July 31

CRIMSON ECLIPSE

Author: Seraphina Grace

V-Bob

(Avvalgi qismlarni o'qimay hozirgi voqealarni tushuna olmaysiz!)

Qarorgoh allaqachon bosib olindi yoki esa yo'q qilindi. Nima bo'lganda ham bu voqea ularga salbiy tasirini o'tkazmay qolmadi. Ular endi yangi qarorgohga ko'chishlari yoki boshqa yo'l bn tayyorlanishlari kerak edi. Ular bunga harakat qilishdi. Biroq iloji bo'lmadi, Yeosang o'tgan jangda og'ir yaralangani bois ham o'z kuchlaridan vaqtinchalik mahrum boldi. Endi esa faqat bir imkon bor edi. Odamlar orasida yashash va vaqtinchalik ular bn yashash... Ular bu masalani yechimini topgach hammalari jim qoldi. Yeosangning yuzida norozilik tuyg'usi hukm surmoqda edi. Jake esa hech narsani bilmaydigan kabi sukut saqlardi.

Vanihoyat Baekhyun yuzaki afsus qilib, gap boshladi:

-- Buni avval ham boshimizdan kechirganmiz. Demak, xavotirga o'rin yo'q.)Baekhyun.

-- Nima, aqldan ozdingmi? O'tgan safar nimalar bolgani esingda yo'qmi?)- Yeosang.

-- Qo'rqoqlik qilmasangchiii. Bu shunchaki vaqtinchalik xolos!)- dedi Baekhyun. Va qo'lini Yeosangning yuziga qo'yib tabassum qildi. Bundan Yeosangning jahli chiqib ketdi va Baekhyunni o'zidan itardi.

-- Hoy, sen g... Nima bo'lganda ham ahamiyatsiz.)-Yeosang.

-- Ana Seraphina bor. U hammasini biladi. Bizga yordam beradi. Yana nega xavotirlanyapsan?)- Jake.

-- Menmi?)-Seraphina.

-- Bu yerda yana boshqa Seraphina bormi?)- Jake.

-- Yo'qkuyaa... Lkn hammasini ham emas. Ho'sh, Qanday qilib pul topamiz. Bu oson ishmi? Yoki firibgarlik yo'li bn ish tutamizmi? Odamlar bn birga yashash oson emas. Hatto ulardan bolsangiz ham.

-- Aytyapmanku. Vaqtinchalik ular orasida yashaymiz. Atigi 2oy xolos. 2oydan so'ng qonli oy tutilishi sodir boladi. Ungacha esa kuch toplab olamiz. Seningcha bu ham osonmi? )-Jake.

-- Yaxshi fikr...firibgarlik! Oson yo'l bn bir kundayoq kerakli joyda bo'lamiz. )- Baekhyun. O'sha sirli tabassum ichida.

-- Men bunga rozi bolmayman. Aslo!)- Seraphina.

-- Nima axir qotillik qilmayapmizk. Shunchaki bir marta. Rozi bolsangchi. Agar biz tuzgan reja o'xshasa boshqa bu ishni aslo qaytarmaymiz. Vada beraman. )- Jake.

-- Maylii. Roziman. Lekin bu birinchisi va oxirgisi bolsin!)-Seraphina.

-- Unda men roziman. )- Yeosang.

-- Sen rozi bolishing shart emas shundoq ham kun boyi shu yerda qolasan. Yarang hali bitmagan. )- Jake.

-- Nima??? Endi kerak bolmay qoldimmi? Ko'ramiz mensiz nima qila olarkinsiz. )- Yeosang.

-- Ko'ramiz, ko'ramiz. )- Jake.

Ularning suhbati shu yerda yakunlandi va hamma ertangi kun rejasi haqda bosh qotirdi. Kim bilsin, ularni yana qanday sinovlar kutarkin?! Agar insonlar ularning asl yuzlarini ko'rishsa qanday javob qaytarisharkin?

》》》》》》》》》》》》》》》

Baekhyunning rejasiga binoan ular yaxshigina tayyorlanib olishdi. Shahar ko'chalari boylab bemalol yurib ketisharkan deyarli hech kim ularga etibor bermasdi. Bir soat o'tgach ularning qarshisida qora rangli eng oxirgi rusumdegi mashina kelib toxtadi va mashinadan Jake tushib keldi. Ularga yani Baekhyun va Seraphinaga mashina eshiklarini ochib berdi. Ular hammalari mashinaga joylashgach esa Jake mashina gazini bosdi. Ular bir necha daqiqalar ichida katta va yaqindagina ochilgan kiyim dokoniga tashrif buyurishdi.
Baekhyun va Seraphina bino eshiklaridan ichkariga qadam qoygach ko'zdan Δ£oyib bolishdi. Jake esa ularni mashinada kutib turardi. Biror kor hol yuz bermasligi uchun atrofga nazar tashlab qo'yardi.

-- Rozi emasman)- seraphina pichirlab.

-- Nimadir dedingmi?)- baekhyun.

-- Yo'q. Yaxshisi mana buni kiyimni kiyishga yordamlash. Shunaqa ham tor boladimi?

Seraphina ko'ylakni ortidagi ipni tortishga qiynalardi. Baekhyun esa ipni bir tortdi va, koylak o'z joyiga kelgandi. Lkn juda zich boΔ£langani bois Seraphinani qisib qoldi va nafas olishga qiynaldi.

-- Nima qilding, dovdir!)-Seraphina.

Va baekhyunni itarib yubordi va boshqa koylak tanlay boshladi.

Baekhyun shunchaki kulib qoydi va ozi uchun kiyim tanlashga hozirlandi.
Ular ozlariga mos kiyimlarni tanlab bolgach binoning 1-qavatga yani kirgan joylariga qaytishdi va to'lovni hisoblay boshlashdi.

-- Mana bular rafiqam uchun. Sumkalarga joylab bersangiz degandim.

-- Albatta janob. Hozir...

-- Mana bu koylaklar juda tor. Boshqasiga almashtirib bering. )- seraphina.

-- Hop boladi xonim.

Baekhyun seraphinaga zimdan nazar tashladi va quloΔ£iga pichirladi:

-- Rostan ham tormi?

Seraphina bosh silkitdi.

-- Mana karta. Va endi ketaqolaylik.

-- Xaridingiz uchun raxmat. Ha aytgancha, turmush qurganingizga qancha boldi? Juda yosh korinasizlar?!

Baekhyun turgan joyida dovdirab qoldi. Seraphina esa o'zini kulgudan zo'rΔ£a tiyib turardi. Vanihoyat Baekhyun javob qaytardi.

-- Yaqinda 6 oy boladi. )- Baekhyun yuzaki tabassum qilib.

Sotuvchi ularga qarab "haa" degancha keng tabassum qildi va ishida davom etdi. Seraphina ortiq chiday olmadi va yugurib bino eshigidan chiqishi bilanoq baqirib kulib yubordi.

Baekhyun tolov qilib bolgach yuklarni olib binodan tashqariga chiqdi.

-- hhh Nimasi kulgili? )- Baekhyun.

-- bilasanmi, umrimda birinchi bor birovni aldashim. Sotuvchi ham g'irt loxga o'xshab er-xotin bolganingizga qancha boldi diydi(πŸ˜‚). Odam ham shunchalik ishonuvchan bo'ladimi a? )- Seraphina

-- Kulishni bas qil. Bu rejamizda yo'q edi bilsang agar. Boldi bas qil ketish kerak )- baekhyun

-- Ketyapman)- Seraphina.

Ular yuklarni mashinaga joylagach o'zlari ham mashinaga minishdi.

-- Nimadan bunchalik xursandliginguzni bilsam bo'ladimi?-dedi Jake.

-- Baekhyun, unga ham aytmaysanmi nima bo'lganini)- seraphina.

-- Aytarli hech narsa bo'lmadi. Rejamiz ish bermoqda. Jake, sen hamkorlar bn gaplashdingmi?

-- Ha...

-- Ular rozi bo'lishdimi?

-- Albatta. Hatto o'zlari iltimos qilishdi ham. Bugun o'z uylariga taklif qilar ekan. Uchrashuvni belgilashdi. Bu odamlar buncha lox bolishmasa a?

γ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Šγ€Š

-- Salom. Siz Lin Soo bolsangiz kerak shundaymi?)-dedi 35-40yoshlar atrofidagi ayol Jakega yuzlanib.

-- Ha. Siz bn bu yerda ko'rishib qolamiz deb o'ylamagan edim. )- Jake.

-- Men ham. Ha aytgancha siz aytgan xo'jayingingiz ham shu yerdami?

-- Ha. Yaqinda Yaponiyadan qaytishgani bois bu yerdagi ob-havo xonimning kayfiyatiga tasir qilgan ko'rinadi. Shuning uchun ham xo'jayinimiz rafiqasining kayfiyatini ko'tarish niyatida kiyim do'koniga olib keldi.

-- Ooouuu Yaponiyadan qaytishdi deng! Rostanmi? Menimcha men hamkor tanlashda adashmagan korinaman.

-- Albatta xonim.

-- Aa xo'jayingizga aytingizmi? Taklifim nima bo'ldi?

-- Xo'jayin juda band. Shuning uchun so'rashga vaqt bo'lmagach...

-- Tushunarli. Xavotir olmang. Lkn iltimos tezroq sorab koring. Agar bugun vaqt topsangiz xo'jayingizga aytib ko'ring. Bugun yangi sotib olgan uyimizda uchrashuvni belgilaymiz.

Ayol Jakega uy manzilini berdi.

-- Hop xayr salomat boling.

Jake bu ayol aslida biznes lady ekanligini keynroq bildi avval esa uni shunchaki oddiy bank xodimi deb o'ylagandi.

》》》》》》》》》》》》》》

HOZIRGI VAQT

-- Qoyil! Ishimiz unchalik tez bitishini bilmagandim)- Baekhyun.

Ularning keyingi manzili bo'lajak hamkori bo'lmish o'sha ayolning uyi edi. Ular bu uchrashuvga rozi bo'lishdi va rolga kirishib ketishdi.

》》
2,5 soat o'tgach...

Jake ularni mashina ichida tashqariga tikilgancha kutib turardi. Uzoqdan qaraganda shunday tuyulishi tabiiy ammo aslida umuman boshqacha edi. U Baekhyun bn bog'lanib bo'layotgan voqealardan xabar olmoqda edi.

-- Ayshhh qornim ochdi!)-Jake.

-- Qanday manoda?)- telefondan Baekhyunning tovushi eshitildi.

-- O'zing bilganingdek... Men seni ogohlantirgan edim. E yoq ogohlantirishim shart emas ortiq chidashga majbur emasman, shunday emasmi?)- Jake sabr kosasi to'lib.

-- Xohish seniki. Lkn bilib qo'y, agar biror kimsa seni inson emasligingdan xabar topsa bu masalani bizga aralashtirmaysan, tushunarlimi?)- Baekhyun.

-- Ok!

Jake mashinadan tushdi va bir qadam oldinga tashladi. Yo'ldan o'tib oziq-ovqat dokoniga kirdi. U yerda odamlar gavjum deb bolmasdi. Hammasi bir qatorda tartibda edi. Jake u yerda bir muddat aylanib yurdi va bir qizga ko'zi tushdi. U konservali baliqni olishga urinardi. Harchand urinmasin baribir bo'yi yetmasdi. Jake esa qarab turmadi va qizning yoniga borib unga yordamlashdi.

-- Raxmat)- dedi qiz keng tabassum qilib.

-- Shu atrofdanmisiz?)- Jake.

-- Nima?)- qiz biroz tushunmay qoldi.

-- Shu atrofda yashaysizmi demoqchi edim. )- Jake.

-- Ha. Yaqinda ko'chib keldim. Siz hammi?

-- Yo'q. Bu yerga do'stimdan xabar olish uchun kelgan edim.

-- Ha. Unda yaxshi.

Qiz o'z ishida davom etdi Jake sa yana uni savolga tutdi.

-- Ismingizni bilsam bo'ladimi?)- Jake.

-- Bilib nima qilasiz? Jinsu.

-- Shunchaki bilmoqchi edim. Raxmat. )- Jake.

Jake ortiq gapirmadi, ortiga burildi va do'kondan chiqdi.

-- Qayerda eding?)- Baekhyun.

-- Do'konda. )- Jake.

Ular mashinaga minib ketishgach do'kondan boyagi qiz yani Jinsu chiqib keldi va do'kon yaqinidagi uy darvozasidan ichkariga kirib ketdi.

-- Qizim nega buncha qolib ketding? Konserva baliqlar qani?

-- Mana olib keldim. Shunchaki kichik muammo bor edi. Idishga bo'yim yetmadi. Yaxshiyam bir bola kelib olib berdi. Unda o'sha yerda qolib ketardim.

-- Kim ekan o'sha yaxshi yigit?)- dedi oyisi ko'katlarni to'g'rayotib idishlarga joylarkan.

-- Ismini so'rabmanmi? Qayerdan bilay? Xuddi sharpaga oxshaydi. Birdan paydo bolib birdan g'oyib bo'ldi.

-- Menimcha opam sevib qolgan, oyi!)- uzoqdagi stuldan bir bolakaynibg tovushi eshitildi. Bu Jinsuning ukasi Juni edi.

-- Nima nima? Ha yaramas bu yerga kelchi)- deya Jinsu uni quvlay ketdi.

》》》》》》》》》》》》》》》》

Tun. Hamma yumshoq yostiqqa boshini tiqqancha sokin orom olmoqda. Osmon zulmatga cho'mgan.

Shahar ko'chalaridan birida esa issiq ammo insonnikidan farq qiluvchi nafas ufurardi. Bu Jake edi. Shu atrofdagi uylardan biridagi xona derazasini kuzatib turardi. U yerda hech kim yo'q faqat deraza sokinlik bn tebranardi xolos.

Jake bir soniyadayoq o'sha deraza yonida paydo boldi va sekinlik bn ichkariga mo'raladi.

>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>

-- Bir kundayoq tayyor o'ljani qo'lga kiritishimizga ko'zim yetmagandi. Buni nishonlash kerak.)- Seraphina.

-- Jake qayerda qoldi?) -Baekhyun qosh chimirib.

-- U sizlar bn emasmidi? Ha aytgancha sen(Baekhyunga ishora qilib) ko'p gapiradigan bo'lib qolibsanmi?)- Yeosag.

-- ...)-Baekhyundan bu safar sado chiqmadi.

Ular bugungi muvaffaqiyatli kunni nishonlashayotgan bir paytda Jake ulardan ancha yiroqda, deraza yonida Jinsu bn suhbat qurardi.

-- Ho'sh, maktabni bitirgach yana o'qiysanmi yoki ishlamoqchimisan?)-Jake.

-- Oyim bn dadam o'z kasblariga sherik qilishmoqchi. Lkn bu masalada faqat o'zimga ishonishim kerak tog'rimi? Shuning uchun o'zim xohlagandek shifokor bolmoqchiman.)- Jinsu.

-- Yaxshi kasb...)- Jake.

-- O'zingizchi? Hozir ishlayapsizmi yoki o'qiyapsiz?)- Jinsu.

-- Men...men ishlayapman.)- Jake tutilib gapirardi.

-- Negadir havo sovuq a? Ustingizga qalinroq kiyinganingiz maqul. )-Jinsu.

-- Hech ham sovuq emas. Baribir menga zarracha tasir qilayotgani yo'q)- Jake.

-- Nega unday deyapsiz...? Men hozir qahva tayyorlab kelaman. )-dedi Jinsu va o'rnidan turib qahva tayyorlash uchun xonadan chiqib ketdi.

-- U nega bunchalik mehribon..?)-Jake.

Jinsu uning yoniga 2ta qahva olib keldi va yoniga joylashdi.

-- Nega meni haydab yuborish o'rniga mehmon qilyapsan? Balki o'g'ridirman, balki qotil... Axir odamlar har xil...)- Jake.

-- Agar o'g'ri bolganingizda bu derazadan kelmagan bolar edingiz. Qotil bolsangiz esa bu yaxshi... Faqat ota onamga teginmasangiz kifoya.

-- Mendan rostan ham qo'rqmaysan sheklli?!)-Jake

Jinsu ornidan turdi va shkaf tarafga yaqinlashib tortmani o'ziga tortdi. U yerdan esa asabiylashganda ichadigan dorisini oldi. Lkn Jake goyo vaqt kabi kutib turmasdi. U qizning boyniga tashlandi va unga so'yloq tishlarini botirdi. Jinsu baqirmoqchi boldi biroq uddalay olmadi. Jake uning og'zini qo'li bn to'sgan edi va uning issiq qonidan rohat olmoqda edi.
O'sha tunda o'sha qiz tirik qolmadi. Jake esa har doimgidek allaqachon ko'zdan g'oyib bolgan edi.