June 28

BLACK-WINGED BUTTERFLIES

Erta tong...

Saroy hali uyg‘onmagan osmon ostida, mag‘rur va sokin turardi. Osmonda shafaqning ilk ranglari ko‘zga chalinmoqda edi — tong nafasi marmar ustunlar oralab sekin kirib kelar, mayin shamol bog‘dagi qimmatbaho gul yaproqlarini tebratar, yana bir muqaddas kun boshlanardi.

Saroy xizmatkorlari allaqachon uyg‘onib ishga kirishgan. Har kim o‘z vazifasini yaxshi biladi: oshxonada qozonlar qaynab, oshpazlar qirol nonushtasini tayyorlamoqda; farroshlar marmar zinalarni yaltiratib artmoqda; qo‘riqchilar esa shoh yo‘lagini nazorat ostida ushlab, har bir keluvchini sinchiklab tekshirardi.

Bu qirollikda saroy qonunlari muqaddas sanaladi. Har bir elchi, har bir mehmon bu saroyga kirar ekan, qoidalarga so‘zsiz bo‘ysunishi shart:
Hech kim qirol huzuriga ruxsatsiz kira olmaydi.Qirol huzurida faqat ta'zim bilan gapirishga ijozat bor.Qirolning ko‘ziga tik qarash – adabsizlik belgisi.Faqat saroy kotibi elchilarni tanishtirish huquqiga ega.

Mana shunday tartib-intizom hukm surayotgan lahzada, saroy zalining baland eshiklari sekin ochildi. Tashqaridan kirib kelgan shaxs uzun, silliq ipak libosda, yelkasiga qora qanotli kapalak naqshi tushirilgan. Bu — Koreya qirolligining elchisi edi. U baland bo‘yli, muloyim, lekin sokin nigohli yigit edi.

Elchi chiroyli ta'zim bilan tiz cho‘kdi, so‘ng boshini egib dedi:

— Qirolim, gapirishga ijozat bersangiz.

Zalda jimjitlik hukm surdi. Qirol, o‘z taxtida shohona salobat bilan o‘tirgancha, uning yuzida sovuq ifoda va mulohazakorlik bor edi. U bosh irg‘ab javob qildi:

— Gapiring.

Elchi yana bir bor ta'zim qildi, so‘zini davom ettirdi:

— O‘zimni tanishtirishga izn bering. Men — Koreya xalqi aslzodalaridan biri, Choi Yeonjun. Meni sizning saroyingizga elchi sifatida yuborishdi. Qo‘limda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va savdo bitimini muhokama qilishga doir maktublar bor. Mening kelishim— do‘stlik elchisidir.

Qirol uning so‘zlarini sabr bilan eshitdi. Zalda zarrin qandillar titrab turgan shamdanda o‘z aksini sochmoqda edi. Bir lahza oraga sukut cho‘kdi. Bu — qirol o‘ylayotgan vaqtda butun zal hurmat bilan jim turishini bildiruvchi odat edi.

So‘ng, qirol qat’iy, ammo muloyim ohangda unga javob qildi:

— Unda yaxshi. Sizni bu yurtning urf-odatlari va qonun-qoidalari bilan tanishtirish uchun saroy ma’murlari tayinlanadi. Do‘stlik elchisi sifatida sizga hurmat ko‘rsatamiz. Lekin, esda tuting, bu saroyda har bir so‘z va har bir harakat qadrlanadi va nazorat qilinadi.

Elchi yana bir bor ta'zim bilan javob berdi:

— Men bu zaminning qonunlariga bajonidil bo‘ysunaman, qirolim.

Shu bilan, qora qanotli kapalak naqshli libosda turgan bu yigit, qirol saroyining ochilayotgan sahnasiga qadam qo‘ydi. Uning ortida tarix yozilishi mumkin bo‘lgan kunlar boshlanayotgani aniq edi...

Yeonjun juda moslashuvchan edi. U qoidalarga rioya qilishni o'zi uchun sharaf deb bildi. Saroy a'yonlari unga bu yer qoidalarini bajonidil o'rgatishardi.

Kunduzgi vaqt - 13:15

Saroy xizmatkorlari qirol dasturxonidagi idishlarni va ovqat qoldiqlarini tozalab yig'ishtirib olishayotgandi. Yeonjun ham bu davrada bo'ldi va ko'zi idishlarni yig'ishtirib olayotgan qizga tushdi. Yeonjun unga nimadir demoqchi bo'ldi. Lekin qirol yonida bunga jazm etmadi. Yeoha ham unga ko'z qirida qarab qo'ydi va o'z ishida davom etdi.

Katta saroy hovlisida, oppoq tosh yo‘laklar ustida bir necha otlar turardi. Ularning yengil kishnashi, somon va xushbo‘y o‘tlarning hidi havoga taralib, tabiat bilan uyg‘unlik hosil qilgan edi. Yeonjun bu yerda yolg'iz emasdi. Bu yerga u do'stlari bilan tashrif buyurgandi. Ular saroy tashqarisidagi keng maydonda, ot ustida tik turgancha qizg‘in suhbatga berilishgandi.

— Hey, ot choptirishga nima deysizlar? Rosti juda zerikdim)— Beomgyu o‘zining odatdagi yoqimli ammo bu safar asabiy holdagi chehrasi bilan yigitlarga qarab gap boshladi.

— Yo‘q demasdim, — dedi Yeonjun, va ko‘rsatkich barmog‘ini uzoqdagi zich o‘rmon tomonga cho‘zdi. — Ana u yerda, eng baland daraxt bor. Ko'ryapsizlarmi? Shu daraxtga oxirgi bo‘lib yetib borgan otlarni ko‘lda yuvintiradi.

Soobin kulib yubordi:
— Agar sen oxirgi yetib borsang-chi? Bu juda kulgili!(😂)

[P/s: xolatni ifodalash uchun stick ham qoshdim🗿.]

Yeonjun miyig‘ida kulib qo‘ydi. U o‘ziga ishongan holda, lab chetidan o‘ziga xos tabassum bilan shunday dedi:
— Menmi? Bu yerga yetib kelgunimizcha necha marta ot choptirdikgan bo'lsak hammasida men yutdim. Demak, bu safar menga cho‘t emas.

[P/s: Ewww, maqtanchoq erm 🗿]

— Unda men ham roziman! — Taehyun ham qiziqish bilan qo‘shildi.

— O‘rmon bo‘lsa… bir yo‘la qush ham ovlaymiz! To‘g‘rimi? — dedi Hueningkai ko‘zlari chaqnab.

— Albatta, — Yeonjun bosh irg‘adi.

— Unda nimani kutyapsiz, landovurlar! Hammangiz ko‘lda suzish haqida o‘ylayapsizlarmi, a? — deb kuldi Soobin va birdan otini haydab oldinga otilib ketdi.

Yigitlar izma-iz otlarni choptirib, o‘rmon tomon yurishdi. Dastlab ular birga edilar, lekin o‘rmon ichkarisiga kirgach, daraxtlar zichlashdi, har kim o‘z yo‘lini tanladi. Qorong‘i va jimjit o‘rmon har bir to‘nkarikda sir turgandek edi.

Yeonjun har doimgidek eng oldinda edi. Uning otiga nisbatan ishonchi baland edi, biroq bu safar nimadir noto‘g‘ri ketdi. O‘rmon ichida, tumanli yo‘l bo‘ylab otni juda tez haydayotgan edi. Birdan... shaq — otning qadamlariga to‘sqinlik qilgan ildiz aralashdi. Yeonjun hech narsa anglab ulgurmay, "eng baland va eng qari" daraxtning shoxiga urildi.

Tanasi qattiq zarba bilan yerga quladi. Quloqlari shang‘illab, bir muddat ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi.

— Ayshhh... yaramas ot! — dedi u tishlarini g‘ijirlatib. — Sendan biror naf yo‘qligini avval ham bilgandim!

Ot qattiq kishnab, asabiylik bilan oldinga sakradi va Yeonjunning boshiga tepa yozdi. Loy va maysalar aralash joyda, Yeonjunning liboslari ifloslangan, ammo u bo‘sh kelmasdi. Boshidagi og‘riqqa qaramay, o‘zining odatdagi g‘ururini yo‘qotmagan holda otini jilovladi. U qo‘lidagi qamchini yerga urib, otga qattiq g'azab bilan qaradi.

— Endi bu yerda hukmdor kimligini ko'rib qo‘y! — deya otning tazirini berdi.

Ko‘p o‘tmay, qolganlar ham yetib kela boshlashdi. Soobin ko‘zlarini katta ochib Yeonjun holatini ko‘rib, kulgudan qiynaldi:

— Bizning eng chopqir "qirol"imizni bir zumda loyga belashibdi qaranglar(🤣)- Soobin shunday qattiq kulardiki birozdan so'ng qornida og'riq paydo bo'ldi.

Yeonjun esa loy aralash yuzini artib, boshiga turgan shoxni ohangdor qilib yerga uloqtirdi:

— Baribir bu o‘rmon meni tan oladi... -deya ust-boshini yengil qoqdi Yeonjun.

-Bu kimni ishi ekanligini bilaman,- dedi Beomgyu daraxt tagidagi otga manoli qarab.

Bu safar Kai oxirgi bo‘lib marraga yetib keldi. Oraga tushgan sukunatni yana Soobinning o‘zi buzdi.
— Bir yo‘la baliq ham ovlarsan, balki? — deb baland ovozda kulib yubordi.
— Hechqisi yo‘q, Yeonjun men bilan, — dedi Kai otidan tushib, unga qo‘l cho‘zib o‘rnidan turishga yordam berdi.
— La’nati ot bo‘lmaganda bunday bo‘lmasdi! Qoyil! — dedi Yeonjun.
— Aybni otga to‘nkayverma, senda ham ayb bor, — javob berdi Beomgyu.

Kai va Yeonjun otlar bilan qolishdi. Qolganlari esa ketdi. Lekin bu o‘yinda ular hech qachon adolat bilan o‘ynamas edilar. Otlarni ko‘l bo‘yiga yaqin yo‘naltirib, o‘zlari esa mayin maysa ustida yotgancha biroz hordiq chiqardilar.

Yeonjun nigohini quyuq o‘rmondagi yo‘ng‘oq daraxtlari orasiga tikdi. Ko‘ziga tezda kimdir ko‘rindi. Yoki rostan ham ulardan boshqa kimdir bor edi, yoki bu faqat Yeonjunning ko‘ziga ko‘rinayotgandi.
Yeonjun o‘rnidan turib, qoshlarini chimirdi.
— Nima bo‘ldi? — dedi Kai.
— Hech narsa. Men yetarlicha dam oldim, endi esa xayr.
— Nima? — dedi Kai ajablab.
— Ahmoq! — deb javob berdi Yeonjun.

Uning gaplariga parvo qilmay, kiyimlarini kiyib oldi va quyuq daraxtlar orasida g‘oyib bo‘ldi.

U ko‘rgan inson kimligini aniq bilardi, chunki uning yuzini aniq ko‘rgan edi.
— Bu yerda kim bor? — dedi Yeonjun.

Uzoqda turgan daraxtlardan biri shitirlab ketdi. Yeonjun beixtiyor o‘sha tomonga yurdi.
— Agar tirik qolishni istasang, hoziroq menga yuzingni ko‘rsat, — dedi noaniq ovoz.

Daraxtlar orasidan qizil rangli uzun ko‘ylak kiygan, qo‘lida savat tutgan Yeoha chiqdi.
Yeonjun darhol unga yaqin kelib, qo‘lidan qattiq ushladi va so‘radi:
— Nega meni aldading?
— Menmi? Ayshhh, qo‘limni qo‘yvoring... — dedi Yeoha.
— Nega aldading deyapman? Nega oddiy xizmatkor ekanligingni aytmading?
— Men sizni aldaganim yo‘q. O‘zingiz hech narsa so‘ramadingiz, men ham aytmadim. Agar sizni aldagan bo‘lsam, hosh, nima deb aldangan ekanman? Ha men saroyda umrini atrofni tartibga keltirish bilan o'tkazadigan oddiy xizmatkorman!

Yeonjun qizning qo‘lini qo‘yib, nima deyishni bilmay qoldi. Shunchaki gapni nimadan boshlashni bilmay qiynalardi yoki boshqa sababi bor edi. U o‘ylab bo‘lgach, ortiga burilib gapirmoqchi bo‘ldi.

Biroq hech kim yo‘q edi. Yeoha allaqachon bu yerni tark etgandi.
— Yana ketib qoldi... — dedi Yeonjun xo‘rsinib.

Ortiqcha o‘ylamasdan, u ortiga qaytdi. Kai uni ko‘l bo‘yida kutib turardi. Ular otlarga egarlarni taqib, yo‘lga hozirlik ko‘rishdi — ya’ni saroyga qaytishga.

Lekin uzoqdan kelayotgan tovush ularning e’tiborini tortdi.
— U kim? — so‘radi Kai.
— Bilmayman, balki o‘zidan so‘rarmiz, — dedi Yeonjun.

Uzoqdan kelayotgan odam saroy odami edi va qo‘lida oppoq xat bor edi.