bilan o'tkazgan kunlari, unga qilgan munosabatlari...hammasi bir qiz orzu qiladigan darajada edi. Lekin, nega Chanmi uni rad etdi? Shu savol faqat unga azob berardi.

Jungkookka kelsak, u hozir offis ishlari bilan band. Lekin doim ikki ko'zi Chanmini kuzatish bilan ovvora. Bu nima? Nega unday qilyapti? Jungkook bu savollarga javob topishni istamasdan, tinmay Chanmini kuzatardi. Yoongi bo'lsa kasalxonadan chiqdi. Hozir bazi-bazida u yerda qatnab muolajalarini turadi.

Shu tariqa oradan 1.5 oy o'tdi. Vaqt shunaqanggi tez o'tdiki. Homila 4 oylikka juda yaqinlashib qoldi. Chanmining qomati biroz to'lisha boshladi. Qorni ham sezilarli darajaga yetayotgandi.

Hozir homila shunaqa ko'rinishda, va Chanmi uni bilintirmaslikka harakat qilib doim keng kiyimlar kiyadi va bu doim foyda beradi.

Nayon esa shu sababli, har kuni uni restoranga bormaslikka majburlar edi. Lekin doimgidek bu Chanmining yutug'i bilan yakunlanardi. Mana hozir ham Chanmi homilador bo'lishiga qaramasdan og'ir-og'ir yuklarni muz xonaga tashiyapti. Aslida bu ishini Nayon ko'rsa uni tirik qoldirmasligi aniq. Lekin o'sha ofitsant qizlar bilan ish almashishga kelishgan ekan, boshqa iloji yo'q.

- Huh! Buncha og'ir bo'lmasa. Yana bu yer judayam sovuq - muzxonaga kartoshkalarni kiritib

- Shu yerda biroz o'tirsam, keyin qolganlarini ham olib kiraman - deya muzxona tashqarisidagi stulga o'tirdi va biroz o'yga cho'mib qoldi.

Pov Chanmi: Bir pasda, 4 oy ham o'tib ketipti...U juda tez katta bo'lyapti. Ammo men bu yerdan keta olamanmi? Qarzlarimni hammasini u tug'ilguniga qadar uza olamanmi?

Chanmi

Ochig'i bor kuchim bilan uni yashirishga urinyapman. Bu qo'rquvim sababli emas, bu... - tasodifan " Chanmi ishingni tugatdingmi? Nega o'tiripsan" degan ish boshqaruvchining ovozlari eshitildi va Chanmi irg'ib o'rnidan turdi.

- Hali emas, hozir tugatib qo'yaman janob - deya uzr tariqasida ta'zim qilib, yana yuklar tomonga ketdi. Borib yuklarga qaradi, ular juda kam, ammo eng og'irlari qolgandi. Chanmi uf tortib, qoplarga yopishdi. Bir amallab ko'tardi, biroq shu payt belida qattiq og'riq sezib tashlab yubordi.

- Axx, la'nati jin ursin! - biroz belini ushlab turib, yana qopga yopishib, ko'tarayotganda Jungkook tasodifan qayerdandir kelib, qopni qo'lidan oldi va muzxonaga o'zi eta boshladi. Chanmi esa orqasidan "bu yerda u nima qilyapti ? " deya bir zum qarab qoldi va ortidan muzxonaga kirdi.

Chanmi

- janob menga bering, Jungkookning qo'lidagi qopga yopishdi - ammo Jungkook indamasdan, ishini davom ettiraverdi.

- janob siz tufayli, gap tegib qolishini xohlamayman. Bu nima qilganingiz? - Jungkook bu gaplarni eshitib kulib yubordi.

- Gap tegadi? Kimdan? - vanihoyat Jungkook gapirdi.

Jungkook

Aslida Chanmiga mana shu 1 oy davomida Jungkook juda yaqinlashishga urindi. Bir hafta oldin, Chanmi bir mijozdan buyurtma oldi va kutilmaganda ko'ngli aynib, maxsus xonaga yugurdi. U yerdan chiqqanida so'ng esa biroz suv ichib, dam ola boshladi. Shunda tasodifan ish boshqaruvchi kelib Chanmiga baqira boshladi. Uning ahvoli biroz yomon bo'lganligi sababli mijozdan buyurtma olgani, va uni yetqazishi kerakligi butunlay yodidan ko'tarilgan. Oshxonadagi baqiriq ovozini eshitgan Jungkook u yerga borib, vaziyatni ko'rgan va baqirgani uchun ish boshqaruvchini Chanmidan uzr so'rashga undagandi.

Va yana bir marta Nayon shamollab qolib, restoranga bormadi va uning uchun ham Chanmi kechgacha ishlab avtobusini o'tqazib yubordi. Aksiga olib havo yomon va yomg'ir yog'ardi taksiga esa puli yo'q edi. Jungkook esa buni kuzatib, uni uyiga yetqazib qo'yishi uchun havdovchi yuboradi.

Chanmi qanchalar Jungkookdan o'zini yashirishga urinsa, shunchalar unga yaqinlashardi. Mingyu bilan bu oson bo'ldi, o'sha kundan so'ng Mingyu Chanmini umuman ko'rmadi, ammo nima qilsa ham Jungkookdan yashirina olmadi. To'g'ri avval Chanmi "Jungkook" ismini eshitsa, sarosimaga tushib qolardi. Lekin nega endi unday bo'lmayapti? Nega undan qo'rqmayapti? To'g'ri hozir ham uni avvalgidek ko'rishga ko'zi yo'q...biroq nega endi undan qo'rqmay qoldi. Bu Jungkookning unga o'zgarib qolgan harakatlari tufaylimi? Yoki Mianing gaplarini debmi?

"Mia bir kuni..."

- Chanmi bilasanmi, hozir bu gaplarni aytishning mavridimi, yoki yo'q bilmadim. Lekin hozir sen shuni bilishingni istayman. Aslida Jungkook umuman sen o'ylaganing kabi inson emas.

Mia

To'g'ri u juda yomon ishlar qilgandir lekin, uning asli bu emas! Uning asli juda boshqacha, mehribon va e'tiborli...Bu gaplarni undan qo'rqishni bas qilishing uchun aytim. Axir o'sha ish sen bilan birinchi marta emasku to'g'rimi? - Mianing so'nggi gapi, Chanmini ichki dunyosini titib yuborgandek bo'ldi. " bu ish birinchi marta emas?! " U nimani nazarda tutgandi? Nahotki u Jungkook uning qizligini olganidan xabari yo'q? Yetmaganiga qornidagi bu bola... Bu har qanday odamning, ichki dunyosini azoblab yuboradi. Biroq Chanmi Mia uchun shunday bo'lib qolishiga imkon berdi. Unga bu birinchi marta ekanligini va homiladorligini aytgisi kelmadi. Shunchaki indamadi..."

- Haligi...- Chanmi javob berolmay qoldi. Jungkook qopni pastga qo'ydi va jiddiy tortib Chanmiga tikildi. Bo'yini pastlashtirib u tomonga bo'ynini etdi va qo'lini Chanmining sochiga etib nimadirni uning sochidan olib tashladi. Chanmi o'zini ortga itardi, bu uning unga yaqinlashmasligi kerakligini anglatardi. Jungkook esa kulib qo'ydi.

- Mendan haliyam qo'rqasanmi? - Jungkook birdan savol berdi.

- Nima? Yo'q. Nega qo'rqishim kerak? - Chanmi dadillashdi.

- Rostanmi? - Jungkook qayrilib, unga bitta qoshini ko'targancha qaradi.

- Lekin bunaqaga o'xshamayapti. Sen mendan haliyam, qattiq qo'rqasan. Lekin men senga bu darajada qo'rqishing uchun, hech narsa qilmadim - istehzoli jilmaydi.

- Axx yaramas - Chanmi pastga qarab, o'ziga past ovozda gapirdi.

Chanmi

- Nimadir dedingmi? - Jungkook egilib uning yuzini ko'rishga urindi.

- Hech narsa - deya Chanmi undan tezroq uzoqlashish maqsadida, ortiga o'grilganida kimdir tasodifan, ichkarida hech kim yo'q deb o'ylab muzxonani eshigini tashqaridan qulflab yopti.

- N..nima? Yo'q! Ichkarida kishi bor. Hoooy - Chanmi eshik oldiga yugurib borib, eshikni qattiq ura boshladi.

Jungkook ham bundan hayron qoldi. Rostan ham ichkari juda sovuq edi. Ular kirishgandayoq muzdek haroratni his qilishgandi. Lekin endi nima bo'ladi? Jungkook ham eshik tomonga bordi.

- Shibal, bu nimasi? Kim qulfladi bu yerni? - jahl bilan eshikni tepti, muzxonaning eshigi qattiq va ovoz o'tqazmaydigan po'latdan edi va faqat tashqaridan ochiladi. Qancha harakat qilishmasin baribir ovozlari tashqariga eshitilmasdi.

Jungkook

- Endi nima qilaman - Chanmi sarosimaga tushib, yig'lashni boshlayotgandek ko'rindi.

- Senda kalit yo'qmi?

- Qanaqa kalit? Xa bor lekin uning nima foydasi bor? Qulflanadigan joy faqat tashqaridan - jahl bilan

- Jin ursin, telefonim ham qolib ketipti - temir eshikni qattiq tepti Jungkook.

- balki, qattiqroq ursam eshitishar - deya Chanmi eshikni mushtlab ura boshladi.

- Buni foydasi yo'q, baribir tashqariga eshitilmaydi - Jungkook Chanmiga ko'z qirini tashlab, eshikdan uzoqlashdi. Chanmi esa uni xuddi yo'q odamdek tasavur qilib, eshikni qattiqroq urishda davom etdi.

- Ochilsangni yaramas! Hux - bor kuchi bilan so'nggi marotaba urdi va biroz tilingan qo'liga qaradi.

Va baribir foydasi yo'qligini bilib, ortiga o'grildi. Jungkookni stulda o'tirib sigaret chekayotganiga ko'zi tushdi, Jungkook ham unga qaradi. Chanmi esa ortga burildi.

Pov Chanmi: endi nima qilaman, u bilan ham qamalib qolamanmi? Yetmaganiga bu yer judayam sovuq. Butun tanam bilan qahratonni his qilyapman. U menga nimadir qilmoqchi bo'lsachi? O'zimni qanday himoya qilaman? Qochib qutulolmasligimku aniq...agar bolamga nimadir bo'lsachi...Yo'q! Bunga yo'l qo'ymayman. Agar ortiqcha harakat qilgudek bo'lsa...- undan biroz nariroqda turgan, oshxona pichog'ini qo'liga oldi.

Ammo Jungkook indamasdan, sigaret chekardi. Ko'zini Chanmidan uzmasdan, tikilib turardi.

Pov Jungkook: menimcha u allaqachon muzlab qolgan. Titrab turushinichi. Shunchalik qo'rqanidan hatto orqasiga ham qaramayapti. Lekin negadir u vazn to'plagandek tuyuldi. Menimcha yaxshi ovqatlanyapti - kulib qo'ydi va tugagan sigaretni yerga tashlab, poshnasining uchi bilab ezg'iladi.

Bir muncha vaqtdan so'ng Chanmi rostakamiga muzlab qoldi. Qo'llari qaltirashni boshlagandi. Sekinlik bilan yerga o'tirdi, devorga suyanib Jungkook tomonga o'grildi va oyoqlarini quchib qornini sovuqdan asrashga harakat qildi. Borgan sari ikkovlarini ham uyqu bosardi. Temperatura - 5 ga teng. Jungkook uni biroz kuzatib turdida o'rnidan turib u tomonga bordi. Buni ko'rgan Chanmi orqaga intilib, muzlab qolgan lablarini ochib gapira boshladi.

- M..menga yaqinlashma! - ortiqcha harakat qilishga madori yo'q edi. Ammo Jungkook uning gapiga quloq solmadi va oldiga kelib ustki kiyimini yechdi. Sekin egilib uni Chanmining ustiga yopti.

- yana biroz shunday tursang, sendan muz haykal yasashadi - oqargan yuziga qaradi.

- kerakmas - Chanmi ustidagi kiyimni olib tashladi. Jungkook unga asabiylashib qaradi va gapirdi.

- Men senga bu kerakmi, yoki yo'q so'ramadim. Shunchaki jim turib, hammasiga ko'n. Hozir g'ururni o'ylaydigan payt emas. Agar shunday qilmoqchi bo'lsang o'lib ketishing aniq - deya kiyim qayta oldi va uning ustiga yopti. Bu safar Chanmi indamadi va ko'zlarini pastga qaratdi. Jungkook esa pastlashib Chanmining yonida, yonma-yon o'tirib oldi.

Shu on ko'zlari bir-birlariga tushdi. - Nima qilyapsan? - Chanmi unga qo'rquv va savol nigohi bilan qaradi.

- Yaqinroq tursak sovuq unchalik ham bilinmaydi - dedi va ko'zini olib qochdi. Chanmi nimadir qilishga ham madori qurib, boshini qimirlatib qo'ydi.

Oradan 1 yarim soat vaqt o'tdi. Chanmi allaqachon sovuqdan uxlab qolgandi. Lekin Jungkook haliyam xushyor turishga harakat qilardi. Chunki sovuqda uyqu kelishi tabiiy, ammo uxlab qolsa, hammasi tamom! Birdan Chanmining qo'li Jungkookning kiyimidan pastga tushib ketdi. Jungkook boshini ko'tarib, unga qaradi va qo'lini kiyimning ichiga kirgizib qoydi. So'ngra Chanmining muzdek devorga tegib turgan boshini, yelkasiga qo'ydi.

- Hx, menga nima bo'ldi? Negadir o'zimga g'alati tuyilyapman. Nima uchun bunaqa qilyapman. U menga yoqa....Yo'q! Hech qachon! - birdan baqirib, silkinib yubordi. Bundan Chanmi uyg'onib ketdi va boshini darrov ko'tardi.

- Nima bo'ldi? - ko'zlarini sovuqdan zo'rg'a ochib

- Hech nima...- Jungkook biroz noqulay bo'lib, jiddiylashdi.

- Menimcha, bu yerdan faqat o'ligimiz chiqsa kerak. Yana 4 soatdan so'ng yangi mahsulotlar uchun bu yer ochiladi, lekin unda biz o'lgan bo'lamiz....- boshini orqaga suyantirdi, va sovuq qo'llarini qorniga etdi. Jungkook boshini u tomonga burdi. Rostdan ham uning ahvoli yaxshi emasdi. U juda ham sovuq qotgandi. Lablari va yonoqlari ko'kimtir tusga kirib qolgandi. Ammo Jungkookning ham qo'lidan hozir hech narsa kelmasdi.

- Baribir, o'lib ketarkanmiz. Senga hammasini gapirib bermoqchiman...- Chanmi uyqu aralash sekin gapirdi.

- Nimani gapirmoqchisan? - Jungkook unga qaradi.

- Aslida men...

• 19-epizod tugadi...

• #Minatozaki_Mia