October 16

Rejalashtirilmagan muhabbat

Seni uchratganim sababli, yaxshi insonga aylandim ~

19-epizod

Chanmi...- Chanmi Mingyuni o'zidan itardi.

- Mingyu iltimos, yaqinlashma. Ketishimga imkon ber - deya, takror ortiga o'grilib, eshikni ochdi va Nayonni ko'rib ikkovi ham to'xtab qoldi.

- Nayon? - Chanmi, sekinlik bilan gapirdi.

- Sen bu yerda...- Nayon darhol Chanmining gapini bo'ldi?

- Nima qilyapsan? Bu yerda nima qilyapsan - qatiy, jahldor ohangda gapirdi.

- Nima? - Chanmi uning gaplariga tushunmadi.

- Sen, shu paytgacha u bilan edingmi?

- Nimalar deyapsan? - Chanmi, Mingyuga qarab qo'ydi.

- Nayon, sen bizni no'tog'ri tushunding o'ylashimcha. Bu sen o'ylagan ish emas - Mingyu gapga qo'shildi.

- iltimos, sen aralashma Mingyu. Qani Chanmi ortimdan yur, sen bilan uyda gaplashamiz - deya Chanmining bilagidan ushlab olib, tortdi.

- Hoy sekinroq - qattiq qisib olganligi sababli, Chanmi Nayonga o'shqirdi.

- Nayon...- eshik Mingyuning yuziga qattiq yopildi, hattoki gapini oxirigacha ham aytolmadi. Hammasi birdaniga sodir bo'lganligidan, Mingyu gangib qoldi.

- Ha, jin ursin! - sochini qattiq siqti. Biroz vaqtdan so'ng, Mingyu Chanmining xonasiga kirdi. Xona avval qanday bo'lgan bo'lsa, hozir ham shunday edi. Mingyuning ko'zi tasodifan, yotoq ustida turgan ko'ylakka tushdi.

Mingyu

Bu Mingyuning Chanmiga olib bergan, o'sha ko'ylagi edi. Mingyu sekinlik bilan yotoqqa yaqinlashdi va ko'ylakni qo'liga olib chuqur xo'rsindi.

***

- Xo'sh, nima bo'ldi?

- Janob, aytganingizdek bir qiz, Chanmi xonimni mehmonxonadan olib chiqti, hozir taksiga o'tirishyapti

- Ortidan hech kim chiqmadimi?

- Yo'q janob.

- Yaxshi, unda ularni uyigacha kuzat, so'ng telefon qilasan

- Xo'p bo'ladi.

***

Chanmi va Nayon uyga yetib kelishdi. Avvaliga Nayon Chanmini o'zining shubha va savollariga ko'mib tashladi. Lekin keyin bari u o'ylaganidek emasligi tushunganidan keyin tinchlanib, Chanmidan hammasi uchun uzr so'radi. Hayot doimgidek bir oqimda ketardi. Nayon hamda Chanmi o'qishdan ishga, ishdan uyga, uydan yana o'qishga jo'nashardi. O'sha voqeadan so'ng Mingyu tunggi klublarga ko'p qatnaydigan bo'lib qoldi. Har doim Jungkookning restoraniga kelib, Chanmi unga xizmat ko'rsatishini kutardi. Bundan yagona istagi uni ko'rish edi. Lekin Chanmi buni bilganligi sababli, u kelganida tashqariga chiqmaslikka harakat qilardi. Iloji boricha boshqa ofitsant qizlarni o'rniga yuborardi. Mingyu juda ham o'yga tolib qolgandi. U bilan o'tkazgan kunlari, unga qilgan munosabatlari...hammasi bir qiz orzu qiladigan darajada edi. Lekin, nega Chanmi uni rad etdi? Shu savol faqat unga azob berardi.

Jungkookka kelsak, u hozir offis ishlari bilan band. Lekin doim ikki ko'zi Chanmini kuzatish bilan ovvora. Bu nima? Nega unday qilyapti? Jungkook bu savollarga javob topishni istamasdan, tinmay Chanmini kuzatardi. Yoongi bo'lsa kasalxonadan chiqdi. Hozir bazi-bazida u yerda qatnab muolajalarini turadi.

Shu tariqa oradan 1.5 oy o'tdi. Vaqt shunaqanggi tez o'tdiki. Homila 4 oylikka juda yaqinlashib qoldi. Chanmining qomati biroz to'lisha boshladi. Qorni ham sezilarli darajaga yetayotgandi. Nayon esa shu sababli, har kuni uni restoranga bormaslikka majburlar edi. Lekin doimgidek bu Chanmining yutug'i bilan yakunlanardi. Mana hozir ham Chanmi homilador bo'lishiga qaramasdan og'ir-og'ir yuklarni muz xonaga tashiyapti. Aslida bu ishini Nayon ko'rsa uni tirik qoldirmasligi aniq. Lekin o'sha ofitsant qizlar bilan ish almashishga kelishgan ekan, boshqa iloji yo'q.

- Huh! Buncha og'ir bo'lmasa. Yana bu yer judayam sovuq - muzxonaga kartoshkalarni kiritib