MY TWIX...š«
Erta tong otishi bilan yangi kun boshlanishidan darak beruvchi qushlar shahar uzra samolarga bo'y cho'zgan binolar ustida charx urib ucha boshlashd. Seulda tong otdi. Shahar ko'chalari mashinalar bilan to'lgan, bu yerda yana ish qaynamoqda edi...
Yujin katta yo'ldan o'tishga urinarkan hozir uni na svetafor chiroqlari va na mashinalarning signali qiziqtirardi. U qo'lidagi kichkina qizil sumkachani mahkam ushlagancha yo'ldan yugurib o'tdi. Yujin aslida hech qachon yo'l qoidalarini buzmasdi. Har doim qoidalar va qonunlar bn yashaydigan qiz hozir pul tufayli shu ahvolga kelgan. Uni endi faqat pul va ish qiziqtirardi. Bazida o'qishga ham biroz bolsada etibor qaratardi. Ammo bu ham befoyda edi. Chunki u baribir o'qish uchun pul to'lashga qurbi yetmasligini va baribir bu orqali hayotini yaxshilay olmasligini juda yaxshi bilardi. Yujin yana bir yo'lni kesib o'tarkan shiddat bilan o'tib ketgan qizil lambardjini uning barcha hayollarini yeru ko'kka tarqatib yubordi. U mashina ortidan koyigancha yo'lida davom etdi.
Qolgan yo'lni taksida bosib kelgan qiz mashinadan tusharkan taxiga pulni to'lab tashakkur bildirdi va eshik tomon burildi. Shu payt uydan janob deun chiqib keldi. Ko'rinishidan uning kayfiyati yaxshi ham emas, yomon ham emas. Yujin ortiqcha gap eshitishdan cho'chib boshini quyi soldi va sekin salom berdi:
-- Xayrli tong, Yujin! Umid qilamanki ilk ish kuning yaxshi o'tadi! Agar biror muammo tuģilgudek bolsa darhol menga habar ber. Tushunarlimi?
Yujin boshini xiyol ko'targancha bosh silkidi va nim tabassum qildi. Shu tariqa ular xayrlashishdi. Yujin yana bir oģir kun uchun ilk qadamni tashladi.
Yujin hayotda kopgina tasodiflarga duch kelgan, ammo ulardan hech biri uni bunchalik hayrat va qo'rquvga solgan emasdi. U uyga tashrif buyurishi bilan uy ichi kir va iflos, go'yo bularning barchasi ataylabdan qilingandek... bu ham mayli, ammo yetaoning xonasini nega bunchalik darajada xarobga aylanib qoldi. Bu yer har doim shunday holatda bolganmi? Menimcha, bu yerning kichik shahzodasi yujinni xizmatkor deb o'ylagan. Demak, hoziroq unga hammasini tushuntirish kerak.
Yujin hayolida shunday o'ylar bilan ishni boshlab yubordi. Hamma xonalarni, balkonni, garajni va oshxonani tartibga keltirdi. Ammo eng tepadagi qavatga chiqishga jurat topmadi. U yer juda qoronģi edi. Balki janob deun unga tayinlashni unutgandir. Bu yer yujin taxmin qilgandek hali tartibga solinmagan mehmonxona bo'lishi mumkin edi.
Yujin charchagan holda televizorli xonaga kelib divanga cho'zildi va biroz mizģib olish uchun qo'lini boshi tagiga qo'ygancha uxlab qoldi
-- biroz oldin mashina ortidan koyigan...yo'lovchilar o'tish yo'lidagi qiz...
-- yolg'on gapirmasangchi? Bu shahardagi deyarli hamma go'zal qizlarni taniysan.
Yetao biroz jim qoldi. U do'stiga qanday javob qilishni bilmay qoldi. Ammo u Yujin haqda so'z ochishni istamadi.
-- tanimayman dedimku. U qiz chiroyli edimi? Ahamiyat bermabman..
Yetao do'stini manziliga eltgach darhol tezlikni oshirib hech kim yo'q joyga haydadi. U daraxtlar ko'p ammo insonlar yashamaydigan, shahar chekkasida mashinani to'xtatdi va mashinadan tushib yerga yiqildi. U tez tez nafas olar, ammo ovozi chiqmasdi. 5daqiqalar atrofida u ko'ksini ushlagancha yerga tiz cho'kib turdi va o'ziga kelgach yana mashinaga qaytdi. Uning bu yerdagi sirlari va iltijolarini, hatto nafas olishini ham hech kim eshitmasdi, bundan faqat shu yerdagi daraxtlar guvoh edi.
Yetao uy deb ataluvchi, ammo diqqinafas joyga yetib kelgach, u yerda uning yangi "enaga"si borligini eslab, yuzi jahldan bo'zarib ketdi. U darģazab bo'lib, uyga bostirib kirdi va divanda uxlab yotgan qizga ko'zi tushdi. U shu ondayoq to'xtab qoldi.
Yujin 5 yoshligida hayvonot boģidagi bahaybat ilon dan qo'rqib ketgandek baqirib yubordi va uyģonib ketdi. U uyģonganda yonida hech qanday reaksiyasiz unga baqrayib turgan bolani ko'rdi va o'rnidan hech narsa bo'lmagandek turdi.
Yujin o'rnidan turarkan, ustida yupqa kulrangli choyshab turganini sezdi va bundan biroz hayratlandi. Yana o'sha sirli kimsa unga mehr ko'rsatganini his qildi va biroz jilmaydi. Buni ko'rgan Yetao yuzida noaniqlik bn unga savol bilan yuzlandi:
Yetao chuqur xo'rsinib o'rnidan turgancha eshik tomon ketayotgandi, ammo esi kirib qolgan Yujin uni ismini aytgancha bir zumda to'xtatdi.
-- Hey baby, qorning ochligini bilaman. Oshxonada sen yoqtirgan taom pishirilgan, ovqatlanib ol, iltimos.
Buni eshitgan Yetao boyagi ģazabi yana qo'zģab Yujinning yoniga keldi va uni bo'ģizlab oldi.
-- Hoy oqsoch! Qayerdaligingni unutdingmi? Kim bo'lishingdan qat'iy nazar menga bunday deyishga haqqing yo'q.
Yujin oqsoch so'zini eshitishi bilan Yetaoning qo'llarini boynidan olib tashlashga urinayotgan qo'llarini bo'sh qo'ydi va unga past ovozda javob qaytardi:
-- Kechir, qayerdaligimni unutgan ko'rinaman.
Yetao uni qo'yib yubordi. Yujin sumkasini yelkasiga ilgancha ketishga hozirlik ko'rdi. Janob Deun kelishini kutib, qolgan chala ishlarini qildi. Yujinning hayotidagi eng yomon narsa bu haqorat va kamsitish edi. U insonlar tomonidan ko'p kamsitilgan bo'lsada, o'zini va o'zligini yo'qotmagandi. Ammo bugun bir insonning birgina so'zi tufayli u o'z o'rni qayerdaligini bildi. Yetao uni oqsoch deb ataganda nafaqat uning oppoq sochlarini(Yujinning sochlari tuģma oq rangda bolgan) balki uning eng past tabaqali inson ekanligini ham takidlaganiniu tushundi. Tushundiyu bo'ģziga nimadir tiqilgandek bo'ldi. Insonlar nega bunchalik o'zlarini maģrur tutishlariga qoyil qolar, bazida esa shu insonlarning hayoti unikidan ancha yaxshi ekanligiga hasadi kelardi. Doimiy kamsitishlar, oyoqosti qilishlar, etiborsizlik va tinimsiz janjallar unga anchadan beri begona. baxtli hayot deganlari menimcha shù bolsa kerak.
Eshik qo'nģiroģi chalinishi yujinga biroz bolsada tasalli berdi. U hozir Janob Deun kirib kelib, undan hol ahvol so'rashini tasavvur qildi. Bu inson Yujin uchun ota o'rnida ota bolsa kerak menimcha,.
-- Yetao seni xafa qilmayaptimi? U senga hech narsa demadimi?
Janob Deun eshikdan kirishi bn undan hol ahvol so'ray boshladi. Yujin esa bir Yetaoga bir Janob Deunga qarab, javob berdi.
-- Yo'q, hammasi yaxshi. Ammo bir narsa...Yetao bugun darsga bormadi.
Yujin buni shu qadar yengil tarzda aytdiki, Yetao telefon titkilashdan to'xtab qotib qoldi. U hatto o'zi ham o'qishga borishi kerakligini unutgan edi. Buni bilgan Janob Deun esa jahl bn Yetaoga qaradi. Yetao pushaymon qiyofada pastga qaradi va telefonini asta cho'ntagiga soldi. Buni ko'rgan Yujin ichida xursand bo'lib, lab chetida kulib qo'ydi.
-- Mayli, janob Deun. Ish kunim nihoyasiga yetdi endi ketsam ham bo'ladi.-deya tazim qildi.
-- Kech tushgan. Havo ham sovuq. Istasang shu yerda qolishing mumkin. Bizda xonalar ko'p.
-- Yo'q, shart emas, raxmat. Uyimga ketaman.
-- Unda xayr, qizim. Va buni o'zing bn olib ketishni unutma(kalitni uzatib).
-- Bu uyni 2chi kaliti. Senga ishonganin uchun buni senga topshiryapman. Kerak bo'lib qoladi.
-- Ha, raxmat. Xayr, yaxshi dam olinglar.
Yujin tashqariga chiqdi va yomģirli havo bo'lishini oldindan bilgandek soyabonini ochgancha yo'l chetidan yurib ketdi. Havo sovuq, biroz yomgir ham tomchilardi. Yujin taxiga chiqdi va uyiga haydashni iltimos qildi. Oynadan atrofga qarab bir xo'rsingancha hammasini kuzatarkan, yomgir tomchilari mashina oynalariga tomib, yana o'sha kechani - Yujin uchun unutilmas lahzalarni esga soldi. O'sha notanish kimsaning soyaboni endi doim u bilan. Bu soyabon egasi uning hayotini saqlab qolganini yana bir esga olarkan unda qiziqish uyģondi. O'sha kimsa kim edi? U nega Yujinga yordam berdi?
Yujin bu savollarni faqat o'ziga berdi, ammo javob izlamadi. Shundan so'ng u uyiga qaytdi.
-- ho'sh, nega bugun maktabga bormading?
-- NEGA BUGUN HAM MAKTABDAN QOLDING? MEN O'QISHING UCHUN QO'LIMDAN KELGANINI QILYAPMAN. SEN ESA MENGA HAR XIL BAHONALAR TOPISHGA URINASAN. QACHON AQLING KIRADI, YARAMAS BOLA??
-- Ota, men sizga aytmoqchi edim. Bugun do'stim bn...
-- Do'sting? YANA O'SHA ITVACHCHALAR BN GAPLASHYAPSANMI? QACHONGACHA O'SHA BIR TIYNGA QIMMAT INSONLAR BN KUN O'TQAZIB YURMOQCHISAN?
Yetao bir so'z demasdan boshini egib turardi. Har holda u aybini tan oladiganlar xilidan ekanligini bilishardi. Janob Deun uni yoniga ģazab bn bostirib kelib qo'lidan telefonni oldi va devorga zarb bn uloqtirdi. Telefon parcha-parcha bolib ketdi va ekran siniqlari divan ortiga tushib ketdi. Yetao bunga esa hech qanday reaksiya bildirmadi, balki xursand boldi. Chunki hozir u kaltak yemadi va unda allaqachon boshqa telefon ham bor. Shuning uchun u otasidan kechirim so'ragach darhol xonasiga yo'l oldi. U javondan nimanidir oldi va kravat tagiga yashirib qo'ydi. Bu narsa nimaligini bilib bo'lmasdi, sababi u qora paketga solingan va o'rab tashlangan edi.
2-qism tugadiš. Reaksiya va fikr bildirishni unutmang. Coment yozishga uyalsangiz anonim bor