July 1

OUR UNFINISHED STORY

Taehyung&Aerin

Author: Seraphina Grace

Kim Aerin — 22 yoshda. Moviy ko‘zlari yulduzdek chaqnab turadi. Millati koreys-american. U Seuldagi eng nufuzli universitetlardan biri, Yonseida tahsil oladi. Jurnalistika va siyosatga qiziqadi. Orzulari katta — xalqaro miqyosda tan olinadigan jurnalist bo‘lish va haqiqat uchun kurashish. Ammo oilasidagi bir muncha muammolar bunday katta orzularga ko'pincha to'sqinlik qiladi.

Aerinning oilasi buzilgan. Otasi AQSHda yashaydi, onasi esa Seulda qizining o‘qishini yolg‘iz moliyalashtiradi. Ular o‘rtasidagi sovuq munosabatlar Aerinning ko‘nglida doimiy tushkunlik uyg‘otadi. Shuning uchun u bor etiborini o‘qishga, ijtimoiy faoliyatga berishdan ko'proq oyisiga ko'maklashishni tanlaydi. Biroq ko‘pincha yolg‘izlik unga yo‘ldosh bo‘ladi. Aerin beg‘ubor, lekin ichida sinmagan kuch yashiringan va hali ham orzu qilishdan voz kechmagan qiz.

Kim Taehyung — 29 yoshda. Uning otasi Seul shahridagi eng badavlat kishilardan biri. Shuning uchun uning hayotida hech qanday to'sqinlik va muammo bo'lmagan. Lekin faqat bir narsadan tashqari. Bu uning soģliģi. Bu haqda esa fanfic davomida bilib olasiz.) Odamlar uni ko‘rgan zahoti sovuq va qattiqqo‘l deb o‘ylashadi — o‘tkir nigohlari, sipo sochlari, doimo qoshlarini chimirib yuradigan odati bunga sabab. Ammo bu tashqi qobiq — aslida yuragi ezilgan, ammo kuchli insonning niqobi. Bir necha yil avval aniqlangan jiddiy sog‘liq muammosi tufayli orzularidan, kasbidan, hatto ijtimoiy hayotdan voz kechishga majbur bo‘lgan. U ko‘proq musiqa tinglaydi. Uning yagona va eng yaqin do'sti Minguk deyarli u haqda hammasini biladi va doim uni yonida yuradi.

~~~

~m yeoha°:
Aerin yana bir tongni qarshi olarkan, derazadan kirayotgan mayin shabadaga yuzini tutdi.
“Biram yoqimli…” — deya o‘ylardi u.
U erinibgina o‘rnidan turdi, qo‘llarini ikki tomonga keng yoyib, chuqur esnadi. Telefonini sekin qo‘liga olib, soatga nazar tashladi — bugun kechagidan biroz kech uyg‘ongani aniqlandi. Qo‘llari bilan sochini orqaga surib, bugungi darslarga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.

Yuzini va qo‘llarini yuvib, formasini almashtirgan Aerin oshxonaga yo‘l oldi. Uning ayyorona kulgisini uydagi deyarli hamma eshitdi. Zinadan pastga tushib kelayotganda, onasi nonushta tayyorlar edi. Singlisi Mia esa allaqachon o‘z stulida o‘tirib, onasining nonushta tayyorlashini kutib, qoshiqni stolga urardi.

Aerin onasining yuzidan o‘pib, keng tabassum bilan xayrli tong dedi.
“Uyqudan uyg‘ondingmi?” — dedi ona.
Ha. Mmm, nima pishirayapsiz? Xidi buncha yoqimli?!
Qulupnayli shirinlik. Yoshligingda ko‘p pishirib berardim, esingdami?
Albatta. Oyim pishirgan shirinliklarni qanday unutishim mumkin?

Aerin kulganda u ham shirinlik kabi yoqimli bo‘lib ketardi. Stolga yaqinlashib, Mianing yoniga joylashdi va uning qo‘lidan qoshiqni tortib oldi:
“Betartib bo‘lma, Mia!”
Mia labini cho‘chchaytirib, qoshlarini chimirdi va biroz Aerin bilan ko‘z o‘ynashdi.

Bir necha daqiqadan keyin pechdan yangi pishgan shirinlik chiqarildi. Aerin sumkasini olib, qo‘lini ko‘kka ko‘tardi:
“Xayr, ketayapman. Kelguncha yo‘qolib qolmanglar-a?!(😅)

Seul ko‘chalari har doimgidek tirband edi. Aerin yo‘l chetidagi yo‘lakdan yurgancha har daqiqada soatiga qarab turardi —chunki kech qolishi mumkin edi. Agarda Kech qolgudek bo'lsa, bugun darsdan keyin sinfxonalarni tozalashga majbur bo‘lardi. Aerin esa tozalash ishlarini umuman yoqtirmasdi.

Tez yurib ketar ekan, soatiga qarashni unutdi va yo‘lda qoqilib, yerga yiqildi.
“La'nati!” — dedi u. Qo‘llari bilan kiyimini tozalashga harakat qildi, lekin tizzasidagi jarohat va poshnasidagi og‘riq uni tik turishga imkon bermadi.
Ayysh, jin ursin shu yetmay turgandi o'zi... hammasi oq va qoradan iborat bo‘lgani yetmagandek...
Hech bo‘lmaganda shu oq va qora bor ekan.
Gapini tugatmasidan tepadan sokin bir ovoz eshitildi. Boshini ko‘tardi va qarasaki qora jingalak sochli kelishgan bir yigit unga qo‘l cho‘zib turardi. Aerin shoshilib, uning qo‘lini tutib, ornidan turdi.
Rahmat sizga,”— dedi u yubkasiga tegib qolgan changlarni qoqib.
Qayerga bunchalik shoshilyapsiz?— so‘radi yigit.
Universitetga,— javob berdi Aerin.

Birdan yonlariga boshqa bir yigit yugurib keldi:
Janob, shu yerdamisiz? Mashinalar serqatnov bo‘lgan paytda bu yerda yurish siz uchun xavfli.
Uzr, Minguk. Odamlar bilan muloqot qilish taqiqlangani yodimdan ko'tarilibdi,— dedi Taehyung.
Taehyung burilib, yo‘lini davom ettirdi. Uning qadamlari ham o'zi kabi sokin edi.
“Unga e'tibor bermang, kayfiyati yaxshi emas,” — dedi Minguk, uning ortidan yugurib ketar ekan.

Aerin yelkasini qisib, yerda yotgan tuflisini oldi.
Yangi oyoq kiyim sotib olish kerak ufff— dedi o‘ziga o'zi.
Osha yigit bo‘lmaganda vaqtim bekorga ketmasdi. Bir yo‘la yangi krasofka oldirsam bo'larkan...
U svetoforga qarab, yo‘ldan o‘tib kiyim do‘koniga kirdi.

Taxminan 10-15 daqiqadan so‘ng Aerin universitet darvozasidan kirib keldi. Oyoqlarida yangi krasofkalar, qo‘lida esa sumkasi bor edi.
Aerin, nega buncha kech qolding?— dedi o'qituvchi.
Yo‘lda tirbandlik bo‘lgani uchun...
Mayli, stulingga joylash. Lekin boshqa bunday hol takrorlanmasin.
Aerin yengil nafas olib, stulga o‘tirdi.

Soat millari tobora ildamlab bormoqda: 18:07.

Aerinning darslari deyarli tugadi. U juda xoldan toygan edi. Qorni ham och. Chunki ertalabki nonushtadan beri hech narsa yegani ham yo'q edi. Musiqa darsidan chiqqach, orqasidan yana bir qiz yugurib kelayotganini sezdi. Qizning Qo‘lida qandaydir qog‘ozlar bor edi. Bu uning do'sti Zoey edi.
“Hey, heyyy, to‘xtasangchi! Quloqing tom bitganmi, Aerin?
Nima deysan? Charchaganman. Yaxshisi tozalash ishlariga yordam ber.
Hop. Keyin men bilan birga bir joyga borasanmi?
Hop, boramiz. Avval bu yerni tozalaylik.

Zoey Aeringa qarab kulib, unga yordam berdi. Ular deyarli doim birga yurishadi. Ular yetti yillik do‘st edilar va universitetda ularning do‘stligiga ko‘pchilik havas qilardi. Aerin ham Zoeydek do'sti borligidan faxrlanardi...Bir necha soatlik mehnatdan keyin sinfxonalar chinnidek toza bo‘ldi.

Aerin peshonasidagi terni artib, stol ustidagi suvga qo‘l cho‘zdi.
Aerin, ketishimiz kerak, kech qolyapman.”-dedi Zoey.
Qayerga?
Borganimda aytarmannn...yursangchi.

Aerin unga ortiqcha savol bermadi chunki javob kutish befoyda edi. Taxminan 22:00 da ular tungi klub yonida paydo bo‘ldilar. Aerin havotirda edi — uyida onasi undan xavotir olib qolishini bilardi. Bu yer esa oddiy joy emasdi — tungi klub.

Sen aytgan odamlar qachon yetib keladi? Zoey, gapimga javob ber! Axir allaqachon tun bo‘ldi.
Menga baqirma. Ular soatini aniq aytishgan. Sumkani egasiga bermasam bo‘lmaydi. Yana biroz kutaylik — atigi 10 daqiqa qoldi.

Ularning suhbatini yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinadagi kimsa eshitib turardi.
Minguk!
Ha, janob?
Meni janob deb atama, iltimos.
Hop j...
Ana u yerda klub eshigi yonidagi ikkita qizni ko‘ryapsanmi?
Ha, albatta.
Menga bir yaxshilik qila olasanmi?

Zoey va Aerin suhbatiga qaytamiz•••
Hozir yana 5 daqiqa. Yaxshisi shu sumkani ushlab tur, rosa og‘ir ekan. Magazinga kirib biror narsa sotib olaman. Buni Ichiga tosh solib olishganmi, nima balo?

Zoey qolidagi sumkani Aeringa tutdi.
Hop, faqat tezroq chiq.-dedi Aerin.
Zoey shoshilib magazinga kirib ketdi. Aerin “uff” deb sumkani quchib o‘tiraverdi. Ammo u tomon shiddat bilan kelayotgan kimsani aniqlashga ulgurmay qoldi — Aerin majburan mashinaga o‘tkazildi, qo‘lidagi sumkasi esa tashqarida tushib qoldi.

Hey, kimsizlar?
Meni tanimadingmi?
Sizmidingiz? Mendan nima istaysizlar? Men uyimga borishim kerak axir.
Qo‘rqma, senga xushomadgo'yligim yo'q.

Minguk mashinani yoqdi va tezda restoranga haydadi. Restoran yaqin joyda edi, shuning uchun tezda yetib olishdi.

Aerin nima bo‘layotganini tushuna olmay, nega bir kunda ikki marta bir insonni uchratayotganiga hayron edi. Minguk mashinani to‘xtatgach, "ular" mashinadan tushishdi. Aerin tushunarsiz nigohlarni unga tikib, uni restoran eshigidan ichkariga olib kirgan kimsaning ortidan yurdi.
Ichkarisi juda chiroyli bezatilgan edi. Aerin bunday go‘zallikni hali hech qaysi restoranda ko‘rmagan edi. Stulga o‘tirgach, Aerin uni darhol savolga tutdi:
Nega bu yerga olib keldingiz?
Tanishib olish uchun qulay joy. To‘g‘rimi? Tanishib olsak, ismim Taehyung.
Meniki Aerin.
Bu ismni oldin ham eshitgandekman.
Balki...

Kechki tushlikka nima buyurtma berasiz?
Nima? Shu yerdami? Shart emas...
Bu yerga quruq qo'l bilan olib kelib qaytib olib ketadi deb o‘yladingizmi?
Hop unda Qulupnayli kokteyl.
kechqurun-a? Mayli, buyurtma beramiz.

To‘g‘risini aytsam, sizni yomon insonlardan biri deb o‘ylagandim. Uzr.
Axaxaxaxa, hechqisi yo‘q. Ko‘zi ojiz odamdan nimani ham kutish mumkin axir(😅)?
Nima?(😳)

Davomi bor...

Author: Seraphina

For my Félyn Aerin

Xatoga etibor bermela (anoo ~m yeoha dgan joyini olib tashela ozi wunaqa xato ketbdi 😭🗿)