October 6

ESCAPE FROM THE RULES

scene_3

-- Xush keldingiz mehmonlar, ho'sh stolga marhamat!)- dedi Janob Kim.

-- Yana ko'rishib turganimizdan baģoyatda xursandman, do'stim!)- dedi Janob lin va ular quchoq ochib ko'rishishdi.

Ikki do'st kichik ziyofat dasturxonida o'z oilasi bn yig'ilgach hol ahvol so'ray boshlashdi.

-- Qizing ham kap-katta bo'lib qolipti. Bir necha yil oldin ham shunday muloyim chehra. Hali ham ozgarmagan. U hali ham o'sha "Meimei.")- Janob Kim.

-- Ha u yaqinda 16ga to'ladi. Oradan ham ancha yil o'tdi. O'zingni farzandlaring yaxshimi? Seokjin uydami?)- janob lin.

-- Ha albatta. Oyisi Seokjinni chaqirib chiq. )- Janob kim.

-- Hop hozir chaqirib kelaman. Ungacha sizlar suhbatlashib turinglar. )- deya janob kimning rafiqasi og'lining xonasiga yo'l oldi. Negadir bu iliq chehrali ayol Mei ga tanish tuyuldi. Unga bu xushmuomalalik yoqardi va endi u ichida o'ylay boshladi. Nega Seokjin undayemas? Ya'ni doim jiddiy va takabbur. Yurishida ham qahr bor. Balki u otasiga o'xshagandir. Jamoat oldida yuzaki tabassum ichida xiyonat qilar..?

Mei shularni o'ylab qahvadan bir ho'pladi va finjonni yana osha joyiga qaytarib qo'ydi.

Birozdan so'ng Seokjinning o'zi ham kelib qoldi. Ular juda yaxshi kayfiyatta uchrashishdi. Endi davra to'liq edi. Barcha xavotiru tashvishlarni vaqtinchalik chetga surishdi. Biroq Mei otasidan sorashga urinardi. Bu yerdan ketgisi kelardi, u negadir o'zini noqulay his qilardi. U deyarli umuman mehmonga bormasdi va bu ishni xush kormasdi.

Vanihoyat bazm tugagach Mei birinchilardan bolib uyni tark etdi va mashinaga minib otasi kelishini kuta boshladi.

-- Nega bunchalik shoshilyapsan? Shu kechqurunda nima ishing chiqib qoldi yana?)- Janob Lin.

-- Men...men ertangi dars uchun berilgan vazifalarni bajarishim kerak. )- Mei.

Shundan so'ng otasi unga ortiq hech qanday savol bermadi. Mei mashina derazasidan atrofdagi daraxtlarga qarab ketarkan uni bir savol qiynab qoldi.

-- Ota

-- Ha?

-- Oyim qachon qaytadilar. Ularni sog'indim. Doim ish bn bolib qizlari borligini ham unutib yubormaganmikin.?

-- Unday dema. Oying ishdan istefoga chiqqach albatta qaytadi. U ham seni sog'ingan. Shuning uchun tezroq ishdan javob olish uchun tinmay ishlayapti.

-- Farzandini sog'ingan ona hech bolmasa bir bor qo'ng'uroq qilib hol ahvol soray olmaydimi? Dada, tog'risini aytavering. Oyim bizni unutib yuborgan.

-- Nima deyapsan? Aytdimku axir. Oyingga ham oson emas. Bolmaģur gaplarni yig'ishtir!

-- Bo'lmag'ur! Bo'lmag'ur!!! Doim shunday. Meni fikrlarim siz uchun doim bolmag'ur narsa bo'lib kelgan. G'ururingiz uchun oyimni chet elda ishlashga majbur qilgansiz, bilaman. Meni esa o'sha kompaniya direktorining o'g'liga berib yubormoqchisiz. E yoq, sotib yubormoqchisiz, to'g'rimi? Ahahahah,. Siz faqat g'urur haqda o'ylaysiz. Men oyimni sog'indim. Siz-chi? Bir marta bolsa ham ota onangizni sog'inib ulardan xabar olganmisiz? Siz uchun faqat g'urur va pul hayotda muhim rol oynaydi. Tupurdim shu g'ururga!

Mei jahl ustida baqirdi va mashina uy oldida to'xtagach eshikdan tushib uyga yugurib kirib ketdi. Janob Lin esa xo'rsingancha mashina dan tushdi va bir zum toxtab qoldi.

Mei xonasiga kirarkan sumkani chetga uloqtirdi va eshikni qulflab javondan eski suratlarni qidirdi. Topgach esa oilaviy suratini quchib biroz vaqt shunday qoldi.

Mei pov.
Agar shu lanati joyga o'z oyog'im bilan kelmaganimda oyim bilan hozir baxtli yashayotgan bolardim. Oyim ko'pincha o'zining fikrini maqullardi. Men bundan xafa bolsamda kun kelib uning gapiga kirmaganimga afsuslanardim. Hatto hozir ham u bilan ketmaganimga afsuslanyapman. Agar imkonim bolganda bu yerlarga kelmasdim. Lekin bir tomondan bu meni qilmishlarimga jazo dek tuyulyapti. Hatto umrimda hech qachon bo'ysunmaydigan insonlaringa ham bo 'ysunyapman. Umuman bu yer boshqa olam. Bu yerdagilar xatolarni jazosiz qoldirishmaydi. Menimcha Seokjin ham xuddi otam kabi puldan boshqasini kormaydi. Shit! Bunda meni nima aybim bor? Shundoq ham borayotgan maktabimda korayotganlarim yetadi.

Mei har bir suratga etibor bilan qaradi va so'nggi bor oyisi bn tushgan suratiga qarab albomni yopdi va yana javon tepasiga qo'ydi.

--------------Jimin----------------

Jimin allaqachon kechqurun tushgan bolsada hech ikkilanishsiz uy eshigidan hatlab kirdi. Oyisi uning yuzini ko'rishi bilan darhol baqirib yubordi va koyib berdi. Uning yuzi tirnalgan labi yorilib iyagiga qon oqib tushardi.

-- Yo xudo! Bu nimasi Jimin? Sal masuliyatli bo'lish kerak deb senga necha marta aytdim. Ayt, kim bilan urushding? Faqat to'g'risini ayt.

-- Oyi hech narsa bolgani yoq. Xavotir olmang.

-- Ayt. Kim seni shuahvolga soldi. Yana O'sha Nikimi?

-- Yo'q. U bilan emas. Bu safar boshqasi asabimga o'ynadi. Kyn uni ham tazirini berdim. Xavotir olmang, Niki bn munosabatimiz yaxshi.
Deya labidagi qonni qo'li bn artdi.

-- Agar bu yurishingni otang bilsa o'zingdan ko'r. Bu yerga yur yarangga malham qo'yish kerak.

Park xonim Jiminning yuzidagi yaralarni tekshirdi. Malham olib keldi va yuziga surta boshladi. Dori Jiminning yuzini achishtirsada u bunga chidashga harakat qilardi. Park xonim buni korib sekin tabassum qildi va yana gap boshladi.

-- Ukang ham sendan o'rnak olib uyga kech kirib keladi. Biroq har doim birovlarga yordam berib yuradi. Otang ham shunaqa edi. Seni yoshingda doim uchrashuvga kechikib kelardi. Hatto bir marta begona ayolga yordam berayotganini ko'rib rosa tortishib qolgan edim. Nima bolganda ham senga ishonaman. Agar otang va men yo'q bo'lsak ukangga o'zing g'amxo'rlik qil.

-- Oyii nega unday deysiz? U deyarli o'zini eplaydigan yoshda. U mendan atigi 2yosh kichik. Aksiga olib u meni gapimni doim ikki qilib kelgan. Shunda ham uni kechirib yuribman. U faqat siz va otamga bo'ysunadi. G'irt takasaltang desa ham boladi. Baribir menga o'xshamagan, kordingizmi?

Jimin oyisiga yosh bola kabi erkalanib gapirdi. Biroq Park xonim jiddiy gapirgan edi. Jimin

buni tushunmagach sekin xo'rsindi. Ichida "u hali ham yosh bola" dedi.

Jimin doimo shunday kesatib gapirsada u oilasi bn juda yaqin edi. Bir ikki nizolarni aytmaganda u ukasi bn yaqin. Biroq barchaga birdek yordam qo'lini cho'zishi ajoyib xislat. Ha, bu unga oyisidan o'tgan. Uning yuz chehrasi ham xuddi oyisi kabi...

>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>

Ertangi kun...

-- Rostan ham u shunday dedimi? Sehun-a?)- Sunoo hayronlik bn.

-- Albatta. Yana o'zini zo'r korsatmoqchi bolsa kerak. Hah u baribir uddalay olmaydi)- Heeseung lab chetida kulib.

-- Heeseung, zo'r bolasanda. O'zingga yoqmagan odam boshqasiga ham yoqmasligi kerak, yoki o'lishi kerak. )- Sunghoon uni yelkasiga qo'lini qo'yib kulib qoyarkan.

-- hech qanaqa Zo'r emas, u aqldan ozgan! Yuragi esa oshqozoni bn bitta bolib qolgan. Hech qachon ozgarmaydi. Babnik !)- Sunoo hazil tariqasida biroq jiddiy ohangda

-- Nima Soyunga erisha olmaganingga alaming kelyaptimi? Yo rahming kelib qoldimi?)- Heeseung

-- N.nma deyapsan. Heeseung!! Rostan aqldan ozdingmi? U mendan 1yoshga katta. Yetmaganiga opam bn bir sinfda o'qiydi.!)- Sunoo ko'zlari katta-katta bolib ketdi. Uning yuzi endi qizara boshlagandi

-- Ouu opam bn bir sinfda degin.? Nega avval buni menga aytmagansan? Balki tanishtirib qo'yarsan, a?)- Heeseung qosh qoqib iljayarkan.

-- E boree. )- vanihoyat bunga chiday olmagan sunoo sinfxonadan chiqib o'zining sinfiga kirib ketdi. Heeseung va Sunghoon esa shu yerda qolishdi. Ular Sehun ni kutishdi. Bolalar allaqachon masala haqda ertalab gaplashib olishgandi. Biroq Heeseung bu rejaga biroz ishonqiramasdi. Kim ham o'ylabdi deysiz, Sehun o'z singlini yo'q qila olishiga? Garchi ular bir biriga nisbatan o'gay bolishsada, Soyun hech qachon akasi bn urushib qolgan emaadi. Ammo Sehun doim Soyunni tashlandiq va yetim deb tahqirlar ed. Bu kamsitishlar Soyunning yuragiga og'ir botsada bu xotiralarni bir muddat chetga surib qoyardi.

Agar Soyun o'gay farzand bolmaganda balki uning qismati keyinchalik maktabda topmas edi...

Sehun esa maktab darvozasidan kirib kelardi. U har doimgidek jiddiy va aniq qarash bn sinfxona tomon yurdi.

Bu payt Soyun ham akasidan uzoqroqda maktab darvozasi yonidan o'tib borardi

Uning yuragida tinchlik hukm surardi, qachonki Heeseung va Sehunni birga ko'rmaguncha ...
Ularning Soyunga tikilib bir nimalar haqda gaplashayotgani Soyunni ham hayratga ham vahimaga tushirdi. U nimalar kutayotganini bilmasdi, hammasidan bexabar edi. Biroq bir narsani bilardiki, bu yerda aniq bir gap bor. Avvaliga Heeseung undan uzoqlasha boshladi. Keyin esa umuman yoqoldi. Hozir Soyun Heeseung uchun g'irt begona kimsadek bolib qolgan. Kechagi kun esa Sehun Soyunga nisbatan adolatsizlik qildi, yetmaganiga kamsitdi. Soyun esa shunchaki jim qoldi - tinch okeanidek. Faqat ko'zlarida sokin bir iltijo bor edi. U maktab eshigidan kirib, karidor boylab yurib borar ekan chap tarafda devorga suyanib nimalardir haqda gaplashib turgan yigitlardan biri bir oyog'ini cho'zganini sezmay qoldi va toyib ketdi. Soyun yerga yuzi bn qapishib tushdi. Yigitlar esa darhol uning ustidan kula boshlashdi. Bu tabiiy hol edi. U bunga anchadan beri ko'nikib qoldi va deyarli etibor bermasdi. U sokin qadam tashlab sinfxonaga kirdi. Xonada undan boshqa hech kim yoq edi. Soyun bunday holatga ilgari hech tushmagandi va bundan hayratda qoldi. Biroq yuragida xavotir ham paydo boldi.

U shunchaki borib stulga o'tirdi va har doimgi qiladigan ishini qildi. Qo'liga qalam va oq qog'oz olib rasm chiza boshladi. U nima haqda chzishni bilardi. Biroq qanday rangda ekanligini emas. U og'ir sukunatda o'zining nafas olishinigina eshitardi xolos. Ammo Soyun kopincha bunday sukunatdan qo'rqardi.

15 daqiqalardan so'ng sinfxona eshigi yonidan kimnidir qah-qah otib kulgan tovushi eshitildi. Soyun sekin o'rnidan qo'zg'aldi. Uning o'ylashicha hozir xonaga sinfdosh bolalar va yana begona sinf bollari kirib gaplashib olishadigandek tuyulardi. Hozir esa Rostan ham shunday boldi. Xonaga bir to'da bolalar kirib kelishdi. Ularning orasida maktab bezorilari Maki va Nicholas ham bor edi. Soyun ularni korgach tezda daftar kitoblarini yig'ishtirdi biroq qalam va bo'yalgan qog'ozlar qolib ketdi. Kimdir uning yelkasiga qo'lini qo'ydi. Soyun bundan junjikib tepasiga qaradi.

-- Sen Soyun bo'lsang kerak..? )- dedi qizning sochlarini qulog'iga olib borib qistirarkan.

-- H.ha..)- Soyun tutilib javob berdi.

-- Buni sen chizdingmi?)- boshqa yigit kelib stol ustidagi qog'ozni oldi. - seni ishingmi?

-- Ha. )- Soyun tikilib ham xavotirlanib.

-- Bizni axmoq deb o'ylayapsanmi? Quyosh qora rangda, daraxt qizil yer esa ko'k. Hali ko'zim ham ko'rmaydi degin??)- Maki qog'ozni bir chetga qo'yib kitoblarini sumkasiga solayotgan Soyunning stoliga taq etib qo'lini qo'ydi.

-- Ko'zlarim ojiz emas.)- dedi va gapini past ovozda davom ettirdi. -- Ko'zi ojiz bolganim ham yaxshiroq edi. Senlarni turqingni ko'rmasdim har holda. Soyun shunday deb sumkasini taqdi va ularni yonidan shunchaki o'tib ketdi.

Biroq Maki buni eshitdi va yonidan jahl bn o'tib ketayotgan Soyunning sumkasini bir deganda yulib oldi va yerga tashladi.

-- Heeyy!)- Soyunning zardasi qaynab ovozi balandlashdi.

-- Ovozing chiqib qolibdimi?)- Maki lab chetida kuldi. U bunday qizlarni g'azab otiga mindirib voqea joyidan g'oyib bo'lardi.

-- Sumkamni qaytarib ber. )- Soyun.

-- O'zing kelib ol. )- Maki.

Maki shunday deb sumkani oyog'i tagiga oldi.
U Soyun uni yoniga kelib sumkani oyoqlari ostidan ololmaydi deb o'yladi, ammo unday bolmadi. Soyun uni yoniga yurib kela boshladi, Maki bu qizning jasoratini ilg'ab sumkani qo'liga oldi va yonidagi boshqa yigitga otib yubordi. Yonidagi yigit ham Soyun yetb kelguncha Nicholasga qarab otdi. Ular shu zaylda anchagacha sumkani bir birlariga otib Soyunning asabiga o'ynashdi. Oxirgi damda Soyun baqirib yubordi. Uning sabr kosasi tolgan edi. Uning baqirig'ini xonadagi hamma eshitdi va to'xtab qolishdi.

-- Axmoq, takasaltang, iflos Maki. Senga nima kerak o'zi? Pul kerakmi? Mana ol, qancha istaysan? )- Soyun shunday deb baqirarkan birdan dami ichiga tushdi. U nima qilib qoyganini bilmasdi.

Maki uning yoniga shiddat bn keldi va qahr bn Soyunning ikki qo'lini devorga tiradi.

-- Hozir nima deding?)- Maki g'azab to'la ko'zlarini undan uzmas ekan. -- Gaplaringni yana qaytar!

-- Men...bilmasdan...)- Soyun allaqachon qaltiray boshladi.

-- Gaplaringni qaytar deyapmaaan, deya ohistalik bn ammo qandaydir razil ohangda...

Va uning lablariga yaqinlashib tikila boshladi.

-- Kutyapman qizaloq. )- Maki.

Soyun undan birinchi marta bu so'zni eshitishi edi - qizaloq. Soyun aytgan gaplaridan qattiq pushaymonda edi. Kechirib so'rashga ulgurmagan Soyun qichqirib yig'lay boshladi.

-- Ayshhhh qo'lim, og'riyapti😭. Qoyib yubor qo'limni qo'yib yubor. Teginma menga. Yaqinlashmaa. )- Soyun

Maki yana biroz uning lablariga tikilib turdi:

--Oyim har narsani ham og'zingga olaverma deganlar)- u shunday deb xonani tark etdi uning ortidan qolganlar ham chiqib ketishdi.

Soyun esa ko'zyoshlarini artib sumkasi tarafga egildi va uni qo'liga oldi. Stol yaqiniga borib chizayotgan ammo tugallanmagan rasmiga qaradi. O'zidan shunchalik nafratlanib kettiki, qog'ozni bo'laklarga bo'lib yerga zarb bn otib yubordi. U endi 'ulardan' emas ozidan nafratlanardi. Chunki u boshqalar kabi oddiy inson emasdi. U 5yoshligidan dunyoda faqat oq va qora ranglarni korib yashadi. Atrof faqat oq va qora ranglarda korinardi, bazida kulrang va yana qandaydir yorqin lekin oq rang emas. U shu paytgacha tortgan azoblariga qisman ozi aybdor edi.

Qo'ng'iroq chalindi va xonaga oquvchilar birin ketin kirib kela boshlashdi.

Hamma o'z o'rnini egallarkan hech kim Soyunga etibor bermasdi, loaqal bir bor nazar ham tashlamasdi. Darslar boshlanishidan 5daqiqa oldin xonaga kirib kelgan o'qituvchi(Min xonim) Soyunni ozi bn olib chiqib ketdi. Ular direktor xonasiga ketishayotgan edi, menimcha ham shunday...

-- Bu qiz mening sumkamdan yashirincha pul o'g'irlagan, yetmaganiga yangi olgan ziraklarim ham qoygan joyimda yo'q. Aniq shu qiz olgan.

-- Siz...nimalar deyapsiz...ustoz men bunday ish qilmayman, hatto bu haqda o'ylamaganman ham. )- Soyun yanada hayajonlanib.

-- O'zingni oqlashga urinma, bu seni sochingmi?)- deya Min xonim sumkasi ustidagi bir tola uzun va sarg'ish sochni olib ko'rsatdi. Soyun esa hayratdan qotib aoldi va nma deyishni bilmay faqat bosh irģadi xolos.

-- ana aytmagandimmi? Bu qiz g'irt o'g'ri, bu ish boyicha alohida chora korish kerak deb oylayman, janob professor

-- Ha ha albatta, u bn alohida shuģullanishadi)- deya sokin ovozda aytdi professor va 2marta qarsak chaldi. Shunda eshikdan 2ta yigit kirib keldi. Professor ularga qizni olib keting deya ishora qildi. Ikki yigit Soyunni ikki tomondan qo'lga olib xonadan olib chiqib ketishdi. Soyun qancha harakat qilmasin, ularga kuchi yetmasdi. Biroq u shunda ham taslim bolmadi. Iltijo qildi, yordam soradi, aybsiz ekanligini aytib baqirdi.

-- Qo'yib yuborsangizchi, axir men hech narsa qilmadim, menda ayb yoq. Men hech narsa qilmadim.

Ular soyunni uning sinfxonasi tomonga sudrashdi. Atrofdagilar unga achinishardi, bazilari ustidan kulishsa, bazilari hatto etibor ham berishmasdi. Bu qoidalar kopchilikning g'ashini keltirardi. Lekin hech kim bunga qarshi chiqmasdi. Ular bilishardi, ularning kuchi yetmasdi va bu ishlar ortida aslida kim turganini ham bilishmasdi. Bu jirkanch qoidalarni kim o'ylab topgan o'zi? Va bunga sabab nima, ruhiy kasallik tasirimi yoki qasos? Balki esa bular ortida turgan sabab umuman boshqachadir...faqat bunga hech kim qiziqib kormagan.

Ular Soyunni sudrab sinfxonaga olib kirishgach parta ustiga itarib yuborishdi. Soyun parta ustiga yiqildi. U qornidan qattiq zarba yegandek yerda o'tirib qoldi. Yigitlardan biri esa Soyunning sumkasini olib uni titkilay boshladi. Bir qancha fursatdan so'ng yigit qo'lida pullar va zirak bn qiz yoniga keldi va so'radi:

-- Bularni sen olganmiding?)

Soyun shunchaki yo'q degandek bosh chayqadi.

-- unda bular seni sumkangda nima qilyapti?

-- Men bilnayman. Balki boshqa birov ataylabdan shu ishni qilgan...

-- Heh.

Ular Soyunni olib ketishdi. U bn birga sumkani ham. Menimcha endi Soyunni hech kim kormaydi.

Bazida shunday ishlar ham bolib turadi. Bazilar o'z singlisini qutqarib qolishga urinadi, bazilar esa uni yoq qilishga. Bunga Sehunni misol keltirish mumkin. Menimcha u buni birkunmas bir kun tushunib yetadi va qolgan umrini vijdon azobi bn o'tkazadi.

------- Heeseung -------

Heeseung bularning barchasini chetdan kulib kuzatarkan, birdan Sehunni qidirib qoldi. U bu yerda yo'q edi. Heeseung bundan jahli chiqa boshladi va uni qidirishga tushdi.

-- Hoy Sehun, qochib qoldingmi?

Heeseung maktab tomiga chiqdi, u taxmin qilgandek Sehun o'sha yerda edi.

-- Hoy axmoq, sen...

Heeseung gapini tugatishga ulgurmasdan Sehun maktab binosidan o'zini pastga tashladi. Heeseung ko'zlari kattalashib osha tomonga yugurdi va pastga qarab qoldi. Pastda Sehun chalqanchasiga yotardi, uning boshi yorilgan va tinmay qon oqa boshlagandi.

-- S....s...sehun... Nimalar qilib qoyding? Sehun!

Heeseung shu paytgacha juda kop insonlarni yo'q qilgandi ammo hech birida bunday qo'rquvga tushib qolmagandi. Chunki u birinchi marta o'z joniga qasd qilayotgan insonni ko'rib turishi edi. U hozir Sehun nega bunday qilganini bilmasdi, biroq ichida u o'ziga o'zi dalda berishga urinardi.

-- Bu ishlarni men qilmadim, yoq hech birini.

Heeseung shunday deya bu yerni tark etdi. U o'z sinfiga yo'l olarkan yonidagi do'sti uning yuzi oqarganini ko'rib hayratlandi va:

-- Hoy Heeseung, bu senmisan. Senga nima boldi.?

U hech narsa demadi. Hech narsa deya olmasdi ham. Agar o'shanda u Sehunni bu yoldan qaytarganda, Soyundan voz kechmaganda, hozir bunday bolmasdi. Ha, bunga Heeseungning o'zi aybdor. Ammo u baribir tan olmaydi. Chunki agar u qilmishini tan olgudek bolsa hamma uni qo'rqoqga chiqaradi.

Bir kunmas bir kun tan olinishi kerak bo'lgan ammo qo'rqoqlik ustun kelib, unutilgan qilmishlar albatta jazoga tortiladi. Faqat buning uchun vaqt kerak. Yoki kimdir...